19-variant 1-topshiriq. Nazariy savollarga javob yozing



Download 20,94 Kb.
bet1/4
Sana18.04.2022
Hajmi20,94 Kb.
#559555
  1   2   3   4
Bog'liq
307 Inoyatov Botir 19-ВАРИАНТ


19-variant
1-TOPSHIRIQ. NAZARIY SAVOLLARGA JAVOB YOZING.

  1. Xudoyberdi To’xtaboyevning “Besh bolali yigitcha” asari tahlili.

Ushbu kitob qo‘lyozmasini o‘qir ekanman, yuragim bir-ikki martagina siqilgani yo‘q. Nihoyat — ajoyib, dedim oxirgi sahifani yopar ekanman, ko‘nglim yorishib. Achchiq qismat haqida hikoya qilib, iliq harorat hadya etish – har kimga ham berilmaydigan iste’doddir. Xudoyberdi To‘xtaboyev buni uddalay olgan. Men bunday qobiliyat egasini iste’dod targ‘ibotchisi, degan bo‘lardim. O‘zidagi ezgulikni o‘zgalarga tarqatmoqchi bo‘lgan odamni g‘allakorga mengzash mumkin emasmi? “Besh bolali yigitcha” – ajoyib asar. Urush davridagi bolalik haqida kam yozilmagan. Men buning salbiy jihatini ko‘rmayman. Yer yuzida o‘zining bolaligini yodga olmagan yozuvchilar deyarli yo‘q. Endi esa bu bilan zamon mashg‘ul – adabiyotga shunday odamlar kirib kelishdiki, ularning bolaligi, o‘smirligi urushga to‘g‘ri kelgan, aniqrog‘i, urushning og‘ir ko‘lankasi ularning bolaligi, o‘smirligi, yoshligiga soya solgan. Buni qalamda aks etgan urush davridagi bolalik xotiralari bilan izohlash mumkin. Yana bir gap. Urush katta-kichik, hatto eng kichik yoshdagi go‘daklar uchun ham iztiroblar, kurashlar davri ediki – to‘rt yilda yigirma million inson yo‘qotilganini eslang – hozir, oradan shuncha yillar o‘tgan bo‘lsa-da, dard, og‘riq bilan yodga olinadi. Dushmanga qarshi urush olib borilar va bu haqda go‘zal she’rlar va romanlar bitilgandi. Front ortidagi mehnat haqida ham kam yozilmagan. Iztiroblari, intilishlari, g‘am-kulfatlari bilan yosh bolalar ham urush zahmatini his qilgan, beixtiyor ravishda unga jalb etilgan edi. Bu go‘daklar ertaga katta odamlarga aylanadigan buyuk ishtirokchilar edilar. Bu kelajak ishtiroki edi. Kimki Aleksandr Neverovning “Toshkent – non shahri” qissasini o‘qigan bo‘lsa, Xudoyberdi To‘xtaboyev kitobidagi talay jihatlar tanish ko‘rinadi. Bu histuyg‘ular, fikrlarning ajoyib uyg‘unligidir. Kitobdagi kichik qahramonlarning yetimligi, muhtojligi, darbadarligi fuqarolar urushi davridagi yosh tengqurlarining azob-uqubatlarini esga soladi. Esga soladi, xolos. Va bunday yodga solish Neverov va To‘xtaboyev kitoblarining ajoyib tarzdagi tafovutini namoyon etadi. Mazkur asarlardagi zamon, davr ulardagi o‘ziga xoslikni, jamiyat ruhiyatini ochib beradi. Bosh qahramon Orif – nafaqat besh nafar go‘dakning akasi, u qarovchisiz bolalarning, o‘z oilasining kichik yo‘lboshchisi ham. Oila shamchirog‘i o‘chib qolmasligi uchun Orifning zimmasiga ulkan mas’uliyat yuklangan. Ota-onasidan judo bo‘lgan bolalar o‘z dunyosida yashalarsa-da, urush, vayronagarchiliklarni to‘la his etadilar. Front uchun zambarak sotib olish maqsadida borbudini sotgan qariya-chi? Adolat uchun o‘zini o‘tga, cho‘qqa urishga shay turgan bolalar uyining omadsiz direktori rus ayoli Mariya Pavlovna-chi? Oriflar oilasi yaxshi odamlar orasida yashaydi, biroq hayot kabi haqiqat qissasi ham shafqatsiz va yaxshi odamlar hamma vaqt ham boshiga musibat tushgan bolalarga yordam qo‘llarini cho‘za olmaydilar. Ammo ular go‘daklar yonida bo‘lmasalar-da, mehribonlik ko‘rsata oladilar. Bu esa yaxshi qahramonlarning emas, balki yovuzlikka qarshi kurashib, dunyoni munavvar etuvchi yaxshilik, ezgulikning kuchidir! Adib mazkur haqiqatni tasdiqlar ekan, bolalarning Toshkentdan Qo‘qonga — qadrdon qishloqlariga kelishdagi mashaqqatli yo‘lida ezgulik yordam qilgani, yovuzlik esa xalaqit berganini yorqin aks ettiradi. Xudoyberdi To‘xtaboyev – ajoyib iste’dod egasi. Urush yillaridagi o‘smirlar hayotini yorituvchi kitobi ham achchiq qismatdan hikoya qiluvchi ajoyib asardir. Axir, yaxshilikning faqat shirin ta’mi borligi haqida kim aytdi? Hayotda yaxshilik, xotirjamlik, ravon yo‘l emas, aksincha, sinovlar insonni inson darajasiga ko‘taradi. Bu sinovlar achchiq bo‘lmasa qani edi! Modomiki, davr shuni taqozo etgan ekan, nachora! Besh bolali Orif achchiq sinovlarni boshidan kechirdi. U g‘olib bo‘ldi. Aytish mumkinki, u zafar quchgan Orifdir!

Download 20,94 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish