2-soat Reja: Yevropada uyg’onish davridagi tilshunoslik


Yevropada uyg‘onish davridagi tilshunoslik



Download 30,77 Kb.
bet2/9
Sana15.01.2022
Hajmi30,77 Kb.
#369331
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
14 ma'ruza

Yevropada uyg‘onish davridagi tilshunoslik
XV asrdan XVII asrning boshlarigacha bo‘lgan davr G‘arbiy Yevropada uyg‘onish (renessans) davri deb ataladi. Bu davrga kelib, arman, fors, o‘zbek, hungar, yapon, koreys, ispan, niderland, fransuz, ingliz, rus, ukrain, portugal, nemis, polyak, chex, auten, meksika tillari rivojlana boshlagan edi. XV-XVI asrlarda Yevropaliklar Shimoliy Amerika, Hindistondagi qator tillar, chunonchi, indoneziya, xitoy, arab, fors, turk, manchjur tillari bilan tanishdilar. Olingan ma‘lumotlar asosida fan olamiga ma‘lum bo‘lgan barcha tillarning kartotekalari tuzildi va tillar klassifikatsiya qilindi.

Bu davrda ham antik davr adabiyotlarini, lotin va grek tillarini o‘rganish davom ettirildi. Jyul sezar Skaliger ―Lotin tili asarlari haqida‖ (1540), R. Stefanus ―Lotin tili xazinasi‖(1553), G. Stefanus ―Grek tili xazinasi‖ asarlarini yaratdi. Ayni vaqtda semit tillari, Yevropa xalqlari tillari grammatikasiga oid asarlar yaratila boshlandi. Jumladan, Uollsning ―Ingliz tili grammatikasi (1653)‖, Eduard Rudolfning ―Rossiyskaya grammatika‖si (1696) dunyoga keldi, fransuz, italyan tillaridan lug‘atlar nashr qilindi. Fransuz gumanisti G.Kastelleusning ―Tillarning qarindoshligi haqida (1593)‖ nomli traktati yozildi. Yustus Skaliger (1540-1609) tillar tasnifi bilan shug‘ullanib, Yevropa tillarini 11 ta asosiy tilga ajratdi va ulardan 4 tasini ―Til onalari‖ (materi-yazbiki) deb atadi.

Qayd etilganidek, bu davrda tillarni o‘rganish asosida ko‘p tomli lug‘atlar dunyoga keldi. Jumladan, Pyotr Simon Pallasning 1786 -1791 yillarda Peterburgda chop etilgan ―Barcha tillar va shevalarning qiyosiy lug‘ati‖ 4 tilli lug‘atida Osiyo, Yevropa, Afrika, Amerikadagi 272 tilga oid ma‘lumotlar, ispaniyalik Lorenso Gervasning 1800 -1804- yillarda Madridda chop etilgan ―Ma‘lum xalqlar tillarining katalogi‖da 307 tilga oid, nemis olimlari I.K.Adelung va I.S. Faterlarning ―Mitridat yoki umumiy tilshunoslik‖ lug‘atida 500 tilga oid ma‘lumotlar keltirilganligini ko‘rsatib o‘tish mumkin. Demak, uyg‘onish davrida juda ko‘p jonli tillar - ispan, fransuz, venger, ingliz, polyak, chex, niderland tillarining normativ grammatikalari va lug‘atlar yuzaga keldi.

Biroq lotin tili grammatikasi umumiy grammatika sifatida tan olinib,

Yevropadagi jonli tillarning grammatikasiga tadbiq qilindi. Bu tilni o‘rganishni mantiqiy tafakkur qoidalarini bilishning asosi, barcha tillardagi grammatik kategoriyalarni esa umumiy mantiqiy kategoriyalarning namoyon bo‘lishi sifatida tushunish kuchaydi. Mantiqiy grammatika yaratish g‘oyasi asosida 1660 yilda Parij yaqinidagi Por-Royal monastirining rohib olimlari mantiqshunos Antuan Arno va fransuz tilshunosi Klod Lanslo tomonidan ―Umumiy ratsional grammatika‖ yaratildi. Por-Royal grammatikasi nomi bilan shuhrat qozongan, qadimgi yunon, yahudiy, lotin va fransuz tillari materiallari asosida yaratilgan ushbu asar o‘z oldiga barcha tillarga xos umumiy prinsiplar va farqlarning sabablarini aniqlash vazifasini qo‘yadi.

Por-Royal grammatikasi 2 qism: fonetika va grammatika qismlaridan iborat bo‘lib, 1- qismning 6 ta bobi tovush va harf, urg‘u va bo‘g‘in masalalariga, oxirgi bobi har qanday tipdagi tillarning o‘qitish metodiga (uslubiga) bag‘ishlangan. Kitobning 2qismi 24 ta bobdan iborat bo‘lib, shulardan 23ta bobi morfologiyaning savol va muammolariga hamda sintaksis yoki so‘zlarning tipologik tuzilishi - konstruksiyalari hamda o‘zaro birlashishi haqidadir. Ushbu grammatika ―Aql asoslariga qurilgan va aniq hamda tabiiy usulda bayon qilingan gapirish san‘atini asoslab beradigan umumiy grammatika‖, ya‘ni universal grammatika deb ataldi. 1675-yilda A.Arno va P.

Nikollarning ―Mantiq yoki fikrlash madaniyati‖ degan asari ham yaratildi.


Download 30,77 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish