2-ma’ruza. Mashinalar puxtaligini oshorish usullari xakida umumiy ma’lumotlar. Konstruktorlik usullari. Texnologiya usullari



Download 51 Kb.
bet1/2
Sana21.12.2022
Hajmi51 Kb.
#892515
  1   2
Bog'liq
2.2-ma’ruza. Mashinalar puxtaligini oshorish usullari (1)


2-ma’ruza. Mashinalar puxtaligini oshorish usullari xakida umumiy ma’lumotlar. Konstruktorlik usullari. Texnologiya usullari..
Reja:
1.Puxtalikni boshqarishning umumiy usullari
2.Puxtalikni boshqarishning konstruktorlik usullari.
Puxtalikni boshqarishning umumiy usullari
Mashinalar yuqori puxtalik ko‘rsatkichlariga ega bo‘lishi uchun loyihalash bosqichida ularning tuzilishi va materiallarni to‘g‘ri tanlash, foydalanish sharoitida paydo bo‘lishi mumkin bo‘lgan barcha ta’sirlarni e’tiborga oluvchi hisoblash ishlarini bajarish kerak bo‘ladi. Mashinani tayyorlash bosqichida materiallar va butlovchi mahsulotlarni sinchiklab nazorat qilish, texnologiya jarayonlarini tashkil etish va tekshirishni yuqori saviyaga yetkazish, detallar va agregatlarni oraliq nazorat sinovini, topshirish-qabul qilish tadbirlarini yaxshi o‘zlashtirilgan tizimini joriy qilish kerak.
Ularni tayyorlashning chiniqtirish va siyqalanish bosqichida yashirin nuq-sonlarini yo‘qotish tashxiz va reja-profilaktik tadbirlarni o‘z ichiga oladigan texnik xizmat ko‘rsatish tizimidan foydalanish davrida mashinalarning ishlamay qolish holatlari paydo bo‘lishi ehtimolini eng kam miqdordagacha kamaytirishga imkon yaratadi.
Mashinalarning xizmat muddati va resursi ularning ko‘pga chidamliligini belgilaydi. Ko‘pga chidamlilik ko‘rsatkichlariga bo‘lgan talablar ishlanmaning ilk bosqichlarida beriladi. Amaliy va hisoblash matematikasi, materialshunoslik va mashinashunoslik fanlari ko‘pga chidamlilik ko‘rsatkichlarini loyihalash bosqichida oldindan aniqlashga imkon beradi. Bunda matematik va fizik modellash usullarini keng qo‘llab, yaratilayotgan mashinaning ish sharoitlariga iloji boricha yaqinlashtirilgan hisoblash usullaridan foydalaniladi.
Puxtalik nazariyasi o‘rtacha resurs va resursni tarqoqligiga turli omillarning ta’sirini baholash imkoniyatini beradi. Resurs muammosining amaliy ahamiyati juda katta, chunki ko‘pgina mashinalarning amaliy resursi hali iqtisodiy nuqtai-nazardan ma’qul qiymatga etmagan. Mashinalar resursini oshirish materiallar, energiya va mehnat sarfini sezilarli tejashga olib keladi. Hozirgi vaqtda bu mablag‘lar mashinalar parkini yangilash va ularni ta’mirlashga sarf bo‘lmoqda.
Yaxshi o‘ylab loyihalangan, sifatli tayyorlangan va to‘g‘ri foydalanilgan mashinada chekli holatga kelib qolgunga qadar ishlamay qolish holati ro‘y bermasligi zarur. Mashinaning ishlamay qolishlari mashinani tayyorlash va undan foydalanishning turli bosqichlarida yo‘l qo‘yilgan xatolar tufayli yuz beradi.
20- jadvaldagi ma’lumotlardan ko‘rinib turibdiki, texnikaning turli sohalarida ishlamay qolish holatlarining taqsimoti turlichadir. Xatolarning hamma turlari (konstruktorlik, texnologik va foydalanishdagi xatolar) taxminan teng qimmatlidir va shuning uchun mashinalarning puxtaligi barcha usullar bilan ta’minlanishi kerak.
20- jadval
Texnikaning turli sohalarida ishlamay qolish holatlari taqsimoti

Texnika sohasi

Ishlamay qolishlar sabablari




Konstruk-torlik
xatolari

Texnologik xatolar

Foydalanish- dagi xatolar

Tabiiy yeyilish va zanglash

Radioelektronika

40-50

20

30

5- 10

Raketa motorlari

30

30

40

-

Neft konlari uskunalari

44

26

30

-

Avtomobillar

15-20

15-20

15-20

40-55

Traktorlar va qishloq xo‘jalik mashinalari

15-20

5-10

5-10

40-75

Umumiy mashinasozlik buyumlari

35

20

25



20

Rezbali
birikmalar

50

25

25

-

Puxtalikni oshirishning mumkin bo‘lgan yo‘llarini tahlil qilishda misol tariqasida gidrotizimlarning shesternyali nasosini ko‘rib chiqamiz. Nasoslarning puxtaligini oshirish yo‘llarini uch yo‘nalishda qarash kerak. Ana shu yo‘nalishlardan har biri nasoslarning ishlash qobiliyatini ifodalovchi va belgilovchi ma’lum ko‘rsatkichlari bilan ajralib turadi.


I. Nasosning tuzilishiga ko‘ra:
1. Ish xususiyatlarining parametrlari: ish bosimi, ish unumi, og‘irligi, tashqi o‘lchamlari va tezkorligiga doir cheklashlar; ish harorati; ulanish sikllari soni; detallarga tushadigan yuklanishni to‘g‘ri tanlash.
2. Tuzilish sxemasi: bosim bo‘shlig‘ining so‘ruvchi bo‘shliqdan ajratilishi; radial va yonboshlardagi tirqishlarning kompensatsiyalanishi; eng maqbul tirqishlar va o‘lchamlar zanjiri; detallar o‘lchamlarini va joylashuvini ularning mustahkamligi, chidamliligi hamda yeyilishga chidamliligining tengligidan kelib chiqqan holda asoslash.
3. Detallarning materiali: materiallarning yuklanishlarga mosligi; materiallarning ishqalanish sharoitiga mosligi, termik ishlov berish va mustahkamlovchi texnologiya.
4. Qabul qilingan ish suyuqligi: qovushqoqlik indeksi, qovushqoq-ligining xaroratga bog‘liqligi; bug‘ hosil qilganda ajratib chiqaradigan solishtirma issiqligi.
5. Tuzatishga yaroqlilik.
II.Tayyorlash sifatiga ko‘ra:
1. Detallarni tayyorlash sifati; tayyorlash aniqligi; yuza sirtining sifati; ko‘zga ko‘rinmas nuqsonlarining yo‘qligi.
2. Yeyilishga chidamlilikni oshirishga qaratilgan texnologik usullardan eng maqbul tarzda foydalanish darajasi.
3. Yig‘ish va chiniqtirish sifati.
III. Foydalanish sharoitlariga ko‘ra:
1. Ish tartiboti: yuklanishning ortib borish va olinish kinetikasi; yuklanish bilan ishlash vaqti; ishga tushirish sikllari soni.
2. Ish suyuqligining sifati: boshlang‘ich ifloslanganligi; ifloslanish jadalligi; eskirish jadalligi; qo‘shilmalardan tozalash darajasi.
3. Atrof muhit sharoiti: havoning harorati; havoning changlanganligi va changning tarkibi.
4. Xizmat ko‘rsatish tartiboti: texnik xizmat ko‘rsatish qoidalariga amal qilish; yuklanish bilan ishlatish oldidan qizdirib olish.
5. Yo‘riqnomaga qat’iy amal qilgan holda konservasiyalash va saqlash.
Nasosning resursini ta’minlash uchun quyidagilarni amalga oshirish lozim: tutashmalarda ishqalanishga sarflanadigan quvvatni kamaytirish, birinchi navbatda nasosning turli ish tartibotlarida doimiy suyuqlikli ishqalanish bo‘lishini ta’minlash va buning evaziga nasosning f.i.k. ni oshirish; ishqalanuvchi juftliklarning materialini mazkur ish sharoiti uchun yeyilishga chidamliroq material bilan almashtirish; o‘zaro ta’sirlanuvchi juftliklarga tushadigan solishtirma yuklanishlarni kamaytirish.
Materialini almashtirish yoki tiklangan detallar sirtining mustahkamligini oshirish yo‘li bilan ham nasoslarning resursini oshirish mumkin. Shesternyalar uncha ko‘p yeyilmasligi sababli almashma detallar sifatida vtulkadan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Nasos detallarining yeyilishga chidamliligi ko‘p darajada ish vaqtida yuzaga keluvchi yuklanishlarga, shuningdek ishqalanuvchi detallarni tayyorlash uchun materiallarning to‘g‘ri tanlanishiga bog‘liqdir.
Shesternyali nasoslarning ishlash qobiliyatini oshirishga qaratilgan konstruktiv-texnologik chora-tadbirlarni uch turkumga ajratish mumkin:
1. Yeyilishni nasos ish xususiyatlariga ta’sirini kamaytiruvchi chora-tadbirlar.
2. Nasosdagi detallar materialining yeyilishga chidamliligini oshirishga va ishqalanuvchi qismlarni tayyorlash uchun yeyilishga chidamliroq materiallar ishlatishga doir chora-tadbirlar.
3. Detallar yeyilishining paydo bo‘lishi va avj olishi sharoitini cheklashga qaratilgan chora-tadbirlar.
Nasoslarning ko‘pga chidamliligini oshirishning muhim usullaridan biri ish suyuqligini qattiq mexanik aralashmalardan tozalash sifatini yaxshilashdir. Hozirgi mashinalarning gidravlik tizimlariga o‘rnatilgan filtrlar o‘lchami 20 mkm gacha bo‘lgan aralashma zarralarni o‘tkazib yuboradi, bu esa tutashmadagi tirqishlarning o‘lchamiga teng yoki undan kattaroqdir. Bizningcha, mashinalar gidrotizimiga ish suyuqligini qo‘shilmalardan sifatli tozalay oladigan jihozlarni o‘rnatish zarur. Ammo murakkab va qimmatbaho jixozlarni o‘rnatish maqsadga muvofiq emas, chunki har qanday filtrlovchi element ma’lum vaqt o‘tganidan so‘ng abraziv zarralarni ko‘p miqdorda o‘tkazib yuboradigan bo‘lib qoladi. Hozirgi vaqtda filtrlovchi elementlarning, zichlovchi qurilmalarning kam samaraliligini e’tiborga olib, detallar uchun yeyilishga chidamli material ishlatish nasoslar xizmat muddatini uzaytirishning eng oqilona yo‘li deb hisoblash mumkin.
Vtulkalar uchun ishlatiladigan qimmatbaho va kamyob materialni (BrOCS 5-5-5 markali yoki 2% nikel qo‘shilgan BrOS 5-25 markali bronzani) arzonroq antifriksion material (alyuminiy qotishmalari) bilan almashtirish maqsadida nasos tayyorlovchi zavodlar tomonidan o‘tkazilgan tadqiqotlar bu materiallarning yeyilishga chidamliligining pastligi sababli kutilgan natijani bermadi. Bu hol masalaga tizimli tarzda yondoshilmaganligini, ya’ni bunda ish sharoitining o‘ziga xos xususiyatlariga etarlicha e’tibor berilmaganligini yaqqol ko‘rsatib turibdi.

Download 51 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish