2-bob. Tadqiqot sharoitlari, obyektlari va uslublari



Download 107,5 Kb.
bet1/2
Sana03.07.2022
Hajmi107,5 Kb.
#737667
  1   2
Bog'liq
2-BOB 20.05.2022


2-BOB. TADQIQOT SHAROITLARI, OBYEKTLARI VA USLUBLARI
2.1. Tadqiqot sharoiti
Zomin milliy bog’i – Zomin tog’-o’rmon mintaqasida qishki sport turlari markazi, sog’lomlashtirish sport majmuasi tarzida 1976 yil 8 senyabrda tashkil etilgan. 1978-yilda “O’zbekiston xalq bog’i” nomi berilgan. 1993-yildan boshlab Zomin milliy tabiat bog’i deb ataladigan bo’ldi. Zomin o’rmon xo’jaligi tarkibiga Zomin uchastkasi, o’rmon xo’jaligi institutining Ko’lsoy tayanch punkti, Zomin tog’ – o’rmon davlat qo’riqxonasi kirgan. Umumiy maydoni 24,1 ming gektarni tashkil etadi.
Zomin milliy tabiat bog’i G’arbiy Turkiston tog’larining shimoliy yonbag’rida, Zominsuv daryosi havzasida, xushmanzara va xilma- xil vertical landshaft mintaqalaridan tashkil topgan bo’lib, dengiz sathidan 1000 – 4030 metr balandliklarda joylashgan. Noyob va tipik landshaftlar bilan birga, archa o’rmonlari ekologik sistemalarning bir butunligi, bu hududda inson tomonidan kam, hatto o’zgartirilmagan tabiiy komplekslarning ko’pligi milliy bog’ning tashkil etishga asosiy sabab bo’ldi.
Jizzax viloyatining Zomin tumanida, ya’ni Samarqand shahridan 150 km sharq tomonda barpo etilgan muassasa, bu yerda rivojlangan tog’ turizmi faqat O’zbekiston Respublikasi aholisinigina emas, balki xorijiy mamlakatlari tog’ turizmi ixloslamdlarini ham jalb etganlaigi uchun ma’lum vaqtgacha Zomin xalqaro parki deb atalgan. Endilikda esa uning nomi qat’iy shakllangan bo’lib, “Zomin milliy tabiat bog’i” deb ataladi.
Zomin milliy tabiat bogʼi Turkiston togʼ tizmasining shimoliy yonbagʼrida Jizzax viloyatining Zomin va Baxmal tumani xududlarida joylashgan. Uning maydoni (24.110) 23894 ga ni tashkil etadi. Dengiz satxidan 1000 m dan 4033 m gacha balandlikda boʼlib uning yuqori nuqtasi Turkiston togʼ tizmasining shaukartogʼ choʼqqisidir. Milliy bogʼning janubiy gʼarbiy qismi Baxmal tumanining Muzbuloq, Zartepa qishloqlari bilan, janubiy–sharqida esa Tojikiston Respublikasi bilan chegaradosh.
Zomin milliy tabiat bog’ining umumiy iqlimi kontinental va qurg’oqchil. Bog’ hududida va uning atrofida Sangzor – 1307 m, Ko’lsoy – 2100 m, Guralash – 2260 m va Shahriston – 3200 meteorologik stansiyalar joylashgan. Zomin milliy tabiat bog’ining iqlim xususiyatlarini o’rganish va yoritishda ushbu meteorologik stansiya ma’lumotlariga tayandik.
Tog’ oldi zonasida yillik yog’in miqdori 353 mm, past baland tog’larda 348 mm, baland o’rta tog’larda esa 405 mm ga teng, ularning 50 – 60 % bahor fasliga to’g’ri keladi.
Ochiq bulutsiz kunlarning soni 174 kundan (past tog’li qismida) 115 kungacha (Shahriston dovoni) yetadi. Yillik bulutli kunlarning soni, Shahriston dovonida - 71 kun.
Gʼarbiy Turkiston tizmasining shimoliy yonbagʼirida yil bo’yi tog’-vodiy shamollari yaxshi ifodalangan. Hududning past togʼli mintaqasida yanvar oyining oʼrtacha harorati 2,9o tik yonbag’irli oʼrtacha baland tog’li mintaqada esa 5.4o, eng yuqori baland tog’li mintaqada 9o (Shahriston dovoni). Sovuqsiz kunlar davri 100 kundan (eng yuqori mintaqasida), kungacha (past tog’li 170 mintaqada) davom etadi. Yanvar oyida minimal harorat – 34o gacha tushadi, iyul oyida maksimal harorat esa 40o gacha koʼtariladi.
Gʼarbiy Turkiston tizmasining shimolga ochiqligi tufayli, yilning har xil vaqtlarida shimoldan keladigan arktika havosi bevosita taʼsir koʼrsatib, havoning harorati keskin tushib ketishi va qora sovuqlar boʼlishi mumkin.
Zomin milliy tabiat bogʼining iqlimi turfa xildir. Iqlim tez oʼzgaruvchan (kontinental) havoning eng yuqori xarorati iyun – avgust oylarida, sovuq harorati esa dakabr – yanvar oylarida boʼladi.

Download 107,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish