19. Shaxslar, guruxlar va jamoalar
Shaxs uchun referent bo’lgan guruh
Olimlarning hisoblariga ko’ra, Yer yuzida nafaqaat 5,5
milliardga yaqin alohida
individlar, balki ulardan iborat bo’lgan 200 ga yaqin milliy-davlatchilik tuzilmalari, 4
millionga yaqin aholi punktlaridan iborat geografik xududlar, 20
milliondan ziyod
iqtisodiy uyushmalar, yuzlab millionli turli rasmiy va norasmiy tashkilot va muassasalar
(oila, machit, cherkov, turar-joy shirkatlari va hokazo) mavjud bo’lib, ularning alohida
shaxslarga ta’sirini bilish muhim masaladir.
Odamlar o’rtasidagi yoki boshqacha qilib aytganda, shaxslararo munosabatlar
asosan
guruh sharoitida, shaxs ma’lum insonlar davrasida, guruhida, jamoada bo’lgan
taqdirda ro’y beradi. Shuning uchun ham mutaxassislar jamoalarda ro’y
beradigan
shaxslararo ta’sirning qonuniyatlari va mexanizmlarini bilishlari va ularni guruhda
odamlar mehnatini tashkil etishda albatta inobatga olishlari kerak.
Har bir shaxsning fe’l-atvorida, xatti-harakatlarida u mansub bo’lgan millat, xalq,
xudud, professoinal toifa,
mehnat qiladigan jamoasi, yaqin atrofdagi muqim guruhi,
oilasining ta’siridan paydo bo’lgan sifatlari va xususiyatlari bo’ladi. Tarixiy shart-sharoit,
davr, davlat tuzimi va o’sha jamiyatdagi siyosiy, iqtisodiy va mafkuraviy ta’sirlar haqida
yuqorida gapirgan edik. Bu ta’sir
makro bosqichdagi ta’sirlar
deb atalib, yaqin muhitning
tasiri –
mikro bosqichdagi ta’sirlar
deb yuritilishini eslatib o’tamiz. Ikkala bosqichdagi
ta’sirlar ham ijtimoiy psixologik nuqtai nazardan ahamiyatli va tarbiyaviy mohiyatga
egadir. Chunki har bir sharoitda shaxs o’ziga xos ijtimoiy rollarni bajaradi va o’zining
“qiyofasini” namoyon etadi. Mehnat jamoasida professoinal rollarni bajarish jarayonidagi
xulq-atvori shaxsning ma’naviy va psixologik ko’rinishidagi asosiy omil bo’lib,
katta
yoshdagi odam psixologiyasini tubdan o’zgartirish uchun uning professional faoliyatini
ham o’zgartirish kerak, deyiladi.
Shunday qilib, shaxsga bir vaqtning o’zida turli ijtimoiy guruhlarning ta’siri bo’lib
turadi. To’g’ri, ma’lum davrda bir ijtimoiy guruhning shaxsga ta’siri sezilarliroq va
ahamiyatliroq, ikkinchisiniki esa sal kamroq bo’ladi. Masalan, o’quvchilik yillarida
maktabdagi o’quvchilar guruhining ta’siri mahalladagi o’rtoqlar davrasinikidan kuchliroq
bo’lishi, yangi xonadonga kelin bo’lib tushgan qiz uchun yangi oila muhitining ta’siri
talabalik guruhinikidan kuchliroq bo’lishi tabiiy. Lekin har
bir alohida daqiqada biz
doimo ma’lum guruhlar ta’sirida bo’lamiz.
Xo’sh, guruhning o’zi nima?
Guruh – ma’lum ijtimoiy faoliyat maqsadlari asosida
to’plangan, muloqot ehtiyojlari qondiriladigan insonlar uyushmasidir
. Sodda qilib
aytadigan bo’lsak, guruh – ikki va undan ortiq odamlar o’zaro muomala qiladigan va bir-
birlariga ta’sir qiladigan uyushmadir. Demak, guruh uchun ikkita asosiy mezon mavjud:
biror faoliyatning bo’lishligi (mehnat, o’qish, o’yin, muloqot, maishiy manfaatlar) hamda
u yerda odamlarning o’zaro muloqoti uchun imkoniyatning mavjudligi.
Referent guruh tushunchasini fanga birinchi marta
amerikalik tadqiqotchi
G.Xaymen tomonidan 1942 yilda kiritilgan. Har bir shaxs uchun taraqqiyotning har bir
alohida bosqichida shunday odamlar guruhi bo’ladiki, u ularning niyatlari, qiziqishlari,
harakat normalari, g’oya va fikrlariga ergashishga tayyor bo’ladi, harakatlaridan andoza
oladi, ularga taqlid qiladi. Bunday guruh psixologiyada