1991 yilning 31 avgust kuni «O’zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining asoslari to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasining qonuni qabul qilindi



Download 23,05 Kb.
bet1/2
Sana12.01.2022
Hajmi23,05 Kb.
#337328
  1   2
Bog'liq
14-yanvar Vatan himoyachilari kuni


14 yanvar O’zbekiston Respublikasining suvereniteti, xududiy yaxlitligi, aholining tinch hayoti va xavfsizligini himoya qiladigan kasb egalari – Vatan himoyachilari kuni va O’zbekiston Respublikasi qurolli Kuchlari tashkil topgan kun sifatida nishonlanadi. Bayram sanasi O’zbekiston Respublikasi qurolli Kuchlari tarixidagi quyidagi eng muhim voqealar bilan bog’liqdir:

1991 yilning 31 avgust kuni «O’zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligining asoslari to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasining qonuni qabul qilindi. Ushbu muhim hujjat yosh respublikamizga o’zining harbiy siyosatini yuritish huquqini berdi. Shu kuni e’lon qilingan «O’zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi to’g’risida»gi bayonot esa milliy qurolli Kuchlarimizni tashkil etish uchun huquqiy asos bo’lib xizmat qildi.

1991 yil 6 sentyabrdagi «Mudofaa ishlari vazirligini tashkil etish to’g’risida»gi O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni sohaning ilk poydevori sanaladi.

1992 yil 3 iyul kuni O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga muvofiq O’zbekiston Respublikasi Mudofaa ishlari vazirligi O’zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligiga aylantirildi.

1992 yilning 14 yanvar kuni O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining «O’zbekiston Respublikasi xududida joylashgan harbiy qismlar va harbiy o’quv muassasalari to’g’risida»gi qarori juda muhim tarixiy ahamiyatga egadir. Mazkur qarorga ko’ra davlatimiz hududidagi harbiy tuzilmalar respublika tasarrufiga olindi.

1993 yil 29 dekabr kuni O’zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining qarori bilan «14 yanvar – Vatan himoyachilari kuni» deb belgilandi.

Vatan himoyachilari kunini nafaqat harbiy xizmatchilar, balki ayni vaqtda armiya saflarida o’z burchini o’tab qaytgan vatandoshlarimiz va ertaga xizmatga boradigan ming-minglab navqiron yigitlarning bayrami, deb qabul qilingan.

Ushbu bayram munosabati bilan har yili tantanali tadbirlar o’tkaziladi, O’zbekiston Respublikasi Prezidenti, qurolli Kuchlar Oliy Bosh qo’mondonining Vatan himoyachilariga yo’llagan tabrigi chop etilib, unda qurolli Kuchlar oldida turgan eng dolzarb vazifalar belgilab beriladi.

Ona yurtimiz har doim o’zining mard, jasur yigitlari bilan faxrlanib kelgan. Yigitlarimiz ota-ona va oilasini, o’zi yashayotgan yurt tuprog’ini muqaddas bilib, Vatan himoyasi uchun doimo shay turishni burch deb hisoblagan. Ushbu bayramning nishonlanishi xalqimizning o’z milliy armiyasiga nisbatan cheksiz hurmatini, alp yigitlariga nisbatan iftixorini bildiradi. Institut jamoasi nomidan barcha Vatan himoyachilarini ushbu muborak bayram bilan tabriklaymiz hamda ularga oilaviy tinchlik-xotirjamlik, sog’liq-salomatlik tilab qolamiz. Hayotingiz doimo sharaf va zafarlarga to’liq bo’lsin.

Vatanimiz osmoni doimo musaffo bo’lishi uchun har doimgidek o’z kuch-g’ayratingizni ayamang!

Barchani Vatan himoyachilari kuni bilan tabriklaymiz!

Bayramingiz muborak. azizlar!!!

Vatan himoyachilari va O’zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarining 20 yilligi bayrami Sirdaryoda viloyatida keng nishonlandi.

Guliston shahridagi “Xotira” maydoni shu kuni harbiylar, ularni tabriklashga kelgan viloyat korxona, tashkilot va muassasa vakillari bilan gavjum bo’ldi. “Motamsaro ona” haykali poyi viloyat va shahar hokimliklari, huquq-targ’ibot idoralari, boshqarmalar vakillarining anvoyi gullari bilan to’ldi. Shundan so’ng ular Olim Xo’jaev nomidagi viloyat musiqali drama teatriga to’plandilar. Tantana qatnashchilari Vatan himoyachilarini qutlug’ bayram va respublikamiz Qurolli Kuchlarining 20 yilligini keng nishonladilar.

Tantanada O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zosi, viloyat hokimi Oybek Ashurmatov so’zga chiqdi va barchani bayram bilan sidqidildan tabrikladi.

«Shu kunlarda mustaqil Vatanimizning har bir go’shasida bayram shukuhi davom etmoqda, - dedi u. – Yaqinda yangi yilni tantana qilgan edik. Bugun esa Vatan himoyachilari kunini keng nishonlamoqdamiz. Shunisi quvonchliki, bu yilgi Vatan himoyachilari kuni respublikamiz Qurolli Kuchlarining yigirma yillik to’yi bilan hamohang bo’lmoqda.

Muhtaram Yurtboshimizning tashabbuslari bilan har yili 14 yanvar kuni “Vatan himoyachilari kuni” sifatida katta bayram qilinadi.

Iftixor ilan aytishimiz mumkinki, muhtaram Yurtboshimiz va hukumatimiz tomonidan Qurolli Kuchlarimizning moddiy-texnika bazasi yildan – yilga mustahkamlanib bormoqda. Ular zamonaviy harbiy texnika bilan ta’minlanmoqdalar, harbiy xizmatchilarning turmush sharoitlari tobora yaxshilanmoqda. Bugun tevarak-atrofga sinchkovlik bilan nazar tashlaydigan bo’lsak, dunyoning ko’plab joylari chayqalib turganini anglab etamiz. Qaerdadir urush ketayapti, qaerdadir turli mojarolar tinchlikka, xavfsizlikka tahdid solayapti. Qaerdadir terror oqibatida ko’plab begunoh odamlar nobud bo’layapti. Bir qarasang, toshqin, yana bir boqsang, yong’in ichida qolayotgan mamlakatlarni ko’ramiz. Shularni o’ylaganimizda, o’zbek xalqi mustaqillik sharofati bilan dunyoda eng baxtli xalq martabasiga erishganidan Ollohga beadad shukurlar aytamiz.

Yurtimizning sarhadlarini hushyorlik bilan qo’riqlayotgan mard yigitlar orasida hamyurtlarimiz ham bor, dedi notiq. Ular bilan haqli ravishda faxrlanamiz. Yangierlik katta leytenant Alisher Salimov, sirdaryolik serjant Elomon Otajonovlar mustaqil mamlakatimizning janubiy sarhadlarini himoya qilishda jonlarini fido qilganliklarini unutganimiz yo’q».

Oybek Ashurmatov Qurolli Kuchlarimiz safida kechayu kunduz tinmay xizmat qilayotgan, o’rni kelganda, tinchlik uchun hayotini tikayotgan askar va zobitlarimiz, barcha huquq-tartibot idoralari xodimlarining mehnatlarini alohida ta’kidladi.

Muhtaram Prezidentimiz Islom Abdug’anievich Karimov 2012 yilni “Mustahkam oila yili” deb e’lon qildilar, dedi u. Oilaning mustahkamligi osmonimiz farovonligi, yurt tinchligi va osoyishtaligiga bog’liq. Bu tinchlik va osoyishtalikni bizga shubhasiz, Vatan himoyachilari ta’minlab beradilar. Biz ana shunday farzandlarimiz borligidan faxrlanamiz.

Shundan so’ng Oybek Ashurmatov tantanada qatnashayotgan harbiy xizmatchilarni, o’z postlarida hushyor turgan barcha harbiylarni, yurtdoshlarimizni Vatan himoyachilari kuni hamda respublika Qurolli Kuchlarining shonli 20 yilligi bayrami bilan yana bir marta samimiy qutladi.

Tantanada Markaziy harbiy okrug qo’shinlari qo’mondonining o’rinbosari Izzat Ismatov ishtirok etdi va so’zga chiqdi.

Jonajon respublikamizning 20 yillik bayrami munosabati bilan harbiylarning bir guruhi “O’zbekiston Respublikasi mustaqilligiga 20 yil” ko’krak nishoni bilan taqdirlangan edilar. Oybek Ashurmatov va Izzat Ismatovlar ana shu mukofotlarni tantanali ravishda topshirdilar.

Shuningdek, harbiy qismlar, viloyat mudofaa ishlari boshqarmasiga qarashli bo’limlar, bir guruh zobitlar va askarlar jangovar xizmatlari uchun viloyat hokimligining faxriy yorliqlari va qimmatbaho sovg’alariga sazovor bo’ldilar.

Tantana qatnashchilariga respublikamizning ko’zga ko’ringan san’atkorlari o’zlarining qiziqarli dasturdagi kontsertlarini namoyish etdilar.




Download 23,05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish