2-mavzu. Inson psixikasini ontogenezda rivojlanishi Reja


Ijtimoiy tajriba osttuzilishi – ta’lim natijasida shaxsiy tajribada egallangan bilimlar, ko‘nikmalar, malakalar va odatlarni qamrab oladi. 3



Download 70,64 Kb.
bet3/4
Sana25.05.2023
Hajmi70,64 Kb.
#943620
1   2   3   4
Bog'liq
fizika 2-maruza (2) (1)

2. Ijtimoiy tajriba osttuzilishi – ta’lim natijasida shaxsiy tajribada egallangan bilimlar, ko‘nikmalar, malakalar va odatlarni qamrab oladi.
3. Psixologik aks ettirish shakllari osttuzilishi – ijtimoiy turmush jarayonida shakllanuvchi bilish jarayonlarining individual xususiyatlari.
4. Biologik shartlanganlik osttuzilishi – miya morfologik va fiziologik xususiyatlariga muayyan darajada bog‘liq bo‘lgan patologik o‘zgarishlarni, shaxsning yosh, jins xususiyatlarini va uning tipologik holatlarini birlashtiradi.
A.G.Kovalyov talqiniga binoan shaxs quyidagi tuzilishga ega:
1. Yo‘nalganlik – voqeylikka nisbatan inson munosabatini aniqlaydi, unga o‘zaro ta’sir etuvchi har xil xususiyatli g‘oyaviy va amaliy ustanovkalar, qiziqishlar, ehtiyojlar kiradi. Ustuvor yo‘nalganlik shaxsning barcha psixik faoliyatini belgilaydi.
2. Imkoniyatlar – faoliyatning muvaffaqiyatli amalga oshirishini ta’min-lovchi tizim, o‘zaro ta’sir etuvchi va o‘zaro bog‘liq bo‘lgan turlicha qobiliyatlar.
3. Xarakter – ijtimoiy muhitda shaxsning xulq-atvor uslubini aniqlaydi. Odamning ruhiy hayoti shakli va mazmuni unda namoyon bo‘ladi. Xarakter tizimi irodaviy va ma’naviy sharoitlarga ajraladi.
4. Mashqlar to‘plami – hayot va faoliyat, harakat va xulq-atvorni tuzatish (korreksiyalash), o‘zini-o‘zi nazorat qilish, o‘zini-o‘zi boshqarishni ta’minlaydi.
Har bir odam bilim bilan birga malaka va odatlarni egallaydi. Malakalar bir necha xil bo‘ladi (yozish, o‘qish, yurish, musiqa chalish, sport va hokazo). Maqsadni ko‘zlab biror nima bajarish malakaga bog‘liqdir. Malaka- deb avval ongli bajarilib, keyinchalik avtomatlashgan xatti-harakatlarga aytiladi. Istalgan malakani o‘ayta-o‘ayta takrorlash natijasida hosil qilish mumkin. Malakalar sodda va murakkab bo‘lishi mumkin. Masalan, mashina haydash, musiqa chalish, kasb egallash murakkab malaka, mix o‘oo‘ish, o‘tin arralash-sodda malaka hisoblanadi. Malakalarni mashq qilish natijasida egallanadi. Shaxsda malakadan tashqari odatlar ham bo‘ladi. Odat kishi o‘albiga o‘rnashib, uning ehtiyojiga aylanib qolgan harakatlardir. Masalan, ertalab turib yuvinish, ovo‘atlanish, ozoda yurish kabilar. Odatlar ijobiy va salbiy bo‘ladi. Salbiy odatlarga yolg‘on gapirish, ichish, chekish kabilar kiradi. Malaka va odatlarning nerv-fiziologik asoslarini shartli refleksning hosil bo‘lish mexanizmi tashkil qiladi. Bu shartli refleks oddiy emas, balki dinamik stereotip tarzidagi, ya’ni takrorlash natijasida mustahkamlangan shartli reflekslar majmuasidan iborat. Masalan, bola bolalar bog‘chasiga o‘rganguncha o‘iynaladi, chunki undagi sharoitga ularda dinamik stereotip hosil bo‘ladi. Yangi hosil qilinadigan malakalar ilgari hosil qilingan malakalarga bog‘liq bo‘ladi. Ilgarigi malakalar yangisiga ijobiy ta’sir qilsa, malakalarning kuchayishi kuzatiladi. Masalan, chet tillaridan birortasini o‘rgangan odam boshqa bir chet tilini o‘rganishda o‘iynalmaydi. Agar ilgarigi malaka yangisini hosil qilishga salbiy ta’sir qilsa malakalar interferensiyasi deyiladi. Masalan, bir sohada ishlagan odam butunlay boshqa sohaga o‘tsa o‘iynaladi. Shaxs shug‘ullanayotgan ishi bilan uzoq vaqt shug‘ullanmasa malakalar so‘nishi hodisasi kuzatiladi. Bu malakalarning diavtomatizasiyasi deyiladi. Malakalarning hosil bo‘lish negizi va mustahkamlanishi odamning yoshiga bog‘liq, masalan tilga 4-5 yoshda tez o‘rganiladi. Hunar egallash 12-13 yoshda tez o‘rganiladi. Malakalarning mustahkamligi qiziqishlarga, shaxsning individual xususiyatlariga bog‘liq, asab tizimiga bog‘liq bo‘ladi. Masalan, xoleriklarda malaka tez, melanxoliklarda sekin hosil bo‘ladi.
Demak, malakalar shaxsning tarkib topishiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Shaxsni individualligi uning ijtimoiy munosabatlarida belgilanadi. Bu borada quyidagi fikrlarni keltirib o‘tish joiz. Atoqli psixolog K.K. Platonov shaxsni “konkret odam yoki dunyoni yaratuvchi sub’ektdir”, L.I.Bojovich esa “odam o‘zini anglash jarayonida yaxlitligini idrok qiladi, unda “men” degan tushuncha paydo bo‘ladi” deb ta’kidlaydilar. A.N.Leont’evning “Faoliyat, Ong, Shaxs” degan kitobida shaxs haqida ajoyib fikrlar mavjud. “Bu oliy olam birligi hayotida doimiyligini saqlaydi, har qanday sharoitda shaxsligicha boshqalar ko‘z o‘ngida va o‘z ko‘z o‘ngida qoladi”.
Mazkur fikrlardan ko‘rinadiki, shaxs o‘zini-o‘zi anglashga qodir, ijtimoiy munosabatlarning sub’ekti, o‘zini-o‘zi anglash imkoniyatiga ega bo‘lgan ongli mavjudot sifatida e’tirof etiladi. Shu bois, insonlar jamoasi, ijtimoiy tarixiy jarayonlarining ta’sirida kamolga etadi.
Shaxsning tuzilishi to‘g‘risidagi muammo o‘zining tadqiqot doirasi predmetidan tashqariga chiqadi. Shaxs tuzilishiga oid ilmiy tassavvurlarning yaratilishi, ishlab chiqilishi yaxlit nazariyaning zaruriy sharti hisoblanib, insonning ijtimoiy mohiyati o‘irralarini ochish imkoniga egadir. Huddi shu boisdan psixologiya hamda uni talqin qilish yuzasidan falsafa, pedagogika, tibbiyot singari fanlarning namoyondalari tomonidan turlicha fikrlar bildirilayotganligi keltirib chiqarilayotganligi bunga yaqqol misoldir.
Psixologiya fanida shaxsga strukturaviy yondashish bo‘yicha eng salmoqli ilmiy izlanishlar amalga oshirilganligi qonuniy holat bo‘lib, shaxs tuzilishning xilma-xil modeli yaratilganligi fikrimizning yorqin dalilidir. B.G.Anan’evning fikricha, psixologik hodisalarni aql ( intellekt ), hissiyot (emosiya ) va irodaga ajratish jarayonini inson psixologiyasida strukturaviy yondashish tajribasining dastlabki ko‘rinishi bo‘lib, uning hao‘chilligi ko‘pgina psixologlar tomonidan tan olingan. L.S.Vigotskiyning mulohazasiga ko‘ra, insonning psixik funksiyalarini yuksak, madaniy hamda quyi, tabiiy turlarga ajratish mumkin. Chunki ularning negizida ta’lim bilan insonning oliy nerv faoliyatida birinchi va ikkinchi signallar tizimi o‘zaro ta’sirining ifodalanishi yotadi.
Shaxs tuzilishining modelini ishlab chiqishdagi muhim qiyinchilikni eng asosiy sababi har xil nuqtai nazarlar mavjudligida namoyon bo‘ladi. Ular shaxsning tuzilishiga ko‘ra substansional va ideal, irsiy va psixologik tomonlarga ega bo‘lib, u V.M.Ban’shikov tadqiqotlarida asoslaniladi.
Mulohazadan ko‘rinib turibdiki, bunda shaxsning “substansional tomonini” irsiy, kundalik faoliyatda egallagan somatik jabhalar bilan tao‘o‘oslaganda, mustaqil strukturaviy tarkib sifatida, alohida reallikka ega emas. Bunday tahlil individual voqeylik ustida gap borayotganini bildiradi. A.G. Kovalevning fikricha, temperament tabiiy xususiyatlarning muhimligini bildirib keladi.
B.D. Pariginning fikricha, shaxsning statik tuzilishiga quyidagilar kiradi:

  • Umuminsoniy psixologik xususiyatlar

  • Milliy, kasbiy, iqtisodiy, siyosiy, sinfiy birlikka aloqador ijtimoiy o‘ziga xos xususiyatlar.

  • Shaxsning individual betakror xususiyatlari.

Chet el psixologlarining shaxs tuzilishi mohiyatini ochib berishga qaratilgan ko‘pgina yondashuvlari ham yuksak ko‘rsatkichlarga erishmaganligi tufayli bu masalani yoritish uchun keskin o‘zgarish kiritolmadi. Olimlarning shaxsning psixologik mohiyatini tushunchalar tuzish yordami bilan xaspo‘shlashi ijobiy izlanish tarzida o‘ziga tortadi, lekin unda shaxs “kundalik turmushimizda biz bilgan shaxsning aynan timsolidir” deb ta’riflanadi.
AQSH psixologi G.Olportning fikricha, shaxs: ichki tizim, “dinamik qurilma”, “men”, “qandaydir metapsixologik men”, o‘zida oldindan maqsad va dispozisiyani va aks ettiruvchi inson tafakkuri va xulq-atvorida mutanosib ravishda qaror toptiruvchi jonzotdir”. Huddi shu boisdan shaxsning sinfiy, tarixiy jihatdan yaqqol baholanishi ochilmay qoladi, ijtimoiy tahlil o‘rnini psixologik talqin egallaydi.
Psixologlardan T.Parsond, G.Mid va boshqalar “shaxsning rolli tuzilishi nomli “konsepsiyani ishlab chiqib, odamning yaxlit sub’ektiv dunyosini uning psixologik o‘iyofasini diqqat markazidan, idrok maydonidan chetda qoldiradilar.
Keyingi yillarda chet el psixologiyasida olimlar diqqatini shaxs modelining psixologik omillari tortmoqda. Ularning asosiy variantlari G.Ayzenk, R.Kettell konsepsiyalari bilan bevosita bog‘liqdir. Mazkur konsepsiyalar ko‘p yoki oz miqdordagi “omillar ( Ayzenkda ular 2–3 ta, Kettellda esa 20 tadan ziyod ) ga asoslangan bo‘lib, ular muayyan darajada umumlashgan individuallikni yoki shaxs o‘iyofasini ifodalovchi psixologik xususiyatlarni aks ettiruvchi ruhiy tizimni o‘ayd qilishga asoslanadi. Ammo tub ma’nodagi shaxsning psixologik konsepsiyasi ham individuallik o‘iyofalarini hao‘iqiy ijtimoiy psixologik mohiyatini ochish imkoniyatiga ega emas, chunki xususiyatlarning qonuniy ravishdagi o‘zaro aloqalari tavsiflanmay qolgan.
K.K.Platonov tomonidan ilgari surilgan shaxsning dinamik funksional tuzilishi katta qiziqish uyg‘otadi. Olim shaxs xususiyatlarining barcha boyliklarini qamrab oluvchi modelini yaratishga intiladi. Shaxs xususiyatlari, o‘iyofasi uning tuzilish elementlari bo‘lib, xossalari hisoblanadi. K.K.Platonov shaxs tuzilishini turli tomonlariga aloqador 4 tuzilmaga ajratadi :
1. Shaxsning axloo‘iy munosabatga yo‘nalganlikni birlashtiruvchi ijtimoiy shartlangan osttuzilish. Bu osttuzilishga aloqador shaxsning xislatlari tabiiy mayllarga bevosita bog‘liq bo‘lmay, tarbiyaviy yo‘l bilan shakllantiriladi.
2. Tajriba osttuzilishi, unga ta’limiy yo‘l bilan egallagan bilimlar, malakalar, ko‘nikmalar, odatlar kiradi. Ammo bu narsa shaxs o‘iyofasining biologik shartlangan ta’siri ostida kechadi. Ushbu ost tuzilish oro‘ali shaxs insoniyatning tarixiy tajribasi bilan bog‘liq bo‘ladi.
3. Shaxsning individual xususiyatlari bilan shartlangan ba’zi psixik jarayonlar kiritiladi. Bunda biologik shartlangan xususiyatlarining ta’siri aniqroq ko‘zga tashlanadi.
4. Biologik shartlangan osttuzilish bo‘lib, biopsixik xususiyatlarni fazilatlar temperament, jinsiy va yosh xususiyatlar, shuningdek, insonning patologik o‘zgarish birlashtiradi. Bu ost tuzilish mashq oro‘ali shakllantiriladi.
K.K.Platonov “shaxsning tomonlari va uning ost tuzilishi” tushunchalarini sinonim sifatida qo‘llanilganligini quyidagicha izohlab beradi: shaxsning moddiy jabhalari emas, balki funksional tomonlarining o‘zaro ta’siri to‘g‘risida to‘xtalish muhimdir”.
V.S.Merlin ham shaxsning tuzilishi masalasiga alohida ahamiyat bergan. Uning fikricha, shaxsning qismlarga ajratib talqin qilinmaydigan jabha bu uning xislatidir, ularning har biri muayyan yo‘nalganlik mohiyatini mujassamlashtirgan bo‘lib, shaxs munosabatini aks ettiradi. Shaxs tuzilishi deganda V.S.Merlin bo‘yicha insonning o‘z-o‘ziga, o‘zgalarga, mehnatga u yoki bu munosabatni o‘zida birlashtiruvchi shaxs xususiyatlarining tashkiliy aloqadorligini anglatuvchi “simptokomleks”- ni tushuniladi. Tadqiqotchi N.I.Raynval’dning fikricha, shaxsning tuzilishi va uning har bir qiyofasi (timsoli) uch mezon asosida tahlil qilinishi lozim:

  1. Oriyentirovka darajasi va anglanganlik xususiyati;

  2. U yoki bu ehtiyojiy holatlarni harakatlantirishning xususiyati hamda tashkiliyligi;

  3. Insonning emostional irodaviy bilishga oid sifatlarini namoyon bo‘lishining jadalligi, jiddiyligi va zo‘riqishi va boshqalar.

N.I.Raynval’dning izohlashicha, faollikning regulyasiyasida psixik funksiyalarni umumlashgan guruhlashtirish uch o‘lchovli (mezonli) tasnifi aql (intellekt), hissiyot (emostiya) va iroda mohiyati zimmasiga tushishi, shaxs tuzilishini temprament, xarakter va qobiliyatlarga, ikkinchi tomondan esa ekstroversiya, introversiya omillariga ajratilishiga barham beradi.
N.I.Reynval’dning ushbu yondashuvi A.R.Luriyani miya faoliyatining uch blokli rolli tasnifiga bevosita mos tushadi, chunonchi aql (intellekt) ko‘p hollarda informasion blok orqali amalga oshadi, iroda (tashkililik) programmalashtirish bloki bilan bog‘liq, xilma-xil emostional holatlar (hissiyot) yuzaga kelishining negizida “energetik” blok yotadi.
Aql, hissiyot, iroda va ularni ro‘yobga chiqaruvchi miyaning bloklari, harakatlantiruvchilarni emas, balki o‘zaro uzviy bog‘liq bo‘lgan insonning atrof-muhitga nisbatan munosabatining uch tomonini anglatadi.
Keltirilgan fikr mulohazalardan shuni xulosa qilish mumkinki, shaxsning tuzilish tarkibi, uning o‘ziga xos individual xususiyatlari bilan belgilansa, ayrim olimlar tomonidan tashqi ob’ektiv omillar asosida yuzaga kelishi ko‘rsatib o‘tilgan.
O‘z-o‘zini anglashning navbatdagi bosqichida shaxs o‘tmishini tahlil qiladi, undagi qusurli va ibratli jihatlarni o‘zaro qiyoslab ustuvorlikni topishga intiladi, bu borada ayrim siljishlarga erishadi. Ijtimoiy hayotdan u o‘ziga ideal bo‘luvchi shaxsni tanlaydi va undagi ijobiy xislatlar, xususiyatlar va ko‘rinishlarni, ko‘rsatkichlarni o‘zida mujassamlashtira boradi. Shaxs o‘z-o‘zini anglash davomida dinamik harakasiz hech bir narsani ro‘yobga chiqara olmasligiga iqror bo‘ladi, natijada uzluksiz harakatlar asta-sekin, birdaniga, tavakkaliga amalga oshirish lozimligini tushunib yetadi. Dinamik holatni baholash, tekshirish, nazorat qilish, boshqarish natijasida dinamik "Men" shakllana boshlaydi. O‘z-o‘zini anglashning besh tarkibiy qismi bir tekis insonning ma’naviy dunyosiga aylansa, demakki, unda mukammallik, barkamollik darajasi vujudga kelganligidan dalolatdir.
O‘z-o‘zini anglash shaxsning fazilatiga aylanishi uchun muayyan davr, vaqt, muddat talab qiladi, shuning uchun o‘quvchilar, talabalar va respublikamizning boshqa fuqarolari bilan dasturiy tadbir-choralar o‘tkazish orqali ko‘zlangan maqsadga erishish mumkin.
XXI asr odamlari komillikni egallovchi, ya’ni komil insonlikka intiluvchi shaxslardan tarkib topishi lozim. Komillikning bir nechta mezonlari mavjud bo‘lib, unda jismoniy barkamollik, axloqiy barkamollik, betakrorlik, aql-zakovatlilik singari shaxsning ijtimoiy tarbiyaviy tarkiblari o‘z ifodasini topadi. Komillikning o‘ziga xos bosqichlari, ob’ektiv va sub’ektiv xususiyatli shart-sharoitlari, omillari mavjuddir. Komil inson imkoniyati cheksiz, o‘z iqtidori, iste’dodi, salohiyati, qobiliyati, donishmandligi, qomusiyligi bilan o‘z zamondoshlaridan sezilarli darajada ilgarilab ketuvchi, betakror, o‘ta (super) ongli, biosfera va neosfera munosabatlarini anglovchi ongli zotdir (onglilikning ongliligi ustuvordir).
Bizningcha, bu darajaga barcha fuqarolar erishish imkoniyatiga ega emas, chunki buning ham ob’ektiv, ham sub’ektiv omillari, shart-sharoitlari mavjuddir. Huddi shu sababdan shunchaki intilish, mayl, layoqat bilan yuksak kamolot cho‘qqisiga erishib bo‘lmaydi, mazkur ijtimoiy holatni chuqurroq tadqiqot qilish farazlarimizni yo tasdiqlaydi yoki inkor qiladi.
XXI asrda yashovchi odamlar insonparvarlik g‘oyalarini aks ettiruvchi kishilarning timsoli sifatida hayot va faoliyatda o‘z-o‘zini nazorat qilish, o‘z-o‘zini baholash, o‘z-o‘ziga buyruq berish, o‘z-o‘zini ifodalay olish, o‘z-o‘zini kamol toptirish, o‘z-o‘zini kashf qilish imkoniyatlariga ega bo‘lmoqlari lozim, bu esa o‘z navbatida muayyan tarixiy davrni taqozo etadi.
Hozirgi zamon psixologiya fanining metodologik va nazariy muammolari qatorida qo‘llaniladigan asosiy kategoriyalar, tushunchalar, ta’riflarga aniqliklar kiritishdan, tezareus, kontekst nuqtai nazaridan ularni talqin qilishdan iboratdir. Ushbu mulohazalar mohiyatini o‘zini o‘zi anglash, axloq, ma’naviyat, taraqqiyot, dinamika va shaxsga oid tushunchalar to‘g‘risidagi qarashlar tashkil etadi. Mazkur tushunchalar o‘zaro iyerarxik tuzilmaga ega bo‘lib, biri ikkinchisini taqozo etadi va o‘ziga xos muayyan tizimni vujudga keltiradi, majmuaning markazida esa inson (shaxs, sub’ekt, komil inson) turadi.
Shu fikrni alohida ta’kidlab o‘tish joizki, psixologiya fanida axloqiy o‘zini o‘zi anglash ruhiy jarayon, hodisa, voqelik, xususiyat sifatida alohida o‘rganilmaganligi tufayli uni tahlil qilish o‘zini o‘zi anglash, axloq, milliy xarakter, ma’naviyat, qadriyat kategoriyalari bilan bevosita bog‘liq ravishda amalga oshiriladi.
Bizningcha, ajratib ko‘rsatilgan kategoriyalar, tushunchalarni o‘ziga xos tarzda yoritish psixologiyani asosiy va ustuvor atamasi sanalmish shaxsni yaqqol anglash imkoniyatini yaratadi, axloqiy o‘zini o‘zi anglashning ijtimoiy-psixologik voqelik tariqasida aniq namoyon bo‘lishini o‘rganishni kafolatlaydi.
Axloqiy o‘zini o‘zi anglash "o‘zini o‘zi anglash" ning xususiy (alohida) ko‘rinishi, jabhasi bo‘lganligi tufayli uning ruhiy tuzilishi, tabiati, o‘ziga xosligi, tarkib topishi, rivojlanishi va takomillashuvi, ob’ektiv, sub’ektiv, ichki hamda tashqi shart-sharoitlari, eng avvalo, o‘zini o‘zi anglash jarayonining ichki xususiyatlariga ko‘p jihatdan bog‘liq.
Psixologiya fanida uning nazariy, amaliy va tatbiqiy tomonlari muayyan darajada o‘rganilgan, hozir ham izlanishlar davom ettirilmoqda, chunonchi L.S.Vigotskiy, S.L.Rubinshteyn, V.S.Merlin, A.N.Leontev, L.I.Bojovich, A.G.Spirkin, Ye.V.Shoroxova, I.I.Chesnakova, P.R.Chamata, K.A.Abulxanova-Slavskaya, V.V.Stolin, E.Gʻ.Gʻoziyev, B.T.Gʻaffarov va boshqalar.
Hozirgi zamon psixologiya fanida o‘zini o‘zi anglashning tabiatini tushuntirishda, talqin qilishda ikki xil qarash, yondashish mavjud bo‘lib, ular bir-biridan keskin darajada tafovutlanib turadi. Birinchi yondashishga qaraganda, o‘zini o‘zi anglash-bu o‘z yo‘nalishini o‘zgartirgan ongning aynan o‘zidir, huddi shu bois u inson ongining maxsus ko‘rinishi demakdir. Ushbu talqin sobiq sovet psixologiyasida keng tarqalgan nazariya bo‘lib L.S.Vigotskiy, A.N.Leontev, Ye.V.Shoroxova, I.I.Chesnakova, V.V.Stolin va ularning shogirdlari tomonidan ilmiy amaliy jihatdan tadqiq qilib kelinmoqda.
Bu sohadagi ikkinchi mulohaza S.L.Rubinshteynning ilmiy ishlarida o‘z ifodasini topgan bo‘lib, keyingi davrlarda uning shogirdi K.A.Abulxanova-Slavskaya tomonidan o‘tkazilgan izlanishlarda izchil ravishda rivojlantirilmoqda. Uning fikriga binoan, ong va o‘zini o‘zi anglash jismoniy real hamda yuridik shaxsga taalluqli xususiyatlardan iborat bo‘lib, ular uning hayoti va faoliyatini vosita yoki “qurol” sifatida ta’minlab turuvchi ruhiy jarayondir. Bizningcha, ikkinchi yondashish o‘zini o‘zi anglashning tabiati yuzasidan to‘g‘ri (adektiv) ma’lumot berish imkoniyatiga ega, binobarin, metodologik nuqtai nazardan uni ilmiy-nazariy va amaliy-tatbiqiy jihatdan tadqiqot qilish yuksak ko‘rsatkichlar berish mumkin.
Yuqoridagi o‘zini o‘zi anglashning ruhiy tabiati haqidagi ikki xil munosabatning mavjudligi- uning paydo bo‘lishi sabablarini, yo‘nalish ob’ektini, tadqiqot predmetini turlicha yoritilishga olib keladi. Birinchi yondashishga ko‘ra, o‘zini o‘zi anglashni vujudga kelishining bosh sababi-inson bilan jamiyat o‘rtasidagi munosabatning o‘zaro nomutanosibligidir. Inson muayyan jamiyatda, mikro va mize muhitda yashar ekan, u huddi shu muhitda (makro, mikro, mize) mavjud bo‘lgan qonun-qoidalarga va tartib-intizomga bo‘ysunishga hamda shular asosida, ularning negizida o‘z xulq-atvori, munosabatlarini idora qilishga, boshqarishga majburdir. O‘z xulq-atvorini va munosabatlarini o‘zi idora qilish jarayoni (o‘quvi) esa, ularni yuzaga keltiruvchi ehtiyojlarni, xohish istaklarni, motiv va mayllarni, maqsad va qiziqishlarni (imitasiya, identifikasiya, refleksiya bosqichlari kechishini) boshqarishdan iboratdir.
Shu narsani ta’kidlash o‘rinliki, birinchi yondashishning namoyandalari talqinida ongning ichki beqarorligini vujudga keltiruvchi elementar (tarkiblar, ruhiy tuzilma qismlari) yuzasidan oladigan ma’lumotlarga qaratadi. Bunday ma’lumotlar inson tomonidan o‘zlashtirilgandan keyin bir xil mazmunga ega bo‘lmaganliklari tufayli o‘zaro qarama-qarshilikka uchraydi, ularning o‘zaro mutanosibligini ta’minlash uchun inson ijtimoiy ongiga murojaat qiladi va shu yo‘l orqali ma’nolar o‘rtasidagi ziddiyatni bartaraf etadi. Huddi shu boisdan ham L.S.Vigotskiyning shaxsiy fikricha, o‘zini o‘zi anglash turli xil ma’nolar o‘rtasida birlikni (umumiylikni) vujudga keltirish jarayoni sifatida va o‘zlashtirilgan ong tariqasida namoyon bo‘ladi.
A.N.Leontev talqiniga qaraganda, individual (yakka shaxsga oid) ongdagi mohiyat bilan mazmun o‘rtasidagi ziddiyat o‘zini o‘zi anglashning sababchisidir.
A.N.Leontevning shogirdi V.V.Stolinning uqtirishicha, o‘zini o‘zi anglashning asosida (negizida) “menlik” ning mazmunlari o‘rtasidagi ziddiyat yotadi.
B.G.Ananev izlanishlarida aks etishicha, o‘zini o‘zi anglashning paydo bo‘lishi omili- odamning individual xosiyati, faoliyat sub’ektliligi shaxslilik xususiyatlarining tarkib topishidagi notekislik va geteroxronlikdir. Uning mulohazasiga ko‘ra, o‘zini o‘zi anglash ana shu uchala xususiyatni o‘zaro muvofiqlashtiradi va huddi shu tariqa ongning individualligini ta’minlab turadi.
Amalga oshirilgan psixologik tahlildan ko‘rinib turibdiki, birinchi yondashuvda o‘zini o‘zi anglash xulq-atvorni va munosabatlarni belgilovchi hamda idora qiluvchi mustaqil sub’ektga aylanadi, natijada real inson tadqiqot markazidan uzoqlashadi, uning o‘rnini ong va o‘zini o‘zi angldash egallaydi.
Bizningcha, o‘zini o‘zi anglashni bu tarzda tushunish (va tushuntirish) uning psixologik tabiatini atroflicha, to‘liq yoritishga imkon bermaydi va nazariy jihatdan noto‘g‘ri (noadekvat) xulosa chiqarishga, shoshilinch qaror qabul qilishga olib keladi.
Ikkinchi yo‘nalishning asoschisi S.L.Rubinshteynning tadqiqotlariga asoslanib, biz o‘zini o‘zi anglash muammosini tadqiq etishga asosiy diqqat-e’tiborni, eng avvalo, uning sub’ektiga, ya’ni insonga-shaxsga qaratish maqsadga muvofiq, deb hisolaymiz. Ushbu fikrni boshqacha so‘z bilan ifodalaganda, o‘zini o‘zi anglashni shakllantirishning manbai ong va undagi ziddiyat bo‘lmasdan, balki insonning tarkib topishi va rivojlanishi sanaladi. Ruhiy faoliyatning maxsus holdagi (vaziyatdagi) ob’ektiv shart-sharoitlar sifatida odamlarning hayoti, umumiy yashash sharoiti deb yozadi S.L.Rubinshteyn, - aks ettirish faoliyatining sharti haqida gap ketganda, odamning turlicha namoyon bo‘lishining, umumiy shartlari ichidan huddi mana shu in’ikos etish faoliyatining maxsus shartini ajratib olishimiz zarur bo‘ladi. O‘zini o‘zi anglashning paydo bo‘lishini ta’minlovchi maxsus shartni aniqlash uning sub’ekti to‘g‘risidagi muammoni hal qilishni, muayyan yo‘l-yo‘riqlar va oqilona usullarga asoslanuvchi yechimni talab qiladi.
Jahon psixologiyasi fanida to‘plangan ma’lumotlardan ma’lumki, inson (shaxs) o‘zini o‘zi anglashi uchun huddi shu o‘zini o‘zi anglash xususiyatining (jarayonining) sub’ekti bo‘lishi muqarrar.

Download 70,64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish