Talab etiladigan hujjatlar
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalariga kirish uchun nomzodlar tomonidan quyidagi hujjatlar talab etiladi:
ixtisoslashtirilgan umumta’lim muassasasi direktori nomiga ariza;
tug‘ilganlik to‘g‘risidagi guvohnomaning nusxasi;
tibbiy ma’lumotnoma;
3 x 4 hajmdagi 4 ta fotosurat.
Ixtisoslashtirilgan ta’lim muassasalari ro‘yxati bilan XTV sayti orqali bilib olish mumkin.
Ixtisoslashtirilgan maktablar. Ulugʻ allomalar Muhammad al-Xorazmiy, Mirzo Ulugʻbek, Abu Ali ibn Sinolarning buyuk va bebaho merosini qadrlash, uni yosh avlod ongiga chuqur singdirish, oʻquvchilarning aniq fanlarning yuksak marralarini zabt etishiga koʻmaklashish, axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasidagi iqtidorlarini aniqlash hamda qobiliyatlarini roʻyobga chiqarish hamda fundamental fan asoslarini egallashi uchun tegishli shart-sharoitlar yaratish;
zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalardan keng foydalangan holda matematika, fizika, informatika, kimyo, biologiya va chet tillarini chuqur oʻqitilishini tashkil etish;
Oʻquvchilarda dasturlash asoslarini, maʼlumotlar bazalarini shakllantirish va axborot xavfsizligi koʻnikmalari va media madaniyatni maktab davridan boshlab shakllantirish;
Yuqori kasb mahoratiga ega boʻlgan pedagoglarni jalb etgan holda yosh matematiklar, yosh fiziklar, yosh dasturchilar, yosh ixtirochilar, yosh biologlar va kimyogarlar jamoalarini tashkil qilish, ularning respublika va xalqaro fan olimpiadalarida muntazam ishtirok etishlarini taʼminlash;
Oʻquvchilarni chet tilini bilish darajasini tasdiqlovchi milliy va xalqaro eʼtirof etilgan sertifkatlar olishga tayyorlash;
Oʻquv jarayonining ishlab chiqarish va xizmat koʻrsatish sohalari bilan uzviyligini taʼminlash, 10-11-sinf oʻquvchilarining axborot kommunikatsiya texnologiyalari, biologiya va kimyo yoʻnalishlaridagi yetakchi tashkilot va muassasalarda ishlab chiqarish amaliyoti oʻtashlarini tashkil etish.
Ixtisoslashtirilgan maktablarning boshqa maktablardan farqi:
STEAM fanlari, shu jumladan tegishliligi boʻyicha matematika, informatika, fizika, kimyo, biologiya va chet tillari chuqur oʻrgatiladi.
Sinflarda oʻquvchilar soni 20 nafarni tashkil etadi (boshqa maktablarda 35 nafar). Individual ishlash uchun sharoit yaratilgan.
Akademiklar, professor-oʻqituvchilar, mahalliy va xorijiy trenerlar hamda xalqaro olimpiadalarning sobiq sovrindorlari ishtirokida mahorat darslari tashkil etiladi.
Ixtisoslashtirilgan maktablarida oʻquvchilarni chet tilini bilish darajasini tasdiqlovchi milliy va xalqaro eʼtirof etilgan sertifkatlar olishga tayyorlaydi.
Ixtisoslashtirilgan maktablarda zamonaviy taʼlim dasturlari hamda zamonaviy axborot va pedagogik texnologiyalari keng joriy etiladi.
Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab to’g’risida batafsil: https://www.itschool.uz
Mirzo Ulugʻbek nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab to’g’risida batafsil: http://www.muimi.uz
Abu Ali ibn Sino nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab to’g’risida batafsil: https://www.ibnsino-maktab.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |