2- ma’ruza: turizmda transport vositalarining infratuzilmasi reja



Download 390 Kb.
bet34/39
Sana31.12.2021
Hajmi390 Kb.
#198288
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39
«URGANCH» Xalqaro aeroporti. Urganch shahri Xorazm viloyatining markazidir. U butun dunyoga o‘z hududida – O‘rta asr sharq arxitekturasi durdonalaridan yodgorlik, 2500 yillik tarixga ega bo‘lgan va shu vaqtgacha o‘zning ilk chiroyi va salobatini yo‘qotmagan Xiva shahri joylashgani uchun ham mashhurdir. “Urganch” aeroporti chet ellik sayyohlar uchun qadimiy shahar darvozasi  hisoblanadi.

Takomillashtirish loyihasi amalga oshirilgandan so‘ng aeroport IKAOning birinchi kategoriyasi va  xalqaro maqomga ega bo‘ldi.  Hozir aerovokzalning yangi binosi soatiga 300 kishiga xizmat ko‘rsatish imkoniyatiga ega. Yo‘lovchilar oqimi ikki darajaga: keluvchilar va ketuvchilarga bo‘lingan. Keng kutish zali,  bar, bufet, tibbiy xizmat ko‘rsatish va valyuta almashtirish punktlari, yodgorliklar do‘koni yo‘lovchilar xizmatida. Zamonaviy uskunalar va xizmat ko‘rsatish texnologiyalari kerakli rasmiyatchiliklardan tez o‘tish imkoniyatini yaratadi. Qayta ta’mirlangandan so‘ng uchish-qo‘nish yo‘lkalari A-310, Boing-767, 757, 747, RJ-85, Tu-154, Il-76, Il-96 havo kemalarini qabul qilish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Havodagi harakatni boshqarish tizimi ham takomillashtirildi. Urganch kundalik qatnovlar orqali Toshkent bilan bog‘langan.  Mintaqaning yengil va tekstil sanoati mollarini ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan iqtisodiy salohiyati rivojlangan sari uning boshqa shaharlar bilan ham aloqalari ortib borayapti.  «Urganch» aeroportidan Moskva, Mineralniye- Vodi shaharlariga muntazam qatnovlar, mahalliy va chet el turistik firmalarining talablariga binoan charter qatnovlar amalga oshirilayapti. Aeroportdan 10 kilometr uzoqda  shaharning yana bir diqqatga sazovor joylardan biri Ichan Qala joylashgan. Aeroportga trolleybus, avtobus, yo‘nalish taksilari qatnaydi.

"TERMIZ" Xalqaro aeroporti. Surxondaryo viloyati iqtisodiy jihatdan mahalliy sanoati o‘rta rivojlangan agrar hududdir.   Zamonaviy Termiz qadimiy madaniyatga boy diyor sifatida tarixchi, arxeolog hamda sayyohlarni o‘ziga jalb etaditi.

Xalqaro Termiz aeroporti "O‘zbekiston havo yo‘llari"  Milliy aviakompaniyasi tarkibiy qismiga kiradi.  U bir soatda  100ta yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatish imkoniyatiga ega. Aeroport kunu-tun ishlab, sharq va g‘arbda ishlab chiqarilgan turli rusumdagi havo kemalarini (A-310, Boing-737,747,757,767, RJ-85) hamda vertolyotlarni qabul qiladi.  

Bu yerdan Toshkentga muntazam qatnovlar, Yevropa va Osiyoga charter qatnovlar amalga oshiriladi. Hozirda tashuvlar hajmi borgan sari ortib borayapti.

Aerovokzal binosida kutish zali, ona va bola xonasi, tibbiyot punkti, restoran, bufet, matbuot kioskasi, valyuta almashtirish  va so‘zlashuv punktlari bor. Shahar markaziga yo‘nalishli taksida borish mumkin.  

“Termiz” aeroporti – O‘zbekiston Respublikasining janubiy darvozasidir. Qo‘shni Afg‘oniston mamlakatida barqaror vaziyat yaratish maqsadida kelgan turli davlat rasmiy delegatsiyalari, OAX vakillari hamda ishbilarmonlar aeroport xizmatidan foydalanishadi. 2006-yilda aerovokzalni ta’mirlash ishlari tugallandi.


Download 390 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   39




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish