2-mavzu. Pedagogik texnika. Mashg`ulot rejasi



Download 32,89 Kb.
Sana30.04.2022
Hajmi32,89 Kb.
#597385
Bog'liq
2-AMALIY (2)


2-mavzu. Pedagogik texnika.
Mashg`ulot rejasi: Pedagogik texnika haqida tushuncha.
1.Pedagogik texnikaning tarkibiy qismlari.
2.Mimika. Pantomimika.
3.O‘qituvchining pedagogik texnikasini shakllantirish yo‘llari.
1.Tashkiliy qism.
2.Nazariy bilimlarni tekshirish.
3. .Pedagogik texnikani shakllantirishga doir mashqlar.
4. O‘qituvchining pedagogik texnikasini shakllantirishga doir mashqlar.
5.Mikrodars: Darsni boshlash va tashkiliy qismni o’tkazish.
6.Mashg’ulotni yakunlash
M a sh g’ u l o t n i n g b o r i sh i :

  1. Tashkiliy qism.

  2. Nazariy bilimlarni tekshirish uchun savollar:

  1. «Mimika» va «Pantomimika» tushunchalari o’rtasidagi farq va bog’liqliklarni aniqlash. Venn diagrammasidan foydalangan holda o’tkaziladi.

Mimika Pantomimika




Fikr-mulohazalarini umumlashtirgan holda kesishadigan ikkita doirachani to’ldiradilar. Bunda doirachalarning kesishgan qismiga umumiy xususiyatlar, kesishmaydigan qismiga o’ziga xos xususiyatlar yoziladi.



Juftliklardagi talabalardan biri topshiriq taqdimotini o’tkazadi. «Venn diagrammasi»ni to’g’ri va ko’p so’zlar bilan to’ldirgan talabalar rag’batlantiriladi va baholanadi.
Bu mashqda topshiriq mazmuni auditoriyaga notanish bo’lsa ishlash oson bo’ladi. O’qituvchi topshiriqlarni kartochkalarga yozib tarqatadi va tayyorlanish uchun vaqt beradi. Talabalar navbat bilan topshiriqlarni bajaradilar. Boshqalar mimikani o’qiydilar.
1-topshiriq. Sinfga kirdingiz. O’quvchilarning darsga tayyorgarligidan hursandsiz.
2-topshiriq. Sinfga kirdingiz. Sinf tartibsiz. Siz hayratdasiz.
3-topshiriq. Sinfga kirdingiz. O’quvchilar berilgan topshiriqni yaxshi bajarganlar. Siz ularga shunday deysiz…
4-topshiriq. Sinfga kirdingiz. O’quvchilar juda yomon ish qilganlaridan habardorsiz.
5-topshiriq. Siz qator oralab yurib o’quvchilar qanday ishlayotganlarini kuzatayapsiz. Ular yaxshi ishlayapti.
6-topshiriq. Qator oralab yuripsiz. Maqsadingiz o’quvchilar qanday ishlayotganini nazorat qilish.
7-topshiriq. Qator oralab yuripsiz. O’quvchilardan biri boshqa kunga qaraganda yaxshi ishlayapti. O’zi sezgan holda ta’kidlab o’ting.
8-topshiriq. Qator oralab yuripsiz. O’quvchilar qiynalayapti. Siz bezovtasiz. Hammada shunday qiyinchilik mavjud, hayrat bilan qaraysiz.
Mikrodars: Darsni boshlash va tashkiliy qismni o’tkazish.
Talabalarning 3-4 nafari mutaxassislik bo’yicha biror bir fan bo’yicha darsning tashkiliy qismini o’tkazadilar. Boshqa talabalar o’quvchilar vazifasida ishtirok etadilar. Darsni boshlash va tashkiliy qismni o’tkazish uchun 3-4 minut vaqt ajratiladi. Tinglovchi talabalar va o’qituvchi ekspert sifatida bajaruvchi talabalarning faoliyatlarini baholaydilar va quyidagi mezonlar inobatga olinadi:

  • sinfga kirish va salomlashishning to’g’ri bajarilganligi;

  • o’quvchilar diqqatini jalb eta olish;

  • sinf xonasining darsga tayyorgarligi;

  • o’quvchilarning darsga tayyorgarlik darajalari;

  • so’rov vaqtida barcha o’quvchilarning diqqatini mimika, pantomimika orqali o’ziga jalb eta olish;

  • tashkiliy qismni o’tkazishda so’rovning ob-havo va sana bilan bog’liqligi.

Mashg’ulotni yakunlash.
O’qituvchi mavzuni xulosalaydi, talabalar reytingini e’lon qiladi. Keyingi mashg’ulotga tayyorlanish uchun topshiriqlar beradi va darsni yakunlaydi
Ushbu elektron havoladan va adabiyotlardan foydalanishingiz mumkin
https://talaba.su/pedagogik-texnika-pedagogik-mahoratning-tarkibiy-qismi-va-sifati/

Adabiyotlar:

  1. Xodjayev B.X. Umumiy pedagogika nazariyasi va amaliyoti. Darslik – T.: SANO-STANDART, 2017.

  2. Xodjayev B.X., Choriyev A., Saliyeva Z.T. Pedagogik tadqiqotlar metodologiyasi. Darslik. – T.: IQTISODIYOT DUNYOSI, 2018.

  3. Ro’ziyeva D.I., Tolipov O’.Q. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat. – T.: INNOVATSIYA-ZIYO, 2019.

  4. Mutalipova M.J., Xodjayev B.X. Qiyosiy pedagogika. Darslik. – T.: TDPU, 2015.

5. Xalikov A.A. Pedagogik mahorat. Darslik. – Toshkent, Iqtisod moliya, 2012.
6.Якушева С.Д. Основы педагогического мастерства. Учебник. – Москва.: Академия, 2012.
7.Omonov N.T., Madyarova S.A. Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat. – Т.: Iqtisod–moliya, 2009.
8.Mahmudov N. M. O‘qituvchi nutq madaniyati. Darslik. – Toshkent, O‘zbekiston milliy ensiklopediyasi, 2007.
9.Azizxodjaeva N.N. Pedagogik texnologiya va pedagogik mahorat. – T.: “Fan va texnologiyalar” nashriyoti, 2006.
10.Очилов М., Очилова Н. Ўқитувчи одоби. Сайланма. –Т.: Ўқитувчи,1997.
11.Alex Moore. Teaching and Learning: Pedagogy, Curriculum and Culture. USA, 2012 Routledge.
Neil Selwyn. Education and Technology: Key Issues and Debates.
Download 32,89 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish