24-Laboratoriya mashg’uloti



Download 1,1 Mb.
bet1/3
Sana21.05.2023
Hajmi1,1 Mb.
#942053
  1   2   3
Bog'liq
24- Laboratoriya mashg\'uloti


24-Laboratoriya mashg’uloti. Uzunchoq miya, o’rta miya va miyacha reflekslarini odamda kuzatish.


Ishdan maqsad: Markaziy nerv tizimining anatomik va gistologik tuzilishini o‘rganish
Kerakli jihozlar: Bosh miya mulyaji, bosh miya yarim sharlari rasmi (jadval-sur’at), tarqatma materiallar, mulyajlar, mikroskop, preparat.
Nazariy tushuncha: Markaziy nerv tizimi(MAT)ning tarkibiy tuzilishi va alohida asab hosilalari funksiyasini o‘ziga xos bo‘lgan xususiyatlarini hamda ularning o‘zaro hamkorlik qonuniyatlari ko‘rib chiqiladi. MATni bo‘limlarga bo‘lish, o‘qitish va o‘rganish maqsadlari uchun qulay bo‘lib, funksional nuqtai nazardan ancha shartlidir, chunki MAT yagona va mukammal mexanizm sifatida faoliyat ko‘rsatadi.
Orqa miya ikkita simmetrik yarimdan iborat, ular bir-biridan old tomonda chuqur ventral o‘rta yoriq bilan, orqa tomondan esa biriktiruvchi to‘qimali dorsal o‘rta to‘siq bilan chegaralangan. A’zoning chekka qismida oq modda, o‘rtasida kapalak shaklidagi kulrang modda ko‘rinadi.
Kulrang moddada tor dorsal (orqa) shox va nisbatan keng ventral (oldingi) shoxlar farqlanadi. Ularning orasida kulrang moddaning oraliq sohasi joylashgan va uning lateral qismda lateral shox mavjud. Ventral shoxda orqa miyaning eng yirik neyronlari joylashgan. Ular lateral va medial guruhlarga bo‘lingan harakatlantiruvchi yadrolarni hosil qiladi. Oraliq sohada medial oraliq yadro va lateral oraliq yadrolar farqlanadi. Dorzal shoxning medial qismida ko‘krak yadrolari ko‘rinadi. markazida esa dorsal shoxning xususiy yadrosi joylashgan. Kulrang moddaning o‘ng va chap yarimlari tutashgan bo‘lib, uning markazidan orqa miyaning nayi o‘tadi va u ependima hujayralari bilan qoplangan. Oq moddada ventral, lateral va dorsal ustunlarini topish mumkin. Oq moddaning miyelinli tolalarini katta o‘lchamda ko‘rganimizda o‘q silindr och rangda, miyelin parda esa to‘q qora rangda ko‘rinadi.
Kulrang moddani asosiy massasi a’zoning yuzasida uning po‘stlog‘ini hosil qilib joylashadi. Katta yarim sharlar po‘stlog‘idan farqli ravishda miyacha po‘stlog‘ining egatchalari juda tarmoqlangan. Oq modda egatlarning ichida yotadi. Miyacha po‘stlog‘ining 3 ta qavati farqlanadi: tashqi – molekulyar, o‘rta – noqsimon hujayralar (ganglioz), ichki –donador qavat. Noqsimon neyronlar qavati nisbatan yaxshi ko‘rinadi. Chunki bu erdagi hujayralar juda yirik (Purkine hujayralari). Ularning tanasidan bir nechta dendritlar daraxt ko‘rinishda molekulyar qavatda tarmoqlar beradi. Molekulyar qavatning 1/3 pastki qismida, Purkine hujayralari dendritlarining shoxlangan joyida mayda hujayralar – savatsimon neyronlar yotadi. Ularning uzun tarmoqlangan dendritlari va neyriti noqsimon hujayralar tanasi ustida parallel yuza bo‘ylab yo‘naladi. Aksonning kollaterallari Purkine hujayralari tanasi bo‘ylab pastga tushadi va ularda tolalarning chigali – «savatni» hosil qiladi. Savatsimon hujayralarning tepasida molekulyar qavatning yulduzsimon neyronlari yotadi. Noksimon hujayralar qavatining ichki tomonida donador qavat joylashadi. Bu qavat asosan yulduzsimon hujayralarga va donacha – hujayralarga boy. Bu hujayralar kichiq o‘lchamda va preparatda ularning faqat yadrolari ko‘rinadi.
Yumshoq miya pardasi va undagi qon tomirlardan iborat bo‘lgan ikkita egat orasidagi pushtani tanlab o‘rganish qulayroq. Pushtaning har ikki tomonida po‘stloq yuzalari ko‘rinadi. Po‘stloqning eng tashqi qavat molekulyar hujayralardan iborat bo‘lib, ular och rangda ko‘rinadi. Keyingi qavat tashqi donador qavat mayda yumaloq, burchakli va piramidasimon shakldagi 10 mkm kattaligidagi neyronlardan iborat. Keyingi qavat ancha keng tashqi piramidasimon qavat hisoblanadi. Uning ostida esa mayda yulduzsimon hujayralardan tashqil topgan ichki donador qavat joylashadi. Keyingi 2.5-qavat ichki piramidasimon neyronlar qavati bo‘lib, 120 mkm kattaligidagi gigant piramidasimon hujayralardan iborat bo‘ladi. 2.6-qavat polimorf deyiladi va turli shakldagi neyronlar saqlaydi. Po‘stloq ostida oq modda ko‘rinadi. Ular asosan miyelinli tolalardan tashqil topgan. Oq va kulrang modda tarkibida gliotsitlarni ko‘rish mumkin. Ularni biz yadrolaridan aniqlaymiz. Markaziy kanal darajasida gorizontaliga kesilgan. Qizil rang bilan hujayralarni, qora rangda – tolalarni hosil bo‘lishi tasvirlangan. To‘rt tepalikning yuqorgi bo‘rtig‘i darajasida gorizontaliga kesilgan. Qizil rang bilan hujayra, qora rang bilan tolalar tasvirlangan.

Download 1,1 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish