2-mavzu. Qadimgi davlat birlashlamalarining shakllanishida yer va suv munosabatlari



Download 88 Kb.
Sana23.06.2022
Hajmi88 Kb.
#694076
Bog'liq
2-mavzu


2-mavzu.Qadimgi davlat birlashlamalarining shakllanishida yer va suv munosabatlari.
Qadimgi O‘rta Osiyoda ilk dehqonchilik madaniyatining shakllanishi va rivojlanish omillari.
Dehqonchilik madaniyati va u bilan bog‘liq o‘troq turmush tarziga o‘tish O‘rta Osiyoning janubida neolit davrida, mil. avv.VI ming yillikda boshlangan. Janubiy Turkmaniston hududida yashagan aholi bundan 8–7 ming yil avval dehqonchilikning dastlabki shakllari bilan shug‘ullana boshlaganlar. Janubiy Turkmanistonda, Kopetdog‘ning shimoliy yonbag‘irlarida neolit davrida paydo bo‘lgan Joytun madaniyati (mil. avv. VI–Vm.y.) O‘rga Osiyo hududida ilk va eng mashhur dehqonchilik maskanidir. Joytun madaniyati nomi bilan tarixda qolgan bu ilk dehqonlar manzilgohlaridan (Joytun, CHag‘alli, CHo‘pontepa) topilgan don qoldiqlari (arpa, bug‘doy), toshdan ishlangan o‘roqlar, pichoqlar va yorg‘uchoqlar bu davrda aholi dehqonchilik bilan shug‘ullanib boshlaganliklaridan dalolat beradi. Bu davrda sun’iy sug‘orish inshootlari barpo etish tajribasi o‘zlashtirilmagan bo‘lib, mahalliy aholi faqat bahor faslida suvga to‘yingan joylarda, kichik soylar bo‘ylarida la’lmi dehqonchilik bilan shug‘ullanganlar. Bu davrda O‘rta Osiyoda ilk bor donli ekinlardan arpa va bug‘doy madaniylashtirilgan. Joytunliklar dehqonchilikdan tashqari uy chorvachiligi bilan ham shug‘ullanib, echki va qo‘ylarni boqqanlar. Uylarning sathidagi loy suvog‘ida arpa va bug‘doy donlari saqlanib qolgan.
Kopetdog‘ atrofidagi erlar o‘zining tabiati va iqlimi jihatidan (erlari quruq va issiq iqlimli) dehqonchilik uchun qulay edi. Tog‘ daryolari bo‘ylarida yashovchi qadimgi qabilalar neolit davridan boshlab uzluksiz arpa, bug‘doy, beda, poliz va boshqa ekinlarni sug‘orishda, asosan soy suvlaridan foydalanganlar. Aholi sonining oshishi, dehqonchilik qilinadigan hududlarni uzluksiz kengaytirib borishni taqoza etardi. Mil.avv. IV ming yillik o‘rtalariga kelib, eng qadimgi sug‘orish tarmoqlari shunday sharoitga ega bo‘lgan soylar etaklarida vujudga kela boshlagan.
SHu tariqa, neolit dvrida Janubiy Turkmaniston hududida ishlab chiqaruvchi xo‘jalikka o‘tilgan. Mintaqadagi ilk dehqonlarning Joytun madaniyati mil. avv. VI mingyillik boshlarida Kopetdog‘ shimoliy yonbag‘irlarining g‘arbiy qismida, ya’ni Qadimgi SHarq sivilizatsiyalari markaziga yaqin bo‘lgan geografik hududda paydo bo‘ldi. Bu holat, ya’ni ishlab chiqaruvchi xo‘jalik yuritishga o‘tish dastlab O‘rta Osiyoning Qadimgi SHarq sivilizatsiyalari markazlariga yaqin hududlarda boshlanishi qadimgi davrda madaniy aaloqalar va aholi migratsiyasining dehqonchilik madaniyati shakllanishida tutgan o‘rnini aniqlashtirishni ham kun tartibiga qo‘ymoqda.
O‘rta Osiyoning markazi va shimoli-sharqidagi katta geografik kengliklarni egallagan qabilalar esa Joytun manzilgohidagi ilk dehqonlardan farqli ravishdi Neolit davrida ham an’anaviy o‘zlashtiruvchi xo‘jalik turlari – ovchilik, baliqchilik va termachilik bilan shug‘ullanishda davom etdilar. Bu davrda Amudaryoning quyi oqimidagi Xorazm vohasida fanda «Kaltaminor madaniyati» nomini olgan ovchi va baliqchilar madaniyati tarqalgan edi. Bu madaniyatga mansub makonlar Zarafshon daryosining quyi oqimida, shuningdek Qizilqum va G‘arbiy Qozog‘iston hududlarida ham topib o‘rganilgan.
Markaziy va Janubiy Tojikiston hamda Janubiy O‘zbekistonning tog‘lik hududlarida o‘ziga xos Hisor madaniyatini yaratgan qabilalar yashaganlar. Zarafshon tog‘ tizmalarining shimoliy qismida, tog‘ va cho‘llar chegarasida arxeologlar tomonidan yana bir Neolit davri madaniyati, fanda Sazag‘on madaniyati nomini olgan madaniyat o‘rganilgan. Bu davrda Markaziy Farg‘onada ham o‘ziga xos neolit davri madaniyati shakllandi.
SHu tariqa, Neolit davridan boshlab mintaqaning janubiy va shimoli-sharqiy hududlarining tarixiy rivojlanishida o‘ziga xoslik va tafovutlar paydo bo‘lib, xo‘jalik yuritish usullari va turmush tarzi bilan bir-biridan birmuncha farqlanuvchi madaniyatlar shakllandi. Xususan, neolit davridan boshlab tashqi madaniy ta’sir sababli ishlab chiqaruvchi xo‘jalikning ikkinchi o‘chog‘iga aylangan O‘rta Osiyo janubi mintaqaning qo‘shni viloyatlariga (O‘zbekistonning janubiy-g‘arbi, Tojikistonning ba’zi tumanlari) yangi xo‘jalik turi bo‘lgan dehqonchilik madaniyati, turli ekinlarni etishtirish va ular bilan bog‘liq texnik yutuqlar tarqalishida tranzit hudud sifatida katta ahamiyatga ega bo‘la boshlaydi.
Soha mutaxassislarning e’tirof etishlaricha, neolit davrida qulay ekologik muhit, tabiiy iqlim sharoitining vujudga kelganligi yangi hududlarni o‘zlashtirish imkonini beradi. SHu tariqa, jamoalar turli tabiiy, geografik sharoitlarga tushib qolib, bu holat ular turmush tarzining moslashish zaruratini taqozo etgan va o‘z navbatida bu jarayon turli neolit madaniyatlarining paydo bo‘lishiga sabab bo‘lgan edi.
O‘rta Osiyoda sug‘orma dehqonchilik madaniyati shakllanishi va rivojida metalldan foydalanishga o‘tilishi o‘ziga xos o‘rin tutadi. Mis metallurgiyasining kashf etilishi, misdan ishlangan qurollar va buyumlardan foydalanish insoniyat tarixida ilgari bo‘lmagan yana bir taraqqiyot bosqichi bo‘lib, sug‘orma dehqonchilik paydo bo‘lishida ham muhim ahamiyat kasb etdi. SHu bois metallurgiya tarixi bilan bog‘liqq masalalarga qisqacha to‘xtalib o‘tamiz. Ma’lumki, YAqin SHarq va Kichik Osiyohududidagi so‘nggi mezolit va neolit davriga oid yodgorliklarda (Turkiyadagi CHatal-Guyuk va CHayenyu-Tettezi, Suriyadagi Tell Ramad, Iroqdagi Ali Kosh va Tell Magzaliya makonlari va boshqalar) olib borilgan tadqiqotlar insoniyat misdan foydalana boshlagan davrni mil. avv. VII-VI mingyilliklar bilan belgilashga imkon berdi.
O‘rta Osiyoda ham so‘nggi tosh davridan boshlab, mehnat qurollari yasash uchun kerakli tosh konlarini qidirish jarayonida tabiiy mis, oltin, kontimur tosh (meteorit-temir) va boshqa metallarga duch kelingan. Janubiy Turkmanistondagi Anov yodgorligidan mil. avv. V mingyillik oxiri – IV mingyillik boshlariga oid mis buyumlarning topilishi, Amudaryoning quyi oqimida yashagan aholi ham Kaltaminor madaniyatining so‘nggi davrida misdan foydalana boshlaganligi mintaqamiz konchiligida yangi davr – mis metallurgiya davrining boshlanishini aniq belgilashga imkon beradi.
Metallurgiya rivojining ilk davridayoq, qadimgi qabilalar misdan tashqari qalay, qo‘rg‘oshin, mishyak hamda boshqa metall va nometall qazilmalar mavjud konlarni topib, ularning xususiyatlarini o‘rganib borganlar. Eneolit va bronza davrida mis konlari bilan birgalikda oltin, kumush kabi nodir metallar, lojuvard, firuza va boshqa qimmatbaho toshlardan ham izchil foydalanish boshlandi.
Mis va boshqa metall (qalay, qo‘rg‘oshin va boshqalar) konlari O‘rta Osiyo hududida notekis joylashgani hamda ijtimoiy-iqtisodiy sabablar tufayli konchilik va metallurgiya rivoji mintaqaning barcha hududlarida bir xilda bormagan. Qadimgi mis konlari Markaziy Qizilqumda va Farg‘onada, Markaziy Qozog‘iston hududlarida, Zarafshon daryosining yuqori va o‘rta oqimlarida va boshqa joylarda topilgan. Metallurgiya taraqqiyoti natijasida mil. avv III mingyillikka kelib misga qalay yoki qo‘rg‘oshin kabi metallarning qo‘shilishi natijasida ancha mustahkam metall – jez (bronza) yaratishga muvaffaq bo‘lindi.
Janubiy Turkmanistonda eneolit zamoniga oid 32 ta qadimgi makon ma’lum. Ularning asosiy qismi Ashxabodga yaqin joyda va Geoksur vohasidan topib tekshirildi. Geoksur vohasi 8 ta qadimgi manzilgohdan iborat bo‘lib, eneolit davrida o‘troq dehqonchilik tumaniga aylangan edi. Qadimiy vohaning aholisi 4000–5000 kishidan iborat bo‘lgan. Geoksurtepa I atrofidagi qadimgi sug‘orish maydonlari 50–75 gektar bo‘lib, kanallarning uzunligi o‘rtacha 3 km.ni tashkil etgan. Qabilalarning hayotida chorvachilik ham katta ahamiyagga ega bo‘lgan. Makonlardan yovvoyi qushlar va hayvonlar suyaklari topilgan. Ovchilik dehqonchilik qabilalari hayotida saqlangan bo‘lsa ham, lekin xo‘jalik turi sifatida katta ahamiyatga ega bo‘lmagan.
Eneolit davri madaniyatini yaratgan qadimgi dehqonlar atrofi devorlar bilan o‘ralgan qishloqlarda, paxsa yoki xom g‘ishtlardan qurilgan uylarda yashaganlar. Uy–joylar dumaloq va to‘rtburchak shaklda bo‘lgan. Uylarning devorlari somonli qorishma bilan suvalgan.
YAna bir yirik o‘troq dehqonchilik markazi - Sarazm madaniyati ham eneolit davrida tog‘li hududda, Zarafshon daryosining yuqori oqimida shakllandi. Geografik jihatdan noqulay hududda joylashganligiga qaramasdan Zarafshon vohasi yuqori oqimidagi tabiiy-geografik muhitning dehqonchilik, bog‘dorchilik va chorvachilikni rivojlantirishga qulayligi hamda boy mis konlarining mavjudligi bu hududning qadimgi o‘troq va ko‘chmanchi qabilalar tomonidan jadal o‘zlashtirilishiga olib keldi.
SHu tariqa, miloddan avvalgi 4-ming yillikda O‘rta Osiyoning janubida sug‘orma dehqonchilik vujudga kelib, anxorlar va ariqlar ochildi, unumdor erlardan keng foydalanib, turli o‘simliklar (arpa, bug‘doy, javdar) ekildi, mevachilik rivojlandi. Bu jarayon aholi migratsiyasi, iqtisodiy xo‘jalik aloqalari va o‘zaro madaniy ta’sir tufayli yangi dehqonchilik hududlari hisobiga kengayib bordi.
Bronza va ilk temir davrida er suv munosabatlari, sug‘orma dehqonchilik madaniyati markazlari.
Miloddan avvalgi 3-ming yillikning o‘rtalarida misga nisbatan ancha mustahkam sun’iy metal - bronza (misga 1/9 nisbatda qalay yoki qurg‘oshin qo‘shilib yaratilgan metall) kashf etilishi O‘rta Osiyo hududida ham ishlab chiqarish munosabatlari tez rivojlanib, ijtimoiy-iktisodiy jarayonlar yangi asosda tarakkiy etishiga olib keldi. Bu davr jamiyatda erkaklarning, oilada otaning mavqei keskin oshgan davrni, Patriarxat davrini boshlab berdi.
Bronza davrida dehqonchilik xo‘jaligi yangi erlarda, jumladan, O‘zbekiston hududida ham keng yoyilgan. Mazkur davr O‘zbekiston janubida sug‘orma dehqonchilik madaniyati paydo bo‘lib, bosqichma-bosqich rivojlanib borgan muhim tarixiy davr sifatida ahamiyatlidir. Bu davrdan boshlab bronza metallurgiyasi rivojlanishi natijasida mintaqadagi konlardan foydalanish ham keng doirada amalga oshirilib, ba’zi yirik konlar mintaqa miqyosida ahamiyat kasb eta boshlagan. Markaziy Qizilqumdagi ilk bronza davri mis konlari yaqinidagi ustaxonalardan topilgan mis qurollar tarkibidagi aralashmalar (mishyak, surma va boshqalar) Qo‘yi Zarafshondagi yoki Farg‘onadagi mis konlaridan olingan xom ashyodan tayyorlanganligi bundan dalolat beradi.
Ma’lumki, O‘rta Osiyoda, ayniqsa uning janubida dehqonchilikka asoslangan o‘troq hayot faqatgina sug‘oriladigan hududlardagina mavjud bo‘lishi mumkin. SHu sababli ham qadimgi dehqonlar daryolar va ularning irmoqlari hamda soylar vohalari bo‘ylab joylashganlar. Mil. avv. IV-II mingyilliklarda O‘rta Osiyo hududida sug‘orma dehqonchilikka asoslangan bir nechta yirik markazlar paydo bo‘ldi. Birinchisi mintaqa janubida, Kopetdog‘ning sharqiy qismida shakllangan Namozgoh madaniyatidir. Bu madaniyatga mansub Anov, Namozgoh, Oltindepa, Geoksur kabi yodgorliklar Joytun madaniyatining bevosita davomchisi, Namozgoh, Oltindepa makonlari esa O‘rta Osiyodagi «protoshahar madaniyati»ga asos bo‘lib, Qadimgi SHarq sivilizatsiyasining mustaqil yangi o‘choqlari hisoblanadi.
Mil. avv. II mingyillikda O‘rta Osiyoning janubiy hududlarida dehqonchilik madaniyati yirik daryolar vodiylariga yoyilib, SHimoliy Afg‘onistonda Dashli, Surxon vohasida Sopolli kabi o‘troq dehqonchilik madaniyatilari paydo bo‘ldi. Bu jarayonda hududdagi chorvador qabilalarning Boysuntog‘ va Ko‘hitang tog‘lari yonbag‘irlarini, Janubiy Tojikiston va Surxon vohasidagi daryo vodiylarini ham o‘zlashtirib, o‘troq turmush tarziga o‘tishi va mintaqa janubidagi dehqonchilik markazlari bilan bo‘lgan iqtisodiy madaniy aloqalar katta o‘rin tutgan.
Bu davrda O‘zbekiston va Tojikiston janubida qadimgi dehqonlar kichik daryo va soylar bo‘ylab, o‘troqlashuvning voha tizimiga asosan joylashganlar. So‘nggi yillarda bu hududdagi tog‘oldi darasidan chiqish joyida joylashgan Jarqo‘ton shahar davlat tipidagi davlatchilik markazi bo‘lganligi haqida fikrlar ilgari surilmoqda.
Rivojlangan bronza davriga kelib Xorazm vohasida, Amudaryoning shimoliy deltasi bo‘lgan Oqchadaryo vodiysida Qamishli yodgorliklari va mil. avv. II mingyillikda sug‘orma dehqonchilikka asoslangan Tozabog‘yob madaniyati shakllanadi.
So‘nggi bronza davriga kelib o‘troq dehqonchilik madaniyatining yana bir markazi Farg‘ona vodiysida vujudga keldi. Mil. avv. II mingyillikning so‘nggi choragida shakllana boshlagan CHust madaniyatiga oid dehqon manzilgohlari daryo va soylar havzasida, vohalarga bo‘lingan holda mavjud bo‘lgan. Farg‘onadagi qadimgi dehqonchilik markazlari asosan vodiyning sharqiy qismida, Sirdaryoning yirik irmoqlaridan bo‘lgan Qoradaryoning yuqori va o‘rta oqimlarida paydo bo‘lgan bo‘lib, ularning xo‘jaligida suv havzalari yaqinida kichik doirada olib borilgan sug‘orma va la’lmi dehqonchilik, yaylov chorvachiligi va turli hunarmandchilik sohalari (kulolchilik, metall buyumlar tayyorlash va boshqalar) etakchi o‘rin tutgan.
Umuman olganda, yuqorida ko‘rib chiqilgan madaniyatlar misolida O‘rta Osiyodagi o‘troq dehqonlar madaniyati bosqichma-bosqich janubdan shimolga qarab yoyilib borganligini ko‘ramiz. Bu jarayonlar, bir tomondan, mintaqadagi ichki iqtisodiy-madaniy aloqalar va o‘zaro ta’sir natijasida, ikkinchi tomondan, janubidagi ziroatkor qabilalarning migratsiyasi bilan bog‘liq holda borgan bo‘lishi ham mumkinligini ko‘rsatadi.
Bronza davrida O‘rta Osiyo hududidagi dehqon aholi ko‘proq daryolar etaklari va ularning irmoqlari havzalarida hamda tog‘oldi hududlari, daryo va soylar sohillarida va qisman soy yoki kanallar bo‘yida joylashgan. Sug‘orma dehqonchilik markazlarining yirik daryolar va ularning irmoqlari vodiylariga yoyilish jarayonida sug‘orma dehqonchilikning ilk markazi bo‘lgan Janubiy Turkmaniston hududidan O‘rta Osiyoning markaziy qismlariga o‘zaro iqtisodiy-madaniy aloqalar va aholi migratsiyasi vositasida bo‘lgan madaniy ta’sir muhim o‘rin tutgan.
SHu tariqa, bronza davrida O‘rta Osiyodagi yirik daryolar havzalarining o‘zlashtirilishi jarayonida O‘rta Osiyo janubidan mintaqa shimoli-sharqiga qarab o‘troq dehqonchilik madaniyati tarqalib borganligini ko‘ramiz.
Ma’lumki, mil.avv. II mingyillik o‘rtalarida temir rudasidan foydalanish, temirdan mehnat qurollari va harbiy qurol-yarog‘lar yasalishining boshlandi. Bu jarayon turli mamlakatlarda turli davrda boshlandi. Xususan, temirdan yasalgan dastlabki buyumlar (temir xanjar va boshqalar) Kichik Osiyodan topilgan bo‘lib, temir metallurgiyasiga mil. avv. II mingyillik o‘rtalarida Kichik Osiyoda yashagan xalab va xettlar asos solganlar. Mil. avv. IX-VII asrlar davomida temirchilik Kavkazorti va Eron hududlarida ham rivoj topadi.
Mil. avv. I mingyillik boshlarida O‘rta Osiyoda ham dastlabki temir buyumlar paydo bo‘lib, temirdan foydalanishning boshlanishi va asta-sekinlik bilan mintaqaga keng yoyilishi mil. avv. X-VI asrlarga to‘g‘ri keladi. Arxeologik tadqiqotlariga ko‘ra, eng qadimgi temir buyumlar O‘rta Osiyodagi 22 ta yodgorliklardan topilgan bo‘lib, ular asosan temir pichoq, o‘roq, harbiy va ro‘zg‘or buyumlardan iboratdir. Manbalarda «ilohiy metall» sifatida ta’riflangan temirdan dastlab qimmatbaho taqinchoqlar, zeb-ziynat buyumlari yasalgan bo‘lsa, mil. avv. I ming yillik o‘rtalariga kelib mehnat qurollari, qurol-yarog‘lar ham temirdan yasala boshlandi.
Insoniyat temirni qazib olish va uni qizdirib ishlov berish orqali mehnat qurollari, qurol-yarog‘lar yasashga o‘tish bilan tog‘-kon sanoati rivojida keyingi muhim bosqich boshlanadi. Temir metallurgiyasining paydo bo‘lishi, mintaqadagi yirik daryolar vodiylarida sug‘orma dehqonchilikning keng yoyilishiga olib keldi. Sug‘orma dehqonchilikning qadimgi jamiyat iqtisodiyotining etakchi tarmog‘iga aylanishi jarayoni kengayib, bu o‘z navbatida savdo-sotiq, hunarmandchilik va shaharsozlik madaniyati rivojida katta ahamiyat kasb etdi. O‘rta Osiyoning bepoyon dashtlarida va tog‘oldi vodiylarida yangi xo‘jalik turi – ko‘chmanchi chorvachilikning rivojlanishi hamda ijtimoiy-iqtisodiy hayotdagi boshqa o‘zgarishlar bu davrni oldingi tarixiy davrlardan ajratib turadi. Bu davrning yana bir muhim xususiyati O‘rta Osiyo hududida bir qancha tarixiy-madaniy viloyatlar (Xorazm, Baqtriya, Marg‘iyona, Sug‘diyona, Farg‘ona, CHoch) shakllanib, ularning ayrimlari yirik davlatlar uyushmalariga (Qadimgi Baqtriya, Qadimgi Xorazm) birikkan edilar.
Mintaqamiz tarixida ilk temir asri ataladigan davrda yirik daryolar va ularning irmoqlarida sug‘orma dehqonchilik vohalarining kengayib borishi, dehqonchilik vohalarining ma’muriy va iqtisodiy, diniy va madaniy markazlari sifatida shaharlarning rivojlanishi yuz berdi. O‘rta Osiyoning ilk temir davriga mansub makonlaridagi arxeologik qazishmalar paytida dehqonchilikda ishlatiladigan mehnat qurollari, xususan g‘alla tuygich, kelisop, hovonchalar, metalldan va toshdan ishlangan o‘roqlar, shuningdek, arpa, bug‘doy, tariq donlari va ular uchun kavlangan o‘ralar, un va bug‘doy saqlash uchun ishlatilgan xumlar topilgan bo‘lib, ular bu makonlar aholisining asosiy mashg‘ulotlari qishloq xo‘jalik mahsulotlarini etishtirish va ularni qayta ishlashdan iborat bo‘lganlgni tasdiqlaydi.
Erni haydab dehqonchilik qilish, sun’iy sug‘orish ishlarini keng yo‘lga qo‘yish, don ekish, chorva uchun xashak bo‘ladigan o‘simliklarni o‘stirish, mevachilikni rivojlantirish ma’lum bilim va tajribani talab etishi tabiiy edi. Bu davrga mansub uy-qo‘ronlardan ustaxonalar qoldiqlari ham topilgan bo‘lib, ularda dehqonchilik xo‘jaligi uchun zaruriy bo‘lgan buyumlar (o‘roqlar, yorg‘uchoqlar, hovonchalar) ishlab chiqarilgan.
Mil. avv. VI asrning ikkinchi yarmiga kelib O‘rta Osiyoning janubi-g‘arbiy viloyatlari Ahamoniylar sulolasi tomonidan asos solingan qadimgi Fors davlati tomonidan bosib olindi. Forslar mil. avv. 518 yilga kelib, Hind vodiysidan O‘rta er dengizigacha bo‘lgan katta hududlarda o‘z hukmronligini o‘rnatishga erishgan edi. Bu davlatning boshqaruv shakli – cheklanmagan podsho hokimiyati (mutlaq monarxiya)dan iborat bo‘lib, Ahamoniylar hukmronligi davrida er-suv munosabatlari ulkan saltanatning qat’iy qonunlari asosida tartibga solingan edi. Ahamoniylarga bo‘ysundirilgan hududlar Doro I hukmronligi davrida (mil. avv. 522-510 yy.) 20 ta satraplikka, ya’ni alohida harbiy-ma’muriy o‘lkalarga bo‘lib chiqilgan edi. O‘rta Osiyoning bosib oligan hududlari turli satrapliklar tarkibiga kirib, belgilangan miqdorda o‘lpon to‘lab turganlar. Bu haqdagi ma’lumotni yunon tarixchisi Gerodotning «Tarix» asaridan olish mumkin. Unga ko‘ra, «Baqtriyaliklardan egllargacha bo‘lgan xalqlar 360 talant* soliq to‘laganlar. Bu o‘n ikkinchi o‘lka. Saklar va kaspiylar 250 talant to‘laganlar. Bu o‘n birinchi o‘lka. Parfiyaliklar, xorazmliklar, sug‘dlar va ariylar 300 talant to‘laganlar. Bu o‘n oltinchi o‘lka».
Oks (Amudaryo) bronza davridan boshlab sug‘orma dehqonchilik rivojida muhim o‘rin tutib kelganligini yuqorida qayd etib o‘tdik. Gerodotning asarida ham Oksning mintaqada sug‘orma dehqonchilik rivojida tutgan ahamiyatidan dalolat beruvchi muhim ma’lumotlar keltirib o‘tilgan. Xususan, Ahamoniy hukmdorlarning bo‘ysundirilgan xalqlarni to’belikda tutib turishda suv manbalaridan foydalanishda ma’lum cheklov yoki imtiyozlar berish orqali boshqaruvni amalga oshirganliklari haqidagi ma’lumoti ahamiyatlidir. Unga ko‘ra, «Osiyoda har tarafdan tog‘ bilan qurshalgan bir vodiy bor. Bu tog‘da besh dara bor. Bir vaqtlar bu vodiy xorasmiylarga qaragan va xorasmiy, girkan, parfyan, sarang va famanieylarga chegaradosh erlarda joylashgan. Ana shu vodiy atrofidagi tog‘lardan Akes deb ataluvchi katta daryo boshlanadi. SHu daryo besh irmoqqa bo‘linib, qadimda sanab o‘tilgan xalqlar erlarini sug‘organ... Ammo forslarga qaram bo‘lgandan so‘ng ... fors podshosi tog‘ daralarini berkitib, to‘g‘on qurdirdi. Vodiyda ko‘l paydo bo‘ldi. Natijada bu suvdan o‘z erlarini sug‘orib kelgan qabilalar og‘ir ahvolga tushib qoldi. YOzda ular ekadigan tariq va kunjut suvsiz qoladi. Suvsiz qolgan bu xalqlar vakillari xotinlari bilan Fors keladilar va podsho saroyi oldi turib, suv surab faryod qiladilar. Buni ko‘rgan shoh to‘g‘on darvozalarin ochishga buyruq beradi. Erlar sug‘orilgach, to‘g‘on berkitiladi... To‘g‘on darvozasini ochish uchun shoh belgilangan bojdan tashqari katta pul yig‘ib oladi». YUqoridagi ma’lumotdan Amudaryoning yuqori oqimida qurilgan to‘g‘on va uning Amudaryo havzasida sug‘orma dehqqonchilik yuritishda tutgan o‘rni haqida muhim xulosalar chiqarish mumkin.
Yirik daryolar qadimda to‘rli viloyat va o‘lkalarning tabiiy chegarasi sifatida ham ahamiyatga ega bo‘lgan. Qadimgi yunon tarixchi va geograflari ham Markaziy Osiyoning turli o‘lkalari chegaralarini yirik daryolar havzalariga ajratgan holda keltirib o‘tganlar. Masalan, Amudaryoning Baqtriya va Sug‘dni chegaralovchi daryo sifatidagi o‘rni Strabon, Ptolemey va Arrianning asarlarida uchraydi. Mintaqaning yana bir yirik daryosi Tanais (Sirdaryo) Sug‘diyonani skiflar o‘lkasidan ajratuvchi tabiiy chegara bo‘lgan. Qadimgi manbalarda O‘zbekiston va unga qo‘shni hududlarda mavjud bo‘lgan o‘troq dehqonchilik vohalari nomlari keltirib o‘tiladi. Ular ichida Qashqadaryo vohasidagi Nautaka va Ksenippa, Sug‘diyonaning paytaxti bo‘lgan Maraqanda shahri joylashgan Zarafshon vohasi va boshqalarni aytib o‘tish mumkin. Zarafshon daryosi yunon manbalarida Politimet nomi bilan qayd etilib, undan chiqarilgan kanallar vositasida vohaning unumdor erlari sug‘orilgani, dehqonchilik mahsulotlar ko‘plab etishirilgani aks etgan.
So‘nggi yillardagi tadqiqotlar Janubiy Sug‘diyona hududida ham xo‘jalikning asosiy tarmog‘i bo‘lgan dehqonchilik madaniyati qadim tarixga borib taqalishini ko‘rsatmoqda. Ba’zi manbalarga qaraganda Xisor tog‘larining tog‘ va tog‘ oldi hududlarida yovvoyi bug‘doy va arpa maydonlari mavjud bo‘lib, bu tabiiy sharoit vohada qadimdan dehqonchilik, xususan, g‘allachilikning rivojlanishiga zamin tayyorlagan.
Arxeologik tadqikotlarning dalolat berishicha, Qashqadaryo vohasidagi dastlabki dehqonlarning makonlari tog‘ oldi hududlarida, daryo vodiylarida ilk temir davridayoq paydo bo‘ladi. Ahmoniylar davriga kelib , bunday makonlar vohada 5ta - Erqo‘rg‘on, Qizildaryo, Guldaryo, Qayrag‘och, Tanhozdaryo bo‘lgan.
O‘rta Osiyoning o‘troq dehqonchilik vohalarining qo‘shni SHarq mamlakatlari bilan iqtisodiy va madaniy aloqalari ham dehqonchilik madaniyati rivojiga samarali ta’sir ko‘rsatgan. Xususan, Farg‘ona vodiysining Xitoy bilan aloqalari misolida buni ko‘rish mumkin. So‘nggi bronza – ilk temir davridayoq O‘rta Osiyoning shimoli-sharqiy hududlarining ham Xitoy bilan aloqalari o‘rnatila boshlangan. Xitoyda olib borilgan arxeologik tadqiqotlar davrida Tyanshanning janubiy yonbag‘irlaridan topilgan so‘nggi bronza – ilk temir davriga mansub Ukunbaka (Sinbaka) makonidan topilgan moddiy topilmalar ichida O‘rta Osiyodan keltirilgan temir o‘roq va dastali bronza oyna hamda naqshi va shakliga ko‘ra CHust va Burg‘ulik madaniyatlari sopol idishlariga o‘xshash idishlarning topilishi borligi mintaqamizning SHarqiy Turkiston bilan aloqalarining qadimiyligi, bu aloqalarda qadimgi CHoch vohasi va Farg‘ona vodiysining tutgan o‘rnidan dalolat beradi.
SHu tariqa, O‘rta Osiyoning ilk temir davriga oid yodgorliklarida o‘tkazilgan arxeologik tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, bu davrda aholi yirik daryolar va ularning irmoqlari, soylar va buloqlar bo‘yida, ya’ni suv manbalariga yaqin joylarda yashab, yirik qishloqlar, qo‘rg‘onlar va shaharlar barpo etganlar. Arxeologlar tomonidan o‘rganilgan qishloq va shahar xarobalari qadimgi dehqonchilik vohalarining markazlari bo‘lgan. Ilk temir davriga oid bunday makonlar Murg‘ob, Zarafshon, Qashqadaryo, Surxondaryo, Xorazm vohalarida hamda Farg‘ona vodiysida ko‘plab topilgan.
Miloddan avvalgi I ming yillikning boshlariga oid yodgorliklar ichida o‘troq dehqonchilik vohalarining ma’muriy markazlari, savdo va hunarmandchilik markazlari bo‘lgan Kuchuktepa, Bandixon va Qiziltepa (Surxondaryo vohasida), Sangirtepa, Uzunqir, Daratepa va Erqo‘rg‘on (Qashqadaryo vohasida), Afrosiyob va Ko‘ktepa (Zarafshon vohasida), Dalvarzin, CHust, Boztepa (Farg‘ona vodiysida) va boshqa mashhur arxeologik yodgorliklarni keltirib o‘tish mumkin. Bu yodgorliklardan toopilgan mehnat qurollari, hunarmandchilik buyumlari ichida qadimgi dehqonlar foydalangan ish qurollari ko‘plab uchraydi.
Ilk temir davrida mintaqa iqtisodiyotining muhim tarmog‘i bo‘lgan chorvachilik ham rivojlangan. O‘troq dehqonchilik vohalarida uy chorvachiligi rivoj topgan. Yirik tuyoqli uy hayvonlaridan qadimgi dehqonlar erlarni shudgorlashda foydalanib, omochga hukiz qo‘shib er haydash ususli mintaqamizda XX asr boshlarigacha saqlanib qolganligidan uy hayvonlarining dehqonchilik yuritishda tutgan ahamiyatini ko‘rsatadi. Uy hayvonlari ulov va transport vositasi vazifasini ham bajargan. Ot, tuya, sigir/xukizlardan dehqonchilik mahsulotlarini yakka holda yoki aravalarga qo‘shgan holda ekinzorlardan keltirishda, bozorlarga olib borishda foydalanganlar. Bu davrda uy chorvachiligi bilan birga O‘rta Osiyoning tog‘ va tog‘oldi hududlarida, bepayon dashlarida ko‘chmanchi va yarim ko‘chmanchi chorvachilik ham keng yoyigan edi. Ko‘chmanchi chorvadorlarning yodgorliklari quyi mintaqaning hozirgi barcha respublikalari hududlaridan topib o‘rganilgan. Iqtisodning bu ikki muhim tarmog‘i, ya’ni sug‘orma dehqonchilik va chorvachilik mahsulotlari, hunarmandchilik buyumlari mintaqada o‘zaro mahsulot almashish, savdo aloqalari rivojida muhim o‘rin tutgan.
Qadimgi O‘zbekistonda er-suv munosabatlariga to‘xtalganda chorvador qabilalar egallagan hududlar, umuman ko‘chmanchi va yarim ko‘chmanchi chorvachilikning mintaqadagi ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy jarayonlarda tutgan o‘rnini ham unutmaslik kerak. Markaziy Osiyo dashtlari, tog‘ va tog‘oldi hududlaridagi chorvadorlar bronza davrida yarim o‘troq hayot kechirganlar. CHorva mollari sonining oshib borishi ularni o‘tlarga boy yaylovlarni qidirib topishga majbur qilardi. Natijada bronza davri oxirlariga kelib chorvachilik bilan shug‘ullangan qabilalar yaylov chorvachiligiga, ya’ni kichik doiradagi yaylovlarda o‘z chorva mollarini boqishga o‘tishdi. YAngi-yangi yaylovlarning o‘zlashtirilishi natijasida ilk temir davriga kelib yaylov chorvachiligidan nisbatan katta hududlarni qamrab olgan ko‘chmanchi chorvachilik kelib chiqdi. Bu jarayon kengayib borib, mil. avv. I mingyillik boshlarida mintaqamizning dasht, cho‘l va tog‘oldi hududlari xo‘jaligi asosan chorvachilikka (qo‘ychilik va yilqichilikka) ixtisoslashgan ko‘chmanchi qabilalar tomonidan egallandi. Bu qabilalar xo‘jaligida konchilik, chorvachilik mahsulotlariga (teri, jun va boshqalar) ishlov berish, ov hamda harbiy qurol-yarog‘lar yasash bilan bog‘liq hunarmandchilik turlari ham bo‘lgan. Bu qabilalar yilqichilik va konchilik bilan ham shug‘ullanib, jangovar harbiy kuchga ega bo‘lganlar.
YArim ko‘chmanchi va ko‘chmanchi chorvachilikning paydo bo‘lishida bepoyon dasht, cho‘l, sahro va yarim sahro hududlaridagi chorva uchun oziq bo‘ladigan emish-o‘tlarning mavsumiyligi, ya’ni ularning bahor, yoz va kuz-qish oylarida o‘sadigan turlari mavjudligi ham sabab bo‘ldi. Bu holatni Qozog‘iston hududi va O‘rta Osiyoning boshqa joylari misolida ham ko‘rish mumkin. CHorvachilikning rivojlanishi chorvador xo‘jaliklar tomonidan o‘simliklar olamiga, xususan, chorva mollari uchun emish bo‘ladigan to‘yimli ozuqabop o‘simliklarga boy hududlarni o‘zlashtira borilishi jarayoniga mos ravishda borgan. So‘nggi yillarda olib borilgan tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, mintaqaning tog‘ va adirlari, cho‘l va yarimcho‘llari, dasht va sahrolari bir yillik va ko‘p yillik ozuqabop o‘simliklarga boydir. Xususan, Qizilqumdagi tadqiqotlar bu hudud qumlik va cho‘l tabiiy iqlim sharoitiga moslashgan suvsizlikka chidamli va issiqsevar o‘simliklar hisoblangan kuz va qish oylarida chorva uchun oziq bo‘ladigan qora saksovul, oq boyalish, quyrovuq, shuvoq, kovrak singari o‘tlar turlariga boyligini aniqlab berdi. SHu o‘rinda cho‘l va o‘rta cho‘l yaylovlarining asosiy ozuqabop o‘simliklaridan biri bo‘lgan shuvoq qorako‘l qo‘ylarining eng sevimli emishlaridan biri ekanligini, o‘lkamizda qorako‘lchilikka ixtisoslashgan chorvador xo‘jaliklar chorvachilik ilk shakllanish davrlaridayoq paydo bo‘lganligini aytib o‘tish zarur. SHu tariqa mintaqadagi tabiiy yaylovlar va chorvachilikni rivojlantirish uchun qulay o‘tloqlarning mavjudligi, chorva uchun oziq bo‘ladigan o‘simliklarning mavsumiyligi ham ko‘chmanchi chorvachilik shakllanishi va rivojlanishida katta o‘rin tutgan.
Ko‘chmanchi chorvachilik paydo bo‘lishining ikkinchi sababi tabiiy ichimlik suvi zaxiralari bilan bog‘liq edi. Suv zaxiralari ko‘lami, iqlimning quruqligi, er osti, daryo va ko‘llar suvining yaroqlilik darajasi, tarkibidagi tuz miqdori ko‘chmanchi chorvadorlar xo‘jaligi uchun nihoyatda muhim bo‘lgan. Aynan chorva uchun kerakli suv zaxiralariga bo‘lgan talab ko‘chmanchi chorvachilik paydo bo‘lishining ikkinchi muhim sharti edi. Bu omillar tufayli chorvadorlar bahorda, kunlar isiy boshlashi bilan shimoldagi dashtlarga – o‘tlar va ichimlik suviga boy yaylovlarga ko‘chishga, kuzda sovuq tushishi bilan qishlik qarorgohlariga qaytishga majbur bo‘lardi. Ko‘chmanchi chorvadorlarning qishlik joylari – qarorgohlari odatda geografik jihatdan qulay joylarda – tog‘ daralarida, daryo qirg‘oqlari yaqinida, dasht va cho‘llardagi suv manbalari-quduqlar yaqinida joylashgan edi. Manbalarni tahlil qilib, ko‘chmanchi qabilalarning qishki qarorgohlari va yaylovlari orasidagi masofa odatda katta hududlarni o‘z ichiga olganligini (70-75 km.dan 200-250 km.gacha va undan ortiq) qayd etish mumkin. Bu holatni Markaziy Osiyoning qadimgi chorvador qabilalari – hunlar, usunlar, qang‘arlar va boshqalar misolida ko‘ramiz. Bu hol nafaqat qadimgi davrlarda, balki o‘rta asrlarda ham kuzatilib, ko‘chmanchi qabilalar o‘z yaylovlarini, ya’ni qish, bahor, yoz, va kuz fasllarini qaysi yaylovda o‘tkazishni aniq belgilab olganlar. Bu dasht chorvador qabilalari turmush tarziga xos xususiyatlar yashovchanligidan dalolat berib, mavjud tabiiy sharoit va unga optimal darajada moslashgan xo‘jalik yuritish shaklining ifodasi edi.
Umuman olganda, ko‘chmanchilarning yaylovdan-yaylovga ko‘chishi turli geografik kengliklarda turlicha bo‘lganiga ham e’tibor qaratish lozim. Masalan, bunday ko‘chish Mongoliyaning ichki hududlarida 150 km, tashqi Mongoliyada 600 km, Kichik va O‘rta juz qozoqlarida 1000-1500 km ni tashkil qilgan bo‘lsa, qirg‘izlarda vertikal ko‘chish 150-200 km, turkmanlarda radial-doirasimon ko‘chish 20-30 km. dan 150-200 km. gacha bo‘lib, ayrim hududlarda bunday ko‘chish yo‘nalishlari qadimgi davrdan to so‘nggi asrlargacha o‘zgarmasdan kelgan.
CHorvadorlarning mozorqo‘rg‘onlari O‘rta Osiyoning dehqonchilik vohalari va dasht zonalari chegarasidan, tog‘oldi hududlaridan ko‘plab topilgan. Ularni o‘rganish, bir tomondan, chorvachilik xo‘jalikning maxsus turi sifatida mil. avv. III–II mingyillikda dehqonchilikdan ajralib chiqqanligi, ikkinchidan, bu xo‘jalik turi yaylov chorvachiligi ko‘rinishida shakllanganligi, uchinchidan, chorvador qabilalar moddiy madaniyati va egallagan hududlari haqida xulosaga kelishga imkon beradi.
Ilk temir davri ko‘chmanchi chorvadorlar xo‘jaligida yilqichilik va qo‘ychilik etakchi o‘rin tutish bilan birga, ular xo‘jaligida iqtisodning yana bir muhim tarmog‘i – konchilik ham rivojlanganligini aytib o‘tish kerak. Bronza davrida O‘rta Osiyo va Markaziy Qozog‘istondagi mis konlarini keng o‘zlashtirgan chorvador qabilalar mil. avv. I mingyillik boshlariga kelib yana bir muhim kashfiyotni – temir rudasini eritish va undan qurol-yarog‘lar, turli mehnat qurollari va boshqa buyumlar tayyorlashni o‘zlashtirdilar. YUnon manbalarida «skiflar» nomi bilan, qadimgi fors manbalarida «saklar» nomi bilan atalgan bu chorvador qabilalar – massagetlar, saklar, arimasplar, argippaylar, issedonlar, iyurk (turk)lar va boshqalar Markaziy Osiyo xalqlari tarixi va madaniyatida, etnogenezida katta iz qoldirganlar.
Antik davrda mulkchilik va er-suv munosabatlari.
Makedoniyalik Aleksandrning harbiy istilolari va unga qarshi Sug‘dning jasur o‘g‘loni Spitamen boshchiligida ko‘tarilgan xalq ozodlik kurashi mintaqaning tarixiy geografisida jiddiy o‘zgarishlarni keltirib chiqardi. Bu o‘zgarishlar aholining majburiy migratsiyasi, shaharlar va o‘troq dehqonchilik vohalarining, sun’iy sug‘orish tizimining vayron bo‘lishida ham ko‘rinadi. Har qanday urush sigari bu istilo ham mintaqaning katta hududida sug‘orma dehqonchilik madaniyatiga jiddiy zarar etkazdi. Xususan, er va suvga egalik munosabatlari ham qator o‘zgarishlarga uchradi. Eski er egalari, mahalliy zadogonlarning, tajribali dehqon mirishkorlarning katta qismi o‘z er-mulklaridan mahrum bo‘ldilar, sug‘orma dehqonchilik madaniyati ma’lum muddat inqirozga uchrashdi. SHunga qaramasdan, tarixan qisqa fursatda, harbiy harakatlar tugatilgach mintaqada sun’iy sug‘orish tizimi qayta barpo etildi, dehqonchilik qayta tiklandi, savdo-sotiq rivojlandi.
Antik va ilk o‘rta asrlarda Amudaryo va mintaqaning boshqa daryolari havzalari, ulardan chiqarilgan kanallar, katta va kichik soylar an’anaviy dehqonchilik rivojida muhim o‘rin tutgan. O‘zbekiston va unga qo‘shni hududlarda sug‘orma dehqonchilik rivojida Amudaryoning ahamiyatini yuqorida ko‘rib o‘tdik. Baland Pomir tog‘laridan boshlangan Amudaryoning tarkibidagi loyqaning ximik tarkibi, mutaxassislar fikricha, o‘zining o‘ta yuqori o‘g‘itlovchi xususiyati bilan ajralib turgan. Amudaryo suvidagi menirallar ichida kaliy va oxak ko‘p bo‘lib, ular to‘proqning unumdoriligini oshirishga xizmat qilgan va sho‘rxaklar paydo bo‘lishining oldini olgan.
Amudarning o‘ng qirg‘og‘ida antik davrlardayoq yirik kanallar qazilib, ular orqali Xorazm davlatining muhim strategik ahamiyatga ega qal’alariga, ular atrofidagi dehqonchilik uchun qulay erlarga suv etkazib berilgan. Bunday kanallar ichida CHirmonyop, Bozorqal’a kanali va boshqalar katta o‘rin tutgan. Bu kanallar suvi bir necha qal’alarga va ularning ta’sir doirasida bo‘lgan ekinzorlarga, dalalarga etkazib berilgan.
Ko‘rib chiqilayotgan davrda Xorazm vohasidagi asosiy makonlar – shaharlar, qal’alar, qo‘rg‘onlar Amudaryoning quyi oqimidan daryoning har ikki qirg‘og‘ida qazilgan yirik kanallar bo‘ylab joylashgan edi. Tadqiqotlar chap qirg‘oq Xorazmda antik davrga mansub yodgorliklar soni 14ta bo‘lib, ular asosan Kaltaminor (yoki Bozorqal’a), Tozabog‘yob (Qirqqiz yoki Burgutqal’a), YAkka-Porson va Govxara kanallari bo‘ylab voha tizimi asosida joylashganligini ko‘rsatadi. Amudaryoning chap qirg‘og‘idagi makonlar ham asosan shu tartibda joylashgan bo‘lib, bu har tarafdan sahro bilan o‘ralgan Xorazm vohasida o‘troq hayot kechirishning eng optimal shakli edi. Vohadagi har bir magistral kanal va u bo‘ylab joylashgan makonlar bitta ma’muriy birlikni tashkil qilgan bo‘lib, kanallar boshlangan joyda barpo etilgan yirik qal’a yoki shahar bu ma’muriy birliklarning markazi bo‘lgan.
Xorazmda barpo etilgan yirik kanallar barchasi Amudaryodan chiqarilgan bo‘lib, mahalliy xalq katta kanallarni Arna deb nomlagan. Bu katta kanallar kichik sug‘orish tarmoqlariga bo‘lingan holda bevosita ekinzorlarga, bog‘larga etkazib berilgan. Kichik kanallar YOb deb atalgan, yoblardan yana mayda mayda ariqlar badoqlar ajralib, aynan ular orqali suv ekinlarga etib borgan.
Ma’lumki, ipak etishtiruvchi asosiy mamlakat bo‘lgan Xitoyni «G‘arbiy o‘lkalar» bilan bog‘lovchi aloqa yo‘llarining savdo va diplomatiya yo‘llari sifatidagi doimiy faoliyati shakllanishi faqat mil. avv. II asr o‘rtalarida, Markaziy Osiyoda vujudga kelgan geosiyosiy vaziyatga bog‘liq holda boshlandi. Xitoyning Xan sulolasi davrida, Imperator U-Di hukmronligi davrida (mil. avv. 140-87 yillar) olib borilgan tashqi siyosatida ko‘chmanchi hunlarga qarshi kurashda harbiy-siyosiy ittifoqchilar topish maqsadida «G‘arbiy o‘lkalar» bilan aloqalar o‘rnatishga ham katta e’tibor qaratildi. Bu intilish Xitoy uchun «G‘arbiy o‘lkalar»ning va ularga olib boruvchi yo‘llarning kashf qilinishiga, ular orqali O‘rta Osiyo va boshqa mamlakatlar, xususan, Parfiya, Hindiston va Rim imperiyasi bilan izchil aloqalarining boshlanishiga olib keldi. Bu aloqalarga Xan imperiyasining poytaxtidan chiqqan elchi CHjan-Szyan asos soldi. Xitoyning g‘arbidagi o‘lkalarga 13 yil davomida qilgan «sayohati» natijasida u O‘rta Osiyodagi Usunlar yurti, Davan va Qang‘ davlatlari, Katta YUechji (Kushonlar davlati), Daxya (Baqtriya), Ansi (Parfiya), YAnsay kabi o‘lkalar haqida, ularning shaharlari va savdo yo‘llari to‘g‘risida muhim ma’lumotlar to‘plashga erishdi. Bu elchi kashf qilgan va keyingi davrlarda yangi-yangi yo‘nalishlari va tarmoqlariga asos solingan aloqa yo‘llari bo‘ylab Xitoy ipagi va boshqa mahsulotlar O‘rta Osiyo hududi orqali O‘rta Er dengizi bo‘yidagi savdo shaharlarigacha etib bora boshlaydi. SHu tariqa, tarixga «Buyuk ipak yo‘li» nomi bilan kirgan xalqaro tranzit aloqa yo‘li faoliyati boshlandi.
Qadimgi xitoy manbalarida ham O‘zbekiston hududidagi qadimgi davlatlar, ularning aholisi, xo‘jaligi, dehqqonchilik madaniyatiga tegishli muhim ma’lumotlar keltirib o‘tilgan. Xitoy sayyohi va elchisi CHzyan Syan safardan qaytgach Xitoy imperatoriga yozgan hisobatida bunday ma’lumotlar ilk bor keltirilgani ma’lum. O‘z sayohati davomida Dovon davlati (Farg‘ona vodiysi) orqali Qang‘ga (Toshkent vohasi) kelgan, bu erdan Sug‘diyona erlari orqali Kushonlar mamlakatiga borgan Szyan Syan o‘zining «SHitszi» («Tarixiy yilnomalar») nomi bilan mashhur bu hisobat asarida quyidagi muhim ma’lumotlarni keltirib o‘tadi. «Davanliklar o‘troq hayot kechiradi, dehqonchilik bilan shug‘ullanadi, guruch va bug‘doy ekadi. Ularda uzum sharobi bor». Davanda 70ga yaqin katta va kichik shaharlar bor. Aholisi bir necha yuz ming». Bu manbada shuningdek, tokzorlar juda katta maydonni egallagani, uzumdan tayyorlangan sharob bir necha o‘n yil buzilmasdan turishi, aholisi sharob ichishni juda yaxshi ko‘rishi, bedazorlari ko‘pligi, «Samoviy» otlarini beda bilan boqishlari haqida ma’lumot berib o‘tiladi. Antik davrda xitoyliklar Farg‘ona vodiysidan uzum etishtirish, beda ekish sirlarini o‘rganib, bu ekinlarning urug‘larini o‘z yurtlariga olib ketganlari ham xitoy manbalarida aks etgan.
SHu o‘rinda O‘zbekiston hududida ipakchilikning paydo bo‘lishi masalasiga ham qisqacha to‘xtalib o‘tish kerak. Ma’lumki, fanda ipakchilik mintaqamizda, aniqrog‘i Sug‘diyonada ilk o‘rta asrlarda paydo bo‘lganligi haqidagi fikr mavjud. SHu o‘rinda mintaqamizda ipakchilik tarixi bilan bog‘liq ayrim ma’lumotlarga ham e’tibor qaratish talab etiladi. YAqin vaqtlargacha Xitoyda ipakchilikning paydo bo‘lishi va ipak savdosining boshlanishini mil. avv. I mingyillik o‘rtalariga olib kelib bog‘lovchi ilmiy qarashlar hukmron edi. Lekin so‘nggi yillarda xitoylik arxeologlar Tayxu ko‘li bo‘yidagi CHmetszyan viloyatida olib borgan tadqiqotlari natijasida bundan to‘rt ming yillar oldingi davrga oid ipak buyumlarini topishga erishdilar. Eng so‘nggi arxeologik tadqiqotlarning ko‘rsatishicha mil. avv. V-IV asrlardan boshlab Xitoy ipak buyumlari G‘arbga ham olib chiqila boshlaydi. Oltoydagi mil. avv. V asrga taalluqli Paziriq qo‘rg‘onlarining birida Feniks tasviri tushirilgan ipak xalat qoldiqlari topilgani, Janubiy va G‘arbiy Evropa hududidagi mil. avv. VI-V asrlarga oid mozorqo‘rg‘onlarda ham ipak matolar borligi bundan dalolatdir. Ayrim tadqiqotchilar Hindistonda ipakchilik mustaqil ravishda paydo bo‘lganligi ehtimolini ham qayd etishgan bo‘lsa-da, mil. avv. I mingyillik o‘rtalarida Xitoy ipagi Hindistonga ham kirib boradi. Mintaqamiz ham ipakchilik qadimdan shakllangan markazlardan biri bo‘lgan. O‘zbekiston janubidagi bronza davriga oid Sopollitepa yodgorligidan topilgan ipak buyumlar bundan dalolatdir. Ipak buyumlar SHimoliy Baqtriyadagi Xolchayon yodgorligidan, qadimgi Termiz va boshqa hududlardan ham topilgan. Bu ma’lumotlardan O‘rta Osiyoda ipakchilik ancha qadimgi davrlardayoq shakllana boshlanganligi haqida xulosa qilish mumkin.
Download 88 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish