2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi



Download 80,83 Kb.
bet1/2
Sana11.07.2022
Hajmi80,83 Kb.
#774045
  1   2
Bog'liq
2937 23.10.2017




[OKOZ:

1.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.04.04 Davlat oliy ta’lim muassasalari / 13.01.61.00 Ta’lim muassasalari;

2.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.10.00 Pedagoglarning va ta’lim tashkilotlari boshqa xodimlarining huquqiy maqomi;

3.13.00.00.00 Ta’lim. Fan. Madaniyat / 13.01.00.00 Ta’lim / 13.01.32.00 Malaka oshirish. Qayta tayyorlash]

[TSZ:

1.Ijtimoiy-madaniy masalalar / Ta’lim]

O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining
buyrug‘i
Oliy ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslari tinglovchilarining bitiruv (loyiha) ishini tayyorlash va himoyaga taqdim etish tartibi to‘g‘risidagi nizomni tasdiqlash haqida
[O‘zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2017-yil 23-oktabrda ro‘yxatdan o‘tkazildi, ro‘yxat raqami 2937]
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 20-avgustdagi 242-son “Oliy ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
1. Oliy ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslari tinglovchilarining bitiruv (loyiha) ishini tayyorlash va himoyaga taqdim etish tartibi to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
2. Mazkur buyruq rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Vazir I. MADJIDOV
Toshkent sh.,
2017-yil 5-sentabr,
12-2017-son
O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirining 2017-yil 5-sentabrdagi 12-2017-son buyrug‘iga
ILOVA
Oliy ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslari tinglovchilarining bitiruv (loyiha) ishini tayyorlash va himoyaga taqdim etish tartibi to‘g‘risidagi
NIZOM
Mazkur Nizom Vazirlar Mahkamasining 2015-yil 20-avgustdagi 242-son “Oliy ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qaroriga asosan oliy ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslari tinglovchilarining bitiruv (loyiha) ishini tayyorlash va himoyaga taqdim etish tartibini belgilaydi.
1-bob. Umumiy qoidalar
1. Bitiruv (loyiha) ishi Oliy ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malaka oshirish kurslari (bundan buyon matnda qayta tayyorlash va malakasini oshirish kurslari deb yuritiladi) o‘quv dasturlarini o‘zlashtirish jarayonida tinglovchi egallagan nazariy va amaliy bilimlari asosida bajarilgan o‘quv-uslubiy ishlarning natijasi hisoblanadi.
2. Qayta tayyorlash va malakasini oshirish kurslarida o‘qiyotgan oliy ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlari bitiruv (loyiha) ishini tayyorlaydi.
Bitiruv (loyiha) ishi tinglovchining qayta tayyorlash va malaka oshirish yo‘nalishidan kelib chiqib bitiruv ishi yoki loyiha ishi shaklida tayyorlanadi.
3. Qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslari tinglovchilarining bitiruv (loyiha) ishini himoya qilish attestatsiya komissiyasida amalga oshiriladi.
4. Tinglovchilar bitiruv (loyiha) ishi mavzularini O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzuridagi Oliy ta’lim tizimi pedagog va rahbar kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirishni tashkil etish Bosh ilmiy-metodik markazining (bundan buyon matnda Bosh ilmiy-metodik markaz deb yuritiladi) o‘quv-metodik ishlar bo‘yicha o‘rinbosari yoki Oliy ta’lim muassasalari pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish mintaqaviy (tarmoq) markazining (bundan buyon matnda mintaqaviy (tarmoq) markaz deb yuritiladi) direktori tomonidan tasdiqlanadigan bitiruv (loyiha) ishi mavzulari ro‘yxatida ko‘rsatilgan mavzulardan birini o‘zining qayta tayyorlash va malaka oshirish yo‘nalishidan kelib chiqqan holda tanlaydi.
Masofadan o‘qitish ta’lim usullari orqali qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarida o‘qiyotgan tinglovchilar Bitiruv (loyiha) ishi mavzulari ro‘yxatini Bosh ilmiy-metodik markazning rasmiy veb-sayti orqali Masofaviy kurslar bo‘limidan yuklab oladi va mazkur veb-saytdagi tegishli tugmani bosish orqali tanlagan mavzusini belgilaydi.
Tinglovchi bitiruv (loyiha) ishi mavzusini o‘zining qayta tayyorlash va malaka oshirish yo‘nalish va fan sohasining dolzarb masalalaridan kelib chiqib ixtiyoriy tanlash huquqiga ega. Bunda tinglovchi tomonidan tanlangan bitiruv (loyiha) ishi mavzusi Bosh ilmiy-metodik markaz yoki mintaqaviy (tarmoq) markaz bilan kelishilishi shart.
2-bob. Bitiruv (loyiha) ishini tayyorlash va uning mazmuniga qo‘yiladigan talablar
5. Tinglovchining bitiruv (loyiha) ishi mavzusidan kelib chiqib unga tegishliligi bo‘yicha Bosh ilmiy-metodik markaz yoki mintaqaviy (tarmoq) markaz pedagoglari orasidan ilmiy rahbar biriktiriladi.
Tinglovchining bitiruv (loyiha) ishi mavzusi va unga biriktirilgan ilmiy rahbar tegishliligi bo‘yicha Bosh ilmiy-metodik markaz yoki mintaqaviy (tarmoq) markaz direktorining buyrug‘i bilan rasmiylashtiriladi.
6. Ilmiy rahbar:
tinglovchiga bitiruv (loyiha) ishini tayyorlash bo‘yicha maslahatlar berib boradi;
bitiruv (loyiha) ishi rejasini tuzishda tinglovchiga ko‘maklashadi;
bitiruv (loyiha) ishining o‘z vaqtida tayyorlanishi va to‘g‘ri rasmiylashtirilishini nazorat qiladi;
bitiruv (loyiha) ishiga xulosa beradi.
7. Bitiruv (loyiha) ishi quyidagi tarkibiy qismlardan iborat bo‘lishi kerak:
Mazkur Nizomning ilovasiga muvofiq shaklda titul varaq;
bitiruv (loyiha) ishining annotatsiyasi;
mundarija;
kirish;
asosiy qism;
xulosa;
foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati;
ilovalar (mavjud bo‘lsa).
8. Bitiruv (loyiha) ishining kirish qismi quyidagilarni o‘z ichiga olishi lozim:
bitiruv (loyiha) ishi mavzusining dolzarbligi va uning asoslanishi;
bitiruv (loyiha) ishining obyekti va predmeti;
bitiruv (loyiha) ishining maqsadi va vazifalari;
bitiruv (loyiha) ishini tayyorlashda foydalanilgan adabiyotlar va normativ-huquqiy hujjatlarning qisqacha o‘zaro tahlili;
bitiruv (loyiha) ishining nazariy va amaliy ahamiyati;
bitiruv (loyiha) ishi tuzilmasining tavsifi.
9. Bitiruv (loyiha) ishining asosiy qismi kamida ikki bobdan iborat bo‘lib, boblar hajm jihatidan o‘zaro mutanosib bo‘lishi kerak.
10. Bitiruv (loyiha) ishining asosiy qismida quyidagilar ko‘rsatilishi lozim:
bitiruv (loyiha) ishini tayyorlashda foydalanilgan adabiyotlar, normativ-huquqiy hujjatlar va ilg‘or xorijiy tajribalarning qiyosiy tahlili;
bitiruv (loyiha) ishining amaliy qismi bayoni.
11. Bitiruv (loyiha) ishining xulosa qismida mavzu bo‘yicha umumlashtirilgan xulosa, fikr, taklif hamda tavsiyalar qisqa va aniq ko‘rsatiladi.
12. Bitiruv (loyiha) ishiga uning mazmunini bayon etish uchun bevosita zarur bo‘lgan, mavzuga doir qo‘shimcha ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan materiallar ilova qilinishi mumkin.
13. Bitiruv (loyiha) ishi tayyorlashda mualliflikni o‘zlashtirishga (plagiatga) yo‘l qo‘yilmaydi.
3-bob. Bitiruv (loyiha) ishini rasmiylashtirish va himoyaga taqdim etish
14. Bitiruv (loyiha) ishining matni 40 sahifadan kam bo‘lmasligi tavsiya etiladi.
15. Bitiruv (loyiha) ishining matni A4 formatdagi qog‘oz varag‘ining bir tomonida joylashtirilishi lozim.
16. Bitiruv (loyiha) ishining betlari izchil ketma-ketlikda raqamlanishi lozim, bunda ilovalar alohida raqamlanadi.
Betning tartib raqami varaqning pastki o‘ng burchagida 2 raqamidan boshlab yoziladi. Birinchi betida 1 raqami qo‘yilmaydi.
17. Bitiruv (loyiha) ishi:
standart varaq 1,5 qator oralig‘ida (“polutorniy”) yozilishi;
har bir bet yuqoridan va pastdan 2 sm, chapdan 3 sm, o‘ngdan 1,5 sm hoshiyaga ega bo‘lishi;
xatboshi besh-olti belgiga teng va bir xilda bo‘lishi;
matnning har bir qatorida so‘zlar ko‘chirilmasdan tugallangan bo‘lishi lozim.
Matnni kompyuter vositasida bosib chiqarishda “Times New Roman” 14 o‘lchamli shriftida yoki shunga o‘xshash shriftni qo‘llagan holda Misrosoft Word matn redaktoridan foydalanish tavsiya qilinadi.
18. Bitiruv (loyiha) ishi tinglovchining tanlovi bo‘yicha o‘zbek, rus, qoraqalpoq va ingliz tillarida yoki tegishliligi Bosh ilmiy-metodik markaz yoxud mintaqaviy (tarmoq) markaz bilan kelishgan holda boshqa tilda tayyorlanadi.
19. Tinglovchi bitiruv (loyiha) ishini yakuniy attestatsiya o‘tkazilishidan kamida 3 kun oldin ilmiy rahbar xulosasi bilan birga Bosh ilmiy-metodik markaz yoki mintaqaviy (tarmoq) markazga topshiradi.
20. Bosh ilmiy-metodik markaz yoki mintaqaviy (tarmoq) markaz tinglovchilarning bitiruv (loyiha) ishlarini attestatsiya komissiyasiga himoya uchun taqdim etadi.
4-bob. Yakuniy qoida
Oldingi tahrirga qarang.
21. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor bo‘lgan shaxslar qonunchilik hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladi.
(21-band O‘zbekiston Respublikasi adliya vazirining 2021-yil 28-iyuldagi 16-mh-sonli buyrug‘i (ro‘yxat raqami 3313, 28.07.2021-y.) tahririda — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son)
Oliy ta’lim muassasalarining rahbar va pedagog kadrlarini qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish kurslari tinglovchilarining bitiruv (loyiha) ishini tayyorlash va himoyaga taqdim etish tartibi to‘g‘risidagi nizomga
ILOVA


Download 80,83 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish