23-Mavzu Asalarilarning ko‘payishi va rivojlanishi. Ona asalari tuxumdonida tuxumning etilishi


-rasm. Ona asalarilar tuxum qo‘yish jarayonlarini kuzatib borish ishlari



Download 1,39 Mb.
bet3/10
Sana14.07.2022
Hajmi1,39 Mb.
#797959
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
23-Mavzu.Asalarilarning ko'payishi va rivojlanishi

33-rasm. Ona asalarilar tuxum qo‘yish jarayonlarini kuzatib borish ishlari.
O‘zbekiston iqlim sharoitida ona asalari, yanvar oyining oxiridan boshlab tuxum qo‘yishni boshlaydi, bu davrda ona asalari bir kunda 60-70 tagacha tuxum qo‘yadi. Shundan so‘ng bahorning boshlanishi bilan tuxum qo‘yadi ancha avj oladi va bir kunda 600-1000 tagacha va yana ham ko‘proq, bir kunda 1500-1900 tagcha xatto 2000 tadan ham ko‘proq tuxum qo‘ya boshlaydi. Xususan bu ko‘rsatgich boshqa zot bilan chatishtirilgan duragaylarda, yaqqol ko‘zga namoyon bo‘ladi. Ya’ni bitta zot ona asalari boshqa zot erkak asalari bilan chatishtirilganda, ularning tuxumlaridan yetishtirilgan ona asalari bir kunda birinchi yilda 2800-2900 tagacha tuxum qo‘ygan, xatto ayrim oilalarda bu ko‘rsatgich 3091 tagacha etganligi aniqlangan.
Ona asalarilar bunday mahsuldorligi, uning jinsiy a’zolari yaxshi rivojlanganligiga va organizmidagi modda almashinuvi jarayonining kuchli borishiga bog‘liq. Ona asalarini oziqlanish sharoiti yaxshi bo‘lishi, bu tuxum qo‘yish jarayonining tezlashishiga yordam beradi, ona asalari tuxum qo‘yish davriga kirgan vaqtda enaga ishchi asalarilar uni yonida bo‘lib, xartumchalari yordamida maxsus ozuqa-sut sharbati bilan oziqlantirib turadi.
Bu sharbat ishchi asalarilar so‘lak bezlaridan ishlab chiqariladigan mahsulotdir. Sut sharbati juda to‘yimli va tez hazm bo‘ladi. Ona asalarilar sermahsul bo‘lishining muhim omillaridan yana biri, ularning jinsiy a’zolari tuzilish xususiyatidir. Uning tuxumdonida ko‘p miqdorda tuxum naychalarini hosil bo‘lishi natijasida ko‘p tuxum yetishib chiqadi.
Odatda ona asalari ko‘ch ajratishda, ya’ni yangi asalari shoxobchalari tashkil yetish paytida, yangi uyaga o‘tish vaqtida ko‘pincha tuxum qo‘yishni qisqartiradi. Shuningdek, o‘simliklarda gulchangi, shira va uyada asal tamom bo‘lganida, asalarilar tuxum qo‘yishni to‘xtatadi. Mavsumda bir kunda bitta ona asalari 150-200 mingta tuxum qo‘yishi mumkin. Bu jarayon normal borishi uchun tabiatda gulshirasi va uyada yetarli miqdorda asal va gulchangi bo‘lishi kerak. Aks holda ona asalarilar tuxum qo‘yish qobiliyati pasayadi yoki butunlay to‘xtab qoladi.
O‘zbekiston sharoitida yozning oxiri-sentyabr oyida va oktyabrning birinchi yarmida tabiatda gulshira kamaygan vaqt hisoblanadi. Bu vaqtda ona asalari tuxum qo‘yishni ancha kamaytiradi. Ammo gulchangi va shira ko‘p bo‘ladigan joylarda, asalari oilasida tuxum qo‘yish davom etaveradi. Asalarilarning bu biologik xususiyati asalarichilik texnologiyasida katta ahamiyatgan ega.
Shunday qilib, asalari oilasining mahsuldorligi oiladagi ona asalarilar sifatiga hamda tuxumdondagi tuxum naychalari soniga ham bog‘liq.
Ona asalari ikkinchi yilda sermahsul bo‘ladi, uchinchi yilda uning mahsuldorligi ancha pasayadi, to‘rtinchi yilda esa tuxum qo‘yishi kamayadi. Shuning uchun ona asalarini ikki yildan o‘tkazmasdan almashtirishga harakat qilish lozim.
Shuning uchun aksari asalarichilar ikki yoshdan katta bo‘lgan ona asalarilarni oilada saqlamaydilar. Faqat asal yig‘ishda va yangi mum pardali romlar to‘qishda, yuqori ko‘rsatgichlarga ega bo‘lgan, beozor, yangi asalari shoxobchalariga bo‘linib ketmaydigan oilalarni qoldirish mumkin. Odatda bunday ona asalaridan sifatli, zotli, yangi asalari oilalari yetishtirishda foydalanadilar. Eski ona asalarilar urug‘donida sperma zaxirasi tugab qolganligi uchun, uning urug‘lanmagan tuxumlaridan faqatgina erkak asalarilar rivojlanadi.
Asalari oilasida tuxum qo‘yish jarayoni jadal borishi uchun asalari romlaridagi inchalar toza va sifatli bo‘lishi kerak. Aks holda yomon romlarda ona asalari tuxum qo‘ymaydi. Oilada zarur haroratni (360) ham, katta yoshdagi asalarilarning o‘zi ta’minlaydi. Harorat pasayib ketsa, asalari qurtchalari rivojlanishi butunlay to‘xtab qolishi mumkin.
Ona asalarini tuxum hajmi yilning mavsumlariga qarab ham o‘zgarib turadi. Xususan erta bahorda tuxum qo‘yish hali oz bo‘lgan davrda, tuxumning uzunligi o‘rtacha 1,61 mm va kengligi 0,33 mm bo‘ladi. Yoz faslida tuxum qo‘yish eng qizg‘in pallada, bo‘lganida uning uzunligi o‘rtacha 1,43 va kengligi 0,32 mm va kuz faslida esa yana uning uzunligi ortib boradi, ya’ni uzunligi 1,53 mm va kengligi esa 0,31 mm gacha xatto ayrim oilalarda bahor va kuzda, uning uzunligi 1,77-1,85 mm gacha bo‘lishi kuzatilgan.
Tuxumni katta hajmda bo‘lishi, uning ichidagi embrionni katta bo‘lishiga olib keladi, bunday holda yirik hajmli asalari qurtchalari bunyod bo‘ladi.
Asalarichilikda bir xil sharoitda yashayotgan ona asalarilar tuxum qo‘yish qobiliyati, ularning irsiy xususiyatlariga bog‘liqdir. Irsiy belgilari yaxshi bo‘lgan ona asalarilar, irsiyati yomon asalarilarga qaraganda ko‘proq tuxum qo‘yadilar. Tajribalarda tekshirilgan sermahsul ona va erkak asalarilarni tanlash asalarichilikda yaxshi nasl olish uchun katta ahamiyatga ega. Asalarilar sifati, ular naslidan olingan ko‘pgina ko‘rsatgichlar natijasiga qarab belgilanadi.

Download 1,39 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish