2- mavzu: Falsafani taraqqiyot bosqichlari



Download 360,46 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana27.05.2022
Hajmi360,46 Kb.
#611472
1   2   3
Bog'liq
2-мавзу 4 йиллик

Ma`rifat 
– xamma narsaning butun borliqning asosi xudo ekanini bilish, 
aniqlash vash u tariqa xudoga yetish demakdir. Ma`rifatda olam, yulduzlar, Oy, 
Kuyosh, odamlar, xayvonlar, kushlar, kapalaqlar boshqa jamiki narsalar xudoning
zuxuratidan iborat, odam Ollox, quyoshning zarrasi deyiladi. 
Xaqiqat
– uzini 
Xudoning dargoxiga erishgan, vasliga yetgan, xatto u bilan kushilib ketgan deb 
bilishdir. 
Yusuf Xamadaniy, Abdulxolik Gijduvoniy, Najmiddin Kubro, Xoja Axmad 
Yassaviy yo`nalishlarining bevosita ta`sirida Markaziy Osiyoda Nakshbandiylik
yo`nalishi vujudga kelib, u yakin va o`rta Sharq mamlakatlariga keng yoyiladi. 
Xojagon yo`nalishini boshlab bergan A.Gijduvoniy bunday degan: «Ey farzand, 
barcha xolatda ilm, amal va takvo bilan bul, saloflar izidan yurib, suppot va 
jamoatni maxkam tut, fikx va xadisni urgan. Yana bunday fikrlar bor: «oz suzla, 
oz ye, oz uxla», «Xalol ye, shubxadan xoli bul» A.Gijduvoniyning 8 ta tabarruk 
so`ziga B.Nakshband 3 ta manzil kushib uz yo`nalishini asosladi. 
Xoja Axror Vali (Ubaydullox) nakshbandiylikning targibotchisi sifatida
Ta`madan jirkanish, tuxfa olmaslik, bir kasbni mukammal egallashga chaqirdi. 
Tasavvuf tariqatiga kirganlar uchun kasb-korning yomoni yuk, yomoni biror kasb 
bilan shugullanmaslik tekinxo’rlik, ta`magirlikka odatlanish xisoblanadi. 
Naqshbandiylik imoni uning «Dil ba yoru dast ba kor» ya`ni «Dilning Alloxda, 


kuling mexnatda bulsin» degan talabida yakkol gavdalanadi. Ular amal deganda 
birinchi navbatda Allox nomini dilga to qilib, ijtimoiy foydali mexnat bilan 
shugullanishni, tahma va tekinxurlikdan xazar qilishni tushunganlar. 
Nakshbandiylik yo`nalishini qabul qilgan Amir Temur, Ulugbek va bir qator 
Turkiston xokonlari darveshlikni qoraladilar, ulardan shu dunyo ishlari bilan 
shug’ullanib, xalol yashashni talab etdilar.
Darveshlar foydali mexnat bilan band bulishlari uchun davlat sharoit yaratib 
berishi tugrisida farmoni oliy chikarganlar. Buni bajarmaganlarni jazolaganlar. 
Tasavvufning so’l qanoti diniy-falsafiy diniy-falsafiy ta`limot sifatida 
akidaparastlik, islomga nisbatan muxolifiyat bo`lib yakin va O’rta Sharqda, 
ayniqsa Markaziy Osiyoda tabiiy va falsafiy fanlar rivojida uz o`rni mavkeiga 
egadir. 
IX-XII asrlarda Markaziy-Osiyoda dexqonchilik, xunarmandchilik va 
savdoning taraqqiy etishi empirik bilimlarni rivojlantirishga extiyoj tug’ildi va 
shunga muvofiq Markaziy Osiyoning ilg’or kishilari matematika, astronomiya, 
geografiya, tib fanlarini chuqur o’rgandilar. Bu davrni uz mazmuni, salmog’i, 
axamiyati jixatidan Markaziy Osiyo uyg’onish davri xam deyiladi. Uyg’onish 
davri madaniyatining o’ziga xos tomonlari mavjud bo’lib, ular quyidagilardan 
iborat edi: 
1. Dunyoviy ma’rifatga intilish, bu yulda o’tmish va qo’shni 
mamlakatlarning madaniyati yutuklaridan keng foydalanish ayniqsa tabiiy-
falsafiy, ijtimoiy ilmlarni rivojlantirish. 
2. Tabiatga qiziqish, tabiatshunoslik ilmlarining rivoji, 
ratsionalizm, aql kuchiga ishonishdan, asosiy ehtiborni xaqiqatni topishga 
qaratilgan fanlarga berish, xakiqatni inson tasavvuri, ilmining asosi deb xisoblash. 
3. 
Insonni ulug’lash, ulardan aqliy, tabiiy, badiiy, ma`naviy 
fazilatlarini asoslash, insonparvarlik, yuqori axloqiy qonun va qoidalarni namoyon 
etish, komil insonni tarbiyalashni maqsad qilib qo’yish. 
4. 
Universallik-qomusiylik, barcha narsa bilan qiziqish bu davr 
madaniyatidan muxim tomonlaridan biri edi. 
Shu davrdan boshlab O’rta Osiyo olimlarining asarlari butun jahonga dong’i 
taralib Osiyo, Yevropadagi ilg’or fikrlardan rivojlanishga samarali tahsir ko’rsatdi. 
O’rta asrlarda ilg’or falsafiy fikrlardan rivojlanishida Ibn Zokariya ar-Roziy, Al 
Kindi Muxammad Muso Xorazmiy, Frrobiy, Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Umar 
Xayyom, Ulugbek, Navoiy kabi mashxur mutafakkirlarning roli kattadir. 
Arab xalifaligida VII asr oxiri IX asr boshlarida xalifalikning Markaziy-
Bog’dod, Damariq shaxarlarida madaniyat kuchayib bordi. Hindcha, yunoncha, 
forschadan ilmiy, siyosiy, badiy asarlarning tarjimalari ko’paydi,
madaniy aloqalar avj oldi, qadimgi Yunonistonning mashxur olimlari 
Aristotelg’, Galen, Gippokrat, Arximed, Yuvklid kabilarning merosi keng 
o’rganildi. Xalifalikning turli o’lkalardan taniqli olimlar Bog’dodga olib kelindi, 
bu yerda IX asr boshida “ Dor ur hikma” – Donolik uyi-ilm markazi tashkil
topdi, unda turli ilmlar falakiyy, riyoziyot, tibbiyot, tarixshunoslik, geografiya, 
kimyo,falsafa, kabi fanlar rivojlandi. 


Arab xalifaligida ijtimoiy taraqqiyotning turli darajasida bo’lgan ko’pgina halq va 
qabilalar birlashgan edi. O’ta qadimiy Madaniyat Markazlari bo’lgan, Suriya, Misr, 
Xuroson, Mavounnahr kabi ming yilik madaniy merosga ega bo’lgan halqlar xam 
kiradi. 
Arab musulmon madaniyat xalifalik tarixining dastlabki madaniy merosi 
zaminida shakllangan edi. Bu madaniyatning arablar, shuningdek, arablashtirilgan 
boshqa halqlar tarixi uchun xam axamiyati juda katta bo’ldi. Xalifalikdagi 
arablashtirilmagan xalqlar arablarnikidan farq qiladigan o’z milliy madaniyatlarini 
asrlar osha tiklab olgan bo’lsalarda, u arab-islom madaniyati doirasidagi yangi 
madaniyat sifatida shakllandi.
Abu Nasr Muxammad Forobiy Sirdaryo bo’yidagi Forob qishlogida tug’ilib, 
uz Vatanida va sungra Bog’dod va Damashqda bilim oldi. U Markaziy Osiyo 
xalqlari va butun sharqning mashxur faylasufi va olimlaridan biri edi. Farobiy yirik 
faylasuf, tilshunos, mantiqshunos, matematik, astranom-ximik, medik, psixolog, 
muzika sanhatining yirik nazariyotchisi, grek madaniyati fani va falsafasini 
egallagan edi. Forobiy eng yirik Aristotelg’shunos, uning falsafasi, tabiiy ilmiy 
nazariyasi va asoslarini chuqur bilgan faylasuf edi. Shuning uchun Forobiyni 
xayotligidayok «Al muallim as-soniy» ustoz), ya`ni 2-Aristotelg’ deb faxriy 
nom bilan atagan edilar. Farobiy Aristotelg’ asarlarini arab tiliga tarjima qilib unga 
sharxlar yozadi, shu bilan birga 160 dan ortiq nodir asarlar yaratdi. Forobiy 
“Falsafani o’rganishda nimalarni bilish kerak?”, «Falsafiy savollar va ularga 
javoblar», «Shehr sanhati», «Shoirlarning shehr yozish sanhati qonunlari haqida», 
«Ilmlarning kelib chikishi tug’risida», «musiqa xakida suz», «Oxanglar tasnifi 
haqida kitob», «Masalalar bulog’i», «Aql tug’risida», «Inson ahzolari haqida 
risola», «Fozil shaxar axolisining qarashlari», «Davlat xakida risola» kabi qimmatli 
asarlar yozdi.
Farobiy xudoni «birinchi sabab», «birinchi moxiyat» deb izoxlaydi. Farobiy 
sabab-oqibat munosabatlari yordamida birinchi sababni materiya bilan bog’laydi. 
Materiya o’z sababiga, ya`ni xudoga xos bo’lgan barcha xususiyatlarga egadir. 
Materiyasiz, ya`ni oqibatsiz sabab xam bo`lishi mumkin emas. Dunyo, tabiat xudo 
tomonidan qisqa muddat ichida yaratilgan emas deydi olim. Fikrini davom ettirib 
dunyo xudodan boshqa moxiyatga ega bo’lgan borliq bo’lmasdan, xudoning zuxr 
etishidir. Tabiatning bu xolga kelishiga qadar bir qancha vaqtlar, jarayonlar o’tgan. 
Shunday qilib, Farobiy barcha mavjudotni, olamni, materiyani birinchi sabab 
xudodan keltirib chiqaradi. Farobiyning fikricha, materiya olamdagi narsa va 
hodisalarning asosidir. Dunyoning moddiy asosi yoki materiya tuproq, suv, xavo, 
olov va osmondan iborat bo’lib Farobiy ta`limoticha osmon jismlari xam yerdagi 
jismlar xam ana shu unsurlarning birikuvidan vujudga keladi. Farobiy fikricha 
olamdagi xar bir predmet materiya va shakldan iborat bo`lib, materiya xam, shakl 
xam teng axamiyatga ega bo’lgan sabablardir. Farobiy ta`limoticha xarakat 
materiyaning ob`yektiv xususiyati, moddiy olam esa xarakatning manbaidir; 
olamdagi predmet va hodisalar tuxtovsiz xarakat uzgarishda, xarakat va 
uzgarishning 
sababi 
esa 
boshlangich 
moddiy 
elementlarning 
turlicha 
kushilishidadir. Farobiyning bilish haqidagi fikrlari xam ehtiborga loyiq, uning 
ta`limoticha moddiy olam inson uning sezgisi, aqlidan avval mavjud bo`lgan. 


Inson va uning aqli esa -moddiy olam rivojining oliy maxsulidir, inson xayvondan 
uzining sezgi ahzolari, tabiatni bilish kobiliyati, aqli, tili bilan farqlanadi, inson 
moddiy olamni birin-ketin o’sib yetishgan sezgi ahzolari orqali bila boshlaydi va 
undan aqliy bilishgacha -tafakkurgacha ko’tariladi. Farobiy bilishda inson aqlining 
roliga katta baxo bergan. Inson aql tafakkur yordamida tabiatni, borliqni, 
materiyani, ijtimoiy hodisa va jarayonlar moxiyatini, ma`nosini biladi. Forobiy 
uzining ijtimoiy qarashlarida insoniyat jamiyati vujudga kelishi va rivojlanishining 
muayyan tabiiy sabablarini, axloqning shakllanishini, inson va jamiyatning o`zaro 
munosabatini, insoniylik, adolat, yetuk jamoa, komil inson kabi masalalarni 
nazariy jixatdan asoslashga xarakat qiladi. 
O’rta asr feodal Sharqining buyuk olimlaridan biri o’zbek xalqining ulug’ 
farzandi entsiklopedist olim geograf, geolog, astronom, matematik, filosof, 
tilshunos, etnograf, tabib Muxammad Ibn Axmad Abu Rayxon Beruniy 973 yilda 4 
oktyabrda qadimgi Xorazmning markaziy shaxri Qiyotda tug’ildi. Beruniy uz umri 
davomida 152 asar yaratdi. Shulardan eng mashxurlari «Qadimgi xalqlardan 
qolgan 
yodgorliklar», 
«Mahsud 
qonuni», 
«Hindiston», 
«Geodeziya», 
«Mineralogiya», «Saydana»dir. Beruniy o’z davrida tajribaviy bilimlarni puxta 
egallagan olimlardan bo’lib bu uning tabiiy-ilmiy, va falsafiy qarashlarining 
muayyan tomonlarini aniqlovchi muxim omillardan xisoblanadi. 
Umuman, Beruniyning tabiiy-ilmiy mehrosi, aniq fanlar buyicha ko’targan 
muammolari o’z davrida olamning umumiy manzarasini yaratishda, ya`ni falsafiy 
dunyoqarash shakllanishida katta axamiyatga ega bo’ldi. Beruniy o’z astranomik 
jadvalida olamning markazi yer emas, balki quyoshdir, xamma planetalar, shu 
jumladan yer xam quyosh atrofida aylanadi, degan geliotsentrik nazariyani olg’a 
surdi. Beruniyning bu ilmiy xulosasi 500 yildan keyin ulug’ astronom 
Kopernikning geliotsentrik sistemasida ilmiy asosda tasdiqlandi. Beruniy Abu Ali 
ibn Sino bilan qilgan munozarasida koinotdagi planetalar, shu jumladan yer xam 
o’zaro tortishish kuchiga ega degan xulosaga keladi. Uning bu nazariy xulosalari 
XVIII asr boshida ingliz olimi Ng’yuton kashf etgan butun dunyo tortish qonuni 
bilan ilmiy jixatdan asoslantirildi. 
Insoniyat Abu Ali ibn Sinoni jahon fani yoki madaniyatining yuqori chuqqisi, 
uyg’onish davri madaniyatining yirik arboblaridan biri sifatida biladi va 
ehzozlaydi. Ibn Sino 400 dan ortiq asarlar yozdi. Uning yozgan asarlari ilm-
fanning barcha soxalariga taaluqlidir. Shundan 242 tasi bizga yetib kelgan. Alloma 
asarlaridan 80 tasi falsafa, iloxiyot, tasavvufga, 43 tasi tabobat, 19 tasi mantiq, 26 
tasi esa ruxshunoslikka bag’ishlangan. Ibn Sino o’z asarlari bilan O’rta Osiyo 
xalqlari madaniyatini dunyo madaniyatlarining oldingi qatoriga olib chiqdi. 
Shuning uchun xam «Shayxurraisi» - «Olimlar boshlig’i» deb atalishi bejiz emas. 
Olimning asosiy falsafiy asari «Kitobat shifo», «Donishnoma», «Najot», «Kitobul 
insof», «Kitob al qonun fit tib» kitoblaridan iborat.
Ibn Sinoning «Donishnoma» nomli falsafiy kitobi 5 xil ilmni - mantiq, 
tibbiyot, astronomiyalar, musiqa, iloxiyatni o’z ichiga oladi. Ibn Sino o’tmish 
damlari va zamondoshlari singari xudoni e`tirof etadi, uni borliqning birinchi 
sababi va mabai deb tushunadi. 


Ibn Sinoning aytishicha, falsafa borliq haqidagi fandir. Borliq esa abadiydir, u 
shaklini o’zgartirishi, bir ko’rinishdan ikkinchi ko’rinishiga o’tishi mumkin, lekin 
uning o’zi, materiya yuqolmaydi. Uni tekshirish uchun zaruriyat, imkoniyat va 
sabab kategoriyalarini asos qilib olish zarur. Ushbu kategoriyalar orqali inson olam 
tug’risida falsafiy fikrlarga ega bo’ladi. Ibn Sinoning fikricha olamda zaruriy vujud 
va imkoniy vujud bor bo’lib, ularning birinchisi xech narsaga bog’liq bo’lmagan 
bir butunlikdir; u qudratli, dono, irodali va xamma narsani biluvchi tangridir. 
Ikkinchisi zaruriy vujud tangridan kelib chiqadi va uni namoyon etadi. Bu kelib 
chiqish emanatsiya tarzida, ya`ni quyoshdan chiqayotgan nur shaklida mavjud 
bo`lgan aql, jon va jism, ular bilan bog’liq xolda osmon jismlari kelib chiqadi. Bu 
javxar subegontsiya bo’lib, undan tashqari borliqda araz akkidentsiya ya`ni 
narsalarning belgilari, rangi, xajmi, xidi va boshqa xislatlari mavjud. Jism shakl va 
materiyadan tashkil topadi. Moddiy jixatdan bir butun bo’lgan tabiat o’z ichki 
qonuniyatlari asosida rivojlanadi, binobarin, tabiiy hodisalar sababli bog’lanishga 
ega bo’lib, ularni o’rganish mumkin. 
Ibn Sino jismlar 4 unsurdan tashkil topgan, -deydi. Bu 4 unsur-xavo, suv, 
olov, tuproq-o’zaro bog’liq, bir-biriga tahsir etadi. SHundan u yoki bu narsa paydo 
bo’ladi yoki yo’qoladi. Lekin ularning asosi - 4 unsur o’zgarmaydi, yuqolib 
ketmaydi. Materiya, xarakat, vaqt va fazo bilan uzviy bog’liqdir. Ibn Sino bilish 
nazariyasiga xam o’lkan xissa qo’shgan. U inson bilimlari real ob`yektiv narsalar, 
ularning sababiy bog’lanishlarini bilib olish orqali vujudga keladi, degan. Inson 
sezgilari yordamida narsalarni xissiy bilsa, tushunchalar yordamida aqliy biladi. U 
bilishda tafakko`rning roliga yuksak baxo beradi.
Xondamir, Xattot, Sulton Ali Mashxadiy va boshqalar ijod qilganlar. Boshqa 
tabiyotshunoslar singari Ulug’bek va uning shogirdlari moddiy olamni kishi 
ongidan tashqarida ob`yektiv mavjudligiga shubxa qilmadilar va uni chuqur 
o’rganishga dahvat etdilar. 
Qomusiy bilim egasi bo`lgan Mirzo Ulugbek riyoziyot, falakiyot, 
musikashunoslik, falsafa, tarix soxasida ijod qilgan. U «Bir darajaning sinusini 
aniqlash xakida risola», «Risolalar ilmidan musika», «Risolai yirik tarixiy kitob»ni 
xam muallifidir. 
Ulug’bekning nomini butun dunyoga yoygan, o’ta shon-shuxrat keltirgan 
bebaxo asar «Ziji jadidi Kuragoniy»dir. Bu asar Ulug’bekning 20 yil davomida 
olib borgan astronomik kuzatishlarining natijasi bo’lib, uning asosiy qismi 
yulduzlar jadvalidan iboratdir. Ulugbek o’limidan keyin 200 yil davomida bu 
jadval o’zini aniqligi va ilmiyligi bilan tengi yuq xisoblanib kelingan. 
3. Shu davrning yorqin yulduzlaridan biri - o’zbek xalqining buyuk farzandi, 
buyuk mutafakkir, siyosiy arbob, insonparvar shoir Alisher 
Navoiy edi. Navoiy fan, adabiyot, sanhatning turli soxalariga doir qirqdan 
ortiq asar yaratdi. «Chor devon», «Xamsa», «Maxbubul qulub», «Muxokamatul 
lug’otayin», «Majolisun nafois» va boshqalar shular jumlasidandir. Alisher 
Navoiyning falsafiy qarashlari turli asarlarida sochilgan xolda bayon etilgan.
Ularda borliq va uning moxiyati, inson va inson xayotining mazmuni xakida 
chuqur falsafiy muloxazalar, insonning baxt saodati haqidagi orzu-umidlari, adolat 
va axloqiy kamolot, komil inson va fozil jamoa, ularga yetish yullari va choralari 


xususida izlanishlar uz ifodasini topgan. Navoiy uz falsafiy qarashlarida xamma 
narsa 4 moddiy elementdan - ut, suv, xavo, tuproqdan tashkil topgan deb 
ko’rsatadi. Uningcha moddiy olam doim xarakatda va o’zgarishda. Navoiy moddiy 
olamni bilish mumkin ekanini asosan e`tirof etadi. Uningcha, bilishning manbai 
real vokelikdir, dunyoda mavjud narsalarning xammasi xislarimizning predmetidan 
(obhektidan) iborat. Navoiy inson uzining 5 sezgi ahzolari orqali tashki moddiy 
dunyo bilan aloqa bog’laydi va u to’g’risida aniq ma`lumotlarga ega bo’ladi, ularni 
miyasida tafakkur yordamida umumlashtiradi, qayta ishlaydi so’ngra muayyan 
xulosa chiqaradi deyiladi. 
Alisher Navoiy insonni butun koinotning markaziy siymosi, butun 
mavjudotning toji deb biladi. Insonni bezaydigan go’zal xislat va fazilatlar sifatida 
odob-axloqli, kamtar, muruvvatli, rostguy, mexnatsevar, saxiy bulishni aloxida 
tahkidlaydi. Uning asarlari markazida turgan belgilovchi va yunaltiruvchi bosh 
masala - inson, xalq, Vatan, uning gullab yashnashi, istiqboli haqidagi 
muammolardir. Navoiy inson va uning taqdiri xalq va undan manfaatlari yulida 
g’amxo’rlik qiladigan kishilarni ulug’laydi. 
XVI-XX asrlarda xonliklar va amirliklar davrida Markaziy Osiyo xalqlarining 
fan va madaniyati o`ziga xos xususiyatlarga ega bo’lgan xolda rivojlandi. Feodallar 
o’rtasida bo’lib turgan daxshatli janglar ilm axliga qanchalik kulfatlar keltirgan 
bulmasin, u ilm-fan, sanhat va adbiyot rivojini tuxtatib qo’ya olmadi.
Boboraxim Mashrab (1657-1711) Markaziy Osiyo xalqlari ijtimoiy va falsafiy 
fikrlari rivojlanishi tarixida muxim o’rin tutadi. U o’sha vaqtda yaqin va o’rta 
SHarq mamlakatlarida tarqalgan tasavvufning qalandarlik okimiga ehtiqod qilib, 
jamiyatdagi adolatsizlikka qarshi kurash olib borishga xarakat qiladi. Mashrab 
o’zining g’azal ruboiylarida iloxiy sevgini, ya`ni xudoga muxabbatni bayon qiladi. 
Lekin ayni bir vaqtda, mavjud dunyoning ishlarini, g’am tashvishlarini, insoniy 
fazilatlarni egallash, xalqning axvolini yaxshilash muammolarini xam unutmaydi. 
Mashrab din yo’lidan chiqib ketgan, shahriyat qonunlariga rioya kilmay, 
riyokorlik, muttaxamlik, firibgarlik, buzuqchilik bilan shug’ullanayotgan din 
vakillarni fosh qilib, ularni tug’ri yulga solmoqchi bo’ladi. Boboraxim 
Mashrabning otashin insonparvarlik so’zlari, isyonkor shehrlari o’sha davrdagi 
xukmdorlarga shahriyat peshvolariga mutlaqo yoqmadi. U 1711 yilda Balx xokimi 
Maxmudxon tomonidan osib o’ldiriladi. 
Markaziy Osiyoda falsafiy va ijtimoiy-siyosiy qarashlar taraqqiyotida beqiyos 
katta o’rin tutgan mutafakkirlardan biri Mirzo Abdulqodir Bedil (1644-1721) dir. 
U 120 ming misradan ortiq shehr va 20-25 bosma taboqdan iborat nasr yozgan. 
Uning «Kulliyot» nomli asarlari to’plamiga 16 ta kitob kirgan. Falsafaga doir 
asarlaridan «Bilim», «Chor unsur», «Nukot» kabilarni ko’rsatish mumkin. Mirzo 
Bidil falsafiy fikr negizini ob`yektiv olam mavjudligini e`tirof etish tashkil etadi. 
Uning ta`limotiga kura tabiat abadiy, undagi narsa va hodisalar o`zaro bog’liq 
hamda dunyo xamisha o’zgarish, rivojlanish xolatida turadi. Bedilning falsafiy 
qarashlari uning «mavjudot birligi» degan ta`limotida chukur ifodalangan. Unda 
aytilishicha, modda bilan Rux, tan bilan jon bir-biriga bog’lik. Bedil nuqtai nazari 
bilan qaraganda, 4 unso`rning turli birikmalarida noarganiq dunyo paydo bo`lgan, 
keyin undan organiq dunyo - o’simliklar, xayvonlar va odamzot vujudga kelgan. 


Bedilning tushuntirishicha, jism narsalar tarkibida zarrachalar o’zgarib turadi, 
natijada yangi narsalar kelib chiqadi. Bu xayratga soluvchi sirli hodisa zaruriyat 
xukmi bilan bo’ladi. Bu zaruriyat narsalarning o’zida va ularning o’zaro 
munosabatlarida mavjuddir. Bedilning ta`limoticha, inson sezgi organlariga tashqi 
olam tahsir etadi, inson narsalar moxiyatini aql-zakovati yordamida bilib oladi. 
Ob`yektiv olam bilish manbai ekanini u xar doim tahkidlagan. Odam xis qilish 
organlari yordami bilan tashki dunyo tahsirini idrok qiladi.
Tafakkuri bilan esa buyumlarning moxiyatini bilib oladi. Mirzo Bedilning 
falsafiy, ijtimoiy-siyosiy qarashlari xam muxim axamiyat kasb etadi. U o’z 
shehrlarida insonga xurmat va extirom bilan qarash uning kelajagini o’ylash, xalol 
yeb, xalol yashashga dahvat etadi. Bedil dangasalik, yolgonchilik, kekkayish, 
ochkuzlik, makr va xiyonatni tanqid qilib, kamtarlik, saxiylikni, mexnatsevarlik, 
odob-axloq, iymon-ehtikodni yuksak darajada qadrlaydi. 
O’rta Osiyoning buyuk mutaffakkirlari tomonidan ilgari surilgan ma`rifat 
haqidagi ajoyib g’oya va ta`limotlar XVII-XIX asrlarda adiblar, tarixchilar, 
faylasuflar, ziyolilar tomonidan o’ziga xos tarzda ijodiy rivojlantirildi. Yangicha 
ma`no va mazmun bilan boyitildi. 
Turdi Fargoniy, Boboraxim Mashrab, Shermuxammad Munis, Muxammad 
Sharif Gulxaniy, Muxammad Rizo Ogaxiy va boshqalar o’sha murakkab tarixiy 
davrning fan arboblari atoqli shoir va yozuvchi olimlardir. Xalqimizning tub 
manfaatlarini, ozodlik, mustakillikka bo`lgan intilishdari, orzu-niyatlarini uzida aks 
ettirgan yangi ijtimoiy-falsafiy tafakkur-ma`rifatparvarlik Turkistonda XIX asrlar 
oxirlaridan boshlab paydo bo’la boshladi. Ularning yirik namoyondalari Axmad 
Donish (1827-1897), Furqat (1858-1909) yillari, Zavkiy (1853-1921), Avaz Utar 
(1884-1914) xisoblanadi. Ularning asosiy maqsadlari xalqni ilmli, madaniyatli 
qilish, milliy ong va g’ururini ustirish asosida el-yurtni yakdil, yaktan qilib 
birlashtirish, odamlar ko’zini g’aflat uyqusidan ochish yuli bilan Vatanimiz 
mustaqilligi, millatimiz erkinligi va ozodligini tahminlashdan iborat edi. 
XIX asr va XX asr boshlarida Turkistonda jadidlar xarakati vujudga keldi. 
Ular xalqni ma`rifatli qilish, bilim saviyasini ko’tarish, fikr doirasini o’stirish, 
milliy istiqlolga erishishning zarur shartlaridan biri deb tushundilar va ana shu 
oliyjanob niyatlarini amalga oshirish uchun tinmay xarakat qildilar. Xalqimizning 
zukko farzandlari Maxmudxuja Bexbudiy, Munavvar 
Qori, Abdurauf Fitrat, Abdulla Avloniy, Chulpon, Usmon Nosir, Abdulla 
Qodiriy shular jumlasiga kiradilar. Turkistonning kelajak taqdiri to’g’risida 
millatning istiqboli haqida tinmay qayg’urdilar, izlandilar, milliy istiqlolimizga 
zamin yaratdilar.

Download 360,46 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish