174-guruh talabasi Yusupova Nodiraning Zamonaviy o’zbek adabiyoti va adabiy jarayon fanidan mustaqil ishi



Download 197 Kb.
bet1/9
Sana29.12.2021
Hajmi197 Kb.
#86118
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
zamonaviy.YN.174


174-guruh talabasi Yusupova Nodiraning Zamonaviy o’zbek adabiyoti va adabiy jarayon fanidan mustaqil ishi.

Mavzu : " Sharq yulduzi" jurnalida e'lon qilingan romanlar tahlili.

Reja:


1."Sharq yulduzi " jurnalida e'lon qilingan romanlar tahlili.

2. Asad Dilmurodning " Rang va mehvar " romani haqida.

3.Nazar Eshonqulning " Go'ro'g'li " asari tahlili.

O‘tgan yili birgina “Sharq yulduzi” jurnalining o‘zida 6 ta – Nazar Eshonqulning “Go‘ro‘g‘li”, Asal Dilmurodning “Rang va mehvar” romanlari to‘la, Komil Avazning “Sozanda”, Hakim Sattoriyning “Sog‘inch” (har ikkala roman keyinroq alohida kitob holida nashr etildi), Nurali Qobulning “Taxt tagidagi zindon”, G‘ulom Karimiyning “Langar fojiasi” romanlar­idan parchalar e’lon qilindi. Bular qatoriga poytaxt nashriyotlarida chop etilgan O‘zbekiston Xalq yozuvchilari Odil Yoqubov va Tohir Maliklarning “Osiy banda” hamda “Samum”, Sa’dulla Siyoevning “Ahmad Yassaviy”, Bahodir Xudoyberganovning “Ayol armoni” (barchasi “O‘zbekiston”), N.Karimovning “Mirtemir” (“Merius”), Abduqayum Yo‘ldoshevning “Bankir” (“Tafakkur qanoti”), Olimjon Hayitning “Arosatlar oroli” (“Yangi asr avlodi”) hamda viloyatlar va xususiy nashriyotlarda bosilib chiqqan ko‘plab romanlarni ham qo‘shadigan bo‘lsak, yil xirmonining salmog‘i yanada ortadi.

O‘zbekiston Xalq yozuvchisi Tohir Malik o‘zining doimiy mavzusi va uslubiga sodiq qolib, qimorbozlar, o‘g‘rilar va narkomafiozlar faoliyati haqida bir necha kitobga mo‘ljallangan “Samum” romanini e’lon qildi. Ma’naviy-axloqiy muammolar asosiy mavqeni egallagan bu romanda ham jamiyatning ijtimoiy-iqtisodiy holati, Bo‘ron, O‘lat, G‘irromlarning hayotiga oid biografik ma’lumotlar, hatto detektiv unsurlar ham uchraydi. Yozuvchining maqsadi “kitobxonni jinoyatchilar olamining turli zulmlari bilan tanishtirishgina emas”, balki shular tuzog‘iga bilib-bilmay ilinib qolayotgan odamlar, asosan, yoshlarni xushyorlikka chorlash, “Qozonga yaqin yursang, qorasi yuqadi” deb ogohlantirishdan iboratdir.

O‘zining ko‘plab hikoya va qissalari bilan kitobxonlar hamda adabiy jamoatchilik e’tiborini qozongan yozuvchi Abduqayum Yo‘ldoshev “Bankir” romanida bozor iqtisodiyotining muhim sohasi bo‘lmish bank va sog‘liqni saqlash tizimidagi o‘ziga xos islohotlar, bu boradagi murakkabliklar, o‘zaro raqobat va jinoyatchilik ildizlarini qalamga oladi. Besh qismdan tashkil topgan roman voqealari retrospektiv bayon asosiga qurilgan. Roman bankir Tolibjon Bakirovning 55 yoshga kirishi munosabati bilan o‘rinbosari Abdujabbor Mannonov hamda bo‘lim boshliqlari tashabbusi bilan uyushtirilgan tantanali ziyofatda zaharlanib, shahar shifoxonasiga olib kelinishi bilan boshlanadi.

Abduqayum Yo‘ldoshev roman voqealarini hikoya qilishda kinostsenariy janri usuliga ko‘proq murojaat qilganligi seziladi. Epizodlarning tez-tez o‘rin almashib turishi, qahramonlarning voqelik doirasidagi ishtirokini romanga xos batafsilroq tasvirlash, ruhiy kechinmalarini chuqurroq ochish o‘rniga ularning qisqa dialoglari va xatti-harakatlarini ko‘rsatishga e’tibor qaratish shundan dalolat beradi.

Professor Q.Yo‘ldoshev qayd etganidek, “badiiy asar haqida bizda shakllangan odatiy tushuncha va tasavvurlarga unchalik mos kelmaydi”gan “Rang va mehvar” romani o‘zini mutaxassis deb bilgan yuksak saviyali kitobxonni ham tishini tishiga bosib, sabr-toqat bilan o‘qishga majbur qiladi. Asardagi uzundan-uzoq jumlalar, bir-birini rad etuvchi xotiralar sinig‘idan tarkib topgan manzaralar ayqash-uyqashligi bilan uning sabr kosasini to‘ldiradi. Shu azobga chidasa va mutolaadan so‘ng uzoq o‘ylasa, xayolida quyidagicha manzara jonlansa ajabmas: asar voqealari markazida “har neki ko‘rgan-kechirganini moybo‘yoq bilan matoda zarblash va juvonmarg ketgan qavmdoshlari arvohini shod etishga bel bog‘la”gan musavvir Komron Vali turadi va barcha hodisalar uning xayolida kechadi. Roman chindan ham murakkab qurilmaga, stilis­tik nomukammallikka ega o‘ziga xos asardir.

Nazarimda, Asad Dilmurod asar strukturasini loyihalashda bundan 15 yil oldin aytgan quyidagi fikrlariga amal qilgan: “Adabiyot tili – ramziy til, timsoliy til. Majoziy yo‘sin bilan so‘zlaganda, badiiy ijod tanlangan mavzu mohiyatini, aniqrog‘i, ruh dramasini chukurroq ochadi. Adabiyot majoz tili bilan so‘zlay boshlasa, ruhiyat dramasini, inson qalbini teranroq ochish uchun keng imkoniyatlarga ega bo‘ladi”. Odatda, bu usulda hikoya qilingan asarlarda o‘tmish bilan bugun, fano bilan baqo, xayolot va reallik, zamon va makon bir nuqtada – personaj ongida birlashadi va bir paytning o‘zida harakatlanaveradi. “Rang va mehvar” romanida shunday struktural markazni Komron Vali obrazi bajaradi. O‘quvchi uning qalb dramasi orqali ijtimoiy hayotda, ayniqsa, tasviriy san’at sohasida ro‘y berayotgan tartibsizliklar, korchalonlik kabi illatlardan xabardor bo‘ladi.

Menimcha, “Rang va mehvar”ni iste’dodli yozuvchi Asad Dilmurodning jahon adabiyotiga xos ong oqimi an’analarini ijodiy davom ettirish yo‘lida olib borayotgan navbatdagi eksperimenti deb qabul qilish o‘rinlidir.

Go‘ro‘g‘li” – talay hikoya va qissalari bilan tanilgan Nazar Eshonqulning birinchi romani hisoblanadi. Muallifning izohlashicha, asar o‘tgan asrning 90-yillarida yozib tugallangan. Roman “insonning tirikligi va mavjudligini tan olmagan, insoniylik sha’ni va g‘ururini xo‘rlash va haqoratlash evaziga yashagan o‘sha mustabid tuzum” suratini akslantiradi. “Go‘ro‘g‘lining tug‘ilishi” dostonidan epigraf qilib olingan “Aytsam yetgaymikan, enajon, zorim, Yurakda g‘amim ko‘p, ichda zanglarim” satr­lari yozuvchining g‘oyaviy niyatini tushunish uchun kalit vazifasini bajaradi. Arz qiluvchining “enajoni” – mustabid sho‘ro jamiyati allaqachon qarib, kar va ko‘r holiga kelganligi tufayli “bola”sining zorini eshitishga, g‘amiga davo topib, ichidagi zang­larini artishga qurbi yetmay qolganligi uchun arzini hech kim tinglamaydi, tinglashni istamaydi ham. Natijada, yuragida to‘plangan g‘amlar zanglab, N.ni ham ma’nan, ham jismonan o‘lim sari yetaklaydi.

N. boshidan kechirgan voqealar “hukmni so‘zsiz bajarish kerak. Topshiriqni bajarish biz uchun qonun” bo‘lgan sho‘ro davri siyosatining badiiy ko‘zgusidir. Shu qonun hukm surgan jamiyatda N.ning eng katta xatosi – o‘zi uchun “shart bo‘lmagan narsani (ya’ni o‘zining tirik ekanligini – Y.S.) isbotlashga” uringanligidir. Ha, chindan ham “Hamma narsa inson uchun, insonning baxt-saodati uchun” degan soxta shior bilan xalqini aldagan Sho‘ro hukumati uchun tiriklar emas, “O‘lik jonlar” kerak edi. 




Download 197 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish