217- guruh talabasi Rahimov Ilhom



Download 17 Kb.
Sana03.02.2022
Hajmi17 Kb.
#426830
Bog'liq
Документ Microsoft Office Word


217- guruh talabasi Rahimov Ilhom
Oskar Uayldning ‘’Dorian Greyning portreti’’asariga yozgan taqrizi.
Asar janri roman hisoblanib,bu asar muallifning shu janrdagi yagona asari hisoblanadi.Asarning yozilishiga sabab muallif bir inson bilan bahs natijasida(bahs shunday boʻlgan ediki,osha inson Oskarga roman janridagi asar yoza olmasligini aytadi ) shu janrdagi asarni yozishga qoʻl uradi va uch hafta davomida yozib tugatadi.Va yana bir bora muallif mazkur janrda ham oʻzining betakror isteʼdodini namoyon etadi.Asar Ozod Sharafiddinov tomonidan maromiga yetkazib tarjima etilgan.Asarni oʻqigan kitobxon uchun bosh qahramon-Dorian Grey haqida 2 xil xulosa kelib chiqishi mumkin:kimdir uni adolatli jazoga tortilgan, vasvasaga berilgan gunohkor deb bilsa,boshqa kitobxon butun borligʻini,qalbini,ruxini abadiy yoshlik uchun qurbon qilgan takabbur,ayni paytda nochor va zaif qahramon sifatida xulosaga keladi.Asar Bezil Xolluord nomli rassomning Dorian Greyni portretini chizish sahnasi va Aqlli,hayotni koʻrgan , faylasufona soʻz soʻzlaydigan , oʻzining hayotiy nazariyalari bilan Dorian Grey hayotida muhim ahamiyat kasb etgan Lord Genri bilan suhbati bilan boshlanadi.
Asar bosh qahramoni shu darajada chiroyli tasvirlanadi.
Dorian obrazini mutolaa boshlanganda ijobiy qahramon deb oʻylagandim.Lekin har bir koʻringan narsa asl holidagidek boʻlavermaydi.Go'zal narsaning ortida hamisha biron bir fojia yashirinib yotadi.Dorian oʻzini oʻylaydigan,uning uchun ayol qadri, tuygʻulari hech nima?U uchun mashhurlik muhim.Teatrda rol ijro etadigan Sibila ismli qizning his-tuygʻularini poymol etadi.U oxirgi ijro etgan rolini yaxshi oʻynamagani uchun unga "asl yuzini "koʻrsatadi.Aslida u qizni emas,u ijro etgan qahramonlarni sevadi.Qizdan kelajakda mashhurlik uchun foydalanishni niyat qiladi.Bechara qiz buning uchun oʻz qadr -qiymatni chetga surib oyogʻiga yiqilib uzr soʻraydi.Bizning bosh qahramon u qizga qaramay kinoyali soʻzlar, maʼnosiz kulgular bilan yerda uzr soʻrab yotgan qizga parvo ham qilmay,ortiga qaramay ketadi . Sibilaga akasi ogohlantirish berdi,bu yoʻldan qaytarishga urindi,lekin bir umrlik yaqinining gaplariga quloq solmaydi va natijada haqiqat yuzaga chiqqach , oʻz joniga qasd etadi. Hali hayotga endi qadam qoʻyayotgan, endigina koʻkarayotgan nihol hayotning shafqatsiz bo'roniga chidashga ojizlik qiladi.
Ijodkor xalqi juda mehribon, samimiy, goʻzallik sevuvchi, koʻnglida g'ubori yoʻq vakillardan iborat boʻladi. Shu jumladan Bezil Xolluord ham shunday . Sibila o'lganida Doriandan hol-ahvol soʻrashga boradi.Lekin Dorian uyda bo'lmaydi.Bazmga borgan boʻladi.Keyingi kun yana kelgan Bezil undan ahvolini soʻraydi.Kecha uyda yoʻqligini,hoynahoy Sibila uyiga borib onasiga hamdardlik bildirgani borganini aytadi . Yoʻq, Dorian hatto bu narsani xayoliga keltirmagandiku.Hali sevgilisi qabrga qoʻyilmasdan,tanasi sovumasdan bazmga boradi.
Bezil Xolluord U Dorianni yoqtiradi.Unga o'z portretini chizadi.O'sha paytda Dorian rasmni koʻrgach hech qachon qarimaslikni niyat etadi va bu niyat amalga oshib uning oʻrnida shu portret qarib boshlaydi.Dorian har bir qilmishi portret yuzida qora dogʻ boʻlib tushaveradi.Asar yakunida baridan charchagan "goʻzal shahzoda" portretiga pichoq urib oʻzini oʻldiradi.Bu portret aslida Dorian qalbining aksi edi.Qora dogʻlar esa uning qora ishlari, yomonliklari edi.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki ,insonda tengsiz goʻzallik boʻlsayu, dunyoni sotib olishga yetadigan mulki boʻlsayu ,lekin qalbi goʻzal boʻlmasa bulardan foyda yoq. Shunday ekan inson qalbi go`zal bo`lmasa bu hayotda yashashdan ma`no yoq.
Download 17 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish