2 – ma’ruza: “Mehnat muhofazasi” fanining ijtimony-iqtisodiy va texnik ahamiyati


Fanning asosiy tushunchalari, ta'riflari va prinsiplari



Download 25,5 Kb.
bet2/2
Sana01.02.2022
Hajmi25,5 Kb.
#424645
1   2
Bog'liq
2-mavzu — копия

Fanning asosiy tushunchalari, ta'riflari va prinsiplari
"Mehnat muhofazasi maxsus kursi” fani, boshqa fanlar kabi, mehnat
xavfsizligini ta'minlash sohasidagi mustaqil fan sifatida, o'z tushunchalari,
ta'riflari va prinsiplariga ega. Bu tushunchalami, ta'riflami va prinsiplami bilish,
ulaming mohiyatini chuqur anglash shu fanni chuqur o'zlashtirishda katta
ahamiyatga ega.
1. MMMk fanining asosiy tushunchalari va ta'riflari. Quyida MMMK
fanining bir qator asosiy tushuncha va ta'riflarini davlat standartiga (GOST
12.0.002-2003) asoslangan holda keltiramiz:
- mehnat sharoiti - mehnat jarayonida ishlovchilaming sog'lig'i va ish
qobiliyatiga ta'sir ctuvchi ishlab chiqarish muhiti omillarining majmui;
- ishlab chiqarishdagi zararli omil - ma'lum bir shart-sharoitda
ishlovchilarga ta’sir etishi natijasida kasallanish, ish qobiliyatining pasayishi
va (yoki) kcyingi avlodlar sog'lig'ida salbiy o'zgarishlarga olib keladigan
ishlab chiqarish omili;
Bunday zararli omillarga neft mahsulotlari (bcnzin. di/el yonilg'isi va
boshqa uglcvodorodlar bug*lari), pcstitsidlar, gerbitsidlar, mineral o'g'itlar, turli
changlar, aerozollar, shovqin, infratovush. ultratovush. tilrash, noqulay mikroiqlim
ko'rsatkichlari. past yoki o‘ta yuqori darajada yoritilganlik, yorqiroqlik va
boshqalar kiradi. Miqdor ko'rsatkichlariga (konsentratsiyasi, darajasi va boshqa)
va ta'sir qilish vaqti davomiyligiga bog‘liq ravishda ishlab chiqarishdagi zararli omil ishlab chiqarishdagi xavfli omilga aylanishi mumkin. Masalan ishlab
chiqarishdagi changlar, gazlar. aerozollar. turli nurlanishlar miqdoriy
ko‘rsatkichlariga va ta’sir qilish vaqti davomiyligiga bog'liq ravishda yoki zararli
yoki xavfli omil bo'lishini ko'rsatish mumkin;
- ishlab chiqarishdagi xavfli omil - ma'lum bir shart-sharoitda
ishlovchilarga ta’sir etishi natijasida shikastlanishga. o'tkir zaharlanishga
yoki sog'liqning to'satdan va keskin boshqa turdagi yomonlashishiga, yoki
o'limga olib keladigan ishlab chiqarish omili;
Ishlab chiqarishdagi xavfli omillarga misol qilib, harakatlanayotgan
mashina va mexanizmlami, traktor va ekskavatorlami, yuk ko'tarish vosita va
mexanizmlarini, balandlikka ko'tarilgan va harakatlanayotgan yuklami, mashina
va mexanizmlaming muhofazalanmagan aylanuvchan va qaytma-ilgarilanma
harakat qiluvchi qismlarini (kardanli, zanjirli, tishli, tasmali uzatmalar), zaharli
modda va gazlami, elektr tokini, turli nurlanishlami va boshqalami ko'rsatish
mumkin;
- xavfsiz mehnat sharoiti mehnat sharoitining shunday holatiki, bunda
ishlovchiga zararli va xavfli ishlab chiqarish omillarining ta’siri bartaraf
qilingan bo'ladi yoki zararli ishlab chiqarish omillarining ta’siri eng yuqori
yo'l qo'yiladigan daraja va miqdorlardan oshmaydi;
- mehnat xavfsizligi talablari - qonuniy aktlar, me'yoriy-texnik va loyihaviy
hujjatlar, qoida va yo'riqnomalar tomonidan o'matilgan talablar, ulaming
bajarilishi ishlovchi xatti-harakatini belgilaydi va xavfsiz mehnat sharoitini
ta’minlaydi;
- mehnat muhofazasi xavfsiz mehnat sharoitini ta’minlashga yo'naltirilgan
qonuniy aktlar, hamda oldini oluvchi va bclgilovchi (rcglamcntlovchi)
ijtimoiy-iqtisodiy, tashkiliy, tcxnik, sanitar-gigiyenik va davolash-oldini
olish chora-tadbirlari, vosita va uslublari tizimi;
- texnika xavfsizligi - ishlovchilarga xavfli ishlab chiqarish omillarining
ta'sirini bartaraf qilishning tashkiliy chora-tadbirlari, tcxnik vositalari va
uslublari tizimi;
- ishlab chiqarish sanitariyasi - ishlovchilarga zararli ishlab chiqarish
omillarining ta'sirini bartaraf qiluvchi yoki zararli ishlab chiqarish
omillarining ta’sirini yo’l qo'yiladigan miqdorlargacha pasaytiruvchi
tashkiliy, sanitar-gigiyenik chora-tadbirlar, texnik vositalar va uslublar
tizimi;
- xavfli zona - ishlovchiga zararli va (yoki) xavfli ishlab chiqarish omillari
ta’sir qilishi mumkin bo'lgan zona (fazo);
- ishlab chiqarish uskunasi xavfsizligi - ishlab chiqarish uskunasini
yig'ishda, yechishda va ishlatishda, me'yoriy-texnik hujjatlarda keltirilgan
shart-sharoitlarda, mehnat xavfsizligi talablariga mos kelishlik xususiyati;
- ishlab chiqarish jarayoni xavfsizligi - ishlab chiqarish jarayonini amalga
oshirishda, me’yoriy-texnik hujjatlarda keltirilgan shart-sharoitlarda, mehnat
xavfsizligi talablariga mos kelishlik xususiyati;
- ishlovchini himoyalash vositasi - ishlovchiga zararli va (yoki) xavfli ishlab
chiqarish omillarining ta’sirini bartaraf qilishga yoki kamaytirishga
mo'ljallangan vositalar;
- ishlovchining shaxsiy himoya vositasi - ishlovchi tanasiga yoki uning bir
qismiga kiyiladigan yoki u tomonidan ishlatiladigan vosita.
Shaxsiy himoya vositalariga asosan ish kiyimlari, poyafzal, gaz niqoblar,
respiratorlar, niqoblar, shlemlar, himoya ko'zoynaklari, quloqchinlar va boshqalar
kiradi;
- ishlovchini guruhiy himoyalash vositasi - ishlab chiqarish uskunasi, ishlab
chiqarish jarayoni, ishlab chiqarish xonasi (binosi) yoki ishlab chiqarish
maydonchasi bilan konstruktiv va (yoki) funksional bog'langan himoya
vositasi.
Ishlovchilami guruhiy himoyalash vositalariga mashina va mcxanizmlar
xavfli zonalarining turli to'siqlari, qobiqlari. ventilatsiya tizimlari. clcktr
uskunalarining ycrga ulash. nollash, avtomatik ajratkich. potcnsiallami
tcnglashtirish qurilmalari. yashin qaytargichlar, tovushni yutuvchi va to'suvchi
qoplamalar va boshqalar kiradi;
ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisa - xodimning u mehnat shartnomasi
(kontrakt) bo'yicha o'z vazifasini ish beruvchining hududida ham. undan
tashqarida ham bajarishi bilan bog'liq holda mehnatda mayib bo'lishiga yoki
sog'lig'ining boshqacha tarzda shikastlanishiga olib kelgan va xodimni
boshqa ishga o'tkazish zaruriyatini keltirib chiqargan. uning kasbga oid
mehnat qobiliyatini vaqtincha yoki turg'un yo'qotishiga yoxud vafot etishiga
sabab bo'lgan hodisa;
kasb kasalligi - xodimning unga ishlab chiqarishning zararli yoki xavfli
omili ta’siri natijasi bo'lgan va uning kasbga oid mehnat qobiliyatini
vaqtincha yoxud turg'un yo'qotishiga sabab bo'lgan o'tkir yoki surunkali
kasalligi;
xavfsiz masofa zararli va xavfli ishlab chiqarish omillarining manbasi va
odam o'rtasidagi, odamning xavfli zonadan tashqarida turishini
ta’minlaydigan, eng kichik masofa;
xavfsizlik belgilari odamni yuzaga kelishi mumkin bo'lgan xavf
to'g'risida ogohlantirishga, ma'lum bir harakatlarni ta'qiqlashga yoki ruxsat
etishga, ko'rsatishga, obyektlar joylashishi bo'yicha ma'lumot berishga
mo'ljallangan, qo'llanilishi zararli va (yoki) xavfli omillar ta'sirini bartaraf
qilish yoki kamaytirish bilan bog'liq belgilar;
xavfsizlik ranglari odamning diqqatini yong'in o'chirish vositalariga,
xavfsizlik belgilariga, ishlab chiqarish uskunalarining va (yoki) qurilish
konstruksiyalarining zararli va (yoki) xavfli ishlab chiqarish omillari
manbalari bo'lishi mumkin bo'lgan alohida qismlariga tortishga
mo'ljallangan ranglar;
zararli ishlab chiqarish omilining yo‘l qo'viladigan eng yuqori darajasi
(KYuD) - bu ishlab chiqarish omilining shunday darajasiki. ma'lum, aniq
bir vaqt davom ctuvchi ishni butun ish staji davomida bajarganda ham.
uning ta’siri natijasida jarohatlanish. kasallanish yoki sog'liqda o'zgarish ish
jarayonida, yoki hozirgi va kcyingi avlodlar hayotida kuzatilmaydi;
- elektr xavfsizligi - odamlami elektr toki, elektr yoyi, elektrmagnit
maydonining zararli hamda xavfli ta'sirlaridan muhofaza qilishni
ta’minlaydigan tashkiliy va texnik chora-tadbirlar tizimi.
Mehnatni muhofaza qilish sohasida qo'llaniladigan boshqa tushunchalar va
ulaming mohiyati kitobning glossariy qismida keltirilgan.
2. Mehnatni muhofaza qilishning asosiy prinsiplari. MM prinsiplari
quyidagi turlarga boMinadi [35]:
- mehnatni muhofaza qilishning umumiy prinsiplari;
- mehnatni muhofaza qilishning texnik xususiyatdagi prinsiplari;
- mehnatni muhofaza qilishning tashkiliy prinsiplari.
Mehnatni muhofaza qilishning umumiy prinsiplari mehnat sharoitlarini
me'yorlashtirishga asoslangan bo’lib. ulardan ko'zlangan maqsad ishlab
chiqarishdagi jarohatlanishlami ijtimoiy ofat sifatida bartaraf qilishdan iboratdir.
Bu prinsiplarga quyidagilar kiradi:
- mehnat muhofazasini boshqarish tizimining rcjali va tizimiy ravishda olib
boriladigan ishlari natijasida ishlab chiqarishda xavfsizlikni ta'minlash
bo'yicha ko'zlangan maqsadga crishish mumkinligi;
- ishlab chiqarish moddiy-texnik asosining va mehnat sharoitining o'zaro mos
kelishligi, ya’ni moddiy-texnik asosni rivojlantirish natijasida mehnat
sharoiti ham yaxshilanishi lozim;
- mehnat sharoitini uzliksiz ravishda yuksaltirib borish, ya'ni ishlab
chiqarishdagi zararli va xavfli omillar ta’sirini doimiy ravishda kamaytirib
borish va bu holatga birdaniga emus, balki rcjali ravishda to‘xtovsiz olib
boriladigan faoliyat natijasida crishish mumkinligi;
- mehnat muhofazasini tizim sifatida tavsiflovchi ko'rsatkichlami
boshqarishning obycktiv zamriyati va imkoniyatlarini shakllantiruvchi
mehnat muhofazasi darajasini boshqarish.
Mehnatni muhofaza qilishning tcxnik prinsiplariga quyidagilar kiradi:
- potensial xavflar darajasini kamaytirish yoki umuman bartaraf qilish. bu
prinsip mehnat xavfsizligini eng yuqori chtimollik bilan ta'minlash sharoiti va imkoniyatini yaraladi;
- masofa bilan muhofazalash, bu prinsip obyekt va subyekt o'rtasida masofa
oshib borishi bilan ishlab chiqarishdagi zararli va xavfli omillar ta'siri ham
kamayib borishiga asoslangan;
- vaqt bo'yicha muhofazalash. bu prinsip odamlaming ishlab chiqarishdagi
zararli va xavfli omillar ta'siri ostida boiish vaqtini kamaytirishga
asoslangan;
- yoniga borib (tegib) bo'lmaslik prinsipi, bu prinsip odamning ishlab
chiqarishdagi zararli va xavfli omillar ta'siri sohasiga tushib qolmasligiga,
yoki zararli va xavfli omillaming odam faoliyati sohasiga kirib bormasligiga
asoslangan;
- blokirovkalash prinsipi. bu prinsip odamning ishlab chiqarishdagi zararli va
xavfli omillar ta'siri sohasiga tushib qolganida ulami bartaraf qilishga. yoki
odamlar tomonidan baxtsiz hodisalarga olib keladigan noto'g'ri xatti-
harakatlaming oldini olishga asoslangan;
- mustahkamligini oshirish prinsipi, bu prinsip mashina va mexanizmlaming
o'ta yuqori statik va dinamik zo'riqishlar ostida bo'lishi mumkin bo'lgan
qism va detallarining mustahkamligini ko'zlanganidan bir necha baravar
ortiqcha yuklanishga dosh beradigan qilib loyihalashga va qurishga
asoslangan;
- ma'lumot berish prinsipi, o'qitish va yo'riqnomalar berish, ogohlantirish va
taqiqlash, bular tovush, yorug'lik va ma’lum bir turdagi boshqa signallar
bilan amalga oshiriladi.
Turli holatlarda ahamiyati va zaruriyati turli darajada bo'ladigan texnik
xususiyatdagi prinsiplarga amal qilish tashkiliy prinsiplami ham qo'llash
lozimligini keltirib chiqaradi. Mehnatni muhofaza qilishning tashkiliy prinsiplariga
quyidagilar kiradi:
- obycktlami pasportizatsiyalashga va istiqbolda ishlab chiqarish
jarohatlanishlarini bashorat (prognoz) qilishga asoslangan holda mehnat
xavfsizligini boshqarish, bu prinsip ma'lum bir kclajakdagi davrga maqsad qilib belgilangan xavfsizlik darajasi ko'rsatkichlariga erishish metodlari va
vositalarini nisbatan baholash imkoniyatini beradi;
- yechimlaming aniqligi, bu prinsip mavjud yechimlar variantlari to'plamidan
aniq, bitta ma'noli yechimni tanlab olishni va tatbiq etishni taqoza etadi
(ishlab chiqarishga mehnat xavfsizligi standartlar tizimini tatbiq etish bilan
amalga oshiriladi);
- mutaxassislami tanlash, bu prinsip yuqori kasbiy malakaga ega bo'lgan.
ayniqsa mehnat muhofazasi bo'yicha, ishlab chiqarishni tashkil qilish,
psixologiya, iqtisod, pedagogika. mehnat gigiyenasi va sanitariyasi, texnika
xavfsizligi, hamda boshqa turli sohalarda mukammal tayyorgarlikka ega
mutaxassislami tanlashga asoslangan;
- javobgarlik, bu prinsip mehnat muhofazasining u yoki bu talablari buzilishi
orqasida ma'lum bir shaxs, bajaruvchini ham hisobga olgan holda,
turganligini ko'zda tutadi;
- bajaruvchini almashtirish (zarur holatlarda), bu prinsip mehnat muhofazasi
qoida va me'yorlari buzilishining qayta takrorlanishlari ehtimolini bartaraf
etishni ko'zda tutadi.
Download 25,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish