18-modda. Davlat bojini qaytarish tartibi



Download 25,27 Kb.
bet1/3
Sana16.01.2022
Hajmi25,27 Kb.
#375716
  1   2   3
Bog'liq
IPK


YuP-119 Xolbekov.V
20.Davlat bojini qaytarish asoslarini tahlil qiling, tartibini tushuntiring.

O’zbekiston Respublikasining 600-sonli qarorining 18-moddasida Iqtisodiy sudlarda davlat bojini qaytarish tartibi ko’rsatilgan



18-modda. Davlat bojini qaytarish tartibi

Davlat boji quyidagi hollarda to‘liq yoki qisman qaytarilishi kerak:

1) davlat boji qonunchilikda talab qilinganidan ortiqcha miqdorda to‘langanida;

2) sud da’vo arizasini (arizani, shikoyatni) qaytarganda yoki qabul qilishni rad etganda, shuningdek notarius notarial harakatlarni amalga oshirishni rad etganda;

3) apellatsiya, kassatsiya va nazorat shikoyati qaytarilganda yoki uni qabul qilish rad etilganda;

4) davlat boji to‘langan da’vo arizasi (ariza, shikoyat) yoki apellatsiya, kassatsiya va nazorat shikoyati sudga kelib tushmaganda;

5) agar ish sudga taalluqli bo‘lmasa, ishni yuritish tugatilganda;

6) ariza ko‘rmasdan qoldirilganda, agar u muomalaga layoqatsiz shaxs tomonidan berilgan bo‘lsa;

7) sudning yoki hakamlik sudining ish yurituvida ayni bir taraflar o‘rtasidagi, ayni bir predmet to‘g‘risidagi va ayni bir asoslar bo‘yicha nizo yuzasidan ish mavjud bo‘lsa, ariza ko‘rmasdan qoldirilganda;

8) agar taraflar o‘rtasida nizoni hal qilish uchun hakamlik sudiga topshirish to‘g‘risida hakamlik bitimi tuzilgan bo‘lsa, ariza ko‘rmasdan qoldirilganda;

9) agar taraflar o‘rtasida mediativ kelishuv tuzilgan bo‘lsa, ariza ko‘rmasdan qoldirilganda;

10) ishda ishtirok etgan shaxs vafot etganida, agar nizoli huquqiy munosabat huquqiy vorislikka yo‘l qo‘ymasa;

11) da’vogar nizoni sudga qadar hal etish (e’tiroz bildirish) tartibiga rioya etmaganda, agar bu hol qonunda ushbu toifadagi nizolar uchun yoki taraflarning shartnomasida nazarda tutilgan hamda bunday hal etish imkoniyati boy berilgan bo‘lsa;

12) voyaga yetmagan bolalari bo‘lmagan er-xotinning nikohi o‘zaro rozilik asosida bekor qilinganligini qayd etish uchun davlat boji to‘langanda, agar er-xotinning yarashishi yoki ulardan birining sudga kelmaganligi tufayli nikohni bekor qilish amalga oshirilmagan bo‘lsa;

13) agar ishda ishtirok etayotgan yuridik shaxs tugatilgan bo‘lsa;

14) sud buyrug‘ini chiqarish to‘g‘risidagi arizani qabul qilish rad etilganda;

15) O‘zbekiston Respublikasining fuqarolariga chet elga chiqish huquqi uchun hujjat berish rad etilganda.

Davlat boji summalarini qaytarish to‘lovchining yozma arizasiga binoan yoki sudning hal qiluv qarorlari asosida amalga oshiriladi. Davlat boji summasini qaytarish uchun arizachi davlat bojini undirgan tegishli davlat organiga yoki tashkilotga murojaat qilishi kerak. Davlat bojini undirgan davlat organi yoki tashkilotning rahbari uni qaytarish qonuniyligini tasdiqlagan taqdirda, davlat organi yoki tashkilot va davlat bojining boshqa oluvchilari ilgari o‘z hisobvaraqlariga o‘tkazilgan davlat boji summalarining tegishli qismlarini to‘lovchining yozma arizasi olingan kundan e’tiboran besh kun ichida yoki sud hujjatlari asosida qaytaradi. O‘z navbatida davlat organi yoki tashkilot qaytarilishi lozim bo‘lgan, ilgari O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti daromadiga o‘tkazilgan davlat boji summasining bir qismini qaytarish to‘g‘risida davlat soliq xizmati organiga yozma shaklda xabar yuboradi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2018-yil 19-maydagi “O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING IQTISODIY PROTSESSUAL KODEKSI QABUL QILINGANLIGI MUNOSABATI BILAN O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY SUDI PLENUMI VA OLIY XO‘JALIK SUDI PLENUMINING AYRIM QARORLARIGA O‘ZGARTISH VA QO‘SHIMCHALAR KIRITISH, SHUNINGDEK AYRIMLARINI O‘Z KUCHINI YO‘QOTGAN DEB TOPISH TO‘G‘RISIDA”gi 17-sonli qarorida tushuntirish berilishicha, davlat bojini qaytarish O’RQ 600-sonli qarori 18- moddasi va Soliq kodeksining 342-moddalarida ko‘rsatilgan asoslarga muvofiq amalga oshiriladi. Boj qonunda talab qilinganidan ortiqcha miqdorda to‘langan bo‘lsa, shu ortiqcha to‘langan qismi qaytariladi. Qonunda qayd etilgan boshqa hollarda boj to‘liq miqdorda qaytarilishi lozim.

Boj sudyaning ajrimi asosida, agar boj budjetga o‘tkazilgan kundan boshlab bir yillik muddat o‘tmagan bo‘lsa, moliya organlari tomonidan qaytariladi.

Agar da’vogar bojni to‘lab, sudga ariza bilan murojaat qilmagan bo‘lsa, sudning ushbu holatni tasdiqlovchi ma’lumotnomasi bojni qaytarib berish uchun asos bo‘ladi.

35. Iqtisodiy protsessida ekspertning xulosasi va unga nisbatan qo‘yiladigan talablarni tushuntiring.

Fan, texnika, san’at yoki hunar sohasida xulosa berish uchun zarur bo‘lgan maxsus bilimlarga ega jismoniy shaxs ekspert sifatida tayinlanishi mumkin Iqtisodiy protses jarayonida. Ekspertiza taraflar tomonidan yoki sud tominidan tayinlanadi.

Davlat sud-ekspertiza muassasasi eksperti, boshqa korxona, muassasa, tashkilot xodimi yoki o‘zga jismoniy shaxs ekspert sifatida ishtirok etishi mumkin.

Ekspert o’z navbatida ekspertiza predmetiga taalluqli ish materiallari bilan tanishish, ulardan zarur ma’lumotlarni yozib olish yoki ko‘chirma nusxalar olish; joyida ko‘zdan kechirishda ishtirok etish va ekspertizani o‘tkazish uchun zarur qo‘shimcha materiallar va tekshirish obyektlari taqdim etilishi haqida iltimosnomalar berish; sud muhokamasida ekspertiza predmetiga oid dalillarni tekshirishda ishtirok etish hamda ishda ishtirok etuvchi shaxslarga va guvohlarga sudning ruxsati bilan savollar berish; ashyoviy dalillar va hujjatlarni ko‘zdan kechirish; o‘z xulosasida nafaqat o‘z oldiga qo‘yilgan savollar bo‘yicha, balki ekspertiza predmetiga oid va ish uchun ahamiyatga molik boshqa masalalar bo‘yicha ham xulosalarini bayon etish; o‘z xulosasi yoki ko‘rsatuvlari ishda ishtirok etuvchi shaxslar va guvohlar tomonidan noto‘g‘ri talqin qilinganligi xususida sud majlisi bayonnomasiga kiritilishi lozim bo‘lgan bayonotlar berish; agar u sud muhokamasi yuritilayotgan tilni bilmasa yoki yetarlicha bilmasa, o‘z ona tilida xulosa taqdim etish va ko‘rsatuvlar berish hamda bunday holda tarjimon xizmatidan foydalanish; agar ishni yuritayotgan sudning hal qiluv qarorlari, sudyaning harakatlari (harakatsizligi) ekspertning huquq va erkinliklarini buzayotgan bo‘lsa, bu qarorlar, harakatlar (harakatsizlik) ustidan qonunda belgilangan tartibda shikoyat qilish huquqiga egadir.

Majburiyatlari quyidagilar : rad qilish asoslar mavjud bo‘lgan taqdirda, o‘zini o‘zi rad etishi haqida darhol arz qilishi; o‘ziga taqdim etilgan tekshirish obyektlarini har tomonlama va to‘liq tekshirishdan o‘tkazishi, o‘z oldiga qo‘yilgan savollar yuzasidan asosli va xolisona yozma xulosa berishi; sud majlisida shaxsan ishtirok etish uchun sud chaqiruviga binoan kelishi; o‘zi o‘tkazgan ekspertiza xususida ko‘rsatuvlar berishi va o‘zi bergan xulosani tushuntirish uchun qo‘shimcha savollarga javob berishi; ekspertiza o‘tkazilishi munosabati bilan o‘ziga ma’lum bo‘lib qolgan ma’lumotlarni oshkor qilmasligi; taqdim etilgan tekshirish obyektlari va ish materiallarining but saqlanishini ta’minlashi; sud muhokamasi vaqtida tartibga rioya qilishi shart.

Ekspert bila turib noto‘g‘ri xulosa berganligi uchun jinoiy javobgar bo‘ladi.

Ekspert yoki ekspertlar komissiiyasi ekspetiza o’tkazgandan so’ng o’z imzosi bilan tasdiqlangan ekspert xulosasi berishi kerak. Ushbu xulosada ekspertiza o‘tkazilgan sana va joy; ekspertizani o‘tkazish asosi; ekspertizani tayinlagan sudya to‘g‘risidagi ma’lumotlar; ekspert to‘g‘risidagi (familiyasi, ismi, otasining ismi, ma’lumoti, ixtisosligi, ish staji, ilmiy darajasi, ilmiy unvoni, egallab turgan lavozimi) va ekspertizani o‘tkazish topshirilgan tashkilot haqidagi ma’lumotlar; ekspertning bila turib noto‘g‘ri xulosa berganlik uchun jinoiy javobgarlik to‘g‘risida ogohlantirilganligi; ekspertning oldiga qo‘yilgan masalalar; ekspertga taqdim etilgan tekshirish obyektlari va ish materiallari; ekspertiza o‘tkazilayotganda hozir bo‘lgan shaxslar haqidagi ma’lumotlar; tekshirishlarning qo‘llanilgan usullar ko‘rsatilgan holdagi mazmuni va natijalari, shuningdek bu tekshirishlar, agar ekspertlar komissiyasi ishlagan bo‘lsa, kim tomonidan o‘tkazilganligi; tekshirish natijalarining baholanishi, qo‘yilgan savollarga berilgan asosli javoblar; ish uchun ahamiyatga molik bo‘lgan va ekspertning tashabbusiga ko‘ra aniqlangan holatlar aks ettirilgan bo‘lishi kerakligi Iqtisodiy protsessual kodeksda muayyan moddalar bilan mustahkamlangan.

Xulosa bilan birga ekspertiza o’tkazishda kerak bo’lgan materiallar va ashyoviy dalillar bilan birga beradi. Agar taqdim etilgan tekshirish obyektlarining, materiallarning yoki ekspertning maxsus bilimlari yetarli emasligi tekshirish davomida ma’lum bo‘lib qolsa, xulosa qo‘yilgan ayrim savollarga javob berishni rad etish asosini o‘z ichiga olgan bo‘lishi kerak.

Ekspert xulosasi ham ishda dalil sifatida sudya tomonidan tekshiriladi .

Ekspertiza tayinlashda sud ekspertga o’rganilishi kerak bo’lgan ish haqida aniq savollar qoyish kerak va javob berishi kerak doirani aniq ko’rsatishi kerak .

Ekspertiza sud majlisida yoki agar tekshirishning xususiyatiga ko‘ra zarur bo‘lsa yoxud tekshirish obyektlarini majlisga olib kelish imkoni bo‘lmasa, sud majlisidan tashqarida o‘tkaziladi. Ishda ishtirok etuvchi shaxslar ekspertiza o‘tkazilayotganda hozir bo‘lishga haqli, bundan ushbu ishtirok etish ekspertning normal ishlashiga xalaqit berishi mumkin bo‘lgan hollar mustasno.

36. Iqtisodiy protsessida dalilni ta’minlashning ahamiyati va maqsadi nimada? Fikringizni misollar yordamida tahlil eting?

Zarur dalillarni taqdim etish mumkin bo‘lmay qoladi yoki qiyinlashadi deb hisoblash uchun asosi bo‘lgan shaxslar ishni o‘z yuritishiga qabul qilgan suddan ushbu dalillarni ta’minlash to‘g‘risida iltimosnoma bilan murojaat qilishi mumkin.

Dalillarni ta’minlash to‘g‘risidagi arizada ta’minlanishi zarur bo‘lgan dalillar, tasdiqlanishi uchun ushbu dalillar zarur bo‘lgan holatlar, dalillarni ta’minlash to‘g‘risida arizachini iltimosnoma bilan murojaat qilishga undagan sabablar ko‘rsatilishi kerak.

Dalillarni ta’minlash da’voni taminlash qoidalari bo’yicha korib chiqiladi.

Dalilni ta’minlash to’g’risidagi ish ishtirokchilarni xabardor qilmasdan sud tomonidan ko’rib chiqiladi. Da’lilni taminlash iqtisodiy ishlarni hal qilish mexanizmini sifat darajasini oshiradi. Ishni to’gri hal qilishda , adolat prinsipi talablari bajarishi uchun ham muhim omil hisoblanadi. Asosiy maqsad shuki , ish hal bo’lmay qolishini oldini olishdan iborat bo’ladi.

Dalilni taminlash agar sud majlisi paytida vujudga kelsa o’sha majlisning o’zida hal qilinadi.

Hakamlik sudida ko‘rilayotgan da’voni ishlarida dalilni taminlash to’g’risidagi arizani keyingi kundan kechiktirmay, ishda ishtirok etuvchi shaxslarni xabardor qilmasdan ko’rib chiqiladi. Hamda ajrim taraflarga jo’natiladi.

Kazus



Download 25,27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish