2-qism Toshkent 2020 O‘zbekiston respublikasi sog‘liqni saqlash vazirligi tibbiy ta’limni rivojlantirish markazi toshkent farmatsevtika instituti


Shifoxona dorixonalarining xonalari



Download 0,82 Mb.
bet6/52
Sana04.04.2022
Hajmi0,82 Mb.
#528532
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   52
Bog'liq
FITQusl.qol.2-qism.10.02.2020

Shifoxona dorixonalarining xonalari
Shifoxona dorixonalarida quyidagi xonalar mavjud bo‘ladi:
1. Ishlab chiqarish xonalari-(kutish xonasi, retseptlarni qabul qilish xonasi, retseptura jo‘natish xonasi, assistentlar xonasi, darchali aseptika xonasi, in’eksiyali eritmalar rasmiylashtirish xonasi, idishlarni qayta yuvib sterillash xonasi, qadoqlash xonasi, farmatsevt analitik xonasi, tozalangan suv olish xonasi, mollarni ochish xonasi).
2. Saqlash uchun xonalar - (tayyor dorilar, quruq va suyuq dorilar, bog‘lov materiallari, xirurgik asboblar, vrachlik buyumlari, olovdan xavfli narsalar, dezinfeksiya vositalari, kislotalar xonasi, dorivor o‘simliklar, idishlar, yordamchi materiallar xonasi, muzlatuvchi kameralar xonasi).
3. Maishiy xo‘jalik xonalari – (ekspeditsiya xonasi).

Dorixonadagi xonalar qulaylik yaratish maqsadida yetarli darajada jihozlangan. Moddiy boyliklar xonasi, mudir xonasi, omborxona, avtoklav xonasi, yuvinish xonasi, qadoqlash xonasi, assistent xonasi, yuvish xonasi, steril xona bor. Moddiy boyliklar xonasida shkaflar, ilgichlar, stullar bor. Mudir xonasida stol, 5 ta stul, 2 ta tubochka, 1 ta hujjatlar uchun shkaf, 1 ta televizor, 2 ta telefon mavjud. Mudir ish vaqti davomida ishchilar bilan muloqotda bo‘lishi uchun hamma sharoitlar yaratilgan.


Avtoklav xonasi – bug‘ qozoni xonasi bu xonada 3 avtoklav, 1 bakteritsid lampa, havo almashtiradigan vaksinatsion uskuna, stol, dorilarni tashish uchun aravalar bor.
Idishlarni yuvish xonasi – dori vositalarining ishlatilgan idishlarini yuvish uchun mo‘ljallangan maxsus xona. Bu xonadan steril idishlarni yuvish uchun vanna, chayish uchun katta rakovina, quritgich shkafi, stol, gaz plitasi joylashtirilgan. Bundan tashqari ikki xil rakovina: 1) sirtga ishlatiladigan dori idishlarini; 2) ichishga ishlatiladigan dori yuvish uchun o‘rnatilgan. Har bir rakovina tepasida qo‘llarni to‘g‘ri yuvishni o‘rgatadigan qo‘llanma yopishtiriladi. Shuningdek yuvilgan toza idishlarni quritishdan oldin toza suv bilan chayish uchun distillyator ham o‘rnatilgan.
Qadoqlash va tayyor dorilarni tarqatish xonasi. Bu xona maxsus jihozlangan bo‘lib unda 2 ta katta shkaf, stol va stul joylashgan. Tayyor bo‘lgan dorilar shu yerdan hisoblanib talabnomalar asosida shifoxona bo‘limlariga tarqatiladi. Dorilar dorixonaning kirish eshigining maxsus darchasi orqali beriladi, chunki dorixonaga dorixona xodimlaridan tashqari begona kishilarga kirish man etiladi. Qadoqlash xonasida maxsus 2 ta xonacha mavjud bo‘lib bu xonada xodimlar ishchi kiyimlarini kiyadilar.
Xonalarda shkaflar bor. Shkafda toza ishchi kiyim, xalat, qalpoqchalar, baxillalar, dokali niqoblar saqlanadi.
Assistentlar xonasi. Assistentlar xonasi katta va yorug‘ bo‘lib, laboratoriya tekshiruvlarini o‘tkazish uchun sharoit yaratilgan. Assistent stoli ustida ikkita vertushka, shtativ, probirkalar, byuretkalar, turli hajmdagi pipetka va kolbalar, sklyankalar, refraktometr, tarozi va uning toshlari turadi.
Kimyogar stolida ximik-analitik shkafi bor.
Bundan tashqari xonada stullar va laboratoriya tekshiruvlarini o‘tkazish uchun kerak bo‘ladigan distillangan suv idishi bor. Bu idishga distillangan suv assistentlar xonasi yonida joylashgan distillyator xonasidan naychalar orqali kelib tushadi. Shuningdek assistentlar xonasida yorliqlar uchun qutichalar va ishlatilgan niqoblar uchun qutilar joylashgan. Distillyator xona yonida hojatxona bor.
Aseptik xona. Aseptik xona 3 qismga bo‘linadi: a)kiyinish xonasi(tambur); b)sterilizatsiya xonasi; v) steril(aseptik) blok. Ishchilar avval kiyinish xonasidan bakteritsid lampani 1-2 soatga yoqib qo‘yadilar, so‘ng uni kirishdan 15 daqiqa oldin o‘chirib xonaga kiradilar. Kiyinish xonasida bikslarda sterillangan xalat, qalpoqcha, baxillalar, niqoblar saqlanadi. Ishchilar ularni kiyib steril blokga kiradilar.
Steril blok va tambur orasi oyna orqali ajratilgan. Steril blokda sodir bo‘layotgan jarayonlar dorixona mudiri va boshqa ma’sul shaxslar tomonidan nazorat qilib turiladi. Bu xonadagi distillyator apparati orqali distillangan suv maxsus naylar yordamida steril blokka kelib tushadi. Steril blokda shisha idishlarga avtomatik ravishda to‘planadi. Shuningdek bu xonada 180˚C da ishlaydigan quritgich shkafi ham bor.
Steril xonaning jihozlanishi qulay bo‘lib, ishlash uchun sharoitlar yaratilgan. Masalan, kiyinish xonasida BLM-12 “Lidikor” (Budapesht bakteritsid lampasi, steril kiyimlar uchun shkaf bor steril blokida 6 ta stul, tarozi va uning toshlari, shkaf, shisha oynasi, meditsina shkafi joylashtirilgan.

Download 0,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish