2-mavzu. O‘simlik to‘qimalari. Reja



Download 0,52 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/9
Sana01.02.2023
Hajmi0,52 Mb.
#906288
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
2 Tuqimalar

Po‘stloq (ritidom).
Ko‘pchilik daraxtlarning eski tanalari va ildizlari silliq periderma 
o‘rniga po‘stloq bilan almashinadi. U turli o‘simliklarda har xil davrlarda hosil bo‘ladi. Olma, 
oddiy qarag‘vay va noklarda hayotining 5 – 8 yillari, emanda – 25, grabda esa 50 yildan so‘ng 
qoplaydi. 


 
1.4-rasm. Periderma (A), yasmiqchaning tashqi tuzilishi (Б), marjondaraxti poyasidagi 
yasmiqchaning ko‘ndalang kesimi (Sambucus sibirica) (В): 
1 — epiderma qoldiqlari, 2 — po‘kak (fellema), 3 — fellogen (po‘kak kambiysi), 4 — 
felloderma, 5 — yasmiqcha, 6 — bajaruvchi to‘qima. 
 
U bir necha marta yangi periderma qavatlarini takrorlanishi natijasida po‘stloq ostidagi 
to‘qimalardan vujudga keladi. Bu vaqtda ushbu qavatlar orasidagi tirik hujayralar nobud bo‘ladi. 
Fellogen faoliyatining xarakteriga ko‘ra turli ko‘rinishdagi po‘stloq hosil bo‘lishi mumkin. 
Fellogenning doira shaklda joy olishdan halkasimon po‘stloq hosil bo‘ladi. Agarda fellogen ayrim 
bo‘laklar shaklida hosil bo‘lsa, tangachasimon po‘stloq kelib chiqadi. Bu xildagi po‘stloq ko‘p 
uchraydi. Qalin qatlamli po‘stloq daraxt tanasini mexanik shikastlanishdan, yong‘indan va 
haroratning keskin sho‘garishidan saqlaydi. Ba’zi o‘simliklarda po‘stloq umumdan hosil 
bo‘lmaydi (chinor, chetan, shumrut).
Ba’zi o‘simliklarning havo ildizlari ustida o‘ziga xos tuzilishga ega velamen (lot. velamen 
— qobiq) deb ataladigan to‘qimalari bo‘ladi. Bu to‘qima kelib chiqishi jihatidan rizodermaga 
o‘xshash bir qavatli protodermadan yuzaga keladi, lekin ontogenezida rivojlanib ko‘p qavatli 
shaklga aylanadi. Velamen hujayralari tez nobud bo‘ladi. Shu sababli suv ildiz hujayralariga 
maxsus poralardan o‘tadi va kapillyar naylar orqali so‘rilib po‘stloq xujayralariga o‘tkaziladi. 
Velamen to‘qimalar orxideyadoshlar oilasiga mansub o‘simliklarning havoyi ildizlarida uchraydi. 
Barcha tirik va o‘lik holdagi hujayralar o‘simlikning mustahkamligini ta’minlaydi. Jonli 
hujayralarning mexanik roli turgor bosim bilan bog‘liqdir. Suv bilan yaxshi tuyigan hujayralar 
tarang bo‘lib, o‘sishni shakl va hajmini bir butun holda saqlab turadi. Ortiqcha namlik sharoitida 
o‘suvchi o‘simliklar odatda maxsus mexanik to‘qimaga ega bo‘lmaydi yoki kuchsiz rivojlangan 
bo‘ladi. 
Mexanik to‘qimalarning vazifasi o‘simlikka mustahkamlik berishdan iborat bo‘lib, uni har 
xil mexanik shikastlanishlardan saqlaydi. Mexanik to‘qima tufayli o‘simlik poyasi tik holatni 
saqlaydi. Daraxtlar og‘ir shox–shabbalarni ushlab turadi hamda tashqi muhitining kuchli bo‘ron 
va shamollariga, yomg‘ir va qorlarga bardosh beradi. Mexanik to‘qima hujayralarining xarakterli 
xususiyati qobig‘ining ko‘pincha lignin moddasi singishi natijasida yog‘ochlashishidadir. Bu esa 
o‘z navbatida mustahkamlikni oshiradi. 
Mexanik to‘qimalar kelib chiqishi, o‘simlik organlarida joylashishi va umumiy anatomik 
belgilariga qarab uch turga bo‘linadi:


1) kollenxima; 2) sklerenxima; 3) sklereidlar.

Download 0,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish