2-Mavzu: Buyuk İpak yo`lining ilmiy o`rganish tarix



Download 131,5 Kb.
Sana12.07.2022
Hajmi131,5 Kb.
#780934
Bog'liq
2. MA`RUZA


2-Mavzu:
Buyuk İpak yo`lining ilmiy o`rganish tarixi
REJA:
1.Ipak yo`lini ilmiy o`rganishning boshlanishi
2.Buyuk ipak yo`lida G’arb-Evropa olimlarining ishlari
3.Buyuk ipak yo`lida rus olimlarining ekspeditsiyalari

Qadimgi Buyuk Ipak yo`li kup asrlar davomida Sharq va G’arbni bog’lab kelgan. II asr milod avvalidan boshlab, bu chigal savdo yullar muxim oraliq Xitoy bilan Rim imperiyalarini bog’lab, din, madaniyat va adabiy fikrlarning keng tarqalishiga imkon berardi.


Buyuk ipak yo`lining ochilishi (138 mil. avv.) Buyuk Xitoy sayoxatchisi, siyosatchi, saroy soqchilari ofitseri chjan tsyan va Vu-Di imperatorlari ismi bilan bog’liqdir. Uning ulkan rivojlanishi esa, ayniqsa I-II asrlarga tug’ri keladi, usha vaqtlarda Xitoyga va Xitoydan xar yili bir qancha elchilar yuborilib, ularni katta savdo karvonlari kuzatib kelardilar. Xitoy bilan asosan O`rta Osiyolik savdogarlar savdolashar edilar. Xatto 97 yil xitoy sayoxatchisi Tan-in persik kurfaziga, 100 yilda esa makedoniyalik May Titsiyan Lanchjouga2 etib borganiga qaramasdan, yul qiyinchiliklari Xitoy va Rim O`rta sidagi aloqalarning yaxshilanishiga xalaqit bergan.
III-VI asrlarda Buyuk Ipak yo`li kupincha piligrimlar tomonidan foydalanilgan, bu yuldan shuningdek budda monaxlari xitoydan xindistonga va ortga qaytishda foydalanishgan. VII-X asrlarda Buyuk Ipak yo`lining xalqaro moxiyati qaytadan usa boshladi. Xitoy bilan Vizantiya va arablar uzaro aloqa urnatdilar.
Xamma vaqt Buyuk Ipak yo`lida asosiy mol Ipak bulgan, chunki u engil, ixcham, qimmat va katta talabga ega bulgan. Ipak qismlar bilan olib utilgan. Ipak matolarning eni va uzunligi qonun orqali nazorat qilingan. masalan, Xan podsholari davrida Ipak matolarini eni 0,5m, uzunligi esa 9m teng bulgan. A.Steyn (Buyuk Ipak yo`lining birinchi arxeologi) Dunxuan yaqinida ierogliflar yozilgan silliq ipak bulagini topgan. Yozuvda ipak qismini ishlab chiqarilgan joyi, ulchami, vazni va narxi tug’risida malumot berilgan edi3.
Ipakdan tashqari Xitoydan yana chinni, fayans, sopol idishlar, tilla, temir, qurol, guruch, mol, vino, qog’oz, paxta, kashta tikiladigan matolar, kuzgu, lak maxsulotlari, bambuklar olib chiqilgan. Vetnam esa dur, qimmatbaxo toshlar, zargar maxsulotlari, nosorog shoxlari, zimorodka patlarini etqazib turgan.
Xindiston manfaati ikki tomonlama almashinish uchun tilla, kumush, qalay, temir, qurg’oshin, jun gazlamalar, gilam, xushbuy moylar, shirinliklar, sadaf, obaki shakar, yugan, toshbaqa kosasi, nosorog va fillarni taklif qilgan.
O`rta Osiyodan matolar, gilam, ot, kashta, palos, samarqand shaftolisi, kuchat, urgatilgan xayvonlar, zarchava, vino, zebu-ziynat, rangli oynalar, samarqand qog’ozlari eksport qilingan. Ayniqsa, O`rta Osiyoning otlari «Qon rangli» (ularni xitoyliklar shunday atashgan) bebaxo bulgan.
Bir otni uyg’urlar xitoyliklarga 4,5 ipak bulaklariga sotishgan, II-VII asrlarda esa otning baxosi 10 ipak bulaklariga etdi. Buyuk Ipak yo`lida shuningdek, Kichik Osiyo shaxarlari temir, mato, zargar buyumlarini etqazib berardilar. sharqiy (etqazib berganlar: oyna, xrustal, kedr, moviy lyapis, tilla, kumush) Evropaning (tilla, kumush, yantar) shaxarlari savdoda faol qatnashar edilar.
kuchmanchi qabilalar asosiy almashuv moli ot bulib, undan keyin quy, krs, teri, baliq kleyi va gusht bulgan.
Ayni Buyuk Ipak yo`lida birinchi bor cheklar muomlasi amalga oshirilgan. Butun yul davomida xar 25-30 km oralig’ida karvonsaroylar joylashgan edi. ularning ichida savdogarlar va malaklar uchun 2 yoki 3 xonali Iktsiya-xudporlar joylashib, ularning yonida esa xayvonlar uchun maxsus xonalar bor edi. Karvonsaroyda xar doim iltifotga tayyor xizmatkorlar: sartarosh (ularning uzlari tibbiy yordam kursatardilar), temirchi, tarjimon, xizmatkor, soqchilar bor bulgan. bazan karvon juda katta bulgan. ulardan biri, yozma manbalarga qaraganda, 922 yilda arab suloli mungdadirom bulgor podshosiga junatilgan karvon bulib, uning tarkibida 3000ta ulov va 5000ta odam edi, ularning orasida xizmatkor, soqchi, savdogarlardan tashqari rassom, siyosatchi, duradgor, olimlar bor edi.
XIII-XIV asrlarda buyuk ipak yo`li katta axamiyatga ega bulib, ulkan mongoliya imperiyasining uzoqlashgan rayonlarini birlashtirib turgan.
XIV asrda xitoyga tashrif buyurgan marko polo birinchi bor chigal savdo yo`lini «Ipak yo`li»1 deb atagan. Xatto usha muvoffqiyat bilan u yulga «paxta», « Oyna» va boshqa nomlar bersa bular edi. XV asrdan boshlab, dengiz aloqalari kuchayganligi sababli u uz moxiyatini yuqota boshladi.
Buyuk ipak yo`lidagi qachonlardir boy va qudratli bulgan davlatlar allaqachon qum ostida qolib ketgan bulganlar, baland tog’ piromonlari-kuprik va jarlar quladi, karvon yullarini esa ut bosdi.
XIX asr boshlandi. Bu asrda ovropani «Ichki Osiyoga» etibori kuchaya boshladi, ayniqsa Turkistonga, u bir nechta katta Evropa mamlakatlarining mintaqasiga aylangan edi.
Agar Buyuk Ipak yo`lining birinchi ochilishi tasodifan va siyosiy jixatdan ikkinchi darajali (Xitoy imperatori VU-DI xunlarga qarshi urushda ittifoqdoshlarni axtargan) bulgan bulsa, uning ikkinchi «Ochilishi» xam shunga uxshash bulgan.
Qoraqum, Qorbosgan Dovonlaridan, bu «Egasi yuq» erlarga, Osiyoning qoq yuragiga sirli missiya bilan, sarguzasht gulash sarida, bir yosh yigit yuboriladi.
Bu xindus Muxammad ibn Xamid edi. sayoxatchining maqsadi, angliyaning qirolichasi topshirig’i buyicha, dushman qushinlarini bostirib kirish yo`li xaqida malumot tuplash va Takla-makan oazisining razvedkasini utkazish edi.
Siyosiy va shaxsiy jixatdan bu missiya xavfli edi, chunki bu viloyat Rossiya bilan Xitoyning tutashgan joyi edi.
1860 yilda Muxammad ibn Xamid yulga chiqdi, ammo yulda u kasalga chalinib, ayrim malumotlarni echishga ulgurib vafot etadi.
Uning sirli vafotining tergovi, fuqarolar ishi buyicha assistenti Ulyam Disonsoga topshiriladi. U qotillik tug’risidagi shubxalarni rad etib, Muxammad Ibn Xamidni kundaligini topib uni, Britaniya Xindistoni jamoa azosi, Britaniya Xindistonining xaritasini tuzuvchi va chegaralarini aniqlash uchun javobgar kapitan T.G. Montgomeriga topshirdi.
Xamidning yozuvlarida boy madaniyatga va xazinalarga ega bulgan, qum ostida qolib ketgan shaxarlar, shuningdek Takla-makan orqali «Sirli yul» topganligi xaqida suzlagan edi. Buyuk Ipak yo`lining «sirli chodir»i bir oz ochildi.
1877 yil Berlinda D. Rayner nashriyotida, Fridrix Ferdinand fon Rixtgofening «Китай. Результаты собственных путешествий и глубокого изучения» deb nomlangan, bir necha tomdan iborat bulgan, monografiyasi dunyoga chiqdi1.
Ferdinand fon Rixgofen (1833-1905) nemis geografi va geologi, Berlin geografik jamoasining azosi-xitoy tabiatini urganib, Osiyo orografiyasining muxim chegaralarini aniqladi, nemis geomorfologiya maktabining asoschilaridan biri edi. Bir necha marotaba Xitoyga qilgan sayoxatlarida u nafaqat geografiya, geologiya, geomorfologiya fanlarini, flora va faunasini, balki bu xalqlarning dinini, davlat tuzilishini, urf-odatlarini, manaviyatini qadimiy tarixini urgana boshladi. F. Rixtgofen uz asarini 4 bulakka buldi, ular uz navbatida esa bulimlarga, davrlarga va mavzularga bulingan edi.2 Aynan shu asarda muallif birinchi bor «Buyuk Ipak yo`li» terminini ilmiy aylanishga kirgizdi. U batafsil, birmuncha qadimgi va O`rta asrlar manbalariga, asosan +adimgi Rim va Vizantiya tarixchi va georaflari asarlariga, Oltoy xronikalariga va XVIII-XIX asrlardagi nemis olimlarining bayonnomalariga tayangan xolda, xar xil Xitoy sulolalari davridagi savdo ishlari xaqida tariflab bergan, shuningdek u yangi savdo yullarini tashkil etishda doimo xalaqit bergan qiyinchiliklarni kursatgan va geograf aniqligi bilan Xitoydan Xindisttonga, O`rta Osiyoga, Forsga, Dengiz soxillarigacha bulgan karvon yullarini birmuncha yangi yunalishlarini izoxlab bergan.
Buyuk Ipak yo`lining Muxammad ibn Xamid tomonidan shov-shuv bilan ochilganiga xam 30 yildan oshdi. Buyuk davlatlar endi uz agentlarini emas, balki uz olimlarini yuborar edilar.
1985 yilning oxirlarida, shved geografi Sven Xedin (ichki osiyoning birinchi xarita ruyxatini tuzuvchisi) qum ostida qolgan takla-makan shaxriga yul oldi. U bilan birga Ser M. Auren Steyn sayoxat qildi va keyinchalik u Buyuk Ipak yo`lining birinchi arxeologi buldi.
Aurel Steyn (1862-1943) venger, ingliz arxeologi-orientalist va geograf. U Xindiston yarimorolida, Afg’onistonda, Eronda, Sharqiy Xitoyda, Iroqda va boshqa sharqiy mamlkatlarda tadqiqotlar olib borgan edi. Takla-Makan va Tarib basseynidagi topilmalar tug’risidagi xabarlar uni juda qiziqtirib quydi, Sven Xeding bilan sayoxatidan sung esa, Buyuk Ipak yo`lida birinchi arxeologik ekspeditsiya tuzish uchun mablag’ ajratilishiga erishildi.
Kashmirdagi qor erishini kutib, jasur, yosh olim, 1900 yilning baxorida qadimgi karvon yo`lidan safarga chiqdi.
Uning Xotandagi1 kashfiyoti (Ipak yo`lining Janub erlaridagi), turfanning tadqiqotlari, loudagi qazilmalar unga shuxrat olib keldilar. Lekin dunyo darajali mashxurlikni unga Dunxuanning ochilishi (1906-1909 y.) va uning tadqiqot qilinishi olib keldi.
Dunxuan- Xitoydagi Gansu provintsiyasining g’arbiy chekkasida joylashgan shaxar. Dunxuandan 14 km. narida g’or sifat budda monastiri «tsyanfodun» joylashgan bulib («mingta budda g’ori»)
XX asrda Buyuk ipak yo‘li tarixin tadqiq etish nemits olimlari Albert Fon Gryunvedel va Albert Fon Lekok davom ettirdi. A.Fon Gryunvedel indiolog (hindshunos) bo‘lib Hindiston, Tibet, Mo‘g‘iliston, Janubiy-Sharqiy Osiyoda buddaviylik madaniyati tarixi bilan bir qatorda Sharqiy Turkistondagi (Turfan) Buyuk ipak yo‘lin tadqiq qilgan birinchi nemits ekspeditsiyasini boshqardi. U bu ekpeditsiyaga rus olimlari V.V.Radlov, K.G.Zaleman, D.A.Klementslar yordamida olib bordi. Buyuk ipak yo‘li ikkinchi ekspeditsiyasini nemits tyurkologi Albert Fon Lekok (1860-1930yy) tashkillashtirdi.
1905-yili dekabr oyida A.F.Lekok va rassom T.Bartus Qashg‘arda uchrashib A.F.Gryunvedel bilan birgalikta uchinchi nemits ekspeditsiyasini toshkillashtirdi. A.Fon Lekok 1913-1914 yillari to‘rtinchi ekspeditsiyasini tashkillashtiradi.
O‘z vaqtida to‘plangan ekspeditsiya materiallari ilm-fanga yangi ma’lumotlar, tuchunchalar berdi. Bu daslapki tadqiqotlar, Sharqiy Turkiston yodgorliklari orqali kelajakta Buyuk ipak yo‘lini tadkiq etishga yo‘l oshti. Shuningdek Ipak yo‘lining shakllanishida qadimgi O‘rta Osiyo xalqlari: parfiyaliklar, toxarlar, ferganaliklar, ayniqsa sug‘diylarning Sharq va Garbni bog‘lovchi Buyuk ipak yo‘li tarixida va Sharq tarmog‘ida yetakchi rolda ekanligi dalillandi. O‘rta Osiyodan Xitoyga madaniyat yotuklari, texnika yangiliklari (qog‘oz, rangli shiysha buyumlari) olib borildi. Nemits tadqiqotchisi ayniqsa A.F.Lekok asarlarida ko‘plab materiallar yig‘ilgan. Bu ma’lumotlar Sharqiy Turkiston, O‘rta Osiyo, shuning ishida O‘zbekiston tarixi, viloyatlar , eski shaharlari, savdo, madaniy munosabatlar haqida noyob manbalar beradi.
Umuman aytganda nemits olimlari o‘zlarining ko‘p tarmoqli ilmiy asari «Ipak yo‘li merosxorlari» asarida mintaqalararo savdo yo‘lining ochilishi (ya’ni shakllanishi) Markaziy osiyo mintakasining tarixiy va madaniy (tsivilizatsiyalik) rivojlanishiga katta tasir tiygizdi degan xulosaga keladi. Buyuk ipak yo‘li orqali Markaziy Osiyo xalqlari Xitoy, Hindiston, Fors, Yer o‘rta dengizi tsivilizatsiyalari bilan tonishti. Yoki ular O‘rta Osiyo xalqlari tsivilizatsiyasi yutuqlari bilan uchrashti.

Buyuk ipak yo‘li atamasi qadimda ishlatilmagan. Buyuk ipak yo‘lini tarixiy, geografik va madaniy jihatlarini ilmiy o‘rganish amalda ko‘plab mamlakat olimlari tomonidan XIX-asrning II-yarmidan boshlangan. Uni tadqiq etishga G‘arbiy Yevropa, Rossiya va Yaponiya olimlari salmoqli hissa qo‘shdilar. Xususan, Yaponiyada „Buyuk ipak yo‘li ensiklopediyasi“ nashr qilindi. 1877 yil mashhur nemis olimi Karl Rixtgofen o‘zining „Xitoy“ nomli yirik ilmiy asarida ulkan Yevroosiyo materigining turli qismlarini bog‘lovchi yo‘llar tizimini „Ipak yo‘li“ deb atagan, keyinchalik „Buyuk ipak yo‘li“ atamasi qabul qilingan.


Ipak yo‘li tarixini O‘rta osiyoli olimlar shaxarlar tariyxi bilan bog‘lagan holda birgalikta olib borgan. Ularga K.M.Baypakov (Qazog‘iston), Yu.F.Buryakov, E.V.Rtveladze, (O‘zbekiston), S.T.Tabыshaliev (Qirg‘iziston), A.M.Petrov, V.A.Radkevich (Rossiya) va boshqalarni aytib o‘tish lozim.
O‘rta Osiyoda, Qazog‘iston Respublikasida Buyuk ipak yo‘li tarixin maxsus tadqiq etgan olimlarning biri, Qazog‘iston Respublikasi FA Akademigi K.M.Baypakov hisoblanadi. U o‘zining birnecha ilmiy monografiya, maqola, maxsus foto albomlarini Buyuk ipak yo‘li tarixiga bog‘ishlagan. Olim asarlarida Qazog‘iston xududiga rimliklarning savdo bilan kelishi, ipakning «Turklardan-yunonlarga » yo‘li, sharq-g‘arb savdo darbantlari Utror, Og‘uz, qipchoqlarning savdo markazi Yangikent xalqaro trassalarning dialoglaridagi ahamiyati kabi ilmiy fikrlari ijobiy baholanadi.1
O‘zbekiston Respublikasi olimlari Yu.F.Buryakov, Ye.V.Rtveladze, O.P.Kobzeva, A.A.Gritsina va boshqalar Buyuk ipak yo‘lining O‘rta Osiyo yo‘nalishlari bo‘yicha maxsus tadqiqot ishlarin olib bormaqda.
Respublikamizda buyuk ipak yo‘li tarixi tadqiqotchilaridan Akademik Yu.F.Buryakov asarlarini aytib o‘tish o‘rinli. Olimning «Toshkent oazisi qadimgi shaharlari topografiyasi», «Toshkent oazisi shahar madaniyatining genezisi va rivojlanish bosqichlari», «O‘rta Osiyo karvon yo‘llarida» va boshqa da asarlarida Ipak yo‘li O‘rta Osiyo xududida shuningdek Moverennaxr sharqidagi Choch-Toshkent yerlarida tsivilizatsiya tasiri keng tahlil etilgan.2
Akademik Ye.V.Rtveladze o‘zining Ipak yo‘li tarixiga oid ko‘pshilik asarlarida antik davridagi savdo yo‘lining ahamiyatli makonlaridan boshlab (Termez-Kampir tepa) sug‘diylarning uzoq sharqtagi koloniyalari, Buyuk ipak yo‘liga bog‘ishlangan entsiklopedik xarakterdagi tadqiqotlari mavjud. Olim Ipak yo‘lining shakllanish shart-sharoitlari, tovar-pul munosabatlari, isskustvo tarixi, shaharlarning rivojiga tasir qiluvchi madaniy aloqalarni o‘z asarlarida tahlil etadi. Ipak yo‘lidagi integratsiyalik vaziyatlarning tsivilizatsiya tarixiga tasirin ayriqsha aytib o‘tadi.
O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Tarix institutining yetakchi ilmiy xodimi, professor D.A.Alimova o‘zining «Buyuk ipak yo‘li tarixida Toshkentning roli» maqolasida Toshkentning Buyuk ipak yo‘li tsivilizatsiya tarixida urnini yuqari baholaydi.3
O‘zbekiston Milliy universitetining professori t.f.d. O.P.Kobzeva bizning mamlakatimizdagi Ipak yo‘li tarixining hozirgi zamondagi o‘rnini tadqiq etgan. Muoallifning bir nesha maqolalari, o‘quv qullanmalari, monografiyalari Ipak yo‘li tarixiga bog‘ishlangan. Uning tadqiqotlarida nemets olimlarining Xitoyda, Sharqiy Turkistonda, Uzoq Sharqda olib borgan ilmiy ishlari keng tahlil etilgan.4 Ya.G.Gulyamov nomidagi Arxeologiya institutining katta ilmiy xodimi A.A.Gritsina o‘z tadqiqotlarining bir yo‘nalishini Ipak yo‘li yonidagi Ustrushana viloyati (Sirdaryo, Samarqand, Tojikiston) yerlarining yodgorliklari bilan bir qator elatlarning savdo munosabatlaridagi ahamiyatiga qaratilgan.
Qәdimgi va o‘rta asrlarda Sharq tsivilizatsiya o‘choqlaridan biri bo‘lgan Orol bo‘yi, Xorazm oazisi tarixin tadqiq etish Xorazm arxeologik ekspeditsiyasi (1937-1992.yy.) xodimlari tomanidan olib borilgan. Bu ekspeditsiya sobiq ittifoq Fanlar Akademiyasi etnografiya instituti tomanidan 1937-yili toshkil etilgan edi. Bu ekspeditsiya ishlaridagi Buyuk ipak yo‘liga bog‘ishlangan masalalar o‘z vaqtida nomdar olimlar S.P.Tolstov (1948.y), N.N.Vakturskaya, Ye.Ye.Nerazik, G.A.Fedorov-Davidov, Yu.A.Raporport, O.A.Vishnevskayalar asarlarida chop etildi.
1959-yil Nukusta O‘zbekiston FA Qoraqolpog‘iston bo‘limi tashkillashtirilib o‘nda respublikamizga belgili olim V.N.Yagodin, M.M.Mambetullaev, 1970-1974-yildan G‘.X.Xo‘janiyazov (Qorg‘ansha, Qizil qala, Aqshaxan), O.Yu.Yusupov, J.Turmanov (Kerder), M.-Sh.Qdыrniyazov (Qorg‘ansha, Ay Ota, Beleo‘li, Mizdaqxan, Puljay), M.T.Turebekovlar (Qorg‘ansha, Mizdaqxan, Tuproq qala, Bograxan) ekspeditsiyalari tarkibida o‘zlarining arxeologik tadqiqot ishlarini boshlagan. Ular hozirgi kunda ham Qoraqolpog‘iston. Xorazm, ustyurt xududida Buyuk ipak yo‘li bo‘yi shaharlari tarixi bo‘yicha ilimiy-tadqiqot ishlarini olib bormaqta.
Ipak yo‘li tarixini tadkik etish jaxonda XX asrning 80-90-yillarida yangicha diqqat og‘darildi.
1987 yil YuNYeSKO madaniy taraqqiyot bo‘yicha BMTning umumjahon dekadasi doirasida „Ipak yo‘li — muloqot yo‘li“ xalqaro dasturini qabul qildi. Bu dastur O‘rta Osiyo xalqlari boy madaniy tarixlarini keng qamrovda tadqiq etishni nazarda tutadi. Biroq uning asosiy maqsadi — Sharq bilan G‘arb o‘rtasida yanada mustahkamroq madaniy va iqtisodiy aloqalar o‘rnatish, ushbu buyuk qit’alarda yashovchi ko‘p sonli xalqlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni yaxshilashdan iborat. Ko‘plab (30 dan ziyod) xalqaro ilmiy konferentsiya (jumladan, Samarqand, 1990 yil oktyabr, Buxoro, 1996 yil fevral) va seminarlar o‘tkazildi. Buyuk ipak yo‘li bo‘ylab birgalikda xalqaro ekspeditsiyalar uyushtirildi, kinofilmlar yaratildi, kitoblar, broshyuralar va maqolalar chop etildi, ba’zi arxeologik va me’moriy yodgorliklar ta’mirlandi. Ba’zi bir Sharq mamlakatlarida (Hindiston, Xitoy, O‘zbekiston, Shri Lanka, Yaponiya) Buyuk ipak yo‘lini o‘rganish bo‘yicha maxsus ilmiy institutlar barpo etilgan. BMT va YuNYeSKO qaroriga ko‘ra Samarqand shahrida Markaziy Osiyo tadqiqotlari xalqaro instituti ochilgan. 1997 yil mayda O‘rta Osiyoni Eron bilan bog‘lagan Saraxs - Mashhad temir yo‘l uchastkasi qurilishi tugallandi, bu bilan O‘rta Osiyo mamlakatlari Fors qo‘ltig‘iga, Yevropa mamlakatlari esa O‘rta Osiyoga chiqish imkoniga ega bo‘ldilar. Ilmiy va madaniy dasturlardan tashqari Buyuk ipak yo‘lini tiklash bo‘yicha jahonshumul ahamiyatga ega bo‘lgan loyiha amalga oshirilmoqda Yevropa—Kavkaz—Osiyo transport yo‘lagi (TRACYeKA). Navbatdagi vazifa — O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasidagi temir yo‘l uchastkasini qurishdir. Mana shu reja amalga oshgudek bo‘lsa, Atlantika okeanidan tortib Tinch okeanigacha bo‘lgan masofada Buyuk ipak yo‘lining „temir yo‘l“ varianti to‘la tiklangan bo‘ladi.
O‘zbekistonda Buyuk ipak yo‘lini tiklashga katta e’tibor qaratilmoqda. 1995 yil 2 iyunda O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenta I.A. Karimovning Buyuk ipak yo‘lini qayta tiklashda O‘zbekistonning ishtirokini avj oldirish va respublikada xalkaro sayyohlikni rivojlantirish borasidagi choratadbirlar to‘g‘risidagi farmoni e’lon qilindi.
1996 yili Ozarboyjon Respublikasi Gruziya, Turkmaniston va O‘zbekiston respublikalari o‘rtasida Transkavkaz kommunikatsiya yo‘lagini barpo qilish haqida imzolangan Saraxs Shartnomasi va Bitimi mazkur yo‘nalishni tiklashda asosiy bosqichlardan biri bo‘ldi.
Buning siri hammaga ayon Transmilliy transport yo‘lining ishga tushishi, shak-shubhasiz, ishtirokchi mamlakatlarning barqarorlashuvi va iqtisodiy taraqqiyotiga ijobiy ta’sir o‘tkazadi. Bu yo‘lni tadqiq etishga XX-XXI asr boshlarida yangicha ahamiyat berilmoqta.
O‘zbekiston o‘z mustaqilligiga erishishi bilan insoniyat tsivilizatsiyaning rivojiga tasir etgan omillardan biri – Ipak yo‘li tarixin urganishga katta e’tibor berildi. Mamlakatimizning birinchi Prezidenti I.A.Karimov YuNYeSKOning 155-sessiyasining yakunlovchi majlisidagi so‘zida va boshqa chiqishlarida Buyuk ipak yo‘lining ahamiyatin yuksak baholaydi. (1996y.) Xalqaro toshkilotlar va boshqada Ipak yo‘li tarixi bilan qizig‘uvchi tamonlarning hamkorligining markazlaridan biri O‘zbekiston Respublikasi hisoblonmaqta. Shu bois O‘zbekiston Respublikasida Buyuk ipak yo‘li tarixiga oid bir nesha ilmiy anjumanlar o‘tkazilip, maxsus adabiyotlar to‘plami chop etildi. Ularga «Na sredneaziatskix trassax Velikogo shyolkovogo puti. Ocherki istorii i kulturы» (Toshkent, 1990); «CentraI Asian towns on the Great SiIk road». Samarkand, 1991; «Goroda i karavan saray na trassax Velikogo shyolkovogo puti». YuNYeSKO xalqaro seminar materiallari.(Urganch, 1991); «Buyuk ipak yo‘li bo‘yi shaharlari va yo‘nalishlari. Markaziy Osiyo materiallarida» (Toshkent, 1999); « Velikiy shyolkovыy put i ferganskaya dolina» (Materialы Respublikanskoy nauchno-teoreticheskoy konferentsii. (Toshkent, 2004); «Istoriya i sovremennost Velikogo shyolkovogo puti: sotsialno-kulturnoe, istoricheskie, politicheskie i ekonomicheskoe aspekti razvitiya» (Mejdunarodnaya konferentsiya, Toshkent, 2013) va boshqalar.
Bu konferentsiya va seminarlardagi boyonatlarda faqat Ipak yo‘li emas, balkim tsivilizatsiya tarixi bo‘yicha ham fikrlar bildirilgan. Bu tadqiqotlar Ipak yo‘lining O‘rta Osiyo xalqlari tsivilizatsiya tarixidagi yutuqlari, madaniy rivojlanishi sharoitlari, ilm-fan sohasidagi integratsiya jarayonlarini tadqiq etish masalalarin urganishga yordam beradi.
Xulosa qilib aytganda Ipak yo‘li tarixin urganishda O‘rta Osiyoli tadqiq etuvchilar qatoriga O‘zbekiston Respublikasi olimlaridan Yu.F.Buryakov («Maverennaxr na Velikom Shyolkovom puti». (Samarqand-Bishkek, 2006), E.V.Rtveladze («Velikiy Shyolkovыy put». Toshkent, 1999), D.A.Alimova («Rol Tashkenta v istorii Velikogo shyolkovogo puti»), A.A.Gritsina («K istoricheskoy topografii gorodov Fergani na Velikom shyolkovom puti». Tashkent, 2004), G.A.Brikina («Fergana na Velikom shyolkovom puti». (Samarqand, 2004), O.P.Kobzova («U istokov nauchnogo izucheniya Velikogo shyolkovogo puti». Tashkent, 2000), M.-Sh.Kdыrniyazov («Velikiy shyolkovыy puti i srednevekovыe goroda Xorezma». (Samarkand, 2004), Sh.T.Adilov («Buxarskiy oazis i Shyolkovыy put». Samarkand, 1991) va boshqa ilmiy ishlarni aytib o‘tish kerak.

Adabiyotlar:



1.Наследники шелкового пути. –shtudgard, london 1997
2.Восточный Туркестан в древности и раннем М. наука. 1988
3.История отечественного М. наука 1990
4.Григорев В. В. Восточный или китайский Туркестан 1873
5.Grum-grijimaylo G.E. «Vdol Yujnogo Tyan-Shanya» -spb 1873
6.Gedin S. V. Serdtse Azii t.1-2 spb 1899
7.Litvinskiy B.A. Izuchenie drevney istorii i kulturı vostochnogo Turkestana v otechestvennoy i zarubejnoy nauke // naa. 1982 №1
8.Litvinskiy B.A. trudı a.fon lekoka po drevney kulture vostochnogo turkestana // naa. 1981 №4
9.Rtveladze E.V. V strane vikingov izuchayut nashu istoriyu // narodnoe slovo. 2000 № 1
10.Kobzeva O. P. Velikiy shelkovıy put: vchera, segodnya, zavtra.// xoyaystvo i pravo 2000 № 1
11.Kobzeva O.P. U istokov nauchnogo izucheniya velikogo shelkovogo puti. // O`zbekiston tarixi. 2000 № 4
12. Kobzeva O. P. Mark Aurel Steyn-novıy arxeolog shelkovogo puti. // Vestnik nuuz 2000 № 4



1 Байпаков К.М. Средневековые города Казахстана на Великом Шелковом пути. -Алматы, 1998.

2 Буряков Ю.Ф. Историческая топография древних городов Ташкентского оазиса. Ташкент, 1975.
Буряков Ю.Ф. Генезис и этапы развития городской культуры Ташкентского оазиса. Ташкент, 1982.
Буюк Ипак йўлидаги Марказий Осиё шаҳарлари. (Проф.Ю.Ф.Буряков таваллудининг 60 йиллигига бағишланган илмий анжумани маърузалари) -Самарканд, 1994 й. 30 март.

3 Алимова Дилорам. Роль Ташкента в истории Великого шелкового пути // Правда Востока /www. Jahonnews. uz

4 Кобзева О.П. Великий Шелковый путь и мировая цивилизация. Ташкент, 2002

Download 131,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish