2-laboratoriya ishi: Kultivator ishchi qismlarini ekinlar qator orasiga moslash va o‘g‘ t miqdorlagichini o‘g‘ tlash me’yoriga roslash



Download 1,06 Mb.
Sana28.10.2022
Hajmi1,06 Mb.
#857355
Bog'liq
2-laboratoriya ishi


2-laboratoriya ishi: Kultivator ishchi qismlarini ekinlar qator orasiga moslash va o‘g‘ t miqdorlagichini o‘g‘ tlash me’yoriga roslash.
Kultivatorlar Tuproq palaxsasini ag‘darib yerga ishlov berish ko‘pincha salbiy oqibatlarga, ya’ni tuproqdagi uglerodning kamayishi, shamol va suv eroziyasining kuchayishiga olib kelishi mumkin. Shu sababli, tuproqni ag‘ darmasdan yumshatib, tabiiy namlikni saqlab qolish, begona o‘tlarga qarshi kurashish, ekilgan urug‘ ni unib chiqishi uchun eng qulay sharoit yaratish kabi maqsadlarda yerga ishlov berish uchun kultivatorlardan keng foydalaniladi. Kultivatorlar yerga yoppasiga ishlov beradigan va maxsus hamda chopiq qiluvchi turlarga bo‘linadi. Yerga yoppasiga ishlov beradigan turlari ishlov berilmagan joylarni qoldirmasdan tuproqni yumshatish va begona o‘tlarni yo‘qotish maqsadida ishlatiladi. Maxsus kultivatorlar bog‘ va o‘rmonlarda daraxtlar oralig‘ iga hamda eroziyaga uchragan joylarga ishlov berishda ishlatiladi. Bu guruhga chuqur yumshatkich-keskich kultivatorlari ham kiritiladi. Chopiq kultivatori sug‘ oriladigan dehqonchilikda ekinlar qator oralig‘ idagi tuproqqa ishlov berish, begona o‘tlarni yo‘qotish va o‘g‘ itlash uchun ishlatiladi. Kultivator bilan ishlov berishda quyidagi agrotexnik talablarga: tuproqning pastki, nam qatlamini yer yuzasiga chiqarmaslik; eroziyani kuchaytiradigan changsimon zarrachalarni hosil qilmaslik; yumshatiladigan chuqurlik tayinlanganidan 1,0 sm dan ortiq farq qilmasligi va begona o‘tlarni 98 – 99 % yo‘qotilishiga rioya qilinadi. Kultivator ishchi qismlari bajaradigan ishiga qarab, asosan to‘rt turga bo‘linadi: yumshatuvchi tishlar, o‘toqlovchi yotiq tishlar, o‘qyoysimon tishlar va chuqur yumshatuvchi tishlar. Yumshatuvchi tishlar iskanasimon (2- d rasm), to‘ntarma (2- e rasm) va nayzasimon (2- f rasm) kabi turlarga bo‘linadi. Bunday tish sirtining yumshatish burchagi α o‘zgaruvchan qilinadi (balandligi ortsa,

96-rasm. Kultivatorning ishchi qismlari: a — o‘toqlovchi yotiq tish; d — o‘qyoysimon (universal) tish; v — iskanasimon tish; g — to‘ntarma tish; d — nayzasimon tish; e —chuqur yumshatuvchi tish.
α kattalashadi). Iskanasimon tishning qamrov kengligi b = 20 mm bo‘lib, tuproqning pastki, namroq qismini yuzaga chiqarmaydi. Bunday tish bikir ustunga α = 40 – 45° ostida o‘rnatilib, 25 sm chuqurlikkacha, prujinasimon ustunga α = 25 – 30° burchagi ostida ko‘tarilib, 12 sm chuqurlikkacha ishlov berishi mumkin. To‘ntarma tish uchining kengayish burchagi 2γ = 60 – 70° bo‘lib , qamrov kengligi b = 35 – 65 mm bo‘ladi. Ishlatilayotgan uchi o‘tmaslashib qolsa, tish 180° ga to‘ntarilib o‘rnatiladi. Nayzasimon tish (91- f rasm) ko‘p yillik begona o‘tlarni yo‘qotishda qo‘l keladi. O‘toqlovchi yotiq tishlar (2- b rasm) ekin qator oralig‘ idagi begona o‘tlarni yo‘qotish maqsadida ishlatiladi. Shu sababli, uning yumshatish burchagi o‘ta o‘z (α = 9 – 10°) o‘rnatiladi va tuproqni maydalash deyarli kuzatilmaydi. Bunday tishning tig‘ i begona o‘tlar ildizini kam kuch sarflab kesishi uchun γ burchagining miqdori sirpanib kesishni ta’minlashi kerak. Shu sababli, o‘toqlovchi yotiq tish qamrov kengligi b = 85 – 165 mm, γ = 28 – 32° qabul qilinadi va a = 4 – 6 sm chuqurliklarda ishlatiladi. O‘q-yoysimon (universal) tishlar (2- b rasm) begona o‘tlarning ildizlarini kesib yo‘qotish va tuproqni yetarli darajada yumshatish uchun ishlatiladi. Shu sababli, γ = 28 – 30° bo‘lib , b = 220 – 385 mm, ishlov berish chuqurligi a = 12 sm gacha yetadi. Chuqur yumshatuvchi tish (2- g rasm) tuproqni 30 – 40 sm chuqurlikkacha yumshatadi. Bunday tish shaklan o‘q-yoysimon bo‘lib, boshmoq va unga o‘rnatilgan iskanasimon tumshuq, va ikkita lemexlardan tashkil topgan bo‘ladi. Qamrov kengligi 80 sm va undan ko‘p bo‘lishini ta’minlash uchun γ = 38 – 60° qabul qilinadi. Iskana α = 17 – 25°, lemex esa α = 25° burchak ostida gorizontal yo‘nalishga engashgan bo‘ladi. Tuproq palaxsasi lemex ta’sirida 10 sm gacha ko‘tarilib, oldingi joyiga tushiriladi, natijada, tuproq ag‘ darilmasdan birmuncha yumshatilib, begona o‘t ildizlari kesiladi. Kultivator tishi ta’sirida tuproq deformatsiyalanishining shakli, tirma tishi ta’sirida tuproqning yumshatilishiga o‘xshaydi (3- rasm). Tuproqqa botirilgan tish ilgarilanma harakatlantirilsa, tuproqning deformatsiyalanishi pastdan yuqoriga θ = 20 – 25° burchak ostida tarqaladi. Shu sababli, bitta tish ta’sirida yumshatilgan tuproqning shakli trapetsiyaga o‘xshash bo‘lib, uning pastki asosi tishning konstruktiv qamrov kengligi bk ga teng bo‘ladi (3- a rasm). Agar tuproqda yonma-yon iz qoldiradigan tishlar (masalan, yumshatuvchi tishlar) oralig‘ i S, bk dan kattaroq o‘rnatilsa, dala yuzasi yoppasiga yumshatilgan (hatto fde maydoniga ikki marta ishlov beriladi) bo‘lsa ham uning tubida yumshatilmagan kdm do‘ngchasi qoladi, u yerdagi begona o‘t to‘liq yo‘qotilmagan bo‘ladi. Do‘ngchaning balandligi:
ga teng bo‘ladi. (1)

3- rasm. Kultivator tishi ta’sirida tuproqning deformatsiyalanishi:
a — yumshatuvchi tish; b — o‘q-yoysimon tish ta’sirida.

Begona o‘t ildizlarini to‘liq kesib yo‘qotish uchun universal (o‘q-yoysimon) tishlar kultivator ramasida S < bk , ya’ni, qo‘shni tishlar qamrov kengliklari qoplanishi S ni ta’minlashni hisobga olgan holda joylashtiriladi (3–b rasm). Natijada, begona o‘t ildizlari to‘liq kesiladi, ammo femk maydoniga ikki marta ishlov beriladi. Demak, bajariladigan ish turiga qarab, kultivator tishlarini yuqoridagi holatni e’tiborga olgan holda ramaga joylashtirish lozim. Kultivator tishlarini ramaga osish radial va parallelogrammsimon usullar yordamida bajariladi. Radial osish usulida (4- a rasm) ishchi qism 3, ustuni 2, gryadil 8, kultivator ramasiga sharnir 1 orqali ulanadi. Kultivatorning ishchi qismlari ramaga shu usulda ulansa, qo‘shni gryadillarga o‘rnatilgan tishlar birbirlariga nisbatan ko‘tarilib-tushib, mikrorelefga moslanib yurish imkoniyatiga ega bo‘ladi. Tishni belgilangan chuqurlikka botirish uchun jilov 7 ga kiydirilgan prujina 6 yordamida kerakli miqdordagi Fp kuchi hosil qilinadi. Cheklovchi mix - cho‘p d ni jilov bo‘ylab surib, prujinaning siqilish kuchi Fp o‘zgartiriladi. Gryadillarni ko‘tarib-tushirish AB ikki yelkali richag yordamida bajariladi. Shtanganing yo‘naltirgich 10 dan chiqib turgan ΔS qismi, tish 3 ni ishlov berish chuqurligi o‘zgarishini cheklaydi.



4- rasm. Kultivatorning ishchi qismlari osish mexanizmining sxemasi: a — radial; b — parallelogrammsimon; 1 – rama; 2 – tish ustuni; 3 – tish; 4 – tayanch g‘ ildiragi; 5 – ko‘tarish richagi; 6 – bosuvchi prujina; 7 – jilov; 8 – gryadil; 9 – chuqirlikni sozlovchi g‘ ildirakcha; 10 – yo‘naltirgich; 11 va 12 – parallelogramm tortqilari.
Radial usul sodda konstruksiyaga ega, ammo tishning tuproqqa botish chuqurligini o‘zgarishi uning yumshatish burchagi α ning o‘zgarishiga ham olib kelishi mumkin. Parallelogrammsimon osish usulida tish 2 o‘rnatilgan gryadil (98-b rasm) rama 1 ga ABCD parallelogrami yordamida osiladi. Tish tuproqqa og‘ irlik Rs va tuproqning ta’sir kuchi Rzx ta’sirida botadi. Ishlov berish chuqurligi esa tayanch g‘ ildiragi 9 yordamida sozlanadi. Bu usulda, gryadildagi tishlar qanday chuqurlikka o‘rnatilmasin, yumshatish burchagi α o‘zgarmaydi. Natijada, ish sifati yuqori bo‘ladi. Shu sababli, g‘ o‘za oralig‘ iga ishlov beradigan kultivatorlarda parallelogrammsimon osish usuli qo‘llaniladi. Parallelogrammning o‘zaro parallel AB va CD tomonlarini engashish burchagi α qancha katta bo‘lsa, tishlarning botish xususiyati shuncha kamayadi
Download 1,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish