2-mavzu. Innovatsion faoliyatni huquqiy tartibga solish


Yangi omillar to‘g‘risidagi dunyo iqtisodchi olimlarining yondashuv klassifikatsiyasi



Download 34,63 Kb.
bet2/4
Sana17.01.2022
Hajmi34,63 Kb.
#383198
1   2   3   4
Bog'liq
2 TEMA

Yangi omillar to‘g‘risidagi dunyo iqtisodchi olimlarining yondashuv klassifikatsiyasi

Innovatsiya”ga bergan ta'riflari

Ikkinchi yondoshuv

Natijaviy yondashuv

Mavjud shakllardan yangi sifat jihati bilan farq qiluvchi har qanday g‘oya, faoliyat yoki moddiy natija (Barnet X.)

Innovatsiya deganda yangi yoki ancha takomillashtirilgan ishlab chiqarish jarayonlarini joriy etish tushuniladi (Xarman A.)

Individ tomonidan yangi sifatida qabul qilinadigan g‘oya, amaliyot yoki mahsulot (Moiseeva N.K. Aniskin Yu.P.)

Boshlang‘ich holatdan yangi holatga o‘tish yo‘li bilan xo‘jalik ichki tuzilmasida sodir bo‘lgan har qanday o‘zgarish (La Pe'erre P.T.)

Ayrim korxonalar xo‘jaliklarida yangi yoki takomillashtirilgan eski jarayonlar va mahsulotlarning paydo bo‘lishi (Djonson R.)

Jahon bozorida raqobatdosh bo‘ladigan mahsulot, zamonaviy texnologiyalarni ishlab chiqish, yaratish va tarqatishga yo‘nal-tirilgan ijodiy faoliyat natijasi (Kiperman G.Ya.)

Ijodiy g‘oyaning rivojlanishi va uni tayyor mahsulot, jarayon yoki tizimga aylanishi (Vitfild P.)

G‘oya va kashfiyotlarni amaliy qo‘llash orqali o‘z xususiyatlari bo‘yicha yaxshiroq mahsulot va texnologiya yaratishiliga olib keladigan jamiyat – texnik – iqtisodiy jarayon (Saito B.)




Korxonaning tizim sifatida faoliyat yuritishining maqsadli o‘zgarishi (Vodachek L. Vodachkova

O.)


Xarajatlarni tejovchi yoki unga sharoit yaratuvchi har qanday yangi yoki takomillashtirilgan mahsulot,

xizmat, texnologiya va hokazo (Lemerl P.)



Muayyan jamiyat ehtiyojlarini qondiradigan va bir qator samara (iqtisodiy, fan-texnika, ijtim

iy va hokazo) beradigan, prinsipial yangi yoki takomillash-tirilgan yaratish va o‘zlashtirish-ning yakuniy natijasi (Sokolov D., Titov A. Shabanova M.)



Tadbirkorlarning shunday vositasiki, uning yordamida har qanday o‘zgarish yangi biznes turi yoki xizmatni amalga oshirish imkoniyati sifatida qo‘llaniladi (Druker P.F.)

Kashfiyot yoki g‘oyaga iqtisodiy mazmun beruvchi jarayon (Brayton T.)




Tashkilot yoki uning bevosita atrof-muhitiga nisbatan biror yangilikni joriy etish (Nayt K.)

Bozorda yangi va yaxshilangan sanoat jarayonlari va uskunalari paydo bo‘lishiga olib keladigan texnik, ishlab chiqarish va tijorat tadbirlari yig‘indisi (Nikson F.)



Mamlakatimizda innovatsiyaning mazmuniga ta'rif berishda, bir tomondan uning maqsadi ijtimoiy ehtiyojlarni qondirishdan iboratligi, ikkinchi tomondan esa, undan foydalanish muayyan iqtisodiy samaraga erishish imkonini beradigan vosita hisoblanishidan kelib chiqish lozim.

Innovatsiyalarning korxona faoliyatidagi rolini aniqlash uchun ularni joriy etishning ob'ektiv zarurligini ko‘rib chiqish lozim:

Birinchidan, innovatsiyalarni yaratish va ulardan foydalanish, bir tomondan, tovar ishlab chiqaruvchilarning raqobat kurashi bilan shartlangan, ikkinchi tomondan esa raqobatbardoshligini oshirishning hal qiluvchi omili hisoblanadi.

Ikkinchidan, innovatsiyalarni o‘zlashtirish bozordagi vaqtinchalik monopoliyani qo‘lga kiritish orqali qo‘shimcha foyda olish imkoniyatiga ega bo‘lishdir. Uchinchidan, radikal innovatsiyalar korxona unga tayangan holda yetakchi korporatsiyaga aylanishi mumkin bo‘lgan yagona vosita hisoblanadi.

Iqtisodiyotda, texnikada va boshqa sohalarda erishilgan yutuqlapni, yangiliklarni hayotga joriy etilishi lozim. Lekin har qanday g‘oya ham ilmiy ishlanmalar dasturi yoki yangilik deb hisobga olinmaydi. AQSh va Angliya iqtisodchi olimlarining bahosiga ko‘ra, 10 foizdan 30 foizgacha g‘oya ixtiro deb tan olinishi va ulardan 0,5 foizdan 3,5 foizgachasi o‘zini oqlashi mumkin ekan.

Ba'zi bir AQSh korxonalari ma'lumotlariga ko‘ra, sanoat korxonalarida bitta buyumni bozorda muvaffaqiyatli realizatsiya qilinishi va o‘zini oqlashi uchun o‘rtacha 70 ta g‘oya zarur ekan. 170 ta korxonada olib borilgan boshqa ilmiy tadqiqotlar ishlanmalarining boshlang‘ich bosqichida uning texnik yutug‘i o‘rtacha 71 foizini tashkil etishi ko‘rsatgan.

Yuqorida keltirilgan fikrlardan hulosa qilib, innovatsiyaning uchta asosiy turkumlarga bo‘lish mumkin. Bular mahsulotlar, texnika-texnologiya va tashkiliy boshqaruvdani inovatsiya.

Mahsulotlar innovatsiyasi eng keng tarqalgan bo‘lib, juda ko‘p korxonalarda mavjud. Bunda, bir korxonadan boshqa korxonaga o‘tish xarakteri farqlanadi. Ayrimlar uchun an'anaviy yo‘nalishga kiruvchi mahsulotlar assortimentini almashtirish yoki mahsulotlar sonini sezilarli darajada oshirish, boshqalar uchun iste'mol talablarini inobatga olgan holda, an'anaviy mahsulotning iste'mol sifatini oshirishdir. Ba'zan yangi mahsulot ishlab chiqarish, eski asbob-uskunalarda amalga oshiriladi, ba'zida esa, yangi mahsulot ishlab chiqarish korxonaning yangi texnik-texnologik jihatidan jihozlash bilan amalga oshiriladi.

Texnologik innovatsiyalarning yetakchi motivi bo‘lib, bozor talabini qondiruvchi yangi mahsulotlar ishlab chiqarish hisoblanadi. Shuning bilan birga, innovatsiyalarni yuzaga chiqaruvchi sabablar turlichadir: texnologiya jarayonining takomillashuvi, resurslarni iqtisod qilish, ekologik talablar, zamonaviy texnologik qarorlarning yetishmasligi va boshqalar.

Ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarning sifatini oshirish, tannarxini tushirish va xillarini kengaytirish orqali uning raqobatdoshligini oshirish, texnologik yangiliklarni joriy qilishning asosiy maqsadi hisoblanadi. Shuni ham ta'kidlash lozimki, keyingi paytlarda korxonalarda uskunalarni almashtirish, asosan raqobatga qarshi vosita emas, balki ularning ma'naviy eskirishi tufayli amalaga oshirilmoqda.

Tashkiliy-boshqaruv innovatsiyalar ko‘proq korxonaning barcha darajalarida bo‘limlarni, bo‘linma va xizmatlarni tashkil etish orqali tavsiflanadi. Masalan, marketing bo‘limlari, yangi yo‘nalishlar va mahsulot sotish usullarini yaratish. Bunda ishlab chiqarish va personalni boshqarish usullarini takomillashtirish va samarasini oshirish bo‘yicha innovatsiya chora-tadbirlarini ko‘rish mumkin.



Innovatsion faoliyat  novatsiya ya'ni yangilik yaratilishini va ular asosida amaliy natija – innovatsiyalarni qo‘lga kiritishni ta'minlaydigan faoliyat to‘ri bo‘lib, innovatsion faoliyat sub'ektlariga innovatsion faoliyatni amalga oshiradigan yoki ishtirok etadigan va qo‘llab-quvvatlaydigan jismoniy shaxs, shu jumladan yakka tartibdagi tadbirkor, yuridik shaxs, shuningdek xalqaro yoki chet el tashkilotlari ham kirishi mumkin. Mamlakat iqtisodiyotida innovatsion faoliyat sub'ektlari sifatida quyidagilar hisoblanadi:

  • innovatsion faoliyatni amalga oshiradigan jismoniy shaxslar va barcha mulkchilik shaklidagi yuridik shaxslar;

  • davlat innovatsion siyosatini shakllantirish va amalga oshirishshda hamda innovatsion faoliyatni tartibga solishda ishtirok etayotgan davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari va ular vakolat bergan tashkilotlar;

  • innovatsion faoliyat jarayonida amalga oshiriladigan va foydalaniladigan intellektual mulk ob'ektlari egalari;

  • innovatsion faoliyatga investitsiyalar kiritishni amalga oshiradigan investorlar;

  • innovatsion faoliyatni amalga oshiradigan va ta'minlaydigan boshqa innovatsion infratuzilma tashkilotlari.


Download 34,63 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish