187 Parpi turlari- juda ham zaharli alkaloidlar manbai Reja Kirish Adabiyotlar sharhi



Download 467,09 Kb.
bet4/15
Sana09.02.2022
Hajmi467,09 Kb.
#438158
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
Bog'liq
Parpi turlari

1.4 Miqdoriy taxlili.
Maydalangan (teshigining diametri 1 mm bo'lgan elakdan o'tadigan) bargdan (belladonna, mingdevona yoki bangidevona) aniq qilib 108 tortib olib, 250 mlli shishaga solinadi, ustiga 150 ml ctir va ammiakning konsentrlangan eritmasidan 7 ml qo'shib, bir soat davomida chayqatiladi. Bunda asos holida erib, efirga o'tgan alkaloid critmasini darrov 200 ml hajmdagi boshqa shishaga paxta orqali filtrlanadi, ustiga 5 ml distillangan suv qo'shib chayqatiladi va tinitish uchun biroz qo'yib qo'yiladi. Tinigan efirli ajratmadan 90 ml ni silindrda o'lchab (har 15 ml efirli ajratrna 1 g mahsulotga to'g'ri keladi), 200 mlli bo'luvchi voronkaga quyiladi. Silindrga ikki marta 10 ml dan efir solib chayiladi va uni bo'luvchi voronkadagi efirti ajratmaga qo'shiladi. Efirga o'tgan (bo'luvchi voronka ichidagi) alkaloidlarni boshqa aralashmalardan tozalash uchun efirdagi alkaloidlar eritmasiga 20 ml 1 foizli xlorid kislota qo'shib, 3 daqiqa chayqatiladi. Bunda alkaloid asos holidan tuzga aylanadi va suvda eriydi. Alkaloidlar tuz holida erib o'tgan 1 foizli xlorid kislotani 200 ml li hajrnli boshqa bo'luvehi voronkaga diametri 5 sm li filtr qog'oz orqali filtrlanadi. Kislota qisrni ajratib olingandan so'ng efirli ajratmaga 15 ml 1 foizli xlorid kislota qo'shib, 3 daqiqa davomida chayqatiladi. Shundan keyin kislota qismi ajratib olinib, oldingi kislota qisrniga (20 ml ga) qo'shiladi. Efirli ajratmasa oxirgi marta 1 foizli xlorid kislotadan 10 ml qo'shib, 3 daqiqa davomida chayqatiladi va ajratib olingan kislotaning qismi oldingi qismlarga qo'shiladi. Uch marta 1 foizli xlorid kislota qo'shib, chayqatib, kislota qismi ajratib olingan efirli ajratmada alkaloid qolmaydi (Meyer reaktivi yordamida tekshirib ko'riladi). Alkaloidlar eritmasi filtrlangan filtr qog'oz 2 marta 5 mt dan 1 foizli xlorid kislota bilan chayiladi va shu bo'luvchi votonkaga quyiladi. Filtrat ammiak eritmasi yordamida ishqoriy holatga keltiriladi (fenolftalein bo'yicha) va asos holidagi alkaloid uch marta xloroform bilan (20 ml, 15 ml va 10 ml) 3 daqiqadan chayqatiladi. Alkaloidlaming xloroformdagi eritmasi (har qaysi qismi ayrimayrimholda) 4-5 g yangi suvsizlantirilgan natriy sulfat solingan filtr qog'oz orqali 100 ml hajmli kolbaga filtrlanadi. Filtr qog'oz 2 marta 5 ml dan xloroform bilan shu kolbaga yuviladi. Natijada asos holidagi alkaloidlaming hammasi erib, xloroformga butunlay o'tgan bo'lishi kerak (Meyer reaktivi yordamida tekshirib ko'riladi). Filtratdan xloroform suv hammomi ustida haydaladi. Qolgan 1-2 ml xloroformli eritmaga sprinsovka bilan havo yuborib, xloroform butunlay uchirilsa, kolbada mahsulotdan ajratib olingan asos holidagi alkaloidlar yig'indisi qoladi. Bu yig'indining miqdorini aniqlash uchun kolbaga 15 ml 0,02 molyarli xlorid kislota eritmasidan qo'shib, suv hammomi ustida biroz qizdiriladi (asos holidagi alkaloidlar kislota bilan tuz hosil qilib eriydi), so'ngra indikator (ikki tomchi metil-qizilning spirtli eritmasidan va bir tomchi metil-ko'k eritmasidan) qo'shib, reaksiyaga kirishmay qolgan, ortiqcha xlorid kislota natriy ishqorning 0,02 moljl eritmasi bilan kolbadagi aralashma yashil rangga kelgunga qadar titrlanadi. 1 ml 0,02 mol/l xlorid kislota eritmasi 0,00578 g alkaloidga (giossiamin alkaloidi bo'yicha) to'g'ri keladi. Absolut quritilgan mahsulotdagi alkaloidlaming foiz miqdori quyidagi formula bo'yicha hisoblanadi:


X= ,
bunda, x - mahsulot tarkibidagi alkaloidlarning foiz miqdori; a - asos holidagi alkaloidni eritish uchun olingan 0,02 mol/l xlorid kislotaning ml miqdori; b - reaksiyaga kirishmay qolgan 0,02 mol/l xlorid kislotani titrlash uchun ketgan 0,02 mol/l natriy ishqorining ml miqdori; P - hisoblash uchun olingan mahsulot og'irligi (alkalodlar efirdagi boshlang'ich ajratmasining har 15 millilitri tahlil uchun olingan mahsulotning bir grammiga to'g'ri kelishi hisobi bo'yicha); W - mahsulotni absolut quritilganda yo'qotilgan namlik miqdori.
Hozirgi vaqtda alkaloidlami (chinligini aniqlash – identifikatsiya qilish hamda miqdoriy aniqlashda turli spektral (UF-, IK-, PMR, mass-spektr va boshqalar) usullardan juda keng ko'lamda foydalanilmoqda. Chunki alkaloid laming spektrlarinito'g'ri «o'qish» (o'rganish) natijasida ular molekulasida
to'yinmagan qo'shbog'lar, turli funksional guruhlar (karbonil, karboksil, gidroksil, N-metil va boshqalar), aromatik halqa va boshqalarning bor-yo'qligini hamda qayerda joylashganligini aniqlash mumkin. Spektral tahlil usullari xromatografik usullar singari faqat alkaloidlar tahlilida emas, umuman o'simliklardan olinadigan hamma biologik faol moddalar tahlilida keng qo'llaniladi.



Download 467,09 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish