17 – mavzu: Ovqatlanish odobi. Reja



Download 0,5 Mb.
bet2/4
Sana28.04.2022
Hajmi0,5 Mb.
#587134
1   2   3   4
Bog'liq
17mavzu .ovqatlanish odobi

Mehmon kutush qoidalari.


Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) marhamat qiladilar: “Kim Allohga va oxirat kuniga imon keltirgan bo'lsa, mehmonini hurmat qilsin. Kim Allohga va oxirat kuniga imon keltirgan bo'lsa, qo'shnisiga yaxshilik qilsin. Kim Allohga va oxirat kuniga imon keltirgan bo'lsa, yaxshi so'z aytsin yoki jim bo'lsin” (Bayhaqiy rivoyati).
Mehmonning hurmati nimalar bilan ado etiladi? Shu xususda bayon etmoqchimiz.
Xalqimiz mehmondo'st. Bu fazilat bizga ota-bobolarimizdan meros. Shu bois mehmonlar uchun alohida bir xona jihozlaymiz.
Mehmonni hurmat qilish payg'ambarlar sunnatidir. Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam): “Birinchi mehmon kutgan kishi Ibrohim (alayhissalom) bo'lgan edi”, deganlar (Bayhaqiy rivoyati).
Mehmon hurmati uni ochiq yuz va shirin so'zlar bilan kutib olishdan boshlanadi. Avzo'iy (rahimahulloh): “Mehmonning hurmati unga ochiq yuz bilan xizmat qilishdir”, degan. Mehmonga mezbon o'zi xizmat qilsin, deyilgan. Husayn ibn Mansur aytadi: «Abu Ahmad ibn Muhammad bilan birga edim, undan: “(Ey Muhammad!) Sizga Ibrohimning aziz mehmonlari haqidagi xabar keldimi?” mazmunli oyati karima tafsirini so'radim. Allohga qasam, bilaman, dedi va bayon qildi: Ali ibn U'sam bir kuni meni uyiga taklif qildi, ulug' va haybatli inson bo'lishiga qaramay, shaxsan o'zi menga xizmat qilib, qo'limga suv quya boshladi. Men unga: “Ey Abul Hasan, o'zingiz xizmat qilasizmi?” dedim. U menga yuqoridagi oyatni tafsir qilib: “Ibrohim (alayhissalom) aziz mehmonlari xizmatiga o'zlari bosh-qosh bo'lardilar”, dedi» (Bayhaqiy rivoyati).
Mehmonlarni dasturxon oldida yolg'iz qoldirmay, yonida gaplashib o'tirish, birga yeb-ichish kerak. Payg'ambarimiz (sollallohu alayhi va sallam) Oysha (roziyallohu anho) onamizga: “Mehmo¬ning bilan o'zing ham ovqat yegin, chunki mehmon yolg'iz o'zi yeyishdan hayo qiladi”, deganlar (Bayhaqiy rivoyati). Mehmon bir luqma taom yeganidan so'ng, hadeb “oling”, “oling” deb uni yeyishga majburlanmaydi. Habib ibn Shahid aytadi: «Issiq kunlarning birida Muhammad Ibn Sirinning huzuriga kirdim, u yuzimda charchoq alomatlari¬ni sezib, xizmatchisiga: “Habibga nonushta keltir”, dedi. Men: “Emayman”, dedim. U: “Keltir”, dedi. Ovqat olib kelingach, men yemayman, dedim. U: “Bir luqmadan keyin ixtiyor o'zingda”, dedi. Bir luqma yeganimdan so'ng tetiklashib, ovqatni yedim» (Bayhaqiy rivoyati).
Mehmon ketayotganida uni eshik oldigacha kuzatib qo'yish kerak. Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam): “Mehmonni eshik oldigacha kuzatib borish sunnatdir”, deganlar (Bayhaqiy rivoyati). Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam) marhamat qiladilar: “Kim Allohga va oxirat kuniga imon keltirgan bo‘lsa, mehmonini hurmat qilsin. Kim Allohga va oxirat kuniga imon keltirgan bo‘lsa, qo‘shnisiga yaxshilik qilsin. Kim Allohga va oxirat kuniga imon keltirgan bo‘lsa, yaxshi so‘z aytsin yoki jim bo‘lsin” (Bayhaqiy rivoyati).
Mehmonning hurmati nimalar bilan ado etiladi? Shu xususda bayon etmoqchimiz.
Xalqimiz mehmondo‘st. Bu fazilat bizga ota-bobolarimizdan meros. Shu bois mehmonlar uchun alohida bir xona jihozlaymiz.
Mehmonni hurmat qilish payg‘ambarlar sunnatidir. Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam): “Birin­chi mehmon kutgan kishi Ibrohim (alayhis­salom) bo‘lgan edi”, deganlar (Bay­haqiy rivoyati).
Mehmon hurmati uni ochiq yuz va shirin so‘zlar bilan kutib olishdan boshlanadi. Avzo’iy (rahimahulloh): “Mehmonning hurmati unga ochiq yuz bilan xizmat qilishdir”, degan. Mehmonga mezbon o‘zi xizmat qilsin, deyilgan. Husayn ibn Mansur aytadi: «Abu Ahmad ibn Muhammad bilan birga edim, undan: (Ey Muhammad!) Sizga Ibrohimning aziz mehmonlari haqidagi xabar keldimi?” (Zoriyot, 24) mazmunli oyati karima tafsirini so‘radim. Allohga qasam, bilaman, dedi va bayon qildi: Ali ibn U’sam bir kuni meni uyiga taklif qildi, ulug‘ va haybatli inson bo‘lishiga qaramay, shaxsan o‘zi menga xizmat qilib, qo‘limga suv quya boshladi. Men unga: “Ey Abul Hasan, o‘zingiz xizmat qilasizmi?” dedim. U menga yuqoridagi oyatni tafsir qi­lib: “Ibrohim (alayhissalom) aziz mehmonlari xizmatiga o‘z­la­ri bosh-qosh bo‘­lardilar”, dedi» (Bayhaqiy rivoyati).
Mehmonlarni das­turxon oldida yolg‘iz qoldirmay, yonida gap­lashib o‘tirish, birga yeb-ichish kerak. Payg‘ambarimiz (sollallohu alayhi va sallam) Oysha (roziyal­lohu anho) onamizga: “Mehmo­ning bilan o‘zing ham ovqat yegin, chunki mehmon yolg‘iz o‘zi yeyishdan hayo qiladi”, deganlar (Bayhaqiy rivoyati). Mehmon bir luqma taom yeganidan so‘ng, hadeb “oling”, “oling” deb uni yeyishga majburlanmaydi. Habib ibn Shahid aytadi: «Issiq kunlarning birida Muhammad Ibn Sirinning huzuriga kirdim, u yuzimda charchoq alomatlari­ni sezib, xizmatchisiga: “Habibga nonushta keltir”, dedi. Men: “Yemayman”, dedim. U: “Keltir”, dedi. Ovqat olib kelingach, men yemayman, dedim. U: “Bir luqmadan ke­yin ixtiyor o‘zingda”, dedi. Bir luqma yeganimdan so‘ng tetiklashib, ovqatni yedim» (Bayhaqiy rivoyati).
Mehmon ketayotganida uni eshik oldigacha kuzatib qo‘yish kerak. Rasululloh (sollallohu alayhi va sallam): “Mehmonni eshik oldigacha kuzatib borish sunnatdir”, deganlar (Bayhaqiy rivoyati).



Download 0,5 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish