2-qism Toshkent 2020 O‘zbekiston respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi tibbiy ta’limni rivojlantirish markazi toshkent farmatsevtika instituti



Download 0,82 Mb.
bet50/52
Sana21.06.2022
Hajmi0,82 Mb.
#687793
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   52
Bog'liq
FITQusl.qol.2-qism.10.02.2020

V.Axborot qismi.

Tarixiy dalillarga ko‘ra O‘zbekiston xalqlarining tabobat bilan shug‘ullanishlari ibtidoiy tuzum oxiri va quldorlik jamiyatining boshlanish davriga to‘g‘ri keladi. Bu davrga kelib qon ketishini to‘xtatish, yarani berkitib davolash, yallig‘lanishni ochib davolash, chiqqan a’zolarni joyiga solish, dorivor o‘tlarni qo‘llash, ya’ni ularning og‘riq qoldiruvchi, narkotik, ich yumshatuvchi, ich qotiruvchi xususiyatlarini bilib foydalanganlar. Ularni chaynab yoki suvda bo‘ktirib iste’mol qilishgan. Sharqshunos Baxromiyning ta’kidlashicha “Avesto”da mingdan ziyod dorivor o‘simliklar, giyohlar ro‘yxati keltirilgan. Ulardan dori olish va tayyorlash yo‘llari ko‘rsatilgan. Dorilar ko‘pincha shira, barg, gul, meva, don, buta, giyoh ildizi shirasidan, za’faron, kunjut, ko‘knori, xazaraspand, zira, xurmo, sabzi, behi, asal, zaytun moyi, savsan, zirk, do‘lana kabi giyoh va o‘simliklardan tayyorlangan. «Oq xum» barcha dorivor giyohlarning shoxi hisoblangan.


Avesto (Aves-e’tiqod, ishonch ma’nosida milloddan oldin birinchi 1000 yillikning 1- yarmida Zardusht payg‘ambar nomidan yorilgan bo‘lib, O‘rta Osiyo xalqlari hayoti to‘g‘risidagi 1- yozma bayonlar keltirilgan qutlug‘ kitobdir.
Tibbiyot va farmatsiya, shu bilan birga dori texnologiyasining lV-V-asrlardagi holatidan xabar beradigan manba bu «Gippokrat» to‘plamidir. Bu to‘plamda ko‘rsatilishida, Gippokrat davridagi shifokorlar qo‘llagan dori vositalari asosan Ebers papirusida keltirilgan tarkiblardan tashkil topgan edi.
Dorilarni dozalarga bo‘lishda aniq o‘lchamga kelishmagan bo‘lib, unda «kiyik tovoniga teng yoki ko‘zi suyagi barobarida, uch barmoq bilan ushlanadigan qismda» kabi iboralar ishlatilgan.
Abu Bakr Ar Roziy 856 yili 28 avgust kuni Roy shahrida tug‘ilgan Yoqimli qo‘shiqlar aytadigan iste’dodli kishi bo‘lgan. Avval zargarlik bilan, keyin esa kimyo fani bilan shug‘ullangan.
O‘rta asr farmatsiyasi va dori texnologiyasi tarixida salmoqli o‘rinni arab va O‘rta Osiyo olimlari olgan. Bu borada tibbiyot ilmining sultoni Abu Ali ibn Sino(980-1037) alohida o‘rin tutadi. Uning «Tib qonunlari» nomli 5 jildli asari yunon, rum, indus va O‘rta Osiyo olimlarining tibbiyot sohasidagi fikrlari majmuasi sifatida yoritilgan. 1922 yil 1 avgustda Toshkentda tibbiy Vazirlik qoshida dorixonalar bosh boshqarmasi tashkil etilgan. Shunday qilib, Toshkentni ruslar yashaydigan 70 minglik aholisiga 11 ta dorixona xizmat qilsa, milliy xalq yashaydigan hududdagi 170 ming aholiga 1 ta ham erkin savdo qiluvchi dorixona yo‘q edi, faqatgina 1913 yilda eski shaharda birinchi erkin savdo qiluvchi dorixona ochildi.
Shunday qilib, hozirgi O‘zbekistonni qishloq joylari hududida 1914 yilda 23 shifoxona va 138 ta koykali 10 ta feldsherlik punktlari, 6 dorixona va ularda 19 vrach, 48 feldsher, 11 akusherka va 6 farmatsevt bor edi xolos.
1917 yilga kelib O‘zbekistonda 46 ta dorixona ochildi, ulardan 29 tasi shahar va 17 tasi qishloqda edi. Qirg‘izistonni Rossiya bosib olguncha u Qo‘qon xonligiga qarar edi. 1863-1876 yillar Rossiyaga o‘tdi. 1917-yilda Qirg‘izistonda 6 xususiy dorixona, 6 shifoxona-100 koykasi bor, 9 vrachlik uchastkasi, 21 feldsherlik punkti mavjud edi xolos. 1860 yilda Qozog‘istonni Rossiyaga birikishi tugallangan edi. Birinchi xususiy dorixona Qozog‘istonda 1842 yili Uralsk shahrida, 1872 yili Verna shahrida 1876-1880 yillari Petropavlosk Semipalatinsk va boshqa shaharlardir. 1917 yillar arafasida Qozog‘iston territoriyasini 5,6 mln aholisiga 194 ambulatoriya va shifoxona tarmoqlari 1800 koyka va 45 dorixona va 144 vrach, 393 o‘rta tibbiyot xodimi va 148 farmatsevt to‘g‘ri kelgan.
«Dorixonalarni isloh qilish» haqidagi dekretga qo‘l qo‘yishdi va bu isloh 1919 yil oxirida tugatildi. 1922 yil 1 avgust Sog‘likni saqlash Komissariati qoshida «Dorixona boshqarmasi» tashkil qilindi. 1932 yil Toshkentda Farmatsevt fabrika tashkil etildi. Dastlab fabrikaga 10 ta dorixona biriktirilgan edi. Fabrika asosiy retsept bo‘yicha dori-darmonlar tayyorlab berar edi. Fabrikaga bor yo‘g‘i 13 dorixona biriktirilib, uni moddiy texnika bazasi juda qiyin holda edi. Shuning uchun fabrika 1938 yil yopildi. 1935 yilda RSFSR qoshida dorixonalar bosh boshqarmasi tashkil qilindi. Unga viloyat, o‘lka, shahar dorixonalari boshqarmalari bo‘ysunadi. Keyinroq esa, boshqa respublikalarda ham, respublika dorixona boshqarmalari tashkil etildi. Xuddi shuningdek 1938 yil dori-darmonlar ta’minotini yaxshilash maqsadida O‘zbekistonda ham O‘zbekiston Sog‘liqni Saqlash Komissariyati Qoshida Dorixonalar bosh boshqarmasi tashkil qilindi va unga 4 ta viloyat, Buxoro, Samarqand, Farg‘ona va Xorazm dorixona boshqarmalari va Qoraqalpog‘iston avtonom respublikasi boshqarmasi bo‘ysunardi. Shunday qilib endi dorixonalar sog‘liqni saqlash bo‘limlari tasarrufidan chiqarilib GAPU tasarrufiga o‘tkazildi.
Endi dorixona boshqarmalariga aholini dori-darmon bilan ta’minlashni yaxshilash, ular farmatsevt kadrlar bilan ta’minlash masalalari ko‘ndalang qo‘yildi. Dorixona boshqarmalari sog‘liqni saqlash bo‘limlari bilan uzviy aloqada ishlay boshladi. O‘tkazilgan tadbirlardan so‘ng dorixonalar boshqarma ixtiyoriga o‘tgandan so‘ng dorilar va boshqa tibbiyot mollari markazlashgan tartibda ta’minlash dorixonalariga tushumlarni yaxshiladi. Bu tushumlarni asosan dorixona sistemasini kengaytirishga sarflana boshlandi va natijada 1940 yili oxiriga kelib O‘zbekiston Respublikasining dorixonalari boshqarmasi qoshida 172 ta dorixona, shundan 111 tasi qishloq joylarda, 398 ta dorixona punkti, 20 ta dorixona magazinlari, 76 ta kioska, 5ta dorixona ombori, 6 ta NALlar va galenovo-qadoqlash laboratoriyalari mavjud edi. Birinchi nazorat analitik stol 1940 yilda tashkil etilgan bo‘lsada, 1941 yilda ularning soni 11 taga etdi. Usha davrda Respublika dorixonalarida tayyorlangan dorilar sifati nihoyatda sifatsiz bo‘lgan bo‘lsada, endi NAL ish boshlagan bo‘lib, dorilar sifati yaxshilanib bordi va unda NAL hissasi juda yuqori bo‘ldi.
Bir qator ijobiy ishlar bo‘lishi bilan bir qatorda bir dorixonaga to‘g‘ri keladigan aholi soni juda ko‘p edi. O‘sha davrda o‘rtacha sobiq Ittifoqda bir dorixonaga to‘g‘ri keladigan aholi soni 18 ming bo‘lsa Qozog‘istonda-22,5ming, Qirg‘izistoida-26 ming, O‘zbekistonda esa 39 mingga to‘g‘ri kelardi.
Dorixonalarning rivojlanishiga asosan farmatsevt kadrlarning yetishmasligi asosiy ko‘rsatkichlardan biri edi. Masalan: 1939 yilda Surxondaryo, Qashqadaryo va Xorazm viloyatlarida 1 ta ham farmatsevt kadrlar yo‘q edi, dorixonalarda asosan feldsherlar ishlar edi. Ayniqsa qishloq joylarga yerlik xalqga mutaxassislar juda zarur edi 1927-1940 yillari Respublika tibbiyot bilim yurtida 632 mutaxassis tayyorlab chiqardi, undan tashqari 1938-1940 yillar 112 farmatsevt, ya’ni o‘rta ma’lumotli mutaxassislar tayyorlandi. 1937 yil 16 iyulda Toshkent davlat tibbiyot instituti bazasida hozirgi Toshkent farmatsevtika instituti tashkil etildi va u 1941 yil iyun oyida 37 ta birinchi provizor kadrlarni chiqardi. 1941 yil Fashistlar Germaniyasini to‘satdan sobiq ittifoqga bostirib kirishi butun xalq xo‘jaligini front uchun zarur narsalarga qaratishga to‘g‘ri keldi.
Ulug‘ Vatan urushining dastlabki yilida O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Qozog‘iston
respublikalariga 250 dan ortiq sanoat korxonalari ko‘chib keltirildi, shular ichida
ko‘plab evakuatsiya qilingan gospitallar mavjud edi.
O‘zbekistonda urushgacha hech qanday kimyo-farmatsevtika sanoati yo‘q zudlik bilan iloji boricha mahalliy xom ashyolardan galeno-farm sanoati ishlab chiqarishi korxonalarni ishga tushirish zarur edi.
1941 yil 29 dekabr dezinfeksiya vositalarini ishlab chiqaruvchi zavod va 9 may 1942 yildan boshlab esa Toshkent kimyo-farmatsevtika zavodi ishga tushirildi va efir narkoz uchun kofein-benzoat natriy, fitin, glyukoza keyinroq esa barbaris, olcha ekstrakti ishlab chiqarila boshlandi.
Samarqand viloyatida esa, yod nastroykasi, yalpiz, valerianka, polin, evkalipti, nashatir anis tomchisi va tish tomchisi, kamfora, ixtiol va Vilkinson, sink, borli surtma dorilarni, kamfora moyini, spirtini, belennoye maslo, chumoli spirtini, Botkin poroshogini va boshqalarni ishlab chiqara boshlandi.
Qozog‘istonda esa, urushni birinchi oylarida 3 ta yangi Galenova-farmatsevtik laboratoriya kengaytirildi va ularni soni 8 taga yetdi. 1943 yilda esa, Galenova-farmatsevtik ishlab chiqarish korxonalarini soni 14 ta viloyat dorixona boshqarmalari qoshida tashkil etildi. Chimkentda esa, farmatsevtika zavodi, nikotin kislotasi, vismut nitrat asosini, darmip moyini, bog‘lov materiallarini chiqardi.
Qirg‘izistonning Frunze shahrida 1941 yil Galenova-farmatsevtika laboratoriyasi yana qo‘shimcha 3 ta sex ochib, unda Pankreatin, insulin, Pepsin, vitaminlar, natriy xlorid eritmasi, Strofantin ampulada, efir narkoz uchun, steptotsid va boshqa dori vositalarini chiqara boshladi. O‘rta Osiyoni Rossiyaga qo‘shib olingunga qadar Turkiston o‘lkasida shifoxonalar, dorixonalar bo‘lmagan. Bemorlarni davolash bilan tabiblar, baxshilar, shamanlar, eshonlar, mullalar, folbinlar va boshqalar shug‘ullanganlar. Bular orasida tabiblarning faoliyati e’tiborga loyiq. Tabiblar ayrim jarrohlik operatsiyalarini o‘tkazganlar, chipqon, rishta kasalliklarini davolaganlar, zuluk solganlar, to‘piqlarni, chiqqan va singan a’zolarni muvaffaqiyatli davolaganlar. Tabiblar atirgullar, yalpizlar, anis va ukroplarni suv bug‘i orqali haydab efir moylarini olganlar.
Dori vositalarini xaltachalarda, shisha idishlarda, qutichalarda saqlab, har bir idish ustiga fors va arab tillarida yozib qo‘yganlar.
Bozorlarda attorlar o‘z do‘konlarida har xil dori-darmonlar bilan savdo qilganlar, ular orasida o‘simliklardan, hayvonot olamidan olingan, minerallardan tayyorlangan dori vositalarini ham uchratish mumkin bo‘lgan. Attorlar zaharli va kuchli ta’sir etuvchi moddalar bilan ham, Yevropadan keltirilgan dori vositalari bilan ham savdo qilganlar.
R.Palm Turkiston xalq tabobatida ishlatiladigan va tabiblarning dorixona do‘konlarida sotiladigan 200 dan ortiq dori vositalarini yozib qkoldirgan. G.G. Dragendorf 240 dori vositalarini, N.V. Slonin — 120, V.I. Kushelezskiy — 140, B.A. Fedchenko esa — 35 dori vositalarini yozib qoldirgan. Bu dori vositalarining hammasi Turkiston xalq tabobatida keng qo‘llanilgan va Sharq xalqlari dorixonalarida savdoda bo‘lgan.
Qozog‘iston xalq tabobatida darmana o‘simligi gijja haydashda keng qo‘llanilgan, qimiz o‘pka kasalligini davolashda yaxshi natijalar bergan. O‘rta Osiyo xalqlari revmatizm, bepushtlik, o‘pka, teri va boshqa kasalliklarni davolashda maqsadli suvlardan keng foydalanganlar.
XIX asrning o‘rtalarida O‘rta Osiyo o‘zining boyliklari bilan Yev­ropa va Osiyo mamlakatlaring birinchi galda Buyuk Britaniya, Turkiya, Eron, Rossiya kabilarni qiziqtirar edi. Ammo rus chorizmi ulardan ilgariroq harakat qilib, U O‘rta Osiyo xonliklarini o‘zaro urushlaridan foydalanib, uni zabt qilib, o‘z mustamlakasiga aylantirdi. Shu davrda 1-o‘rta Osiyoyaing ko‘pchilik qismini Qo‘qon, Buxoro va Xorazm xonlklari egallagan edi.
1862-1885 yillar davomida rus harbiy kuchlari Qo‘qon, Buxoro va Xorazm xonliklarini zabt qildi: 1862 yili rus qo‘shinlari Qirg‘izistonning Pishpek va Tokmaq 1864 yili Qozog‘istonning Turkiston, Avliyoota (Jambul) va Chimkent, 1865 yili Toshkent, 1866 yili Xo‘jand, Or‘a-Tepa va Jizzax 1868 yili Samarqand va Kattaqo‘rg‘on, 1873 yili Xiva shaharlarini bosib oldilar. 1885 yili esa Turkmaniston yerlari bosib olindi. Shu bilan O‘rta Osiyoni Rossiyaga qo‘shib olinishi tugallandi [4, 5].
1867 yili bosib olingan Qo‘qon va Buxoro xonligi yerlarida Turkiston general-gubernatorligi tashkil qilindi. Turkiston o‘lkasi Rossiyaga qo‘shilgandan keyin Turkiston shaharlarida harbiy gospital va lazaretlar tashkil qilina boshlandi, ular harbiy qismlarga xizmat qilishi kerak edi. Harbiy shifokorlar mahalliy aholiga ham (pulga) tibbiy yordam ko‘rsata boshladilar.
1868 yil Toshkentda harbiy lazaret ochildi, 1870 yili u harbiy gospitalga aylantirildi va 415 o‘ringa ega edi. Keyinchalik harbiy lazaret va gospitallar Samarqand, Farg‘ona, Andijon, Namangan. Tokmaq, Pishpeq, Qorako‘l. Sergiepol, Norip va boshqa shaharlarda ochildi. Harbiy lazaretlar qoshida dorixona bo‘lib, ular mahalliy aholiga ham pulga dori sotar edilar.
O‘sha davrda mahalliy aholi orasida yuqumli kasalliklar: chechak, o‘lat, vabo, sil, zahm, bezgak, rishta, traxoma va boshqa kasalliklarning tarqalishi harbiy qismlarga ham xavf solar edi. Shu sababli Turkiston general-gubernatorligi o‘lkaning yirik shaharlari-Toshkent, Samarqand va boshqa shaharlarida kasalxonalarni tashkil qilishga malsbur bo‘ldi.
1868 yildan- boshlab har bir uezd-bo‘limda kasallarni qabul qiladigan xonalar ochildi. Kasallar qabulxonasida bir nafar shifokor va bir nafar doya ishlar edi. Undan tashqari dorixona punkti ham bor edi. Bu dorixona punktidan tayyor dorilar asosan pulga, o‘ta kambag‘allarga esa tekinga berilar edi. 1874 yilning may oyida Toshkent shahar hokimkyati tomonidan Shahar dorixonasi ochildi. Dorixonada kambag‘al mahalliy va rus aholisiga dori-darmonlar bepul berilar edi.
1880 yil 25 yanvarda Toshkentning ruslar yashaydigan qismida xususiy dorixona ochildi. Butun Turkiston o‘lkasida birinchi xususiy dorixona edi. 1901 yil Toshkentda provizor G.F. Kaplan xususiy dorixona ochadi. Bu dorixonaning filiali 1903 yil Toshkentning Eski shahar qismida ham ochildi.
1878 yil iyul oyida Samarqand shahar kasalxonasi qoshida dori­xona ochildi. Bu dorixona ham aholiga dori-darmonlarni pulga kam­bag‘al aholiga esa bepul berar edi. 1900 yilgacha Samarqand viloyatida bitta dorixona bo‘lgan. 1938 yildan boshlab dorixona punktlari tashkil qilindi. 1940 yilga kelib dorixonalar soni 172ga yetdi. 398 ta dorixona punktlari, 20 ta dorixona do‘konlari, 76 ta dorixona kioskalari, 5 ta omborxona, 6ta nazorat tahlil laboratoriyasi va 1 ta galeno qadoqlash laboratoriyasi mavjud edi. 1981 yilga kelib O‘zbekistonda 3150 ta oliy ma’lumotli va 2970 ta o‘rta ma’lumotli farmatsevtlar aholiga dori-darmon yordamini ko‘rsatganlar. 1994 yili 11 martda “O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligiga qarashli dorixonalarni davlat tassarufidan chiqarish va xususiylashtirish to‘g‘risidagi” O‘zR VMning 132 sonli qarori qabul qilindi. 1995 yilda O‘zbekistonda 2571 ta farmatsevt faoliyat olib borgan, 1996 yilda esa ularning soni 3980 dan oshib ketdi. 2002 yilga kelib farmatsevtik faoliyat bilan shug‘ullanish uchun 3945 ta yuridik shaxslarda litsenziya bo‘lgan. Korxonaning “Standartlashtirish bo‘yicha xalqaro tashkilot”- ISO 9001 standartlari sertifikatiga ega bo‘lishning ahamiyati katta. ISO 9001 sertifikati bu ishlab chiqarishni boshqarish sohasidagi ilg‘or dunyoviy bilimlar mujassamlangan xalqaro standartdir. ISO 9001 xalqaro standartlari talabiga javob beruvchi korxonaning sifat tizimini boshqarishni ishlab chiqish oson emas, lekin bu mahsulot va xizmatlar sifatini kafolatini, raqobatbardoshliligini ta’minlashning ishonarli yo‘llaridan biridir. Respublikada faoliyat ko‘rsatayotgan farmatsevtika korxonalarining quyidagi 9 tasi ISO 9001 xalqaro standarti sertifikatlariga ega.
-“Asklepiy-Svift” QK, “Sarbonteks” QK lari asosan tibbiy paxta, paxtali mahsulotlar hamda turli xildagi bog‘lov vositalari ishlab chiqarishga;
-“Uzbiofarm” OAJ zardob va vaksinalar ishlab chiqarishga;
-“Farm-Glass” QK, “Med-Glass” SHK shisha idishlar va ampulalar ishlab chiqishga.



Download 0,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   44   45   46   47   48   49   50   51   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish