29-mavzu. Payvand konstruksiyalari tasnifi


-mavzu. Payvand konstruksiyalari tasnifi



Download 0,8 Mb.
bet4/19
Sana11.01.2022
Hajmi0,8 Mb.
#345436
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19
29-mavzu. Payvand konstruksiyalari tasnifi.

Reja:


1. Payvand konstruksiyalari tasnifi

2. Payvand konstruksiyalarni ishlab chiqarish texnologiyasi

3. Tayyorlash ishlab chiqarish texnologiyasi

Payvand konstruksiyalari tasnifi

Payvand konstruksiyalarning har xil konstruktiv shakllarini yagona talab bo’yicha tasniflash qiyinchilik tug’diradi. Ularning maqsadli qo’llash bo’yicha (vagon, paroxod, aviatsiya va boshqalar bo'yicha), payvandlanayotgan elemetlarning qalinligiga nisbatan (yupqa devorli va qalin devorli), ashyo bo'yicha (po‘lat, aluminiy, titan va boshqalar), tanovar (zagotovka)lar olish usuli bo'yicha (tunukali, yon-tomonli, payvand-quyilgan, payvand-bo1galangan va payvand-shtamplangan) tasniflash mumkin. Namunaviy texnologik jarayonlarni tashkil etishni ishiatish kuchJanishi xususiyati va konstruktiv shakliga nisbatan olinsa maqsadga muvofiq bo’ladi. Bu qiymatlar bo‘yicha panjarali payvand konstruksiyalar, balkalar, qobiqlar, transport korpusi konstruksiyalari va mashina detallari va qurilmalari olinadi.



Panjarali konstruksiya — bu yon tomonli prokatlar yoki quvurlarning o‘zaklar tizimi. Bu konstruksiyalar shunday biriktiriladiki, bunda o'zaklar cho'zilish yoki siqilishga, ayrim hollarda bo‘ylama egilishga sinaladi. Bularga fermalar, machtalar, ustunlar, armaturali panjaralar va karkaslar kiradi.

Balkalar deb, asosan, ko‘ndalang egilishga ishlaydigan tavrli, qoshtavrli, qutili yoki boshqa xil kesimli konstruksiyalarga aytiladi. Ularga ko‘ndalang va bo‘ylama ko‘prik kranlarning balkalari, kran osti yo‘li balkalari, qurilish ustunlari va boshqalar kira­di. Qutili konstruksiyalar ikki turga boMinadi: ortiqcha bosimda (sig'imlar, idishlar va quvurlar) va o‘zgaruvchi kuchlanish va yuqori haroratda ishlovchi (sement o‘choq!arining aylanuvchi kor- puslari, quvur tegirmonlari va hokazolar).

Transport korpusli konstruksiyalar dinamik kuchlanishga ishlaydi. Ulardan minimal og‘irlikda yuqori qattiqlik talab etiladi. Ularga paroxodlar, uchuvchi apparatlar, vagonlar korpusi, avtomobil kuzovlari kiradi. Mashina detallari va qurilmalari o‘zgaruvchan tez takrorlanuvchi kuchlanishlarda ishlaydi. Payvandlashda ularning tavsifli talablari, bu aniq o‘lchamlarini olishdir. Bunday buyumlar, masalan: staninalar, vallar, tranzistorlar, membranali tugunlardir.
Payvand konstruksiyalarni ishlab chiqarish texnologiyasi

Ishlab chiqarish buyumini o‘zgartirish bocyicha sodir etilayot- gan ishlab chiqarish jarayonining bir qismi texnologik jarayon deyiladi. Bitta ish joyida bajarib bo’lingan texnologik jarayonning qismi texnologik operatsiya deyiladi. Bunda ishlab chiqarish unumdorligini aniqlash uchun mehnatni texnik me’yorlash va jihozlar yuklamasi hisoboti uchun asosiy hisob qiymati hisoblanadi. Tugatilgan operatsiyaning qismini ishlatiladigan asboblar doimiyligi bilan va ishlov beriladigan yuzalar yoki yig'ishda biriktirilishiga o‘tuvchi jarayon deyiladi.

Payvand konstruksiyani tayyorlashda texnologik jarayonni loyihalash uchun birlamchi ma’lumot bo’lib buyum chizmalari, texnik shartlar va ishlab chiqish dasturi rejasi hisoblanadi. Chizmalar va texnik shartlar tanovar ashyolari ular konfiguratsiyasi, o‘lchamlari, payvand birikma turlari, jihozlar va ashyolarga qo‘yiladigan talablar hamda texnologik va nazorat operatsiyalarini bajarish talabi va payvand birikmaning sifat ko‘rsatqichlari ma’lumotlarini tashkil etadi. Payvand birikmaning sifati talabi, kuchlanishga ishlatish va avariya holati vujudga kelishi nisbatini hisobga olgan holda sifat talabi qo‘yiladi. Bu talablar bo’yicha hamma pay­vand buyumlar shartli ravishda uch guruhga bo‘linadi.

Birinchi guruh - bu alohida о’tа ma’suliyatli bo’lib, bu konstruksiyalarning buzilishi oqibatida insonlar qurbon bo’lishlari ham mumkin. Bularga bosim ostida ishlaydigan idishlar, og‘ir va yuk ko’taruvchi mashinalar, transport qurilmalari va boshqalar kiradi.

Ikkinchi guruhga — ma’suliyatli buyumlar kiradi, bularning buzilishi katta moddiy yo‘qotishlarga olib keladi. Bularga, masalan, mahsulot ishlab chiqarish texnologik liniyalarida o'rnatilgan qurilmalar kira­di.

Uchinchi guruh " bu ma’suliyatsiz buyumlar.

Ishlab chiqarish dasturi ma’lum aniq muddat (oy, yil) mobaynida ishlab chiqarilishi kerak bo’lgan buyumlar soni haqidagi ma’lumotlar to'plamidan iboratdir. Bu ma’lumotlar jihozlar tan lash uchun, mexanizatsiya vositalari va lexnologik qurilrnalar tanlash uchun asos bolib xizmat qiladi.

Ishlab chiqarish dasturi hisobiga ko‘ra texnologik jarayonning iqtisodiy unumdorligi baholanadi. Texnologik jarayon har bir alohida operatsiyani eng mukammal bajarish shartlarini ta’minlashi lozim. Texnologik jarayon nafaqat maksimal ravishda qo’l mehnatini almashtirishi, balki butun ishlab chiqarishni hisobga olishi kerak. Kam seriyali va seriyali ishlab chiqarishda buyum va tanovarlarni keng o’lcham turlari diapozoni uchun mo’ljallangan qurilmalar va universal jihozlar ishlatilishi nazarda tutilishi kerak, Ko‘p seriyali va hajmli ishlab chiqarishda yanada murakabroq bo‘lgan avtomatik va rotor liniyalar tarkibidagi ixtisoslashtirilgan jihozlar ishlatiladi. Lekin ixtisoslashtirilgan jihozlar liniyalari qimmat va buyumni almashtirishda qayta tiklash imkoni bo’lmaydi. Shuning uchun qayta tiklanuvchi, moslanuvchi avtomatlashtirilgan ishlab chiqarish tizimlarini qollash foydaliroqdir. Ularni sanoat robotlari asosida ishlab chiqish mumkin. Sanoat robotlarining universalligi amaliy jihatdan inson bajarayotgan xohlagan operatsiyani avtomatlashtirish imkonini beradi, dasturlar almashish tezligi esa xuddi shunday inson xizmat ko‘rsatayotgan ishlab chiqarish moslashuvchanligini ta’minlash imkoniga ega.

Payvand konstruksiyani tayyorlash texnologik jarayoni ketma- ket bajariladigan asosiy tayyorlash, yig‘ish, payvandlash, nazorat qilish, pardozlash operatsiyalarini va qo‘shimcha transportirovka qilish, kantovka qilish va boshqa xil operatsiyalarni o‘z ichiga oladi. Shularga asosan texnologik ttzim bo‘yicha payvandlash ishlab chiqarish bo‘limlari tashkil etiladi.
Tayyorlash ishlab chiqarish texnologiyasi

Buyumni yig’ish va payvandlash sifati ko‘p jihatdan detallarni tayyorlash sifatiga bog'liq. Korxonaga keltirilgan metal 1 prokatlar turlariga qarab ajratiladi, masalan, qalinligi, kimyoviy tarkibi va mexanik xususiyatlariga qarab har biri alohida ajratiladi. Ishlab chiqarish, yuklashtishirish va saqlash davomida tunukalar va turli prokatlarning hosil bo‘lgan deformatsiyalanishi to‘g‘ri1anadi. Tog’irilash kop valikli tunuka to‘grilovchi yoki turli to’g’irilovchi mashinalarda sovuq holatda bajariladi. Qalin devorli o‘ta deformatsiyalangan metallni gaz gorelkasi yordamida lokal yuza qizdirish bilan to‘g’irlanadi. Metall yuzasini kirlardan, metall kuyindilaridan va zanglardan mexanizatsiyalashgan liniyalarda igna frezerli mexanizmlar va oksidlanishdan himoya qiluvchi tozalangan yuzalarga tuproq bilan qoplash uchun kameralar o‘rnatilgan. Haqiqiy o’lcham bo'yicha rnetallga detal konturini siljitib, qo‘l yordamida belgi qo‘yiladi. Belgilashda standart asboblar ishlatiladi - bu po‘lat ruletkalar, chizg'ichlar, burchakliklar, sirkullar, kernerlar va boshqalar hamda yupqa tunukali po‘latlardan yoki pleksigtas (organik oyna)dan tayyorlangan belgilovchi shablonlardir. Belgi chiziqlari bo’lt bilan, kerner bilan, grafit qalam bilan yoki temir qalam bilan chiziladi. Belgilashda detallami payvandlashdagi va mexanik ishlov berishdagi qisqarilish qiymatlari hisobga olinadi. Mexanik kesish gilotin qaychilarda va press-qaychilarda bajariladi. Tunukali detallarni egri chiziqli shakllarda qirqib olish uchun diskli qaychilardan foydalaniladi. Ko‘p diskli qaychilar parallel egri chiziqli yoki rulon metallni tasmalarga tushirish uchun qo’llaniladi. Ajratib kesishni diskli yoki mexanik qo‘l arralar bilan, dastgohlardagi ajra­tib kesish keskichlari bilan, abraziv aylanalar bilan amalga oshiriladi. Seriyali ishlab chiqarishda yuqori aniqlik bilan tanovarlarni olish uchun shtamplarda chopib kesish bilan bajariladi.

Termiк ajratib kesish tayyorlov operatsiyalarida keng qo’llaniladi. 75% hajmgacha tayyorlov operatsiyalarida shu usuldan foy­dalaniladi.

Qol yordamida listlarni kesish belgilash bo‘yicha bajariladi, avtomatik usulda esa metall nusxa ko‘chirish bo‘yicha, masshtab chizma nusxa ko'chirish bo'yicha yoki dasturli boshqaruv mashinalarda amalga oshiriladi. Ko‘p hollarda kislorod yordamida kesishni, ayniqsa, mashina kislorodli kesishni payvandlashga detallar uchlarini ajratish uchun rax tushirish bilan almashtiradi. Mexanik ishlov berishni qirralarni randalash yoki frezerlash dastgohlarida olib boriladi.

Silindrsimon yoki konussimon detallar shakllari uch yoki tort namatli juvalarda sovuq yoki issiq holatlarda tayyorlanadi. Agar egilish radiusi melall qalinligiga < 25 nisbatda bo’lsa, u holda tunukani egishdan oldin I 100 °C gacha qizdiriladi, bu nisbatlarning katta qiymatlarida egish sovuq holatda bajariladi. Yirik sharsimon rezervuarlar uchun «bargchalari»ni sferik qobiqlarning ishlov berilayotgan radiuslariga nisbatan o'qlar joylashuvi va namatlar shakli mavjud bo’lgan kop namatli mashinalarda amalga oshiriladi. Turli prokatli detallar (burchaklar, shveller, quvur, tavr va boshqalar)ni egish uchun rolik eguvchi va quvur eguvchi dastgohlar qo‘llaniladi. Biinday dastgohlar har bir shakl uchun almashtiruvchi eguvchi roliklar komplektlari bilan ta’minlangan. Profil tanovarlari tutashgani kabi, spiral va boshqa shakllar kabi egish mumkin. Detal qirralari gratlardan, metall kuyindilaridan, g'adirliklardan, zanglardan pnevmatik zubilo va abraziv yoki simli aylanalar bilan ishqalanish mashinalari yordamida tozalanadi.

Download 0,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   19




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish