2-mavzu: aqsh 1945-2000 yillarda. Reja: aqsh ikkinchi jahon urushidan keyingi yillarda. G. Trumen ma'muriyatining faoliyati


YILDAGI SAYLOVLAR. RESPUBLIKACHILARNING HOKIMYATGA QAYTISHI



Download 42,15 Kb.
bet4/5
Sana15.06.2022
Hajmi42,15 Kb.
#673597
1   2   3   4   5
Bog'liq
МАТН 2.

1968 YILDAGI SAYLOVLAR. RESPUBLIKACHILARNING HOKIMYATGA QAYTISHI.
1968 yildagi saylovlarda respublikachilar partiyasi uncha katta bo'lmagan ustunlik bilan g'alaba qozondi va Richard Nikson prezident bo'ldi. Bu vaqtda AQSHni chuqur iqtisodiy va siyosiy inqiroz qamrab olgan edi. 1969 yilning ikkinchi yarmidan sanoat ishlab chiqarishi keskin qisqardi. 1971 yil yanvariga kelib ishsizlar soni 5 million kishidan oshib ketdi, mamlakatdagi jami ishchi kuchining 6 foizini tashkil etardi. Inflyauiya kuchayib baholar o'sdi. Energetika sohasida ham chuqur inqiroz yuz berdi. YAqin SHarqdagi vaziyatning keskinlashishi natijasida neft qazib oluvchi mamlakatlar AQSHga neft yetkazib berishni kamaytirdilar. Bu esa baholarning yanada o'sishiga va inflyasiyaning kuchayishiga olib keldi.
Iqtisodiy inqiroz respublikachilarni o'z qarashlarini qayta ko'rib chiqishga majbur qildi. R.Nikson hokimyatga kelish arafasida davlatning iqtisodiyotni tartibga solish funksiyasini kamaytirish va erkin tadbirkorlik rolini kuchaytirish haqida ko'p gapirgan edi. Inqirozga duch kelgandan keyin respublikachilarpartiyasida ajralish yuz berdi, ”erkin tadbirkorlik” tarafdorlari bilan bir qatorda iqtisodiy o'sishni rag'batlantirishda davlat rolini kuchayishi dasturini ilgari surgan yangi qanot – neokonservatorlar vujudga keldi. Bu qanotga prezident R.Nikson rahbarlik qildi. U 1971 yil 15 avgustda “yangi iqtisodiy siyosat”ga o'tilishini e'lon qildi. Bu esa iqtisodiyotga davlat aralashuvini kuchayishini va erkin tadbirkorlikga qarshi chekloachi tadbirlarni joriy qilishni yoqlovchi neokonservatizmning g'alaba qozonganini bildirar edi.
Narxlar va ish xaqi muzlatildi, davlat xarajatlari qisqartirildi, dollarni oltinga almashtirish vaqtincha to'xtatildi va AQSHga olib kelinadigan tovarlarga 10 % li boj o'rnatildi. Ilgari qishloq xo'jalik mahsulotlari ishlab chiqarishga belgilangan barcha cheklashlar bekor qilindi.
Bu tadbirlar ahvolni yaxshilamadi. Inflyasiyaning o'sishi davom etdi, baholar o'sdi, ayniqsa oziq-ovqat mahsulotlarining narxlari tez o'sib bordi. YAngi iqtisodiy siyosat boshi berk ko'chaga kirib qoldi. R.Nikson hukumati energetika inqirozini ham bartaraf qila olmadi.
Neokonservatorlar ijtimoiy sohada ancha muvaffaqiyatga erishdilar. Inqiroz vaziyati va mehnatkashlarning o'z ijtimoiy huquqlari uchun olib borgan kurashi hukumatni bir qator tadbirlarni amalga oshirishga majbur qildi. R.Nikson ma'muriyati o'zining 5 yillik faoliyati davomida qarilik, mehnat qobilyatini yo'qotganlik va boquvchisini yo'qotganlik uchun belgilangan nafaqalarni bir necha marta oshirdi. Ana shu vaqt davomida ushbu toifadagilarga to'lanadigan barcha to'lov turlari 45 % ga o'sdi va ularni oluvchilar soni 30 mln. kishiga yetdi.
Ayniqsa davlat yordami tizimi keng rivojlandi. Qashshoqlikning rasmiy darajasidan kam daromad oluvchi oilalar davlatdan maxsus nafaqa olish huquqiga ega bo'ldilar, davlat bu bilan o'z fuqarolarining hayot farovonligini ta'minlashga, ularning xarid qilish qobilyatini kuchaytirib, ichki bozorni kengaytirishga harakat qildi. Hukumat kambag'allarga oziq-ovqatlarning ma'lum bir turlarini bepul berilishini ta'minlaydigan oziq-ovqat talonlari tizimining doirasini kengaytirdi. Bu tizim 1969 yilda 3 mln. kishini qamrab olgan bo'lsa, 1974 yilga kelib ularning soni 13 mln. kishiga yetdi. 1974 yilda yana bir muhim tadbir qonunlashtirildi – ish xaqi minimumi soatiga 1,6 dollardan 2,2 dollarga yetkazildi.
R.Nikson ma'muriyati ijtimoiy norozilikning ommaviy demokratik harakatiga qarshi qattiq kurash olib bordi. Bu harakat qatnashchilariga, eng avvalo yoshlar va negrlarga qarshi qatag'on qilishlar kuchaydi. 1970-yillar boshida negrlarga qarshi qaratilgan barcha kamsituvchi tadbirlarning bekor qilinishini talab qilib chiqqan ”qora qoplonlar” nomli negrlar tashkilotining 30 dan ortiq rahbarlari tergovsiz va sudsiz o'ldirib yuborildi.
SHunday qilib R.Nikson prezidentligi davrida davlat-monopolistik mafkurasining bir ko'rinishi sifatida shakllangan neokonservatizm o'zida ijtimoiy sug'urta va davlat yordamini kengaytirishni hamda progressiv demokratik harakatlarga nisbatan qattiqqo'llikni gavdalantirdi.
R.Nikson prezidentligi davrida AQSH tashqi siyosatida bir qator siljishlar bo'ldi. Ikkinchi jahon urushidan keyin mamlakat tashqi siyosatining asosida turgan bir qator muhim konsepsiyalar qayta ko'rib chiqildi. Aksilinqilobiy ruhdagi “tez javob qaytarish” va “ommaviy o'ch olish” konsepsiyalari o'rniga jahonda yuzaga kelgan vaziyatga mos keluvchi, uni hisobga olkvchi realistik konsepsiyalar vujudga keldi.
1973 yil yanvarda Parijda Vetnamdagi urushni to'xtatish to'g'risida bitim imzolandi. AQSH qo'shini Vetnamdan chiqarildi. AQSH birinchi marta Osiyo mamlakatida urushda mag'lubiyatga uchradi. AQSH Lotin Amerikasida Janubiy Amerika mamlakatlari jamoatchiligining talablariga yon berishga majbur bo'ldi va har bir mamlakatning Kuba bilan mustaqil holda munosabat o'rnatish huquqini tan oldi. Bu AQSHning Kubani diplomatik qamal qilish siyosatidagi katta mag'lubiyati edi. Xalqaro munosabatlar ustidan AQSH nazoratini o'rnatish to'g'risidagi orzular amalga oshmaydigan va shu bilan birga Amerika xalqi uchun xavfli bo'lib qoldi. Amerika dunyodagi o'zgarishlarni realistik, bor bo'yicha qabul qilishga va o'z tashqi siyosatini shunga moslashtirish yo'liga o'tdi. 1972 yilda R.Nikson rasmiy safar bilan Xitoyga bordi va bu yerdagi xalq inqilobidan 20 yildan ko'proq vaqt o'tgach Xitoy bilan diplomatik aloqa o'rnatdi.
Bu vaqtda Sovet-Amerika munosabatlarida ham muhim o'zgarishlar yuz berdi. 1972 yil 22-30 may kunlari R.Niksonning Moskvaga safari chog'ida bir qator muhim bitimlar imzolandi. Ikki tomon ham davlatlar o'rtasida tinch hamkorlik qilish munosabatlarini saqlashga kelishib oldilar. Imzolangan bir qator bitimlar natijasida bu ikki davlat o'rtasidagi munosabatlar normallashibgina qolmay, umumiy xalqaro vaziyat ham ancha yaxshilandi.
1972 yildagi saylovlarda R.Nikson yana g'alaba qozondi, saylovchilarning 60 % i unga ovoz berdi. Lekin demokratlar kongressning ikkala palatasida ham ko'pchilik o'rinni egallab, mamlakatning ichki va tashqi siyosatiga ta'sir o'tkazishning muhim dastaklariga ega bo'ldilar.
Saylovlardan keyin AQSHda siyosiy janjallar avj oldi. Dastlabki janjal vise-prezident S.Agnyuning pora olishi bilan bog'liq edi. U 1968 yildan beri egallab kelayotgan vise-prezident lavozimidan “o'z ixtiyori” bilan ketishga majbur bo'ldi. Sud uni 10 ming dollar jarima to'lashga va shartli ravishda 3 yil qamoqqa hukm qildi. 1973 yilda “Uotergeyt ishi” nomi bilan atalgan siyosiy inqiroz boshlandi.
[В ответ на УрДУ Атаева Дилфуза УрДУ]
1972 yilda navbatdagi prezidentlikga saylov mavsumi davomida Oy uy xodimlari (respublikachilar) AQSH demokratlar partiyasining Vashington shahridagi Uotergeyt mehmonxonasida joylashgan qarorgohida ovoz yozib oluvchi moslamalarni o'rnatganligi fosh bo'lib qoldi. Magnit lentasiga yozilgan axborotnomani pinxona olayotgan jinoyatchilar qo'lga tushdi.1972 yildagi saylovda g'alaba qozongan R.Nikson bu voqeani tekshirishga qarshilik qilib, o'z prezidentlik vakolatlaridan foydalandi. Nikson prezidentlik davrining shundan keyingi bir yarim yili ”Uotergeyt ishi” deb atalgan noxush voqealarni tekshirish bilan o'tdi. bu ishga prezident R.Nikson ham aralashganligi ma'lum bo'ldi.
“Uotergeyt ishi”ni tekshirish davomida prezident ma'muriyati va R.Niksonning fuqarolarning konstitusiyaviy huquqlarini buzuvchi noqonuniy harakatlari, korrupsiya faktlari ma'lum bo'ldi. Mamlakatda prezidentning iste'foga chiqarilishini yoki unga nisbatan impechment qo'llanilishi tarafdorlarining harakati kuchaydi. Impechment xavfi ostida qolgan R.Nikson 1974 yil 4 avgustda iste'foga chiqdi.
Vise-prezident Jerald Ford AQSHning 38-prezidenti bo'ldi (1974-1977 yy). Ford ijtimoiy sohaga xarajatlarni kamaytirish yo'lidan bordi. Bu neokonservatizm va R.Nikson yo'lidan ancha chekinishni bildirar edi. Bunday ahvol respublikachilar partiyasini qiyin ahvolga solib, uning ta'sirini ancha pasayishiga olib keldi. Respublikachilar partiyasida ajralish boshlandi. Erkin tadbirkorlikga qaytishni va ijtimoiyislohotlarni to'xtatilishini talab qilib chiqqan ultrakonservativ guruhlarning mavqelari mustahkamlandi. Ularning yetakchisi “asl kklnservatizm”ni tiklash shiori bilan chiqqan Kaliforniyaning sobiq gubernatori R.Reygan edi.
1976 yildagi saylovlarda demokratik partiya vakili, siyosiy doiralarda shu vaqtgacha hali uncha ma'lum bo'lmagan, Jorjiya shtatining sobiq gubernatori, fermer Jeyms Karter g'alaba qozonib, AQSHning 39-prezidenti bo'ldi (1977-1981) . U butun dunyoda inson huquqlarini himoya qilishni o'z siyosatining asosiy shiori deb e'lon qildi.
[В ответ на УрДУ Атаева Дилфуза УрДУ]
Bu vaqtga kelib yangi hukumat harbiy xarajatlarni keskin kuchaytirdi. Bu xarajatlar 1980 yilga kelibrekord jarajaga – 130 mlrd. dollarga yetdi. AQSHning davlat qarzi 1979 yildagi 479 mlrd. dollardan 1981 yilda 525 mlrd. dollardan oshib ketdi. Karter prezidentligi davrida harbiy-sanoat majmualari katta yutuqlarga erishdilar. Ijtimoiy xarajatlar qisqartirilib, harbiy xarajatlar o'sdi. Siyosiy doiralarda “yangi konservatizm” deb nomlangan yangi qudratli harakat shakllandi. Uning eng muhim ko'rinishidan biri neoliberializm an'anaviy tarzda tayanib kelgan davlat ijtimoiy xarajatlarining qisqarishi va harbiy xarajatlarning ko'payishi bo'ldi. J.Karter harbiy xarajatlarning keskinkeskin ko'payishi sababli yuzaga kelgan inflyasiyaga qarshi kurashish bahonasida ish xaqini muzlatib qo'yish, ijtimoiy sohaga ketadigan xarajatlarni qisqartirish dasturini amalga oshira boshladi va shu yo'l bilan mehnatkash omma hisobiga ”qattiq tejash” siyosatini o'tkaza boshladi. Bu esa ishchilarning ommaviy chiqishlariga olib keldi. 1977 yil dekabrda shaxtyorlarning umummilliy ish tashlashlari boshlandi. 180 ming ishchi deyarli 4 oy o'zlarining iqtisodiy ahvolini yaxshilash uchun kurash olib bordi.
70-yillarning ikkinchi yarmida qora tanli amerikaliklarning hayotining bircha sohalarida haqiqiy tenglikga erishish uchun kurashlari kuchaydi. Negr aholisi ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan og'ir ahvolda edi. Ishga qabul qilish, mehnatga haq to'lash, uy-joyga ega bo'lish, universitetlarga qabul qilishdagi kamsitishlar negr aholisiga ruhiy jihatdan og'ir zarba bo'lib tushardi.millionlagan negarlar irqiy kamsitish va polisiya zo'ravonligiga duchor bo'lardilar. Bunday salbiy hodisalarning haddan oshib ketishi natijasida 1980 yilda Mayamida va Fort Ueynda negr aholisining stixiyali isyonlari bo'lib o'tdi.
Mamlakatda fermerlarning ommaviy harakati tashkil topdi. Fermerlar qishloq xo'jalik mahsulotlari narxlarini davlat tomonidan qo'llab-quvvatlash tizimini qayta tiklashni talab qildilar. Amerikaning tub aholisi – hindular harakati faollashdi. 1978 yilda Vashingtonda hindularning genosid va irqiy ta'qib siyosatiga qarshi qaratilgan umummilliy norozilik marshi bo'ldi. Mamlakatda demokratik harakatning yangidan yuksalish davri boshlandi.
Urushdan keyingi Sovet-Amerika munosabatlari tarixida 70-yillar alohida o'rin egallaydi. Ayni shu davrda “yadro asri” sharoitidagi o'zaro munosabatlarning asosiy tamoyillari ishlab chiqildi, foydali hamkorlik va hamjihatlik omillari yuzaga kela boshladi. Ikki davlat rahbarlarining oliy darajadagi uchrashuvlari: Moskvaga R.Nikson tashriflari (1972 yil may, 1974 yil iyun), L.I.Brejnevning J.Ford bilan Vladivostokda va J.Karter bilan Venada (1979 yil iyun) uchrashuvlari bo'lib o'tdi. bu uchrashuvlarda strategik qurol-yarog'larni qisqartirish, har ikkala mamlakat o'rtasidagi hamkorlik masalalari, xalqaro munosabatlarning eng muhim muammolari muhokama qilindi.
1972 yil 29 mayda Moskvada o'tgan oliy darajadagi uchrashuv davomida “SSSR bilan AQSH o'rtasidagi o'zaro munosabatlarning asoslari” deb nomlangan hujjatning imzolanishi ikkala mamlakat aloqalarida burilish yasadi. Tomonlar tinch-totuv yashashga, suverenitet, tenglik, ichki ishlarga aralashmaslik va o'zaro manfaat tamoyillariga asoslangan normal munosabatlarni rivojlantirishga ishonch bildirdilar. Har ikki mamlakat harbiy to'qnashuvlarga yo'l qo'ymaslik va yadro urushining oldini olish yuzasidan zimmalariga majburiyat olishdi.
1971-1979 yillardagi ikki tomonlama munosabatlarning juda xilma-xil sohalariga oid 60 dan ortiq bitimga imzo chekildi. Ular ichida eng muhimlari sifatida quyidagilarni ko'rsatish mumkin:
a) 1971 yilda AQSH bilan SSSR o'rtasida yadro urushi kelib chiqish xavfini kamaytirish choralari to'g'risidagi bitim.
b) 1972 yilda PRO (RHM -raketa hujumidan mudofaa) to'g'risida shartnoma
v) 1973 yilda yadro urushini oldini olish to'g'risidagi bitim
g) AQSH bilan SSSR o'rtasida strategik hujum qurollarini cheklash sohasidagi ayrim choralar to'g'risida muvaqqat bitim, u OSV-1 (SQCH-1) bo'yicha bitim nomi bilan mashhur
d) 1974 yilda yer ostida yadro quroli sinovlarini cheklash to'g'risida shartnoma
ye) 1979 yilda Vena shahrida OSV-2 (SQCH-2) bo'yicha shartnoma va boshqalar.
AQSH va SSSR o'rtasida imzolangan bu bitimlar jahondagi xalqaro keskinlikni yumshatish earayoniga asos soldi.
J.Karterning tashqi siyosati.
AQSH tashqi siyosatda Misr bilan Isroil o'rtasida separat tinchlik o'rnatishga harakat qildi. 1978 yil sentabrda Kepm-Devidda (AQSH) Misr prezidenti A.Sadat bilan Isroil Bosh vaziri M.Begin o'rtasida bitim tuzilishi butun arab dunyosi tomonidan qoralandi. Sadatning o'ldirilishi bu jarayonni to'xtatib qo'ydi.
1979 yil noyabrda Erondi islom inqilobining g'alaba qozonishi AQSHning YAqin SHarqdagi strategik mavqeidan mahrum qildi.
AVSH va SSSR o'rtasidagi munosabatlar ham jiddiy tarzda yomonlashdi. Karter hukumati SSSRning Afg'onistonga hujumini ro'kach qilib, Moskva Olimpiadasini boykot qildi, Sovet Ittifoqiga G'alla va boshqa tovarlarni yetkazib berishni to'xtatdi, ilmiy-texnikaviy sohada ayirboshlash cheklab qo'yildi.
Amerika xalqi tashqi siyosat sohasidagi xato va mag'lubiyatlarni juda norozilik bilan qarshi oldi. Mamlakatda neokonservatizmning iqtisodiy g'oyasi tez sur'atlar bilan rivojlanib bordi. Neokonservatizm tarafdorlari davlatning iqtisodiyotga faol aralashuvi zaruriyatini va bir qator ijtimoiy funksiyalarni davlat o'z zimmasiga olishi kerakligini umumiy holda tan olish bilan birga, davlatning bunday aralashuvini va ijtimoiy funksiyalariniqisqartirish va cheklab qo'yishni, bozor mexanizmining rolini oshirishni talab qilib chiqdilar. Neokonservatizm “reyganizm” nomi bilan ma'lum edi. Bu g'oyaviy-siyosiy oqim kommunistik g'oyalar bilan murosasiz bo'lgan, ijtimoiy ta'minotga qarshi, har qanday ijtimoiy islohotlarga va davlatning quyidan bo'ladigan talablarga yon berishiga qarshi bo'lgan eng konservativ o'ng guruhlarni birlashtirgan edi.


1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish