2-mavzu o‘zbek matnshunosligi shakllanishining tarixiy ildizlari reja



Download 33,49 Kb.
bet1/2
Sana09.07.2022
Hajmi33,49 Kb.
#761935
  1   2
Bog'liq
2 ma\'ruza O’zbek matnshunosligi shakllanishining tarixiy ildizlar


2-MAVZU
O‘ZBEK MATNSHUNOSLIGI SHAKLLANISHINING TARIXIY ILDIZLARI
Reja
1.O‘zbek matnshunosligi tarixi va uning o‘ziga xos jihatlari.
2. Jahon matnshunosligi tajribalari. P.SHamsiev, H.Sulaymon, I.Sulton ilmiy tadqiqotlarida matnshunoslikka oid qarashlar.

Matnshunoslik sohasi filologiya fanining asosiy va muhim tarmoqlaridan biri bo‘lib, yozma yodgorliklarning asl matnini tiklash hamda ularni nashr ettirishning nazariy va amaliy jihatlari bilan shug‘ullanadi. Matnshunoslikning asosiy vazifasi qo‘lyozma yoki toshbosma nusxadagi muayyan asarning matnini muallif qalamidan chiqqan asl holatini tiklash va nashr ettirishdir.


Izohli lug‘atda “matnshunoslik” istilohiga shunday ta’rif beriladi: “Matnshunoslik – adabiyot va folklorga oid qo‘lyozma asarlarni, tarixiy hujjatlarni, ularning haqiqiy, asl matnlarini aniqlash va tanqidiy o‘rganish, sharhlab e’lon(nashr)qilish maqsadida ular ustida tadqiqotlar olib boruvchi yordamchi tarixiy-filologik fan sohasi; tekstologiya”1.
O‘zbek tilida bu istiloh arabcha “matn” (ﻤﺘﻥ) lug‘aviy ma’nosi – mustahkam, pishiq, qattiq degani bo‘lib, qo‘shma so‘zning ikkinchi qismi “shunos”(“tanimoq”, “bilmoq” ma’nolarini ifodalovchi forscha “shenoxtan” fe’lidan olingan) va turkiy “-lik” ot yasovchi qo‘shimcha tarkibidan yasalgan.
XX asr boshlarida Turkistonda ham matnni tanqidiy o‘rganishga munosabat shakllana bordi. Turli matbaa yoki kutubxonalarning tashkil etilishi muayyan ma’noda matnshunoslik tarixini yangicha yo‘nalishda o‘rganishga sabab bo‘ldi. 1920 yili martda Turkiston MIK Turkiston davlat nashriyoti(Turkdavnashr) ta’sis etish haqida qaror qabul qilinadi. Bu O‘rta Osiyodagi ilk kitob nashriyoti bo‘lib, unga o‘lkadagi barcha nashr ishlarini birlashtirish, qog‘oz taqsimoti va bosmaxona jihozlarini nazorat etib, rahbarlik qilish vazifalari yuklandi.
O‘tgan asr 20-yillaridan ilmiylik bosh mezon bo‘lgan o‘zbek adabiyotshunosligi alohida soha sifatida shakllana boshladi. Adabiyot tarixi tadqiqotchilari muntazam ravishda klassiklarimiz hayoti, ijodiga bag‘ishlangan maqolalar e’lon qilish bilan birga ularning asarlarini chop ettirish, ommalashtirishga ham jiddiy kirishdilar. Olib borilgan amaliy ishlar bevosita matnshunoslikning ilmiy shakllanishiga olib keldi.
Matnshunoslik nashr ishlarining olib borilishi bilan rivoj topdi. O‘zbek matnshunosligining shakllanishi, rivojlanish usullari va metodlari mumtoz adabiyot namunalari nashr etilishi bilan bog‘liq.
Arxeografiya yozma manbalarni qidirib topish, ilk tavsifga olish, ilmiy muomalaga kiritishni nazarda tutadi. Kutubxona, turli fondlardagi qo‘lyozmalarning turkumlashtirilgan tavsifi, arxeografik qiyosiy tahlili manba matnini tuzishda muhim hisoblanadi. Bunday ishlar natijalari matn ustida ishlashning ravon borishini ta’minlaydi.
Germenevtika qadimgi yozma matnlar mazmunini izohlash bilan shug‘ullanadi, matnshunoslik uchun germenevtika asarning qadimda tutgan o‘rni, asar umumiy mazmuni kabi ma’lumotlarni beradi.
Ekzegetika esa diniy matnlarni filologik jihatdan tahlil etishda matnshunoslik ishlari bilan bevosita bog‘lanadi.
Matnshunoslik, eng avvalo, ikki asosiy qismga bo‘linadi: amaliy va nazariy matnshunoslik. Nazariy matnshunoslik – sohaning umumiy masalalari, matnshunoslik tarixi, matn tuzish tadqiqot usullari hamda asosiy tamoyillari kabi masalalarning jamlanmasidir. Hozirgi kunda matnshunoslik nazariy yo‘nalishini ham rivojlantirish asosiy masalalardan biri bo‘lib qolmoqda.
Amaliy matnshunoslik – muayyan asarning muallif qalamiga yaqin eng asl matnini tuzish, sharhlar bilan nashrga tayyorlashni bajaradi. Umuman, matnshunoslikning nazariy va amaliy ishlaridan maqsad, asarning muallif nusxasiga eng yaqin matnini yaratishdan iborat.
Matnshunoslik fan yoki soha ekanligini aniqlashda turli xil qarashlar mavjudligi kuzatiladi. Ba’zi olimlar matnshunoslik filologiyaning yordamchi tarmog‘i deb hisoblasalar, boshqalari matnshunoslikni mustaqil fan sifatida e’tirof etishadi. Matnshunoslik fan yoki soha ekanligini aniqlash matnshunoslikning tarixi, amaliy va nazariy yo‘nalishlari rivojlanishi, shu kungacha erishgan natijalari va kelajagiga bo‘lgan ilmiy doiraning mulohaza yoki fikrlarini ham ko‘rsatadi.
O‘z tadqiqotlarini asosan qo‘lyozmalar bilan bog‘liq holda olib borgan adabiyotshunos A. Hayitmetov matnshunoslikni “adabiyotshunoslikning uzviy qismlaridan biri” deb yozadi.2
A. Habibullaev esa matnshunoslikni “filologiya fanining adabiy, tarixiy, ilmiy asarlar hamda tarixiy hujjatlar matnini ilmiy-tanqidiy o‘rganish va nashr qilish bilan shug‘ullanuvchi sohasidir”3, – deb hisoblaydi.
Adabiy manbalar ustidagi tadqiqotlarda matnshunoslikning nazariy asoslari ham bo‘lishi kerakligini qayd etarkan, N. SHodmonov matnshunoslik masalalariga e’tibor qaratadi va matnshunoslik butun dunyoda, jumladan, O‘zbekistonda ham alohida mustaqil fan sifatida e’tirof qilinganligini ta’kidlaydi.4
Umuman olganda, matnshunoslikning fan yoki sohaga oid bo‘lishi haqida aniq xulosaga kelishning o‘zi munozaralidir. Ravshanki, matnshunoslik XIX asr o‘rtalarigacha to‘liq soha yoki fan sifatida shakllanmagan, u XX asr boshlariga qadar adabiy, tarixiy asarlar nashrida zaruriy bo‘lib, vazifasi ham asosan amaliyot talablari bilan cheklangan. Matnshunoslik keyingi davrlarda nazariy ishlanmasi, metodikasi va vazifalarining aniq belgilanishiga erishdi. Bu kabi ilmiy-tadqiq natijalari uning inson bilim tizimida fan sifatida tavsiflanishiga olib keldi. Lekin matnshunoslikni filologiyaning tarixiy-adabiy dissiplinasi yoki maxsus sohasi deb ta’riflash ko‘proq uning imkoniyatlarini aniq va to‘la namoyon etadi. Matnshunoslikka fan deb yondashilganda esa, boshqa sohalar bilan bog‘liq aralashuvi yuzaga keladi va matnshunoslikning o‘ziga xos xususiyatlari yaqqol ko‘rinmaydi.



Download 33,49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish