2 soat Mashgʻulotni olib borish texnalogiyasi


Mavzuni oʻrganish boʻyicha texnologik xarita



Download 41,2 Kb.
bet2/2
Sana20.06.2022
Hajmi41,2 Kb.
#679618
1   2
Bog'liq
5-mavzu matni

Mavzuni oʻrganish boʻyicha texnologik xarita

Ish bosqichlari

Oʻqituvchi faoliyatining mazmuni

Tinglovchi faoliyatining mazmuni

1 – bosqich.
Mavzuga kirish
(20 min)

1.1. Oʻquv mashgʻuloti mavzusini, rejani va oʻquv faoliyati natijalarini aytadi
1.2. Baholash mezonlari (1-ilova)
1.3. Aqliy hujum usulida mavzu boʻyicha ma’lum boʻlgan tushunchalarni faollashtirish
1.4. Mavzuni jonlantirish uchun savollar beradi (2-ilova)

Tinglaydilar, Savollarga javob beradilar. Zarur ma’lumotlarni yozib boradilar.

2- bosqich.
Asosiy boʻlim
(50 min)

  • 2.1. Mavzu yuzasidan mini ma’ruza qiladi.

  • 2.2.Mashgʻulot rejasining ikkinchi savoliga tushunchalar aytiladi.

  • 2.3.Rejaning uchinchi savoli yuzasidan ma’lumotlar beriladi.

  • 2.4. Rejaning toʻrtinchi savoli yuzasidan ma’lumotlar beriladi.

  • 2.5. Rejaning beshinchi savoli yuzasidan ma’lumotlar beriladi.

2.6. Tinglovchilar ishtirokida ular yana bir bor takrorlanadi.

Tinglaydilar, Savollarga javob beradilar. Zarur ma’lumotlarni yozib boradilar. Mavzu haqida oʻz fikr-munosabatlarini bildiradilar.

3-bosqich.
Yakunlovchi
(10 min)

3.1. Mashgʻulot boʻyicha yakunlovchi xulosalar qiladi.
3.2. Mavzuni chuqurroq oʻzlashtirish uchun adabiyotlar roʻyxatini beradi.
3.3.Keyingi mavzuga tayyorlanib kelish uchun savollar beradi.

Tinglaydilar. Savollar beradilar.Tushunmagan narsalarini soʻraydilar. Berilgan topshiriqni daftarlariga yozib oladilar.

Boshlangʻich sinflarda texnologiya ta’limiga tayorlash dasturi bolalarni har tomonlama kamol toptirishga aqliy va jismoniy, ahloqiy va estetik, iqtisodiy va ekologik bilimlarini shakllantirishga va tarbiyalashga qaratilgan boʻlib oʻz oldiga qoʻydagi maqsadlarni qoʻyadi.
a) Bolarning mehnat tajribasini ularning kishilarning ishlab chiqarish faoliyati toʻgʻrisidagi bilimlarni kengaytirish, mehnatsevarlik, mehnatga va mehnat kishilariga munosib munosabat ruhida tarbiyalash;
b) Mehnat malakasi, mehnat madaniyati asoslarini, oʻz ishi va oʻrtoqlari ishini rejalashtirish va tashkil qilish malakalarini rivojlantirish.
Dasturda to‘rtta asosiy boʻlim bor.
1.Qogʻoz va karton bilan ishlash.
2.Turli materiallar bilan ishlash.
3. Gazlama (tikish va bichish) bilan ishlash.
4.Texnikaga modellash.
5. Qishloq xoʻjaligi mehnati.
Oʻz-oʻziga xizmat koʻrsatish bilimi oʻzlarining kiyim-kechaklariga va turar joylariga qarashni, nonushta, tushlik va kechki ovqat uchun dasturxon tuzashni oʻz ichiga oladi. Bu darslarni yil boshida o‘tkazish tavsiya etiladi, bundan maqsad oʻqituvchilarni va ota-onalarni yil davomida bolalarning olgan bilimlarini qanday qoʻllayotganliklarini va sinfda navbatchilik qilganda oʻz-oʻziga xizmat koʻrsatish, uyda ota-onalariga yordam berishlariga imkon berishdir.
Texnikaga oid mehnat bo‘limi mehnatning quydagi turlarini qogʻoz va karton bilan ishlash, mato bilan ishlash, turli materiallardan plastilin, tabiiy va neorganik materiallar samon, quritilgan barglar, patlar, chigʻonoq, loy,qum, sement,yogʻoch, yumshoq sim, tunuka va boshqa materiallar bilan ishlashni oʻz ichiga oladi.
Bolalarga buyumlarni yasash tartibi haqida, ya’ni yigʻish, ishlov berish toʻgʻrisida, ishlatib koʻrish xato va kamchiliklarni yoʻqotish haqida ish o‘rnini tashkil qilish va boshqalar toʻgʻrisida tasavvur hosil boʻladi. Bu elementlarning barchasi keyinchalik modellar va texnikaviy o‘yinchoqlar tayyorlashda qoʻllaniladi, umumlashtiriladi, bolalarning ijodiy fikrini oʻstiradi, Toʻplangan mehnat tajribasini tevarak-atrofdagi texnika bilan bogʻlashlariga yordam beradi.
Qishloq xoʻjaligi mehnati Bu darslarda oʻquvchilar sinfdagi jonli tabiat burchagi va maktab tajriba hovlisida oʻsimliklarni oʻstirishga, koʻpaytirishga va parvarishlashga oid ishlar bilan shugʻullanadilar.
Texnologiya ta’limi dasturir talablari quydagilarni oʻz ichiga oladi.

  1. Buyumlarni kundalik uchun zarurligi.

  2. Narsa-buyum yoki ishni bajarish jarayonida bolalarga berish mumkin boʻlgan dasturda koʻrsatilgan bilim va malakalarining mazmundorligi.

  3. Barcha oʻquvchilarni darsda band qilish imkoniyati.

Texnologiya ta’limining yangi dasturlari, metodlari va tashkiliy shakllari asosida ishlab chiqiladi. Mehnat dasturlarida mehnat madaniyatining malaka va koʻnikmalari aks ettirilgan boʻlib, unga qarab maktab oʻquvchisi, oʻqituvchisi va maktab faoliyatiga baho beriladi. Oʻqituvchi oʻquvchilarning u yoki bu xususiyatlarini, mehnat madaniyatining tarkibiy qismi birligini hisobga olganda dastur tuzib chiqadi.
Mehnat ta’lim yoʻnalishlaridan birinchisi bolada va oʻsmirda inson mehnati haqida va uning mehnatining mahsuli yaratilgan buyumlar toʻgʻrisida, ishlab chiqarish muhiti, materiallarni ishlab chiqarish texnologiyasi, moddiy ishlab chiqarish iqtisodiyoti haqida tasavvurlar hosil qilishga har tomondan yondashishni talab qiladi.
Texnologiya ta’limining yoʻnalishining ikkinchisi, oʻquvchilarda oilada va turmushdagi vazifalarni taqsimlash, ularni bajarish toʻgʻrisidagi tasvvurlarni shakllantirish.
Texnologiya ta’limining yoʻnalishining uchunchi esa hozirgi zamon oʻquvchisi tabiatga ekologik munosabatda boʻlishni shakllantirish, uni qishloq xoʻjaligi sohasidagi malaka va koʻnikmalari bilan qurollantirish kerak.
Texnologiya ta’limi jarayonida hosil qilingan bilimlar, malakalar va koʻnikmalar maqsadsiz emas, balki insonning asosiy qobiliyati – mehnatga boʻlgan qobiliyatini rivojlantirish vositasi hisoblanadi.
Texnologiya darsining maqsadishaxsning turmush tarziga, mehnat madaniyatiga qaratilgan barqaror yoʻl yoʻriqni qaror toptirish, ijodiy mehnat qilishga, amaliy, ahloqiy va ruhiy tayyorgarlikni amalga oshirish, oʻquvchilarni halq xoʻjaligidagi muvoffaqiyatli mehnat faoliyatida zarur boʻlgan ijodiy qobiliyatlarni, aqliy, jismoniy fazilatlarni rivojlantirishdir.
Texnologiya ta’limi oʻzining bosqichlarida bolalar, oʻsmirlar va yoshlarning yoshi, funksional imkoniyatlarining oʻziga xosligi, ruhiy rivojlanishi, ijtimoiy mavqiyega muvofiq ravishda koʻp tomonlama yoʻnalishga ega boʻlishi lozim. U qoʻydagilarni taqozo etadi.

  • Mehnatsevarlikni tarbiyalash, mehnat qilishga ehtiyojni, unga ongli, ijodiy munosabatda boʻlishni, uz maxoratini doimo takomillashtirishga intilishni shakllantirish;

  • Kasb faoliyati uchun ahamiyatli boʻlgan psixo-fizologik funksiyalarini, shaxsning kasb-korlik jihatidan muhim boʻlgan umumiy va shaxsiy qobiliyatlarini rivojlantirish;

  • Tanlangan faoliyat sohasiga kasbiy faoliyatni keng politexnik bilim doirasi va kasbiy harakatchanlik bilan birga qoʻshgan holda shakllantirish;

  • Bunyodkorlik faoliyati jarayonida haqiqiy mehnat munosabatlariga kirishi, jamoa mehnatiga ijtimoiy tajriba toʻplash;

  • Shaxsning barcha sohalarida madaniyatni tarbiyalash;

  • Zamonaviy iqtisodiy bilimlarni egallash, yangicha iqtisodiy tafakkurni, omilkorlikni shakllantirish, haqiqiy iqtisodiy faoliyatida ishtirok etish;

Mustaqillikni, tashabbuskorlikni tarbiyalash, muammoli vaziyatlarni ijodiy ravishda hal qilishga hozirlikni shakllantirish


Download 41,2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish