20-ma’ruza. Shaharni rivojlashtirishda hududiy-fazoviy shakllar Shaharning tarhiy tarkibi



Download 0,52 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana02.06.2022
Hajmi0,52 Mb.
#630291
  1   2   3
Bog'liq
20 ma’ruza SHaharni rivojlashtirishda hududiy fazoviy shakllar



20-ma’ruza. SHaharni rivojlashtirishda hududiy-fazoviy shakllar 
 
Shaharning tarhiy tarkibi 
Yangi shaharlar yaratish, shakllangan shaharlarni qayta qurish va yangilash 
bo‘yicha turli shaharsozlik faoliyatining umumiy asosi bu - zamonaviy shaharning 
arxitekturaviy-rejaviy tarkibini shakllantirishdir. 
Umumiy tushuncha sifatida, shaharning arxitekturaviy-rejaviy tarkibi - uning 
hududida sanoat, turar-joy, jamoat markazi va dam olish hududlarini joylashtirish, ular 
orasidagi aloqa tizimini yaratish va har bir hududni tarkibiy tashkil etishni bildiradi. 
Bularning barchasi yaxlit holda shahar rejasining arxitekturaviy kompozitsiyasini 
tashkil etadi. 
Shaharning tarhiy tarkibini shakllantirishning muhim sharti avvalo asosiy 
funksional hududlar - aholi yashash va sanoat hududlariga bog‘liq holda uning 
kelajakda rivojlanishini hisobga olishdir. Agar shahar aholi joylari guruhli tizimining 
tashkil etuvchisi sifatida qaralsa, bu shaharning kelajakda rivojlanishini hisobga olish 
tumanni rejalashtirishdan boshlanadi. Shaharning asosiy hududlarini rivojlantirish 
qo‘shni shaharlar rivojlanishiga xalaqit bermaydigan va ular bilan hududiy qo‘shilib 
ketmaydigan yo‘nalishda amalga oshiriladi. 
Shaharning kengayishi uchun maxsus hududlar ajratiladi. Shaharni tashkil 
etuvchi asosning kengayishi taxminlari, bir kishiga turar-joy maydoni me’yorining 
o‘sishi, tabiiy-iqlimiy omillar ta’siri, shaharning iqtisodiy-geografik joylashishi, uning 
ma’muriy-madaniy va ilmiy ahamiyatidan kelib chiqib, ushbu hududlarning 
o‘lchamlari va shaharning umumiy rejaviy tuzilishidagi o‘rni aniqlanadi. Shaharning 
asosiy hududlari uchun kelajakda talablarning me’yorlari mavjud. Ular ming kishi 
hisobiga aniqlanadi. Shaharning asosiy qurilish massivi ichida barcha qurilish turlari 
uchun hudud 15-20 ga/ming kishi, yashash hududi uchun 10-12 ga/ming kishi hisobida 
ajratiladi. 
Amaliyotda shaharning asosiy hududlarining bir nechta o‘ziga xos hududiy- 
fazoviy rivojlanish tizimi shakllandi. Bular: sektorli, parallel, ikkita sanoat-yashash 
majmualari va aholi joylarining guruhli tizimidir. 


Mavjud shaharlarning kelajakda rivojlanish tizimi ko‘p jihatdan shaharning 
tarixiy shakllangan tarkibi bilan belgilanadi. Yangi shaharlarda hududiy-fazoviy 
rivojlanish tizimi yuqorida keltirilgan omillarni hisobga olgan holda shaharning bosh 
tarhini ishlab chiqishda ko‘rib chiqiladi. 
3.1-rasm. Shaharning asosiy qismlari hududiy-makoniy rivojlanish chizmasi:
a - sektorli; б - parallel;e - ikkita ishlab chiqarish aholi yashaydigan komplekslar bilan; г - aholi 
joylarining guruhli tizimida. 


Ko‘p funksiyali shaharlar
- ma’muriy-xo‘jalik, madaniy va iqtisodiy 
funksiyalarni o‘zida muvofiqlashtiruvchi, hamda rivojlangan sanoat va transportga ega. 
Bular - poytaxtlar, viloyat markazlari va boshqa yirik shaharlar (ularda yuqoridagi 
sanab o‘tilgan funksiyalarning har biri) shaharsozlik ahamiyatiga ega. Bu turdagi 
shaharlar muhim tuman tashkil etuvchi markazlardan bo‘lib, keng va xilma- xil 
aloqalarga, murakkab hudud tuzilishiga egadirlar. 
Tumanlararo ahamiyatli sanoat va transport funksiyalari
ustun bo‘lgan shaharlar. 
Bu turdagi shaharlarni sanoat, transport va sanoat-transport shaharlarga ajratish 
mumkin. 
Sanoat shaharlarining turlari xilma-xil. O‘zida turli sanoat tarmoqlarini 
birlashtirgan shaharlar keng tarqalgan bo‘lib, ular asosan rivojlangan sanoat 
tumanlarida paydo bo‘ladilar, tez rivojlanadilar va murakkab hududiy tarkibga 
3.2-rasm. Shaharning bosh tarhi sxemasi (yopiq kompozitsiya):
1 - turar-joy tumanlari; 2 - shahar markazi; 3 - og‘ir sanoat; 4 - yengil sanoat; 5 - sport markazi; 
6- sog‘liqni saqlash markazi; 7 - savdo markazi; 8 - stadion; 9 - shahar chegarasi. 


egadirlar. Ko‘pgina sanoat shaharlari tor sanoat ixtisosligiga ega, masalan: 
metallurgiya sanoatining, mashinasozlik, kimyo sanoatlarining markaz shaharlari. 
Boshqa funksiyalar ustun bo„lgan shaharlar
- asosan mahalliy markazlar 
vazifasini bajaruvchi kichik shahar joylari. 
Kurort, ilmiy markaz, temir yo„l tugunlari 
vazifasini bajaruvchi shaharlar. 
Shaharning xalq xo‘jalik profili uning tarhiy tarkibiga, funksional qismlarning 
joylashuvi, shuningdek, sanoat va turar-joy tumanlariga, ularning orasidagi oraliqlarga, 
transport aloqalari xarakteriga va boshqalarga katta ta’sir ko‘rsatadi. 
Shaharlar qancha katta va ularning aholisi qancha ko‘p bo‘lsa, ular egallagan 
hudud shuncha katta bo‘ladi, tarhiy tarkibi shuncha murakkab bo‘ladi, tarhning 
xarakteri o‘zgaradi va boshqalar. 
Eng yirik shaharlarda murakkab funksional va tarhiy tarkib shunday 
shaharsozlik holatini keltirib chiqaradiki, unda erkin hududlarda yangi qurilishidan 
tortib, to shaharning eski qismini rekonstruksiya qilish va qayta qurishgacha, yer osti 
makonlarini o‘zlashtirishdan, jamoat markazini shakllanishigacha bo‘lgan masalalarni 
hal etish lozim bo‘ladi. 

Download 0,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish