2-mavzu: sosiologiya fanining yuzaga kelishi va taraqqiy etishI (4 soat)



Download 43,56 Kb.
bet4/4
Sana01.01.2022
Hajmi43,56 Kb.
#284863
1   2   3   4
Bog'liq
2 мавзу

Abu Ali Ibn Sinonnng sosiologik qashlari o'zining ilmiy teranligi, voqyelikka hushyor baho berish xususiyati bilan ajralib turadi. Ibn Sino olamning barqaror amal qilishi jamiyat va tabiatning sinergetik, ya'ni o'zini idora qilish, mustaqil boshqarish xususiyatining ishga tushishi va harakatlanishi bilan izohlanadi, deb izohlaydi. Konservativ teologiya nazariyasida mavjud bo'lgan hamma narsalarning yuz berishida takdiri azalning roli, ilohiy hukmning mutloqlashuvi g'oyasiga qarshi chiqib, Ibn Sino dunyo kamoloti uchun jamiyat a'zolarining erkin faoliyatiga ham katta ehtiyoj borligini asoslab beradi.

Ibn Sino Ollohning aqldan tashqari faoliyatlarga ham qobilligi g'oyasiga qarshi chiqib, Olloh faoliyati aqldan tashqari bo'lishi mumkin emasligi, yaratilgan narsalarning barchasi insoniy aql tomonidan idrok eta olinishi kerakligini ham asoslab beradi.

Ibn Sino dunyoning abadiyligi har bir yuz beruvchi narsaning albatta bir kun kelib yaratilishi mumkinligi bilan izohlanishini, dunyoda g'ayritabiiy narsalarning yo'qligini ta'kidlaydi. Bu fikr bo'lajak sosiologlarni jamiyat hodisalarini o'rganishda faqat isbot etilishi mumkin bo'lgan ijtimoiy jarayonlar va ijtimoiy guruhlar muammolarini tadqiq etish maqsadga muvofiqligi g'oyasi bilan ham qurollantiradi.

XI asrda yaratilgan, turkiy xalqlar uchun muqaddas obida hisoblanuvchi kitob Yusuf Xos Hojibning «Qutadg'u bilig» - «Saodatga yo'llovchi bilim» deb atalgan asari ham sosiologik qarashlarga boydir. Bu kitob axloq-odob, ta'lim va tarbiya hamda ma'naviy kamolotning yo'l-yo'riqlarini, usullarini, chora-tadbirlarini mujassamlashtirib, o'zida jam qilgan buyuk qomusiy asardir.

Yusuf Xos Hojib jamiyat va tabiat borasidagi barcha bahslarni ta'lim atrofida olib borar ekan, o'z davri, mavjud ijtimoiy-siyosiy tuzum, ma'naviy-moddiy hayot jarayonlari xususida mufassal ma'lumotlar beradi. U o'sha davrning turli ijtimoiy tabaqalari, toifalari va guruhlari, ularning turmush tarzi, rasm-rusumlari, qonun-qoidalari, hunar va kasbu-korlari, jamiyatda tutgan mavqyelari, davlat tuzumining qanday asoslarda qurilganligi, har bir tabaqaning dunyoqarashi xususida atroflicha sosiologik asoslangan ma'lumotlarni o'rtaga tashlaydi.

Yusuf Xos Hojib jamiyatning tom ma'nodagi kamoloti faqat ta'lim vositasida amalga oshadi, deb hisoblaydi. Dunyodagi-barcha boyliklar muvaqqatdir, o'tkinchidir, sarflansa tugab bitadi, faqat bilim boyligigina qancha sarf etilsa, shuncha ko'payaveradi, deb o'rgatadi ulug' mutafakkir.

Sosiologiyaning donishmandlik talabi yuqori bo'lgan fan ekanligi uchun ham ulug' ajdodlarimizning jamiyatni bevosita o'rganishga doir vazmin umumlashmalarga, xulosaviy mushohadalarga boy asarlari ularni ma'naviy-aqliy kamolotga erishgan yillarida, sermazmun umrlarning so'nggi davrlarida mushohadalarga boy asarlari ularni ma'naviy-aqliy kamolotga erishgan yillarida, sermazmun umrlarning so'nggi davrlarida yaratilgandir. Masalan, Amir Temurning «Tuzuklari», Ibn Xoldunning «Muqaddima», Mirzo Ulug'bekning «To'rt ulus tarixi», Alisher Navoiyning «Majolis un-nafois», «Mahbub ul-qulub» asarlari shular jumlasidandir.

Sharq sosiologiya maktabida yorqin iz qoldirgan ulug' mutafakkirlardan biri Abu Zayd Abdurahmon Ibn Xaldun hisobladi. Uning ilmiy salohiyatini shakllantirgan narsa, allomaning bir davlatdan boshqa davlatga, sultonlikdan amirlikka sayohati va ko'chib yurishi, har xil xalklar bilan muloqotlari natijasida to'plangan katta hayotiy va amaliy tajribasidan iboratdir.

Ibn Xaldunning jamiyat va ijtimoiy taraqqiyot haqidagi ta'limotining shakllanishidagi g'oyaviy-nazariy asoslar kuyidagilardan iborat:

yunon faylasuflari asarlarining tarjimalari va ulardagi ijtimoiy-falsafiy fikrlar;

o'rta asr arab-musulmon falsafasining ilg'or fikrlari, xususan, buyuk mutafayusirlar Forobiy, Ybn Sino, Ibn Rushd va boshqalarning ijtimoiy-falsafiy ta'limotlari, mutaziliylarning g'oyalari.

Ibn Xaldun «Muqaddima» asarida tarix fani va ijtimoiy rivojlanishning asosiy mohiyati va masalalarini belgilashga intildi. «Bilginki, - deb yozadi Ibn Xaldun, - tarixning mohiyati - bu inson jamiyati to'g'risidagi ma'lumotlar bo'lib, bu dunyoning «ijtimoiyligi» hisoblanadi. «Ijtimoiylikning» tabiatiga ta'sir etuvchi kuchlar yovvoyilik va insoniylik, bir qism insonlarning boshqalari g'alabasi, podsholiklar va davlatlarning kelib chiqishi va ularning o'rni kabilardir. Kishilar o'z mehnatlari bilan nimani ishlab chiqsalar, hayotiy vositalarga ega bo'lishga intilsalar, fan, hunarmandchilik va qolgan hamma narsalar «ijtimoiylikning» tabiatidan kelib chiqadi.

Ibn Xaldun o'zining «Muqaddima» asarida asosiy mavzuni «ijtimoiylikka» bag'ishlaydi va bu masalada Forobiy, Ibn Siio, Ibn Rushdlarning fikrlarini rivojlantiradi. Ibn Xaldun «ijtimoiylikning» davlat bilan uzviy aloqada ekanligini ta'kidlaydi. Davlatni «ijtimoiyliksiz» tasavvur qilib bo'lmaganidek, «ijtimoiylikni» ham davlatsiz tasavvur etish mumkin emas, ya'ni uning ta'kidlashicha, «davlat» va mulk «ijtimoiylik» uchun monand bo'lganidek, «shakl material uchun monanddir».

Ibn Xaldun «ijtimoiylik» to'g'risidagi masalani davom ettirib, o'tmish faylasuflari, xususan, Forobiyning aytgan fikrlaridan kelib chiqqan holda, «inson tabiati bo'yicha ijtimoiy hodisadir (so'zma-so'z - shaharliklardir)», deb ta'kidlaydi.

Biroq, uningcha, jamiyat shahar so'ziga mos tushmaydi. Ibn Xaldun «Muqaddima»da shunday yozadi: «Kishilarni birlashtirish zarur, busiz ularning mavjudligi to'liq bo'lmaydi va shuning uchun Olloh dunyoda odamlarni yaratdi va ularning o'z vorislari bo'lishini xohladi, ijtimoiylikning mana shu mohiyati biz tanlagan fanning mavzusidir.

Ibn Xaldunning ta'kidlashicha, yolg'iz bir inson hayot vositalarini yaratish holatiga va qobiliyatiga ega emas va bunday holatga kishilar bir-biriga yordam berish orqali nafaqat bevosita ishlayotganlarni, balki boshqa kishilar katta qismining ehtiyojini ham qondirishlari mumkin.

Taraqqiyotning muhim omili, Ibn Xaldunning yozishicha, mehnat bo'lib, mehnat - ijtimoiy hayotning asosi hisoblanadi. Shaharda yashovchilarning mehnati ishlab chiqarishning oliy shaklidir. Bundan tashqari, faqat shaharda yashovchilarning mehnati qo'shimcha mahsulotni yaratadi va kishilarni qashshoklikdan saqdaydi. Ijtimoiy hayotning oliy bosqichi faqatgina quyi bosqich rivojlanishining natijasi hisoblanib, jamiyat ana shunday holdagina oldinga qarab rivojlanish yo'lidan boradi.

Ibn Xaddunning ta'kidlashicha, «davlat o'zining iktisodiy hayotini saqlashda, birinchidan, soliqlarning yangi turlarini ishlab chiqadi. Ikkinchidan esa, davlat bozorga bevosita aralasha boshlaydi. U savdo ustidan bevosita va bilvosita nazorat o'rnatadi.

Davlat - bu jamiyatning yuzi, u kishilarning moddiy ishlab chiqarish faoliyatisiz mavjud bo'la olmaydi. Shu narsani ko'rsatib o'tish kerakki, Ibn Xaddun sulolaviy davlatning rivojlanish bosqichlarini tasvirlab, uni inson hayoti davrlari bilan solishtiradi - bolalik, o'spirinlik, qarilik va o'lim. Ibn Xaldun tasavvuri bo'yicha, «Davlatning tarixiy shakllari va sulolalarning hayoti insonlar uch avlodining hayotidan ortiq bo'lmaydi, ya'ni 100-120 yil atrofida bo'ladi. Shu vaqt oralig'ida davlat quyidagi besh davrni bosib o'tadi:

a) boshqalar ustidan g'olib chiqish va oldingi sulolalarni yengishdan iborat hukmdorlik davri;

b) o'z odamlarini yo'qotish, yakka hokimlikni o'rnatish. Bu bo'ysunish va kuch davridir;

v) o'z hukmdorligining mevalarini terish, hordiklar. va tinch hayotlar davri;

g) ta'minot va xotirjamlik davri. Bu davrda hukmdor o'zidan oldingi hukmdor erishgan narsalar bilan qanoatlanadi.

Bu qanoatlanuvchilik yangidan o'rnatilgan davlatning asta-sekin qarishiga olib keladi, u faollikka bo'lgan qobiliyatini yo'qotadi;

d) kamomat va isrofgarchilik davri. Bu davrda hukmdor o'zining ajdodlari yiqqan hamma narsalarni yo'qotadi. Bu bosqichda sulolaning qarishi ro'y beradi, cho'zilgan kasalga duchor bo'ladi va undan qutula olmaydi. Bu - o'lim fazasidir.

Ibn Xaldun hokimiyatning siyosiy shakllariga ta'rif berishda o'rta asrlardagi qabilaviy tuzilishga ega bo'lgan arab-musulmon idora usulining tahlilidan kelib chiqadi. Ibn Xaldun «hokimiyat inson uchun tabiiy ehtiyoj emas, balki jamiyatning zaruriyatidir», deb hisoblaydi.

Yana u shunday deb yozadi: «Agar odamlarga ularning tabiati va mohiyatiga ko'ra ish tutish imkoniyati qo'yib berilsa, ular xudbin va yovuz bo'ladi. Agar birortasi o'z tug'ishganining mulkiga ko'z olaytirsa, u yomonlik sari intilgan bo'ladi. Buni faqat hukmdor to'xtatishi mumkin».

Ibn Xaldun yunon faylasuflaridan farqli o'laroq, hokimiyat turlarini musulmon davlatlarida tarqalgan xalifalik, amirlik, sultonlik kabi shakllarga ajratadi.

Ibn Xaldunning ta'kidlashicha, davlatchilik ijtimoiy hodisa sifatida «shariat qarashlariga mos ravishda hammaning diniy va dunyoviy manfaatlarini himoya qiladi».

Xullas, bizning nazarimizda, Ibn Xaldunning davlatni boshqarish shakllari, jamiyat va uning hayoti ayniqsa, ijtimoiy fikrlar va taraqqiyot haqidagi qarashlari o'z davri, keyingi ijtimoiy fikrlar jarayonining rivojida va hatto hozirgi davr uchun ham muhim ahamiyat kasb etadi.

O'rta asrning ulug' mutafakkiri Alisher Navoiyning «Mahbub ul - qulub» asarida esa muallif o'z davridagi deyarli barcha ijtimoiy guruh va tabaqalarga tavsif beradi va ularning qaysi biri yaxshi yoki yomon, qaysi biri insoniylikka, xalqqa, mamlakatga foydali yoki zararli ekanligi bayon etadi.

Alisher Navoiy jamiyatning miqdor va sifat jihatidan ijtimoiy bo'linganligi umuman olganda ijobiy xodisa ekanligi, bu tasniflanish doirasining qanchalik kengligi mamlakat farovonlik darajasining ifodasi ekanligi xususida e'tiborga sazovor sosiologik qarashni asoslab beradi. Ulug' mutafakkir jamiyatdagi yuzdan ortiqroq ijtimoiy tabaqa xususiyatlarini aniqlab, ularning mamlakat ijtimoiy tizimidagi o'rni va faoliyat imkoniyatlarini ravshan ifodalab beradi. Mazkur sosiologik tasniflashdan maqsad, ularning ijtimoiy foydalilik darajalarini oshirish ekanligi asarning mazmunini tashkil etadi. Zero, jamiyatdagi tasnifning qanday ekanligini bilish ularning mazmunini yaxshilashga yo'l ochadi. «Shu jihatdan, — deb yozadi Alisher Navoiy, — hamsuhbatlarni va do'st-yoronlarni bu hollardan ogoh va xabardor qilmoq vojib ko'rindiki, toki ularda har toifani xislati haqida bilimlar va har tabaqaning ahvoli haqida tushunchalari bo'lg'ay». (1)-(Alisher Navoiy. Mahbub ul-qulub. T., G'afur G'ulom nomidagi adabiyot va san'at nashriyoti, 1983, 3-bet.)

Xullas sharq, sosiologiya maktabi rang-barang ta'limotlar guldastasidan iborat bo'lib, bugungi kunda hayotimizda tobora mustahkam o'rin olayotgan milliy istiqlol g'oyasi uchun falsafiy, diniy va dunyoviy poydevorlar vazifasini o'tadi. Milliy istiqlol g'oyasi uchun ham mazkur ta'limotlar nazariy asos sifatida xizmat qiladi.(2)-(Milliy istiqlol goyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar, 16-bet.)



3-4. Sosiologiya tarixi jamiyat to'g'risidagi tushunchalar va g'oyalarning tadrijiy shakllanganligi evolyusiyasini ko'rsatib boruvchi fandir.

Sosiologiyaning fan sifatida vujudga kelishiga doir tadrijiy bosqichlarni o'rganish bizni sosiologik tafakkur qilish madaniyatiga, uni jamiyat foydasiga ishlata bilishlikka o'rgatadi. Ayniqsa, bu hozirgi vaqtda, O'zbekiston mustaqilligi sharoitida, milliy istiqlol mafkurasini fuqarolar ongiga singdirish jarayonida muhimdir. Sosiologiya tarixi ajdodlarimizning ruhiy qadriyatlar to'g'risidagi, inson va insonni o'rab turgan ijtimoiy mavjudlik to'g'risidagi tafakkur tarzlari qanday bo'lganligini ravshan ko'rsatib beradi.

Qadim zamonlardan buyon jamiyatning mavjudligi va rivojlanishi: to'g'risidagi bilimlar Sharq va G'arb mutafakkirlari umumfalsafiy g'oyalarining asosiy bo'limi sifatida qaralgan. Jamiyat rivoji, siyosat, axloq, fan, din va san'at muammolari to'g'risidagi ilmiy qarashlar Qadimgi Hindiston, Xitoy, Yunon faylasuflari, O'rta Osiyo va Yevropa mutafakkirlari tomonidan aytib o'tilgan.

XVIII asr oxiri — XX asr boshlarida Yevropadagi sosiologik dunyoqarash xarakteri va mazmuni mazkur jamiyatdagi ijtimoiy o'zgarishlar bilan izohlanadi. Jamiyatning iqtisodiy va siyosiy hayotida yangi shaklli tuzilmalar paydo bo'ldi. Eski bilimlar o'rnini yangi nazariyalar egallab, falsafiy bilimlarda yangicha yondoshuvlar kuchaya boshladi. Xarakterli tomony tundaki, sosiologiya yangi pozitiv falsafa tamoyillarini asoslab beruvchi fan sifatida maydonga chiqdi. Jamiyat tuzilishi to'g'risidagi mavjud falsafiy-sxolastik g'oyalar tanqidga uchrab, uning o'rniga tabiiy fanlar metodlariga mos keluvchi ijtimoiy tadqiqotlar taklif etila boshlandi.

Pozitivizm va pozitiv sosiologiya asoschisi O.Kont (1798 - 1857) tomonidan yozilgan ishlar orasida 6 jildlik «Pozitiv falsafa kursi» va 4 jildlik «Pozitiv siyosat tizimi» muhim o'rin egallaydi.

Ijtimoiy fizika yoki sosiologiya, Kont fikricha, ijtimoiy statistika (jamiyatda turg'un bo'lgan tuzilmalar) va ijtimoiy dinamika (ijtimoiy o'zgaruvchanlik jarayoni) dan iborat.

Kontning tushuntirishicha, falsafa va sosiologiyani pozitiv deb atashning sababi shundaki, ular fan ma'lumotlariga emas, balki ilmiy kuzatuvlarga asoslanadi. Pozitivizmda eng asosiy talab keraksiz tushunchalardan voz kechish hamda tabiiy-ilmiy qarashlarni isbotlovchi «pozitiv» (ijobiy) ijtimoiy nazariyani yaratishdir.

XIX asr Fransiyasidagi mavjud siyosiy tushunmovchiliklar, iqtisodiy inqirozlar, ijtimoiy tabaqalashuv jamiyat taraqqiyotini inqilobiy emas, balki ma'naviy o'zgarishlar asosida amalga oshirishni qat'iylashtirdi.

Kont tarixni harakatlantiruvchi kuch insonning ongidir, deb hisoblaydi. Uning nuqtai nazarlariga qaraganda, tealogik ruh axloqiy va siyosiy g'oyalarni doimo hurmat qilish uchun zarurdir, ya'ni axloq va siyosat to'g'risidagi savollar diniy ong, diniy qadriyatlar asosida yechilgan.(1)-( Sosiologiya.M.. Izd.Obyedineniye YuNITI, 1998, s.31.)

Fan taraqqiyotining metafizik bosqichida jamiyatdagi asosiy boshqaruv mavqyelarini faylasuflar egallab kelganlar. Bu bosqich 1300 yildan 1800 yilgacha bo'lgan davrni o'z ichiga oladi. Bu davr fanning empirik kuzatuv ma'lumotlariga tayanmagan holda narsa va mavjudotlarning mohiyatini mavhum tavsiflashi bilan xarakterlanadi.

Pozitiv bosqich 1800 yildan boshlanadi. Bu bosqich ilm-fan va olimlarning ijtimoiy bilim va boshqaruv nazariyalarining ustuvor mavqyeni kasb etuvchi bosqichdir.

Fransuz olimining xizmati shundaki, u sosiologiya fani dasturlari va metoddarini ilmiy izlanishlar vositasi sifatida aniqlay oldi. Kontning fikriga ko'ra, sosiologiyaning predmeti - bu ijtimoiy hodisalarning mohiyatidir. Jamiyat to'g'risidagi fanlar tabiiy fanlar metodologiyasiga tayanishi kerak: olimlar kuzatuv, qiyoslash, tarixiy, genetik metodlarni qo'llay bilishi lozim. Ushbu metodlar ichida tarixiy va qiyosiy metodlar keng tarqalgan. Kuzatuv va eksperement metodlari esa XX asrga kelib qo'llanila boshlandi.

Kontning jamiyat taraqqiyotini muvofiqlashtirish va uni barqarorlashtirish muammolariga bag'ishlangan fikrlari katta ahamiyatga ega. Uning fikricha, jamiyatdagi o'zaro moslik siyosiy, iqtisodiy, ma'naviy, biologik qonuniyatlarga bog'liq bo'lib, turli ijtimoiy tizimlar birligi va ular o'rtasidagi muvofiqpik hisobiga erishiladi. Fan esa jamiyatning hamma sohalari o'rtasidagi o'zaro munosabatlarning zaruriy me'yorlarini belgilab beradi.

Kontning ta'kidlashicha, jamiyatdagi ijtimoiy muvofiqliy — bu shaxslar va ijtimoiy qatlamlar manfaatlarining bir-biriga mosligidir. Kontning jamiyatni yaxlit organizm sifatida tushunishi, mehnatning ijtimoiy adolat asosida taqsimlanishi, ijtimoiy barqarorlik shartlari va omillari, turli guruh va qatlamlar manfaatlarini moslashtirishda davlat va shaxslarning o'rni to'g'risidagi fikrlari bugungi kunda ham muhimdir.(1)(Komarov M.S. Vvedeniye v sosiologiyu.M., Nauka,!994, s.36.)

Kontning qarashlari ingliz olimi Gerbert Spenser (1820 - 1903) asarlarida o'z rivojini topdi.

Spenserning 1862 - 1896 yillarda chop etilgan «Asosiy manbalar» (1862), «Biologiyaning yaratilishi» (1864 - 1867), «Psixologiyaning yaratilishi» (1870 - 1872), «Sosiologiyaning yaratilishi» (1876 - 1896), «Sosiologiya tadqiqot predmeti sifatida», «Etikaning yaratilishi» (1870 - 1873) kitoblari sosiologiya tarixida muhim o'rin tugadi.

Spenser Kont izidan borib, sosiologiya faniga o'zgarib turuvchanlik va «bir maromdagi» evolyusionizm g'oyasini kiritdi. Evolyusiya — bu oddiy narsa va kuchlarning oddiy ko'payishi yoki kamayishiga olib keluvchi, haqiqiy raqamli, sakrash va tanaffuslar ketma-ketligidan mahrum bo'lgan jarayondir. Spenser, istalgan tizimning amal qilish tarzi, ijtimoiy organizmniig me'yoriy holatk muvozanatidan iboratdir, deb ta'kidlaydi.

Spenserning fikriga ko'ra, istalgan obyektning evolyusiyasi aloqasizliqdan aloqadorlikka, bir toifalikdan har xil toifalikkacha, noaniqliqdan aniqlikkacha bo'lgan davrni o'z ichita oladi.

Muvozanatning buzilishi asnosida yangi evolyusion jarayonga o'tuvchi inqiroz boshlanadi. Hamma voqyea va hodisalar mana shu inqiroz va taraqqiyot sikli orqali yuz beradi.(2)(Istoriya sosiologii.M.. Vыsh.shk., 1998, s.48.)

Ana shulardan kelib chiqqan holda Spenser sinfiy kurash va revolyusiyani muvozanatdan og'ish yoki ijtimoiy organizmning kasalligi, deb e'lon qildi.

Spenser fikri bo'yicha, sosiologiyaning vazifasi - bu alohida shaxslarning xohish va intilishlari, ularning individual jihatlari va subyektiv fikr-o'ylariga qaramasdan amalga oshuvchi evolyusion jarayonlarning umumiy qonuniyatlarini ochib beruvchi, ijtimoiy mavjudliklar, ijtimoiy omillarni o'rganishdan iboratdir.

Spenser sosiologiyaning muhim ijtimoiy ahamiyatga ega ekanligini his etgan holda ijtimoiy bilimning obyektiv murakkabliklarini alohida qayd etadi. Sosiologik dalillarni ko'plab ma'lumotlarni o'zaro qiyoslash yo'li bilan o'rganish mumkin. Spenser uchun ijtimoiy dalillar - bu evolyusion jarayonlar namoyon qiladigan mavjudliklardir. (1)( O'sha joyda, 50-bet.)

Spenser XIX asr sosiologlarining ichida birinchi bo'lib, ijtimoiy tizim, ijtimoiy institut, ijtimoiy nazorat terminlarini kiritdi. Ijtimoiy institutlar insonning jamoaviy harakatga kirisha oladigan ijtimoiy mavjudotga aylanishini ta'minlaydi.

Spenser ijtimoiy taraqqiyot ta'siri ostida ijtimoiy institutlarni bir necha turga bo'ldi:

— oila evolyusiyasi bosqichlarini ishlab chiquvchi, oilaviy munosabatlar o'zgarishini tadqiq etuvchi institutlar;

urf-odat, an'ana, axloq orqali insonlarning kundalik harakatini boshqarishga yo'naltirilgan institutlar;

— jamiyat hamjihatligi va e'tiqodiy birligiga ta'sir etuvchi diniy institutlar;

— mehnat taqsimlanishi asosida kelib chiquvchi kasb-hunar institutlari.

Spenser jamiyat evolyusiyasining ikki qutbi deb, jamiyat tuzilishining harbiy va ishlab chiqarish bilan bog'liq tiplarini tan olgan, chunki evolyusiya birinchisidan ikkinchisiga o'tish yo'nalishida kechmoqda.

G'arb sosiologlaridan birinchi bo'lib G.Spenserning ijtimoiy jarayon va borliq haqidagi g'oyalarini o'rganishga polshalik sosiolog va yurist Lyudvig Gumplovich kirishgan edi. U sosiologiya tamoyilini tushuntirish omili sifatida Spenser tomonidan asoslangan biologik tushunchalarga qarshi chiqdi. Uning ta'kidlashicha, sosiologiyada biologik tushunchalar hyech qanday ahamiyatga ega emas, ular faqatgina qiyoslash uchungina xizmat qilishi mumkin, ijtimoiy voqyelik xususida esa bilim bera olmaydi.

Gumplovich sosiologiya obyekti sifatida ijtimoiy guruhlarni olib, voqyelikni o'rganishga bag'ishlangan tadqiqot predmeti sifatida, abadiy va o'zgarmas qonunlarga bo'ysunuvchi ijtimoiy guruhlar harakati tizimini qabul qilishni taklif avstriyalik psixolog va sosiolog Zigmund Freyd fanda psixologik nazariyani ishlab chiqish bilan ijtimoiy jarayonlarni anglashning ilgari insoniyat tajribasida bo'lmagan yo'lini asoslab berdi. Uning ta'kidlashicha, inson ruhiyatining ong bilan boshqarilmaydigan qismida instiktiv da'vatlar (xohish-istaklar) hamda xotiradan chiqarilgan fikr-g'oyalar mujassamlangan bo'lib, bu qism bilan idora etiluvchi ong o'rtasida ong oldi maydoni (bu maydonchada idrok, tafakkur, xotira, anglangan o'zlik) joylashgandir.

Ong oldi maydonchasi ong bilan boshqarilmaydigan sohadagi turli xil da'vatlar, xohish-istaklarni ongning idrok etiluvchi qismiga o'tkazishga monelik kilib turadi va o'ziga xos senzor vazifasini o'tab boradi. Freydning nuqtai nazariga ko'ra, anglanmagan istaklar hamda agressiv da'vatlar bilan shaxsning madaniy darajasi o'rtasida doimiy qarama-qarshilik yuz berib turadi. Madaniyat, uning fikricha, anglanmagan ong istaklaridan voz kechish asosida yuzag'a keladi.

Freyd ijtimoiy jarayonlar va jamoalar mohiyatini ochishda ham libido (xohish, istak, rohatbaxsh narsalarga moyillik) to'g'risidagi ta'limotni yoqlab chiqdi. U ijtimoiy guruxlardagi liderlarning o'rnini tadqiq etib, odamlar muayyan rahbarlar atrofida hissiy mayllar, emosional istak-xohishlar negizida uyushadilar, deb hisoblaydi.

Freyd din va diniy e'tiqodlarni jamoada kuzatiladigan nevrozdan boshqa narsa emas, deb hisoblaydi. Chunki inson ongi o'zidan oldingi ajdodlar boshidan o'tkazgan tarixiy voqyealarni ramzlar orqali ifodalab beradi. Nevrozlarga xos beriluvchanlik va ta'sirlanuvchanlik asosida odamlarning turli diniy rasm-rusmlarga amal qilishlari, ularning mohiyatini chuqur anglab yetmasliklari Freyd tomonidan dinni «kollektiv nevroz» deb atashga asos bo'lgan.

Umuman olganda, Freyd nazariyasi insonni o'z-o'zini ongli idora qilish, har bir ishda me'yorga qat'iy rioya qilish, aql va instinkt bahsida to'g'ri yo'l tanlashga undashga o'rgatishi bilan o'zining ijtimoiy qimmatini yo'qotmagan.

XIX asr sosiologik nazariyalari rivoji sosiologiyaning hamma tan olgan universal ijtimoiy fanga aylanishiga sharoit yaratib berdi. Bu imkoniyatlarning yaratilishi V.Pareto, F.Tyonnis, E.Dyurkgeym, M.Veber, P.Sorokin va boshqa sosiologlar ijodi bilan bog'liq.

XX asr boshlaridagi Italiyaning eng ko'zga ko'ringan nazariyotchisi Vilfredo Pareto (1848 - 1923) edi. Uning asosiy ishi hisoblanmish «Umumiy sosiologiya tartibi» keyinchalik g'arb sosiologiyasining klassik ijodi namunasi, deb tan olingan.

Pareto haqiqiylik, ishonchlilik va ilmiy-empirik asoslanganlikni ta'minlay oladigan sosiologik bilimlar tuzilishi jarayonlarini ishlab chiqishga intilgan. Umuman, ijtimoiy fanlarning barchasi pozitivizm g'oyalariga tayanadi, deb hisoblovchi omil sosiologiyani huquq, iqtisod, din tarixi va boshqa ijtimoiy fanlarning sintezi sifatida baholaydi.

Pareto tomonidan ishlab chiqilgan pozitiv yondashuv konsepsiyasi o'zining mohiyatiga ko'ra metodologik xususiyatga ega bo'lib, bitta maqsadga, ya'ni ijtimoiy-nazariy tadqiqotlarni mafkuraviy mohiyatdan ozod qilishga qaratilgan edi.

Paretoning sosiologik tizimida elitalar nazariyasi muhim o'rin tutadi. Jamiyatning sosiologik tuzilishini u ikkita katta guruhga bo'ladi: o'qimishli odamlardan iborat elita hamda hissiyotlar va ikkilanishlar bilan yashovchi, boshqariladigan omma - quyi qatlam.

Pareto fikricha, siyosiy jarayon elitaning hokimiyat tepasiga kelishi bilan shartlangan bo'lib, ulardan bittasi jamiyatni boshqaruvchilik imkoniyatlarini yo'qotsa, uning o'rnini boshqasi egallaydi. Elitaning o'rin almashish tartiboti istalgan jamiyatning universal qonuniyatlaridan hisoblanadi. Siyosiy elitalarning yashash qobiliyati kichik qatlamlarning iqtisodiy, ijtimoiy va ma'naviy imkoniyatlariga, ijtimoiy boshqarish huquqini beruvchi siyosiy tuzumga, jamiyatning nechog'li ochiqligiga bog'liqdir. Boshqaruvchi sinf-samiyatning vertikal moyilligiga tayanib, o'zini jamiyatdagi uzilishlar - degradasiyadan saqlagan holda inqiloblarning oldini oladi va doimiy ravishda yangilanib boradi.(1)(Komarov M.S. Vvsdeniye v sosiologayu, s.46.)

XIX asr oxirida sosiologiyadagi pozitiv oqimlar ijtimoiy hayotni tushuntirishda qiyinchiliklarga uchray boshladi. Jamiyatda ijtimoiy borliqni bilishda tabiiylik - naturalizm tamoyillari va tabiiy-ilmiy metodlarni qo'llashni man qilishga intilishlar kuchayib ketdi.

Pozitiv sosiologiyaga qarama-qarshi o'laroq, antipozitivistik yo'nalishdagi sosiologiya ko'proq Germaniyada keng tarqaldi. Sosiologiyaning rasmiy maktabi namoyandalariga V.Diltey, G.Zimmel, F.Tyonnis kiradi.

Ko'zga ko'ringan nemis faylasufi, psixolog va sosiolog V. Diltey (1833 - 1911) fikriga ko'ra, tabiiy fanlar tabiiy jarayonlarning borishi hamda uning inson holatiga qanday ta'sir qilishini kuzatib boradi, ijtimoiy-gumanitar fanlar esa insonning erkin faoliyati, jamoaviy ishlarini o'rganadi.

U asosiy e'tiborni ruh to'g'risidagi fan nazariy muammolarini ishlab chiqishga qaratdi. Bu yo'nalishda Diltey ilmii faoliyatining natijalaridan biri «tushunuvchi psixologiya» va «tushunuvchi sosiologiya»ning yaratilishidir. Uning ta'kidlashicha, «tushunish» sosiologiyasining asosiy vazifasi, odamlarning o'tgan davr odamlari hayotini his qilish va shu orqali hayotlari mobaynida hali amalga oshirilmagan faoliyatlar qirralarini topishdan iborat.

Dilteyning falsafiy va sosiologik ijodi mahsuli bo'lgan ijtimoiy mavjudliklar, jarayonlarni bilish, ularni tushunish imkoniyatlari, vazifalari va maqsadlari to'g'risidagi qarashlari keyingi davr sosiologlari uchun tadqiqot manbai sifatida xizmat qildi.

Nemis sosiologiya jamiyatining birinchi prezidenti Fredinant Tyonnisni sosiologiyaniig formal-analitik maktabi asoschilaridan biri deyish mumkin.

Tyonnisning nazariy sosiologiyasi asosini qarama-qarshi mohiyatga ega ikkita yechimli tushuncha - «jamoa» va «jamiyat» tashkil qiladi. Tyonnis fikricha, tarixiy jarayon qarama-qarshi qarashlardagi odamlarning jamoa va jamiyatdagi birgalikdagi hayotidan iboratdir.

Bu ikkita qarama-qarshi ijtimoiy aloqalarning asosiy manbai sifatida inson erki maydonga chiqadi. «Jamoa»ga insonlar o'zlarining tabiiy erklari asosida, «jamiyat»ga esa rasional erk asosida birlashadilar. «Jamoa»dagi insonlararo munosabatlar tabiiyligi, osoyishtaligi va maromiyligi bilan ajralib turadi. «Jamoa»ning bu jihatlari oilaviy-qarindoshchilik munosabatlarida, qo'shnichilik va do'stlik munosabatlarida urf-odat, an'ana va din orqali amalga oshadi.

«Jamiyat» turidagi munosabatlar turli qo'rinishdagi shartnomalar, savdo munosabatlari va boshqa holatlarda namoyon bo'ladi. Jamiyatdagi aloqalar faqatgina odamlar orasidagi munosabat emas, balki turli guruhlar va tashkilotlar o'rtasidagi munosabatlar hamdir.

Sosiologiya tarixida Gerrg Zimmel (1858 - 1918) g'oyalarining M.Veber va E.Dyurkgeym g'oyalari kabi XX asr sosiologiyasi rivojida o'ziga xos o'rni bor.

Zimmel o'zining falsafiy va sosiologik ijodini ijtimoiy munosabatlar tipologiyasini, analitik va formal sosiologiyani rivojlantiruvchi an'anatar tahliliga bag'ishlagan.

Agar Zimmel tomonidan asoslangan ijtimoiy hayot shakllarini klassifikasiya qiladigan bo'lsak, unda ularni quyidagilarga ajratish mumkin; 1) ijtimoiy jarayon; 2) ijtimoiy tur; 3) rivojlanish modeli.

Zimmel shaharlar demografiyasi, din va e'tiqodlar, bilish va boshqalarni sosiologik tahlil qilish uchun ko'pgina qimmatli g'oyalarni ilgari surdi. Zimmelning g'oyalari zamonaviy sosiologiyadagi madaniy-tanqidiy an'analarning shakllanishiga kuchli ta'sir ko'rsatdi.

Fransuz sosiologi E. Dyurkgeym (1858 - 1917) ham Kontga o'xshab sosiologiya tabiiy fan metodlari asosida ish tutishi kerak, deb hisoblaydi. E.Dyurkgeymning fikricha, insonning xatti-harakati va xulq-atvorini uning ongidan tashqarida bo'lgan ijtimoiy faktlar shakllantirib boradi. U ijtimoiy faktlar tarkibiga jamoaviy qarashlar, axloqiy hayotning har xil mavjudliklari, an'analar, urf-odatlar, rasm-rusumlarini kiritgan. Dyurkgeymning fikricha, «ijtimoiy haqiqatga obyektiv yondoshishni ta'minlab beruvchi asosiy qoida ijtimoiy faktlarga narsa sifatida qaralishidir».(1)(Dyurkxeyli E.O. Razdelenii obsh-go truda; Metod sos.M.,1991.s.421.)

Dyurkgeym qarashlari asosini «sosiologizm» g'oyasi tashkil etadi. Fransuz sosiologi odamlararo ishonchning muhimligini ta'kidlab, kishilar yagona umumiy g'oya atrofida birlashishlari lozimligini e'tirof etadi.



E.Dyurkgeymning «Ijtimoiy mehnatning taqsimlanishi to'g'risida» deb nomlangan asosiy ishi bevosita «hamjihatlik» muammosini o'rganishga bag'ishlangan. U sosiologiyaning asosiy vazifasi ijtimoiy integrasiyani ta'minlovchi ijtimoiy aloqa va mexanizmlar tabiatini aniqlashdir, deb biladi. Dyurkgeym jamiyat evolyusiyasini o'rganib, ijtimoiy aloqalarning ikki asosiy turini ajratadi: «mexanik hamjihatlik» va «organik hamjihatlik». Birinchi turida arxaik jamiyat alohida individlarni o'ziga butunlay bo'ysundirmoqchi bo'ladi. Bunda ijtimoiy hamjihatlik inson axloqini qattiq nazorat qiluvchi diniy ishonch, urf-odat, an'analar orqali ijtimoiy ongga singdiriladi. Organik hamjihatlik bo'lgan zamonaviy ijtimoiy aloqalarda umuman boshqa narsa kuzatiladi. Bu yerda ijtimoiy birlashuv individlarning iqtisodiy o'zaro aloqalari va mehnat taqsimoti orqali ta'minlanadi. Dyurkgeym nuqtai nazaricha, XIX asr kapitalizmiga xos ziddiyatlar mehnatning ijtimoiy taqsimlanishi va turli ijtimoiy salbiy oqibatlar bartaraf etilgan taqdirda o'z-o'zidan hal bo'ladi.

Amerika sosiologiyasining asoschilaridan biri P.A.Sorokin (1889 - 1968 ). U AQSh sosiologiyasida hukmron bo'lgan empirik yo'nalishga qarama-qarshi o'laroq, jamiyatga yaxlit yondashuv, ya'ni "integral" sosiologiya to'g'risidagi ta'limotga asos soldi. Ijtimoiy borliqni Sorokin individdan yuqori turuvchi sosiomadaniy mavjudlik tarzida tushunadi. Bunday sosiomadaniy mavjudlik moddiy mavjudlikka to'g'ri kelmaydi va belgilar tizimi bilan berilgandir. Cheksiz turli-tumanlik xususiyatiga ega bo'lgan sosiomadaniy reallik his-tuyg'ular haqiqatini, oqilona idrokni va oliy darajali oqilona sezgilarni (intuisiyalarni) qamrab oladi. Bilishning ushbu barcha uslublaridan sosiomadaniy fenomenlarni tizimli o'rganishda foydalanish zarur. Lekin Sorokin bilishning oliy uslubi deb yuqori darajadagi qobiliyatli shaxsning sezgisini (intuisiyasini) hisoblagan, uning yordamida go'yo barcha buyuk kashfiyotlar qilingan. Sorokin sosiomadaniy fenomenlar tizimining ko'pgina darajalarini ajratib ko'rsatgan. Eng yuqorisini sosiomadaniy tizimlar tashkil qiladi, ularning harakat sohasi ko'pgina jamiyatlarga mansub (supertizimlar). Sorokin ularning quyidagilarini ko'rsatgan: 1) "Hissiy" supertizim (bunda borliq bevosita his-tuyg'ular bilan qabul qilikadi); 2) "Aqliy" (reallik intuisiya yordamida bilinadi); 3) "Idealistik" (har ikkalasining qo'shilmasi). Yuqoridagilarga haqiqatning uch shakli mos keladi - hissiy, ruhiy (intuitiv) va oqilona (rasional). Tarixning turli davrlarida supertizimlar o'z rivojining turli bosqichida bo'ladilar. Shu vaqtning o'zida tarixning istagan davrida doimiylikka intiluvchi quyi darajadagi beshta asosiy madaniy tizim birgaliqda mavjud bo'ladi: til, axloq, san'at, fan, din. P.Sorokin bashariyat madaniyatining tarixiy rivojlanish konsepsiyasini yaratar ekan uning falsafiy asosi sifatida ilmiy bilishning intuitiv uslubiga asoslangan tarixni o'rganishga da'vat etadi. Uning xizmatlaridan biri shuki, g'arb sosiologlarini ijtimoiy o'zgarishlar muammosi qiziqtirmagan bir vaqtda o'ziga xos sosiomadaniy dinamika nazariyasini taklif etdi. U voqyelikni qonuniy o'zgarish jarayoni deb qaradi. Bu jarayon sosiomadaniy tizim ichida dialektik xususiyatga ega. Hukmron dunyoqarash va u belgilab beruvchi voqyelikni qabul qiluvchi asosiy qoidalar asta-sekin o'z imkoniyatlarini sarflaydi va boshqa ikki muqobil dunyoqarashdan biri bilan almashinadi. Shunga mos ravishda supertizimlarning yalpi (total) xillari almashinadi. Sorokin dialektika yordamida sosiomadaniy o'zgarishlarning ritmik davriyligini tushuntirishga harakat qilgan. Supertizimning bir hukmron dunyoqarashdan boshqasiga o'tish jarayoni ijtimoiy institutlar va me'yoriy namunalarning keskin o'zgarishi bilan birga kechadi. Shunday namunalardan uch xilini (oilaviy, shartnomali va majburiy) Sorokin birdamlik — antogonizm kontiniumiga joylashtirgan edi. Integrativ asosning buzilishi va muqobil madaniy etosning (ma'naviy asosning) yuksalishi ijtimoiy va madaniy inqirozlar, urushlar va boshqa odatlarning uzoq davrlari bilan birga kechadi. Sorokin nazdida birinchi jahon urushi va Oktyabr inqilobi - g'arb jamiyatining sosiomadaniy tizimida yuz bergan ulkan to'ntarishlar natijasidir. Bu esa keyingi ijtimoiy va madaniy silkinishlarning oldi edi. Ijtimoiy silkinishlarning shaxs xulqiga ta'sirini o'rganib, Sorokin «qutblanish qoidasi»ni ilgari surdi. Unga muvofiq axloqiy buzilishlar va mas'uliyatsiz xulqqa yo'nalganlik ijtimoiy inqirozlar keskinlashgan davrlarda kuchayadi. Bunda ko'pchilik huzur-halovatga talpinadi, ozchilik esa beg'araz faollikka yo'nalgan bo'ladi. Ijtimoiy silkinish o'tib ketgandan so'ng xulq avvalgi, "normal" holatiga qaytadi. Lekin Sorokin g'arbning inqirozdan chiqib, garmonik rivojlanish davriga kirishiga ishonmagan edi. U hokimiyatning mas'uliyatsiz shaxslar qo'lida to'planishi, axloqiy me'yorlarning egasizlanishi kabi holatlarni inqiroz uchun javobgar deb bilib, keskin tanqid qilgan. G'arbiy Yevropa, uning fikricha, hissiy madaniyatni boyitib, o'z ijodiy rivojining eng yuqori nuqtasidan oshib o'tdi. Shundan kelib chiqib, u muhabbatning keyingi xulq uslublaridagi ahamiyatiga katta e'tibor bergan. G'arb sosiologiyasida Sorokinning sosiomadaniy dinamika konsepsiyasidan tashqari uning ijtimoiy mobillik va ijtimoiy stratifikasiyani o'rganish sohasida qilgan empirik tadqiqotlari ham yuksak qadrlanadi.

Atoqli nemis sosiologi va siyosiy arbobi Darendorf Ralf (1929) ijtimoiy nizo (konflikt) konsepsiyalarining asosiy vakillaridan biri hisoblanadi. U "bir yoqlama", "utopik" (birinchi navbatda funksional) ijtimoiy muvozanat konsepsiyalarini keskin tanqid qilgan. Nazariy sosiologiya bo'yicha asarlar muallifi bo'lsada, Lazarsfeld ta'sirida sosiologiyani tajribaviy fan deb hisoblagan. Sosiologiya odamlarning jamiyat va alohida olingan shaxsning kesishgan nuktasidagi xatti-harakatini o'rganadi. Bu o'rinda Darendorf jamiyatni Zimmel kabi eng tor munosabatlardan eng keng ijtimoiy aloqagacha bo'lgan aloqalar turi, shu jumladan, referent guruh sifatida tushungan. Har bir guruhda, har bir jamiyatda kishilar ma'lum bir vazifaning, holatning egasi sifatida harakat qiladilar. Har bir vaziyatga ma'lum bir ijtimoiy rol to'g'ri keladi, bunda atrofdagilarning istak va mulohazalari unchalik ahamiyatli emas. Ijtimoiy rollar, Daredorf fikricha, alohida olingan insonga qo'yilgan majburiyatdir. Bu majburiyatdan toyib ketmaslik uchun ijtimoiy sanksiyalar (ko'rsatmalar, tazyiqlar) tizimi amal qiladi. Xatti-harakatning majburiy ravishda me'yorlab qo'yilishi ijtimoiy guruhlarning eng muhim belgisi. Qabul qilingan me'yorlarga amal qilish ijtimoiy o'sish uchun eng yaxshi imkoniyatlarni berishi mumkin, me'yoriy bo'lmagan xatti-harakatga sanksiyalar qo'llaniladi. Bu - qonun chiqaruvchi, yuristdiksiya va ijro etuvchi hokimiyatga o'xshaydi. Bu vakolatlarning yig'indisi hukmronlik mavjudligini bildiradi.

Ma'lumki, Darendorf sinflar va sinfiy nizo nazariyasini yaratishga harakat qilib, uni ham marksizmga, ham sinfiy uyg'unlik nazariyalariga qarshi qo'ygan edi. Uningcha, sinfni shakllantiradigan asosiy belgi - mulk munosabatlari emas, hukmronlik va bo'ysunishdir. Hukmronlik va bo'ysundirishning mavjudligi nizoga olib keladi, uni ijtimoiy jipslikni (integrasiyani) keltirib chiqargan tuzilmalarning o'zi tug'diradi. Nizo deganda Darendorf barcha normalar va ijtimoiy kutishlar, institutlar va guruhlar qarama-qarshiliklari tizimli ravishda «ishlab chiqargan» munosabatlarni tushungan. Shundan kelib chiqib u sinflarni ziddiyat, nizoli holatdagi ijtimoiy guruxlar deb bilgan. Ijtimoiy guruhlar hukmronlikda ishtirok etishi yoki undan chetlatilishi mumkin. Ba'zi konsepsiyalar jamiyatni tasvirlashda stratifikasiya, integrasiya va muvozanatni, boshqalari esa hukmronlik va ziddiyatni ko'rsatadi. Birinchi xil yondashuvni inkor etmagan holda, Darendorf ikkinchi xil yondoshuvni umumiyroq va samaraliroq dyob hisoblab, butun diqqatini shunga qaratgan. U bitta rolga nisbatan turlicha kutishlar o'rtasidagi, rollar o'rtasidagi, ijtimoiy guruhlar ichidagi, guruhlar o'rtasidagi, butun jamiyat darajasidagi va mamlakatlar o'rtasidagi ziddiyatlar, nizolarni ajratib ko'rsatgan. Bundan tashqari Darendorf nizolarni miqyeslarga (ranglarga), masalan, butun va qism ziddiyatiga ajratib, ularning 15 turini ko'rsatgan. Shuningdek, u nizolarni boshqarish muammosini batafsil qarab chiqib, ziddiyatlar qanchalik o'tkir bo'lsa, ijtimoiy siljish (mobillik) shunchalik og'ir kechadi, deb uqtirgan. Shundan yuqori darajada mobillashgan jamiyat liberal dasturi kelib chiqadi. Bunday jamiyatda ziddiyatlar tan olinadi va boshqariladi, hamma uchun dastlabki imkoniyatlar tengligi, individual raqobat va yuqori mobillik mavjud bo'ladi. Lekin tenglik erkinlik sharoiti bo'lishi kerak, shuning uchun odamlarning turli rollardagi ziddiyati umumiy ijtimoiy tenglikdan afzaddir.

Buyuk nemis mutafakkiri M. Veber tomonidan ilgari surilgan bilimlar, g'oyalar, metodologik yondashuv, bilish nazariyasi, ideal tiplar g'oyasi, madaniyat, etika, din sosiologiyasi haqidagi qarashlar ilmiy jamoatchilik tomonidan e'tirof etilgan. Uning fikricha, sosiologiya ijtimoiy-tarixiy faoliyatlarning subyektiv sohalarini hisobga olish, voqyelikni ilmiy metodologiya talablariga mos ravishda obyektiv va empirik jihatdan tadqiq etish imkoniyatlarini yuzaga chiqarishi mumkin. Sosiologiya, M.Veber ta'kidlashicha, ijtimoiy fanlar orasida shunday o'rin tutishi lozimki, uning asosiy vazifasi - insonning ijtimoiy xulqi mohiyati va ahamiyatini tushunish, jamiyat rivojiga sabab bo'lgan qonunlar yechimini ko'rsatib berishdan iborat bo'ladi.(1)-(Sm.: Izb.Proizvedeniya.M.,Progress,1990, s.499.) Inson xulqini talqin qilish metodiga Veber tomonidan qanchalik katta ahamiyat berilganligiga qarab, uning sosiologiyasini ko'pincha tushunuvchi yoki «interpretativ» sosiologiya ham deb atashadi.



M.Veber ijtimoiy harakatlar yoki xulqning to'rtta asosiy turini ajratadi: 1) mablag' topishni maqsad qilgan harakatlar — maqsadli; ya'ni, foyda izlash, 2) muayyan qadriyatlar ta'sirida (diniy, axloqiy va boshqa) sodir etiluvchi harakatlar; 3) odamlarning emosional reaksiyasiga asoslangan affektiv harakatlar; 4) an'ana va urf-odatlarga qaratilgan an'anaviy harakatlar.

Xullas, bugungi G'arb demokratiyasi, turmush tarzi mamlakatimizning dunyoviy davlat sifatida qaror topishida shubhasiz katta rol uynaydi. G'arb dunyosidagi umuminsoniy tamoyillar, individ imkoniyatlarini to'laroq namoyon etish, o'z fikrini erkin ifodalash, hayotda aniq-ravshan asosli qarashlarga ega bo'lish kabi milliy istiqlol g'oyasida ilgari surilgan maqsadlarni amalga oshirishda xizmat qiladi.
Download 43,56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish