2. Mazkur standartning maqsadi moliyaviy investitsiyalarni hisobga olish usulini aniqlash va xoʼjalik yurituvchi subʼektlarning moliyaviy hisobotlarida investitsiyalar boʼyicha axborotlarni yoritib berish hisoblanadi



Download 16,92 Kb.
Sana12.06.2022
Hajmi16,92 Kb.
#659291
Bog'liq
Umumiy qoidalar


.
Umumiy qoidalar
1. Mazkur Buxgalteriya hisobining milliy standarti (BHMS) «Buxgalteriya hisobi toʼgʼrisida»gi Oʼzbekiston Respublikasining Qonuniga asosan ishlab chiqilgan va Oʼzbekiston Respublikasida buxgalteriya hisobini normativ tartibga solish elementi boʼlib hisoblanadi.
Maqsad
2. Mazkur standartning maqsadi moliyaviy investitsiyalarni hisobga olish usulini aniqlash va xoʼjalik yurituvchi subʼektlarning moliyaviy hisobotlarida investitsiyalar boʼyicha axborotlarni yoritib berish hisoblanadi.
Аmal qilish sohasi
3. Mazkur standart xoʼjalik yurituvchi subʼektlar tomonidan moliyaviy investitsiyalarni buxgalteriya hisobida va ular toʼgʼrisidagi axborotlarni yoritib berish uchun qoʼllanilishi lozim.
4. Xoʼjalik yurituvchi subʼekt moliyaviy investitsiyalarni mazkur standartning 7 — 28-bandlarida bayon qilingan tartibga muvofiq yuritadi va ular quyidagi masalalarni oʼz ichiga oladi:
4.1. Moliyaviy investitsiyalarni (qisqa muddatli va uzoq muddatli) toifalariga qarab tasniflash;
4.2. Moliyaviy investitsiyalar qiymatini aniqlash va ularni moliyaviy hisobotlarda aks ettirish;
4.3. Moliyaviy investitsiyalarni bir toifadan boshqasiga oʼtkazish;
4.4. Moliyaviy investitsiyalar qiymatining qaytarilmaydigan pasayishi.
5. Mazkur standartda quyidagilar koʼrib chiqilmaydi:
5.1. Foizlar, royalti, dividendlar va ijara haqi shaklidagi investitsiyalar boʼyicha olingan daromadlarni tan olish asoslari (BHMS «Аsosiy xoʼjalik faoliyatidan olingan daromadlar» ga va BHMS «Lizing hisobi» ga qarang);
5.2. Shoʼʼba jamiyatlarga investitsiyalar (BHMS «Konsolidatsiyalashgan moliyaviy hisobotlar va shoʼʼba jamiyatlarga investitsiyalarni hisobga olish» ga qarang);
5.3. Birgalikda faoliyatga investitsiyalar (BHMS «Birgalikda faoliyatdagi ishtirok ulushini moliyaviy hisobotda aks ettirishga» qarang);
5.4. Gudvill, patentlar, savdo markalari va shunga oʼxshash boshqa nomoddiy aktivlar;
5.5. BHMS «Lizing hisobi» da keltirilgan taʼrifga mos keladigan moliyaviy lizing.
Аtamalar
6. Mazkur standartda foydalanilgan atamalar:
Moliyaviy investitsiyalar — xoʼjalik yurituvchi subʼekt tasarrufidagi (foiz, royalti, dividend va ijara haqi shaklida) daromad olishga moʼljallangan, investitsiya qilingan kapital qiymatining ortishi yoki investitsiya qiluvchi kompaniyaning boshqa naf olish uchun foydalanadigan aktivlar.
Qisqa muddatli (joriy) investitsiyalar — muomalada boʼlish muddati 12 oydan oshmaydigan oson realizatsiya qilinadigan investitsiyalar.
Uzoq muddatli investitsiyalar — qisqa muddatli (joriy) investitsiyadan tashqari barcha investitsiyalar.
Koʼchmas mulkka investitsiya — investitsiya qiluvchi subʼektning yoki investitsiya qiluvchi subʼekt guruhiga kiruvchi boshqa subʼektning ishlab chiqarish faoliyati davomida foydalanilmaydigan yer maydonlariga yoki imoratlarga investitsiyalar.
Joriy qiymat — bir-biriga qaram boʼlmagan, lekin sotib olishni xohlagan xabardor xaridor bilan sotishni xohlayotgan xabardor sotuvchi oʼrtasida aktiv almashtiriladigan summa.
Bozor qiymati — bu investitsiyalarning aktiv bozorda aniqlanadigan summasi.
Bozordagi — bozor qiymati(yoki bozor qiymatini hisoblash imkonini beradigan boshqa biror koʼrsatkich) aniqlanadigan aktiv bozorning mavjudligini bildiradi.
Moliyaviy investitsiyalarni tasniflash
7. Oʼzining moliyaviy hisobotlarida aylanma mablagʼlar va uzoq muddatli aktivlar oʼrtasidagi tafovutni koʼrsatuvchi xoʼjalik yurituvchi subʼektlar egalik qilish muddati 1 yilgacha boʼlgan qisqa muddatli (joriy) moliyaviy investitsiyalarni aylanma mablagʼ sifatida, egalik qilish muddati 1 yildan oshadigan uzoq muddatli moliyaviy investitsiyalarni esa uzoq muddatli aktivlar sifatida koʼrsatishlari kerak.
8. Oʼzining balanslarida qisqa muddatli va uzoq muddatli investitsiyalarni farqlamaydigan xoʼjalik yurituvchi subʼektlar mazkur standartning 13 va 15-bandlariga muvofiq investitsiyalarni baholash va balansdagi qiymatini aniqlash maqsadlarida farqlashlari kerak.
Moliyaviy investitsiyalarni baholash
9. Moliyaviy investitsiyalarni xarid qilishda sotib olish qiymati boʼyicha baholanadi va bu qiymatga brokerlar xizmati uchun toʼlangan haq, bank xizmati uchun toʼlovlar, bojlar va boshqa xarajatlar kiritiladi.
10. Аgar investitsiya toʼlaligicha yoki qisman aktsiyalarni emissiya qilish yoki boshqa qimmatli qogʼozlar chiqarish yoʼli bilan xarid qilinayotgan boʼlsa, u holda xarid qilish qiymati chiqarilgan qimmatli qogʼozlarning nominal qiymatiga emas, balki ularni joriy qiymatiga teng boʼladi. Аgar investitsiya toʼlaligicha yoki qisman boshqa aktivga almashtirish yoʼli xarid qilinayotgan boʼlsa, u holda uning xarid qiymati berilayotgan aktivning joriy qiymati boʼyicha aniqlanadi.
11. Xarid qilingan paytgacha boʼlgan davr uchun foizlar ulushi hisoblangan dividendlarni oʼz ichiga olgan qiymat boʼyicha xarid qilingan moliyaviy investitsiyalar xaridor tomonidan sotuvchiga toʼlangan foizlar summasini chiqarib tashlab, xarid qiymati boʼyicha hisobga olinadi.
12. Qarz qimmatli qogʼozlarga investitsiyalarning xarid qiymati bilan toʼlash qiymati oʼrtasidagi tafovut (diskont yoki xarid qilishdagi mukofot) investitsiyalar boʼyicha doimiy daromad mavjud boʼlishi uchun investor tomonidan xarid qilingan paytdan boshlab qarz toʼlangunga qadar hisobdan chiqarib boriladi.
Investitsiyalarning balans qiymati Qisqa muddatli (joriy) investitsiyalar
13. Qisqa muddatli (joriy) aktivlar sifatida tasnif qilingan investitsiyalar buxgalteriya balansida quyidagicha hisobga olinishi kerak:
13.1. Bozor qiymati;
13.2. Xarid qiymati va bozor qiymatidan iborat ikki qiymatning eng kichigi boʼyicha hisobga olinishi kerak.
Аgar qisqa muddatli moliyaviy investitsiyalar xarid qiymati va bozor qiymatlaridan eng kichigi bahosi boʼyicha hisobga olinadigan boʼlsa, balans qiymati investitsiya portfelining umumiy qiymati asosida yoki investitsiyalar turlari boʼyicha yoxud alohida investitsiyalar asosida aniqlanadi.
14. Qisqa muddatli investitsiyalar bozor qiymatining oʼzgarishidan keladigan daromad yoki zarar, sodir boʼlgan hisobot davrida tan olinadi.
Uzoq muddatli moliyaviy investitsiyalar
15. Uzoq muddatli aktivlar sifatida tasnif qilingan investitsiyalar buxgalteriya balansida quyidagicha hisobga olinishi kerak:
15.1. Xarid qiymati boʼyicha:
15.2. Qayta baholashni hisobga olgan qiymat boʼyicha;
15.3. Investitsiya portfeli usuli boʼyicha aniqlangan, xarid qiymati va bozor qiymatidan eng kichigi bahosi boʼyicha hisobga olinadi.
16. Uzoq muddatli moliyaviy investitsiyalarni qayta baholash uchun qayta baholashni amalga oshirish davriyligini, shu jumladan uzoq muddatli investitsiyalar toifalarini aniqlash zarur.
17. Balans qiymatining vaqtincha pasayishini istisno etgan holda investitsiyalar qiymati pasayganda barcha uzoq muddatli investitsiyalarning balans qiymati pasaytiriladi. Bunday pasaytirish har bir alohida moliyaviy qoʼyilma boʼyicha aniqlanadi va tayyorlanadi.
18. Uzoq muddatli investitsiyalar xarid qiymati boʼyicha hisobga olinadi. Uzoq muddatli investitsiyalarning qiymati qaytarilmaydigan, pasaygan, pasayib borgan hollarda bu investitsiyalarning balans qiymati har bir investitsiya boʼyicha alohida kamaytirilishi kerak. Bunda xatarning turlari, investitsiya qilinayotgan subʼektda investorning ulushi eʼtiborga olinadi.
19. Uzoq muddatli investitsiyalar balans qiymatining vaqtincha pasayishi hisobda aks ettirilmaydi. Qiymat pasayishining boshqa hollari 21-bandda koʼrib chiqiladi.
Moliyaviy investitsiyalar balans qiymatini qayta baholash
20. Qisqa muddatli (joriy) investitsiyalarni bozor qiymati boʼyicha hisobga oluvchi xoʼjalik yurituvchi subʼekt hisob siyosatida investitsiyalar balans qiymatining kamayishi yoki koʼpayishini quyidagicha aks ettiradi:
20.1. Daromad yoki xarajat sifatida;
20.2. 21-bandga muvofiq ravishda.
21. Uzoq muddatli moliyaviy investitsiyalarni qayta baholash natijasidagi qoʼshimcha baholash summasi xususiy kapitalga qayta baholashdan daromad sifatida qoʼshiladi. Moliyaviy investitsiyalar qiymati pasayganda kamaytirish xususiy kapitalda aks ettirilgan oʼsha investitsiyalarni qoʼshimcha baholash summasi hisobidan amalga oshiriladi. Аgar moliyaviy investitsiyalar qiymatini kamaytirish summasi qayta baholashdan olingan daromad summasidan oshsa, bu farq xarajat sifatida tan olinishi kerak. Qiymati pasaytirilgan investitsiyalarni qoʼshimcha baholash miqdori shu investitsiyalardan kelgan zarar qoplangandan soʼng xususiy kapital koʼpayishiga kiritiladi.
Moliyaviy investitsiyalarni sotish va oʼtkazish
22. Investitsiyalarni sotishda sotishdan olingan tushum bilan balans qiymati oʼrtasidagi farq tegishli xarajatlarni (broker yoki diler xizmati haqi) chiqarib tashlangandan soʼng daromad yoki xarajat sifatida tan olinadi.
Аgar qisqa muddatli moliyaviy investitsiyalar balansda portifel usuli boʼyicha xarid qiymati yoki bozor qiymatidan iborat ikki qiymatning eng pasti boʼyicha hisobga olingan boʼlsa, ularni sotishda daromad yoki zarar realizatsiya narxi bilan xarid narxi oʼrtasidagi farq sifatida aniqlanadi.
Аgar investitsiya ilgari qayta baholangan yoki bozor qiymati boʼyicha hisobga olingan, balans qiymati esa qoʼshimcha baholash qiymatini hisobga olgan holda koʼpaytirilgan boʼlsa, xoʼjalik yurituvchi subʼekt hisob siyosatini tasdiqlashi yoki qoʼshimcha baholashni qoldiq summasini daromad schyotiga kreditlashi yoxud uni taqsimlanmagan foyda hisobiga oʼtkazishi kerak. Bu hisob siyosati 3-sonli BHMS «Moliyaviy natijalar toʼgʼrisida hisobot»ga muvofiq qoʼllanilishi kerak.
23. Аgar qisqa muddatli moliyaviy investitsiyalar ikki qiymatning: xarid qiymati bilan bozor qiymatining eng kichigi boʼyicha hisobga olinadigan boʼlsa, uzoq muddatli moliyaviy investitsiyalarni qisqa muddatli (joriy) investitsiyalarga oʼtkazish ham ikki qiymat: xarid qiymati bilan balans qiymatining eng kichigi boʼyicha amalga oshiriladi.
24. Аgar uzoq muddatli moliyaviy investitsiyalar ilgari qayta baholangan boʼlsa, ularni qisqa muddatli (joriy) investitsiyalar toifasiga oʼtkazishda va bu qisqa muddatli (joriy) moliyaviy investitsiyalar bozor qiymati boʼyicha hisobga olingan boʼlsa, qayta baholash qiymati balans qiymatidan chiqarib tashlanishi kerak.
Аgar qisqa muddatli investitsiyalar bozor qiymatidagi oʼzgarish daromadga kiritiladigan boʼlsa, qoʼshimcha baholashning qolgan har qanday miqdori daromadga oʼtkazilishi kerak.
25. Qisqa muddatli moliyaviy investitsiyalarni uzoq muddatli moliyaviy investitsiyalar toifasiga oʼtkazish xarid qilish qiymati va bozor qiymatidan eng kichigi boʼyicha yoki bozor qiymati boʼyicha, agar investitsiya ilgari shu qiymat boʼyicha hisobga olingan boʼlsa, amalga oshiriladi.
Investitsiyalar boʼyicha operatsiyalardan moliyaviy natijalar
26. Moliyaviy natijalarga quyidagilar kiritiladi:
26.1. Moliyaviy investitsiyalar boʼyicha quyidagi koʼrinishdagi daromadlar/xarajatlar:
26.1.1. Uzoq muddatli va joriy investitsiyalar boʼyicha foizlar, royalti, dividendlar va ijara haqlari;
26.1.2. Qisqa muddatli moliyaviy investitsiyalarni sotishdan daromadlar va zararlar;
26.1.3. 20-bandga muvofiq, bozor qiymati boʼyicha hisobga olingan qisqa muddatli (joriy) moliyaviy investitsiyalar boʼyicha realizatsiya qilinmagan daromadlar va zararlar;
26.1.4. Xarid qiymati va bozor qiymatidan iborat ikki qiymatning eng kichigi boʼyicha baholangan qisqa muddatli moliyaviy investitsiyalarni taqdim qilish uchun talab qilinadigan bozor qiymatining kamaytirilishi va bunday kamaytirishning qaytadan tiklanishi;
26.2. Uzoq muddatli moliyaviy investitsiyalar qiymatining vaqtincha pasayishini istisno qilgan holda balans qiymatining kamayishi va bunday qisqarishlarning qoplanishi;
26.3. 22-bandga muvofiq hisoblangan uzoq muddatli moliyaviy investitsiyalarni sotishdan daromadlar va zararlar.
Soliqlar
27. Mazkur standartni qoʼllanish natijasida yuzaga keladigan soliq oqibatlarini hisobga olish Oʼzbekiston Respublikasining Soliq kodeksiga muvofiq amalga oshiriladi.
Yoritib berish
28. Moliyaviy hisobotlarda quyidagilar yoritib berilishi lozim:
28.1. Hisob siyosati, quyidagilar uchun:
28.1.1. Moliyaviy investitsiyalarning balans qiymatini aniqlash;
28.1.2. Bozor qiymati boʼyicha hisobga olingan qisqa muddatli (joriy) moliyaviy investitsiyalarning bozor qiymatidagi oʼzgarishlarni aks ettirish;
28.1.3. Qayta baholangan moliyaviy investitsiyalarni sotishda qoʼshimcha baholash summasini aks ettirish;
28.2. Quyidagi koʼrinishda olingan daromadga kiritilgan katta miqdordagi summalar:
28.2.1. Uzoq muddatli va qisqa muddatli (joriy) moliyaviy investitsiyalar boʼyicha foizlar, royalti, dividendlar va ijara haqlari;
28.2.2. Qisqa muddatli moliyaviy investitsiyalarni sotishdagi daromadlar va zararlar;
28.2.3. Bunday moliyaviy investitsiyalar qiymatidagi oʼzgarishlar;
28.3. Realizatsiya qilinayotgan investitsiyalarning bozor qiymati, agar ular balansda bozor qiymati boʼyicha hisobga olinmagan boʼlsa;
28.4. Koʼchmas mulkka moliyaviy investitsiyalarning joriy qiymati, agar ular uzoq muddatli investitsiya sifatida hisobga olingan boʼlsa va joriy qiymati boʼyicha aks ettirilmasa;
28.5. Investitsiyalarga muhim cheklashlar yoki investitsiyalarni realizatsiyasidan daromad va tushumni oʼtkazish;
28.6. Qayta baholash summasi boʼyicha hisobga olingan uzoq muddatli investitsiyalar uchun:
28.6.1. Qayta baholash oʼtkazilishini davriyligini aniqlash siyosati;
28.6.2. Soʼnggi marta qayta baholangan sana;
28.6.3. Qayta baholash asosi va tashqi baholovchini jalb etish fakti;
28.7. Davr ichida bahosining oshirilishi summasidagi oʼzgarishlar hamda bu oʼzgarishlarning tavsifi;
28.8. Аsosiy faoliyati investitsiya faoliyatidan iborat boʼlgan xoʼjalik yurituvchi subʼektlar uchun investitsiya portfelini tahlil qilish.
Download 16,92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish