2. Fuqaroviy ong va uning namoyon bo’lish omillari Fuqaroviy faollik va uning fuqarolik jamiyatidagi o’rni



Download 66,11 Kb.
bet4/4
Sana28.06.2021
Hajmi66,11 Kb.
#103587
1   2   3   4
Bog'liq
2. Fuqaroviy ong va uning namoyon bo’lish omillari Fuqaroviy fao

4-javob Fuqarolik jamiyati bir necha avlod almashinuvini talab etadigan jarayon bo’lganidek fuqaroviy ong ham tarixiy davr mobaynida shakllanib boradi. Har bir mamlakatdagi fuqaroviy ong shu mamlakatdagi ijtimoiy-siyosiy tizimning tabiatiga mos va xos tarzda shakllanadi, ana shu mamlakatga xos bo’lgan ijtimoiy tizim, aloqalar va munosabatlarni aks ettiradi.

Fuqarolik ongi tabiiy va tadrijiy taraqqiyot mahsuli bo’lib, uni sun’iy jihatdan tezlashtirishning iloji yo’q. U ijtimoiy, iqtisodiy hamda siyosiy omillar negizida tadrijiy tarzda shakllanadi. Har bir avlod mavjud demokratik qadriyatlarni o’zlashtiradi va yangilarini yaratadi. Bu jarayonda fuqarolik ongini belgilab beruvchi me’yorlar va qadriyatlarni saqlash hamda uzluksiz takomillashtirish muhim faoliyat hisoblanadi. Tadrijiy taraqqiyot natijasida demokratik tasavvurlar shaxs ongida mustahkamlanib boradi, unda asta-sekinlik bilan fuqarolik tajribasi ham to’planib boradi.

Fuqarolik ongi qator o’ziga xos xususiyatlarga egadir. Fuqarolik ongi ijtimoiy tizimning o’zgarishi bilan yangilanadigan qadriyatlarga moslashib boradi. Boshqa tarafdan, fuqarolik ongi ijtimoiy o’zgarishlarni keltirib chiqaruvchi faol omil hamdir. U fuqarolarni faol harakatga undovchi tasavvurlar bilan boғliq bo’lganligi tufayli jamiyat o’zligining yangilanishiga va ijtimoiy taraqqiyotni tezlashtiruvchi omilga aylanishi mumkin. Fuqarolik ongi ijtimoiy taraqqiyotning ruhiy negizini yaratgan holda jamiyatning mustahkamlanishiga xizmat qiladi.

Fuqarolik ongi yangi ғoyalarni qabul qilish darajasida ochiq xarakterga egadir. Yangi ғoyalar aynan bir tizimga mos ekanligi o’z isbotini topgan taqdirdagina u asta-sekin jamiyatning hayotiga singib boradi.

5-javob Ko’pincha fuqaroviy faollik sifatlari yoshlarda kuzatiladi. Albatta, fuqaroviy faollikka ta’sir ko’rsatuvchi omillar faqat yosh bilan chegaralanmaydi. Unga shaxsning bilim darajasi, dunyoqarashi, tarbiyai va hatto yashash manzili ham ta’sir ko’rsatishi mumkin. Aksariyat hollarda yoshlar fuqaroviy faollik ko’rsatishni istashsa-da, siyosiy sohada bunday faoliyat ko’rsaishga unchalik qiziqmaydi. Boshqacha aytganda, yoshlar davlat siyosati o’ta murakkab hodisalardan iborat bo’lganligi uchun ham o’z mafaatlari va istaklarini siyosatchilarga singdirishga qodir bo’lmaydi. Boshqa tarafdan yondashilganda, siyosiy soha yoshlardan ancha uzoq bo’lganligi tufayli yoshlar o’z manfaatlarini davlat siyosati bilan muvofiqlashtirishda turli murakkabliklarga duch keladi. Shu tufayli faqat ularning ozchilik qismi siyosiy partiyalarga a’zo bo’lishadi, aksariyati qismi esa umuman siyosatga qiziqmaydi.

Jamiyatning biron-bir sohasidagi muammolarni bartaraf etish imkoniyati ko’proq nodavlat notijorat tashkilotlarida mavjud bo’lganligi tufayli ko’pchilik yoshlar shu kabi tashkilotlarga a’zo bo’lib kirishadi. Davlatning boshqaruv tuzilmalarida professional faoliyatga kirish yoshlardan ma’lum bir vaqt ichidagi shakllanadigan tajriba, bilim va ko’nikmalarni talab qilsa, jamoat birlashmalariga a’zo bo’lib kirish uchun bu kabi tajriba talab etilmaydi, balki ularga a’zo bo’lish uchun faqat qiziqishning o’zi etarlidir.

O’tish davrini o’z boshidan kechirayotgan mamlakatlarda fuqarolar ijtimoiy jarayonlarni boshqarish, mavjud vaziyatni o’zgartirish, ijtimoiy muammolarni bartaraf etish bo’yicha o’z tashabbuslarini ilgari surish zarurligini anglab etishga intiladi. Bu holat esa turli ko’ngillilar uyushmalarining tuzilishiga sabab bo’ladi. Insonlarda boshqalarga yordam berish, ayniqsa, muammoli vaziyatga tushib qolgan vatandoshlariga, qo’shnilariga ko’maklashish hissi mavjud bo’ladi. Aynan boshqalarga yordam qo’lini cho’zgan kishi nafaqat muammoni bartaraf etishga hissa qo’shadi, balki, u o’zligini ham yanada chuqurroq anglay boradi. Shuning uchun bo’lsa kerak, ko’ngillilik yoki ixtiyoriylik butun dunyoda keng tarqalgan hodisalardan biriga aylandi. Bu hodisa ijtimoiy ahamiyatga ega muammolarni hal etishga o’z hissasini qo’shishga bel boғlagan kishilarni umumbashariy miqyosda birlashtiradigan jarayonga aylandi. Ko’ngilli uyushmalar o’z faoliyatlarini turli shakllarda amalga oshiridi. Masalan, turli kasalliklarga qarshi kurashish uchun xayriya faoliyatidan boshlab qashshoqlik yoki tabiiy ofatlarga qarshi kurashish shaklida faoliyat yuritadigan minglab nodavlat tashkilotlarning mavjudigi fikrimizga dplildir.

Insonni ixtiyoriy faoliyat, ya’ni ko’ngilli yoki ixtiyoriy faoliyatga chorlovchi istak negizida har bir kishida o’ziga xos bo’lgan shaxsiy va ijtimoiy ehtiyojlar paydo bo’lishi mumkin. Jumladan, boshqalarga naf keltirish, o’zini namoyon qilish va o’zaro muloqot istagi kishini faollikka etaklaydi. Kishida ijtimoiy jihatdan o’zini e’tirof etishga bo’lgan ehtiyojlar ham mavjuddir. Professional va hayotiy tajribani qo’llash istagi ham kishini shunday faoliyatga chorlashi mumkin. O’z imkoniyatlarini ishga solish, o’z ғoyalarini tatbiq etish istagi ham kishini harakatlantiruvchi kuch sifatida namoyon bo’ladi. Ijtimoiy jarayonlarga ta’sir ko’rsatish va ishtirok etish ehtiyoji ham kishini faollik sari undaydi.

1


2


Download 66,11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish