2 Mavzu: Katta va maktabgacha tayyorlov guruhi bolalari uchun umumrivojlantiruvchi mashqlarni tanlash va ularni o‘tkazish



Download 20,61 Kb.
Sana31.12.2021
Hajmi20,61 Kb.
#226931
Bog'liq
2 Mavzu


2 Mavzu:Katta va maktabgacha tayyorlov guruhi bolalari
uchun umumrivojlantiruvchi mashqlarni tanlash va ularni
o‘tkazish
Katta guruhda bolalar umumrivojlantiruvchi mashqlarni
faqat tarbiyachining ko‘rsatmasi bilangina bajarmay, uning
tushuntirishi orqali ham bajaradilar. Bunga ularning oldiga
qo‘yilgan harakat topshiriqlarini tushuna olishlari, asosiy
harakatlar yo‘nalishi (yuqoriga, pastga, yon tomonlarga, o‘ngga,
chapga) haqida aniq tasavvurga ega ekanliklari asosiy holatlar,
butun gavda va uning ayrim qismlari harakatlarini bilishlari,
o‘z harakatlarini nazorat qila olishlariga yordam beradi. Katta
guruhda gimnastika bilan shug‘ullanish mashg‘ulotlarida harxil narsalardan foydalaniladi. Tayoqcha, halqa, koptok, arqon,
arg‘amchi kokillar (o‘rilgan birnecha chilvirlar), katta keglilar,
kublar ko‘proq qo‘llaniladi. Bolalarning o‘zlari jihozlarni bilibbilib olib keladilar, tarqatadilar va yig‘ishtirib oladilar.
Tayoqchalarni ushlash usullari xilma-xil bo‘lib boradi:
tayoqcha uchidan, o‘rtasidan, bir qo‘l bilan tayoqchaning bir
uchidan, ikkinchi qo‘l bilan o‘rtasidan va hokazo ushlanadi.
Ushlashning ana shu barcha usullarida tayoqcha ustki yoki
pastki tomondan va yuqori tomondan ushlanadi. Maktabgacha
yoshdagi bolalarning tayoqcha bilan bajaradigan mashqlarida
ushlash asosan o‘zgarishsiz amalga oshiriladi.
Uzun tayoqchalar (2,5–3 m), katta halqalar (diametri 1,5
m) bilan mashq qilish maqsadga muvofidir. Bu mashqlarni
bajasishda bir jihozda bir vaqtning o‘zida bir nechta yoki
ko‘p bolalar harakat qiladilar. Har bir bola o‘z harakatlarini
118
shug‘ullanuvchi boshqa bolalarning harakatlari bilan moslashtirishlari kerak bo‘ladi.
Inventarlar bilan mashq bajarish vaqtida tarbiyachi aytilgan yo‘nalishda buyumlarni aniq ko‘chirish, buyumlarning
shuningdek, qo‘l, oyoq va gavda dastlabki, oraliq va oxirgi
holatining aniq bajarilishiga erishadi.
Oddiy koptoklardan tashqari, og‘irligi 1 kg keladigan
to‘ldirma to‘plardan ham foydalaniladi. To‘ldirma to‘plar bilan
bajariladigan mashqlar ikkinchi chorakdan boshlab o‘tkaziladi
va har bir mashg‘ulotda 3-4 mashq bajariladi. Bu mashqlar har
bir guruh muskullarini harakatga keltirishi kerak. Bu to‘pni bir
joydan ikkinchi joyga olib qo‘yish, dumalatib borish, to‘pni
olib borib qo‘yish, to‘ldirma to‘pni uzatish, har xil tomonga
egilishlar, gavdani burish, ikki qo‘llab koptok ushlagan holda
cho‘qqayib o‘tirish mashqlaridir. To‘ldirma to‘pni oshirib otish
katta guruhda kamdan kam qo‘llaniladi.
Katta guruhda mashg‘ulot o‘tkazish uchun barcha
muskullarni o‘stiruvchi mashqlardan 6-8 tasi tanlab olinadi va
ular murakkabligiga qarab 6-8 martadan takrorlanadi. Har bir
mashg‘ulotda 1-2 tadan ortiq yangi mashqdan foydalanmaslik
kerak. Tarbiyachi mashg‘ulotlar orasida nafas olib, to‘g‘ri nafas
chiqarishni bolalarga aytib o‘tadi.
7 yoshga qadam qo‘ygan bolalarning umumrivojlantiruvchi
mashqlarni yuksak darajada ijro etishlarini ta’kidlab o‘tish
zarur. Aniq maromli harakatlar bolalarni qiziqtiradi, ular
bunday harakatlarni ishtiyoq bilan bajaradilar, gavdani zarur
holatda to‘g‘ri tutishga o‘zlaricha, mustaqil ravishda harakat
qiladilar, yo‘nalishni aniq oladilar, jamoa mashqlarni bajarishda
harakat ko‘lamining yaxshi bo‘lishiga, harakatlarning bir biriga muvofi bo‘lishiga intiladilar.
Bolalar ayniqsa musiqa jo‘rligida bajariladigan mashqlarni
juda yaxshi ijro etadilar. Harakatlarning mayin va ifodali
bo‘lishi ortadi. Bularning bari bolalarda o‘z harakatlarini bemalol boshqara olish imkoniyati o‘sib borayotganligini, olingan
harakat topshirig‘iga to‘la muvofi keladigan tarzda harakat qilishlarini ko‘rsatadi.
119
Shuni nazarda tutish kerakki, mashqlardagi fiiologik
hamda emotsional vazifalar o‘zgarib turgan taqdirdagina puxta
o‘zlashtirib olingan gimnastik mashqlar o‘zining yaxshi samarasini beradi. Mana shuning uchun ham mashq tanlaganda uning
xilma-xil bo‘lishiga, harakatlar ko‘lami va sur’atining o‘zgarib
turishiga, mashqlarni baho olish uchun va musobaqada qatnashish uchun turli usullarda bajarilishiga va boshqa shu kabi tomonlarga ahamiyat berish lozim.
Mazkur metodik usullarning hammasi umumiy rivojlanish
mashqlariga barqaror qiziqish uyg‘otishda yaxshi yordam
beradi. Bolalar tomonidan jismoniy mashqlarni muntazam ravishda takrorlab turish zarur ekanligini tushintirish ham bunga
yordam beradi. Ular bu mashqlarni faqat o‘zlariga yoqqanligi
uchun emas, balki ularning foydali bo‘lganligi, bajarish zarurligi uchun ijro etishlarini tushunib olishlari kerak. Harakatlarni muttasil ravishda doimo murakkablashtirib borishga,
ularga akrobatik alomatlarni kiritishga, kuch talab qilinadigan mashqlarni ko‘paytirishga hech qanday zaruriyat yo‘q.
Agar puxta o‘ylangan va tekshirilgan, shifokor va pedagoglar
sinovidan o‘tgan, yetarli asos bo‘lmasa jismoniy tarbiyaning
yangi vositalaridan foydalanishning iloji yo‘q. Tayyorlov guruhida muskullarning, gavdaning turli qismidagi muskul va
bo‘g‘imlarning: qo‘l va yelka-o‘mrov muskullarining, oyoq,
gavda, bo‘yin muskullarini muayyan ravishda rivojlantirishga
qaratilgan mashqlarni o‘rganish va takomillashtirish davom
ettiriladi.
Ayrim mashqlar bilan bir qatorda bolalarga bir-biri bilan
hech qanday oraliqsiz qo‘shilib ketadigan bir qator mashqlarni
bajarishni ham taklif etib ko‘rish kerak. Bolalar endilikda bir
qancha umumiy rivojlanish mashqlarini bir-biriga muvofilashti
rishni biladigan va buni qanday izchillikda bajarishni eslab qolishga qodir bo‘ladilar.
Mashg‘ulotlarda ikki bola baravar bajaradigan, ya’ni juft-juft
bo‘lib bajariladigan mashqlarni qo‘llash bilan bog‘liq bo‘lgan
topshiriqlarni tez-tez berib turish kerak. Bunday mashqlarni
bajarishda har ikkala bola faol qatnashadi. Ular faoliyatining
120
xususiyati bir bo‘ladi (har ikkala bola o‘rtada yotgan tayoq yoki
arqonchani o‘tirgan joyida o‘z tomoniga oyoqlari bilan tortib
olishga harakat qiladi). Boshqa hollarda esa bolalar mashqlarni bajarishda bir-birlariga yordam beradilar (bir bola mashq bajarayotgan o‘rtog‘ining oyog‘idan ushlab turadi, ikkinchisi esa
gimnastika skameykasida ko‘ndalang yotgan holda engashadi).
Birgalikda bajariladigan mashqlar bolalarni o‘z kunini to‘g‘ri
taqsimlashga, bunda uchraydigan muayyan qarshiliklarni
hisobga olishga o‘rgatadi.
To‘ldirma to‘plar bilan o‘tkaziladigan mashqlar tobora ko‘p
roq foydalaniladi. Ularni bir-biriga otib ilib olish, to‘p ustida
muvozanat saqlab yotish, koptokni belga qo‘yib va oyoqlar
orasiga qisib, bir joydan ikkinchi joyga olib borish singari
mashqlar kiritiladi va hokazo.
Tayyorlov guruhidagi mashg‘ulotlar uchun umumrivojlantiruvchi xususiyatga ega mashqlardan ko‘pi bilan 6-10 xil
mashq tanlanadi. Bu mashqlar taxminan 6-8 martadan, asosan,
yaxshi kayfiat bilan jadal sur’atda bajariladi. Bolalar nafas
olish maromini harakatlarning bajarilish xususiyati bilan
muvofilashtirish, ularni bir-biriga moslashtirishni bilishlari
kerak.
Katta va tayyorlov guruh bolalari uchun mashqlarni tanlashda ularni o‘ziga xos psixalogik va fiiologik xususiyatlarni
hisobga olgan holda mashql arni barcha muskullarni o‘stiruvchi
mashqlardan 5-6 tadan tanlanadi va ular murakkabligiga qarab
8 martadan takrorlanadi.
Download 20,61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish