2-mavzu: Fransiya XVII asrning ikkinchi yarmi–xx asr boshida–2 soat Reja



Download 85,72 Kb.
bet1/7
Sana20.07.2022
Hajmi85,72 Kb.
#826902
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Faransiya yangi tarix


2-mavzu: Fransiya XVII asrning ikkinchi yarmi–XX asr boshida–2 soat
Reja:
1. XVII asrning ikkinchi yarmida Fransiyada kapitalistik munosabatlarning rivojlanishi. Absolyutizm - davrida Fransiya.
2. Buyuk burjua inqilobi arafasida Fransiya. Napaleon urushlari. Vena kongressi

  1. XVIII asr ikkinchi yarmi-XIX asr boshlarida Fransiya taraqqiyotining o‘ziga xos xususiyatlari. Uchinchi Respublika. Ijtimoiy-siyosiy kurashlar

  2. XIX oxiri – XX boshida Fransiyaning tashqi siyosati. Fransiya. Birinchi jahon urushi yillarida.

IPT-sharhlovchi ma’ruza, modellar, namunalar
Tayanch tushunchalar: Struktura, Fransiya absolyutizmi, Mazarini, Lyudovik XIV, ochlik g‘alayonlari, Fransiya burjua inqilobi, yakobinchilar, vandalizm, vandeya, Bonapart, restavratsiya, iyul monarxiyasi, 1848 yilgi inqilob, Respublika, imperiya, Fransiya-Prusiya urushi, Antanta, revanshizm, jahon urushi
Fransiya butun o‘rta asrlar davomida klassik feodalizm mamlakati edi. Evropaning birorta yerida ham feodal munosabatlar Fransiyadagidek sof va yetuk tus olmagan edi. XVI-XVII asrlardagi feodal - absolyutistik Fransiyani Angliya bilan taqqoslar ekanmiz, biz feodal munosabatlarning barqarorlik darajasiga alohida e’tibor qilishimiz kerak. Angliya feodalizmi chala rivojlangan bo‘lib, u tug‘ilib kelayotgan kapitalizm uchun uncha bardosh bera olmadi. Angliyada dvoryanlarning bir qismi burjualashmoqda edi, kapitalizm sanoatdan zo‘r berib qishloq xo‘jaligiga kirib bormoqda edi. Bu hol o‘z navbatida ingliz burjuaziyasiga yangi dvoryanlardan iborat siyosiy ittifoqchi yetishtirib berdiki, ingliz burjuaziyasi bu dvoryanlar bilan birgalikda inqilobga boshchilik qildi.
Angliya va SHimoliy Niderlandiyada bo‘lib o‘tgan ilk burjua inqilobi SHunday inqilob ediki, unda burjuaziya bilan dvoryanlarning burjualashgan qismi o‘rtasida ittifoq vujudga kelgan edi va binobarin xalq ommasining roli cheklangan edi.
Binobarin, Fransiyadagi inqilobda burjuaziya feodalizmga qarshi birdan-bir ittifoqchi-xalq ommasi bilan ya’ni dehqon-plebeylar ommasi bilan birlashgan holda kurash olib bormog‘i kerak edi. SHu sababli Fransiyadagi inqilob ochiqdan-ochiq demokratik tus olishi kerak edi, albatta fransuz burjuaziyasi ancha dadil va yetuklik bilan ish ko‘rishi kerak edi. Fransiyadagi burjua inqilobi revolutsion ong kamoloti Angliyadagiga nisbatan ancha yuksak bosqichda bo‘lgan va kapitalizm bilan feodalizm o‘rtasidagi ziddiyat Angliyadagiga qaraganda ancha kuchli bo‘lgan bir sharoitda o‘tdi. SHuning uchun ham ingliz burjua inqilobidan qariyb 150 yildan keyin bo‘ldi. Fransiyada shu davr mobaynida, garchi Fransiyaning iqtisodiy hayotida kapitalistik uklad tobora katta o‘rin tutib borgan bo‘lsa-da, dvoryanlar hukmron sinf bo‘lib keldi. Ammo ijtimoiy hayotda feodalizm gegemonlik qilib kelayotganligini yaqqol ko‘rsatadigan belgi, jamg‘arilgan boyliklarning ancha qismi feodal yer-mulklari bo‘lib, undan unvonlar va vazifalar sotib olish uchun foydalanar edi. Ilgari vaqtlardek XVII-XVIII asrlarda ham Fransiyada yer qat’iy va cheklanmagan mulk emas edi. qiroldan keyingi o‘rinda u yoki bu territoriyaga gersog va graflar egalik qilishar edi. Graflik bir qancha baroniyaga, baroniya bir qancha shatelleniyaga, shatelleniya esa quyi darajadagi mulklarga, senzual yerlarga bo‘linar edi. Bu feodal ierarxiya o‘zining ilgari siyosiy ahamiyatini yo‘qotgan bo‘lsa ham, lekin vassalarning o‘z yerlari uchun senorlarga pul to‘lash sistemasiga va feodal yurisdiksiya darajasi sifatida batamom saqlab qolgan edi. Fransiyadagi hamma yerlarning undan to‘qqiz qismdan ko‘prog‘i shu ierarxiyaga qarab, juda oz qismigina erkin (alladial) mulk edi. Fransiyada chuqur va qattiq ildiz otgan feodalizm iqtisodiy negizi ana shu feodal yer-mulk edi. Ierarxiyaning har qaysi bosqichida ham har bir syuzerek yerning bir klemini bevosita o‘z mulki sifatida qo‘lida olib qolib, boshqa bir qismigina, garchi bu qism katta bo‘lsa ham, o‘z vassalariga berar edi. Natijada Fransiyadagi hamma yerlarning yarmi turli viloyatlarda 60% bo‘lgan qismi pirovard-oqibatida senzual yoki senziva deb ataladigan quyi darajadagi mulklarga bo‘lingan edi. Senziva mulklarining egalari, ya’ni senzitariylar deb ataluvchi mulkdorlar kamdan-kam hollarda dvoryanlar, ruhoniylar, shaharliklar bo‘lsa-da, lekin senzitoriylarning ko‘pchiligi dehqonlar edi. Rus tarixchisi Luchitskiy va uning maktabiga mansub bo‘lgan fransuz olimlari o‘tkazgan puxta statistik tadqiqotlar senziva XVI-XVIII asrlarda Fransiyadagi dehqonlar yer egaligining asosiy formasi bo‘lganligini ko‘rsatadi. Angliyadagi yoki sharqiy Evropadagi feodal yer egalaridan farq qilib, fransuz senorlari o‘zlarining bevosita mulklarida, odatda, o‘z pomeshchik. xo‘jaliklarini yuritmas edilar. Garchi Fransiyaning ba’zi rayonlarida bu xil tendensiyalar ro‘y berib turgan bo‘lsa-da, lekin umuman olganda xo‘jayin yerlarining yo‘qolib borishi Fransiyadagi agrar tuzumning alohida xususiyati edi. Aksari hollarda senor o‘zining bevosita mulkini mayda bo‘laklarga bo‘lib, hosildan hissa olish sharti bilan yoki muayyan miqdorda pul olish sharti bilan dehqonlarga ijaraga berar edi. Ijara shartnomasi turli muddat uchun: bir yil va undan ortiq muddat uchun, ijarachi olguncha, ikki nasl uchun tuzilishi mumkin edi. SHartnomada muddat tamom bo‘lganidan keyin, yer uchastkasi senor ixtiyoriga qaytarib beriladi. Senziva esa aksincha, odatdagi huquqga muvofiq senor tomonidan o‘zining bevosita mulkiga hech mahal qo‘shib olinmas edi, binobarin, senzitariy to‘lovlarini o‘z vaqtida to‘lab kelgan bo‘lsa, yer uchastkasidan u abadiy foydalanishiga va bu uchastkaning senzitoriy nasllari qo‘lida qolishiga amin bo‘lishi mumkin edi.
SHunday qilib, pirovard-oqibatida Fransiyadagi feodal yer mulkining deyarli hammasi uchastkalarga bo‘linib, bu uchastkalarda dehqonlar mayda xo‘jalik yuritadilar. Dehqonlar esa, o‘z yeridan foydalanish huquqlari alomatiga qarab, ikki asosiy guruhga senzitariylarga va ijarachilarga bo‘linar edi. Umuman olganda ular feodallarga qaram bo‘lgan dehqonlar sinfi edi. YUridik jihatdan qaraganda, ijarachi dehqonlargina emas, balki senzitariy dehqonlar ham erkin edilar. Fransiyaning sharqiy rayonlarida va qisman SHimoliy rayonlaridagina krepostnoy dehqonlardan iborat ma’lum darajada katta bir tabaqa saqlanib kelar edi, bu tabaqadagi odamlar mol-mulkini me’ros tariqasida birovga berish huquqiga ega bo‘lmay, ularning bir yerdan ikkinchi yerga ko‘chish huquqi juda ham cheklab qo‘yilgan edi. Biroq bevosita krepostnoy huquq hukm surmasa ham fransuz dehqonlari senorga batamom feodal qaramlikda kun kechirar edi. Senzitariylar zamindor pomeshchikka haqiqiy qaramligi bilan tutqinlikka solingan edi. Ular feodalning mulkidan foydalanar edi, ular qo‘lidagi senziva shartli mulk bo‘lib, bu mulk dehqonni senorga senz to‘loviga majbur etar edi.
Burjua tarixchilari senziva aslida feodalning mulki bo‘lmay, balki dehqonlar mulki edi deb da’vo qiladilar. Bu bilan ular qishloqda feodalizm hukmronlik qilinganligi faktini inkor etadilar va feodalizm XVIII asrning oxirlaridagi inqilob natijasida tugatilishidan ko‘ra, uzoq davr davomida asta-sekin yo‘qolib va o‘zgarib borish natijasida ko‘proq yo‘q bo‘ldi, degan fikrni targ‘ib qiladilar. Haqiqatda esa feodal munosabatlarning formasi o‘zgarib, aslida esa feodal ekspluatatsiya davom etdi, davom etdigina emas, balki tobora og‘irlashib bordi. XVII asrda Fransiyada hukm surgan feodal ekspluatatsiya sistemasi, boshqacha qilib aytganda, feodal ishlab chiqarish munosabatlari sistemasi o‘z taraqqiyotining SHunday bir bosqichida ediki, ushbu bosqichda dehqonlar, majburiyatlarni bajarishlari shart edi. Bu bosqichdagi tovar ishlab chiqarishi feodalizm ruhidagi ishlab chiqarish bo‘lib, u kapitalizm uchun ba’zi sharoitlarni tayyorlab bersa-da, lekin o‘zidan-o‘zi kapitalizmga olib kelmas edi.
Fransiya dehqon xo‘jaligining takror ishlab chiqarishi umuman bozorning yordamisiz ro‘y berar edi, demak o‘z ehtiyoji uchun dehqon bozoridan juda kam narsa sotib olardi. U asosan o‘z mahsulotining majburiyat va o‘lpon tariqasida topshirishi kerak bo‘lgan qisminigina, sotar edi, ya’ni pulga aylantirar edi. SHuning uchun ham fransuz sanoati uchun dehqonlar ko‘plab mol sotib oluvchi xaridor emas edi. Dehqonlarning qishloq xo‘jalik asbobi bu vaqtda g‘oyat darajada primitiv edi. Dehqon uyda to‘qilgan, juda xunuk qilib bo‘yalgan matodan tiqilgan kiyim-bosh, yog‘och kovush kiyib, bolta bilan yasalgan dag‘al jihozlar qo‘yib, polsiz, tomi poxol bilan yopilgan, derazasiz va mo‘risiz, yog‘ochdan yasalgan yarim yerto‘la holidagi joyda, ko‘pincha chorva mollari va parrandalar bilan birga yashar edi. Ba’zi dehqonchilik yerlarga jamoa asosida egalik qilish huquqlari saqlanib qolgan bir nechta qishloq ma’muriy jihatdan cherkov qavmi edi. Iqtisodiy va huquqiy jihatdan esa, qishloq senorning qasriga yoki qishloqdagi qo‘rg‘oniga tobe edi, senorning katta hovli-joylarida esa darvozalar yonida traditsion dor bo‘lib, bu dor senorning yuksak yurisdiksiyasi edi. Birok, zamindor senorlar dehqonlar etishtirgan qo‘shimcha mahsulotning mutlaqo hammasini o‘zlariniki qilib ololmas edilar. Buning ustiga senzning va absolyut miqdori doimiy ravishda bir darajada qolib kelayotgan boshqa to‘lovlarning nisbiy qiymati XVI-XVII asrlarda tusha bordi. Ammo XVI, XVII, XVIII asrlarda ro‘y bergan ba’zi qulay fursatlarda senorlar o‘z huquqlaridan xususan o‘zlari bilan yerdan foydalanuvchi dehqonlar o‘rtasidagi barcha janjalli masalalarni o‘zlari sud qilish huquqidan foydalanib, dehqonlarga tazyiq o‘tkaza boshladilar. Senorlar reaksiyasi hukm surgan bu davrlarda minglab hiyla-nayrang va bahonalar ishlatilardi. Bu mahsulotning qolgan qismini esa, turli yo‘llar bilan dvoryanlar olar edi.
Zodagon kishilarning ko‘pgina kichik o‘g‘illari diniy mansabga ega bo‘lardi. 1516 yilda Fransiya podshosi tomonidan tuzilgan shartnomaga muvofiq cherkov lavozimlarida tayinlash Fransiya qirolining vazifasiga kirar edi, binobarin bu huquqidan foydalanib, u o‘z dvoryanlarini qo‘llab quvvatlar edi. eng katta daromadlar beradigan mansablar va barcha darajadagi cherkov lavozimlari fransuz zodagonlariga berilar edi. Fransiyada birinchi toifa-ruhoniylar bilan ikkinchi toifa-dvoryanlar shu sababli bir-biri bilan mustahkam shaxsiy aloqalar orqali bog‘langan edi. CHerkovlarning oladigan daromadlari cherkovning o‘z yerlaridan keladigan daromadlardangina iborat bo‘lmay, Fransiyada barcha dehqon xo‘jaliklaridan olinadigan "ushr" ni, ya’ni hosilning bir qismini ham o‘ziga oladi. CHerkov tomonidan olinadigan "ushr" dehqonlarning mulklaridan olinadigan feodal soliqlaridan biri edi.
Dvoryanlarning ikkinchi qismi armiyada xizmat qilishga intilar edi, bu xil dvoryanlar armiyada barcha komandrlar lavozimlarini egallab, katta-katta maosh olardilar, qo‘shinlarning ba’zi imtiyozli turlari qiroldan maosh olib yashaydigan dvoryanlarning o‘zidangina, faqat ana shunday dvoryanlardangina iborat edi. Nihoyat, yuqori darajali dvoryanlar o‘zlarining yetarli daromad bermayotgan yyerlarini tashlab, yo bo‘lmasa sotib ketib, saroy xizmatchilari bo‘lib, Parijda stiqomat qilardilar. XVII asrda bunday dvoryanlar soni ko‘payib bordi. Bunday dvoryanlar amaldorlikdan va savdo ishlarini olib borishdan mag‘rurona bosh tortib, qiroldan nuqul zeb-ziynatdan iborat bo‘lgan saroy lavozimlarini bajonu-dil qabul qilib, haddan tashqari katta maosh, yog‘lik daromadlar, katta-katta shaxsiy pensiyalar yoki juda ko‘p tuhfalar olardilar. Harbiy dvoryanlarga va saroy xizmatidagi dvoryanlarga to‘lanadigan mablag‘lar avvalo dehqonlardan olinardi. Dehqonlar senor foydasiga o‘tiladigan ko‘plab majburiyatlardan va cherkov tomonidan olinadigan "ushr" dan tashqari davlat soliqlarini to‘lar edilar. To‘g‘ri soliqlar va egri soliqlar, ya’ni qirol foydasiga undiriladigan bu soliqlar feodal majburiyatlarining yana bir turidan boshqa narsa emas edi. SHunday qilib, harbiylar ham, saroy ahli ham, dehqonlar hisobiga yashar edi. Bundan tashqari sudxo‘rlar ham dehqon xo‘jaligi hisobiga yashar edi.
Kapitalistik munosabatlar Fransiyaning qishloq xo‘jaligiga kirib borar ekan, yer-mulkining burjua tartibda o‘zgarishi tarzida emas, balki dehqonlar o‘rtasidagi munosabatlarning yangi shakllari tarzida kirib bordi. Angliyada esa kapitalistik munosabatlar qishloq xo‘jaligiga yer-mulkning burjuacha tartibda o‘zgarishi tarzida kirib borgan edi. XVII asrda dehqonlarning mulkiy jihatdan tabaqalarga bo‘linishini, dehqonlar o‘rtasida ijaraga olish-ijaraga berish ishlari hukm surganini, yersiz va kam yerli dehqonning yollanma mehnatidan foydalanishi tekinxo‘rlar - "qavm a’yonlari" ajralib chiqqanini qayd qilish mumkin. Sohibkor tipidagi yirik dehqon fermasi -XVII asrdagi fransuz qishlog‘ida juda kam uchraydi. Kapitalizmning qishloqqa kosibchilik sanoati orqali ya’ni dehqonlarning shahardagi olib sotarlar uchun ip, turli xil yung va zig‘ir poyadan to‘qilgan gazlamalar, nafis turlari, quldorlik buyumlari va boshqa xil tovarlar tayyorlanib berishi orqali kirib borayotganligi ko‘zga ancha yaqqol tashlanardi. Dehqonlarning bir qismi bu buyumlarni tayyorlash maqsadida xizmatkorlar mehnatidan foydalanib, bu xizmatlarga, odatda, oziq-ovqat shaklida haq to‘lardi. Asosan shaharlar atrofida joylashmagan qishloq sanoati tarqoq kapitalistik manufakturaning bir formasi edi. SHaharlar doirasida manufakturaning ancha rivojlangan formalari bor edi. XVII asrdagi fransuz shahri o‘zining o‘rta asrlarga xos xarakterini va hatto o‘rta asrlarga xos tashqi ko‘rinishini hiyla darajada saqlab qolgan edi, atrofi devorlar bilan o‘ralgan shaharlarning mustahkam darvozalari bo‘lar edi, bu shaharlarda qala markaziy maydon va butxona, ratusha va hovuz tosh yotqazilmagan tor ko‘chalar bo‘lib, uylarning oldinga qarab chiqqan ikkinchi qavatiga deyarli quyosh tushmas edi, bu uylarning tagida, birinchi qavatda qator-qator ochiq hunarmandichilik ustaxonalari bo‘lardi. Biroq o‘rta asrlardan qolgan hunarmandchilik ishlab chiqarishi iqtisodiy jihatdan juda ham o‘zgarib ketgan edi. O‘rta asrlardan qolgan "xalfa" va "shogird" degan iboralar yollanma ishchilar ekanligini tushunish qiyin emas edi. 10-20 ta ishchisi bo‘lgan ustalar XVII asrdagi fransuz shahrida endi ko‘p uchrar edi. Bunday ustaxonalar markazlashgan manufakturaning kurtagi edi. Bir necha o‘nlab ishchisi bo‘lgan korxonalar uchrab bo‘lsada, lekin ishchilarning soni 100 tadan ortiq bo‘lgan markazlashgan juda katta manufakturalar juda kam edi. SHunday bo‘lishiga qaramay, ayni XVII asrni Fransiyadagi yirik manufaktura sanoatining beshigi deb hisoblash mumkin, chunki qirol manufakturalari deb atalgan katta korxonalarning bir nechtasi xuddi shu vaqtda barpo qilingan edi. Manufakturaning vujudga kelishi sifat jihatdan yangi xil ishlab chiqaruvchi kuchlar paydo bo‘lganligini ko‘rsatar edi.
Fransiyadagi dehqonlarning bir qismi yerdan mahrum bo‘ldi, lekin bu mahrum bo‘lish Angliyada chorvachilik uchun o‘tloq ajratib olish yo‘li bilan ro‘y bergan bo‘lsa-da, Fransiyada jamoa yerlarining boqimonda soliqlar uchun sud orqali sotilishi, kambag‘al dehqonlar qo‘lidagi yerlarning burjuaziya tomonidan sotib olinishi bilan ro‘y berdi. Fransiyaga badavlat bo‘lganlar ya’ni hayotda to‘la huquqli bo‘lgan barcha shaharliklar, burjua deb atalar edi, bulardan bir qismi hozirgi vaqtdagi ijtimoiy-iqtisodiy ma’noda ham burjua deb atalishi mumkin. Bu burjuadan pastda turgan har xil shahar aholisi plebeylar deb atalar edi.

Download 85,72 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish