2-§. Fuqarolarning d a v la t va jam iyat ishlarida ishtirok


~§- Ijtimoiy ta’minot olish huquqi



Download 1,23 Mb.
Pdf ko'rish
bet9/17
Sana09.04.2022
Hajmi1,23 Mb.
#540053
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17
Bog'liq
FeGthGqUBHbMJumb2Ep7OiG5DR8szSM2PllsDFsC

5~§- Ijtimoiy ta’minot olish huquqi
Fuqarolarning mehnat qilish qobiliyati yo'qolganda yoki pasay- 
ganda davlat ularni qo'llab-quvvatlashi, xalqaro hujjatlar talabidan, 
davlatning insoniylik g'oyasiga sodiqlik prinsipidan kelib chiqadi.
Kishi o'zining kuch-quvvatini, aqlini, qolaversa, uiarning ma’­
lum qismini davlat idora, korxona, muassasalarida mehnat qilishga 
sarflash bilan nafaqat o'zining moddiy ehtiyojini qondiradi, shu 
174
www.ziyouz.com kutubxonasi


bilan birga, davlatga uning korxona, tashkilot, m u assasalarin in g
rivojlanishiga, moddiy jihatdan m ustah k am lan ish ig a ham hissa 
qo'shadi. S h u n in g uchun kishilar qariganda yoki boshqa sabab- 
lar bilan vaqtincha yoki butunlay mehnat qobiliyatini yo'qotganda, 
davlat tomonidan qo'Ilab-quvvatlanadi. Konstitutsiyada fuqarolar­
ning ijtimoiy taVninot olish huquqi belgilanishi fuqarolarni ijtimoiy 
tomondan qo'llab-quvvatlashning huquqiy asosi hisoblanadi. Kons­
titutsiyaning 39-moddasida bu quyidagicha belgilangan: “H ar kim 
qariganda, m ehn at layoqatini yo‘qotganda, shuningdek boquv- 
chisidan rnahrum bo'lganda va qonunda nazar-da tutilgan boshqa 
hollarda ijtimoiy t a ’minot olish huquqiga ega.
Pensiyalar, nafaqalar, ijtimoiy yordam turlarining miqdori ras- 
man belgilab qo'yilgan tirikchilik uchun zarur eng kam miqdordan 
oz bo'lishi m u m k in e m a s ”.
Bu konstitutsiyaviy normaga asosan ijtimoiy ta ’minot olish 
huquqiga qariganda, ya’ni m a’lum yoshga yetganda; mehnat layo­
qatini yo'qotganda; boquvchisidan m ahrum bo‘lganda hamda qo­
nunda nazarda tutilgan boshqa hollarda ega bo'linadi. Bu masala- 
lar huquqiy jihatdan M ehn at kodeksi, “Fuqarolarning davlat pensi- 
ya ta ’minoti to'g'risida”gi Qonun va boshqa huquqiy hujjatlar bilan 
tartibga solinadi.
Fuqarolar qariganda qarilik pensiyasini olish huquqiga ega, 
qarilik pensiyasini olish huquqi erkaklar uchun 60 yosh, ayol- 
lar uchun 55 yosh qilib belgilangan hamda qonunlar ayrim toifa 
xodimlariga bundan-da qisqartirilgan yoshlarda qarilik pensiyasini 
olish huquqiga ega bo'lishni belgilaydi. M asalan, 5 va undan ko‘p 
bola parvarishlagan ayollar 50 yoshdan, ayrim faoliyat turlarida 
mehnat qiluvchi erkaklar 55 yoshdan, ayollar 50 yoshdan shunday 
huquqqa ega bo'ladi.
Fuqarolar m ehnat layoqatini yo'qotganda ta ’minot olish huqu­
qiga ham turli sharoitlarda ega bo'ladi. Bunday ta’minot turlari 
vaqtinchalik m ehnat qobiliyatini yo'qotganda yoki butunlay mehnat 
qobiliyatini yo'qotganda vujudga keladi.
Konstitutsiya yosh bolalarning to'la-to'kis voyaga yetishini na­
zarda tutgan holda boquvchisini yo'qotish hollarida tegishli shaxs- 
larning ijtimoiy ta ’minot bilan qo'llab-quvvatlanishini nazarda tutadi.
175
www.ziyouz.com kutubxonasi


Shuningdek, Konstitutsiyada, qonunda ko'zda tu tilg a n boshqa 
hollarda ham fuqarolar ijtimoiy ta ’minot olish huquqiga egaligi 
belgilangan. Bu farzand t u g ‘ish va uni m a ’lum y osh ig ach a par- 
varish qilish muddatidagi nafaqa; tabiiy ofat yoki boshqa falokat- 
lar tufayli jiddiy iqtisodiy va boshqa zarar k o 'rg an la rg a beriladi- 
gan nafaqalar; kam ta ’m inlanganlarga beriladigan nafaqalar va 
hokazolardir.
Mamlakatimiz iqtisodiy qudratining ortib borishi, fuqarolar­
ning ij'timoiy ta ’minot huquqi kengayib borishiga, ijtimoiy ta ’min- 
lash imkoniyati kuchayib borishiga o‘z ta ’sirini ko'rsatadi. Buni 
pensiya va boshqa ta ’minot miqdorlarining bosqichma-bosqich 
oshib borayotganligidan ko'rish mumkin. Bundan tashqari pensiya 
ta ’minotini yanada takomillashtirish uchun qo'shimcha choralar 
ko'rilmoqda. Pensiya ja m g ‘armalari tuzilgan.
Umuman, ijtimoiy ta ’minot, ijtimoiy qo'llab-quvvatlashning bir 
turi bo‘lib, ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash esa, Prezident ilgari surgan 
mamlakat rivojlanishini ta ’minlovchi besh prinsipidan bittasidir.

Download 1,23 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish