3 − ma’ruza kimyo o‘qitish usullari va kimyo o‘qitish vositalari reja: Talabalarni kimyo o‘qitish usullari va vositalari bilan tanishtirish; 2



Download 131,43 Kb.
Pdf ko'rish
bet2/3
Sana27.06.2022
Hajmi131,43 Kb.
#708500
1   2   3
Bog'liq
3 − MA’RUZA

So‘zlab berish va leksiya
So‘zlab berish va leksiyada juda ko‘p umumiylik bor. Bu ikkala
usulda ham bilim beradigan asosiy manba o‘quvchidir. O‘qituvchi darsda
o‘quvchilarga fan asoslarini ochib beradi, o‘quvchilar esa o‘qituvchi
so‘zini tinglaydi holos.
So‘zlab berish va leksiya jarayonida o‘qituvchining vazifasi −
o‘quvchilarning fikrini imkoni boricha kuzatishdan iborat bo‘ladi. Bu
usullarning hamma “siri” o‘quvchilarni:
1. qanday qilib qiziqtirish;
2. bu qiziqishni qanday qilib oshirish;
3. bayon etiladigan materialini butun o‘qitish sistemasining qanday
qilib uzviy qismi qilish mumkinligidan iborat.
So‘zlab berish va leksiyaga o‘qituvchi yahshilab tayyorgarlik
ko‘radi − eng qiziqarli material tanlab olinadi, ko‘rgazmali qurollar,
jadvallar, sxema, ro‘znoma, oynoma, adabiyot, kinofil’m konkret
faktlarga asoslangan holda so‘zlashga tushadi.
Bayon etishga quyidagi talablar:
1. aniqlik − bayon etish muammosining o‘quvchilar oldiga aniq
qilib qo‘yish;
2. ochiq − oydin, jonli so‘zlab berish;
3. hilma − hil usullardan foydalanish tajriba ko‘rsatish, rasm,
sxemani tushuntirib berish;
4. doskaga reaksiya tenglamalarini yozish va hokazo.
Uzoq vaqt davomida so‘zlab berish o‘quvchini charchatib qo‘yadi,
u yangi materialni idrok etishi juda qiyin bo‘ladi. SHuning uchun uzoq
vaqt davomida o‘quvchilarning idrok etish qobiliyatini sekin − asta
o‘stiriladi.
Kimyo kursining boshida o‘qituvchi materialni qisqacha so‘zlab
berish bilan kifoyalanadi. Keyin esa so‘zlab berishini ancha
murakkablashtiradi. So‘zlab berish dars davomida to‘xtalib boshqa


usuldan foydalanishga imkon beradi: mustaqil ishlash, laboratoriya ishlari
va hokazo.
Ma’ruza esa dars davomida cho‘zilmaydi va 20−25 daqiqa
davomida o‘qiladi. Maktabdagi leksiya darsida o‘quvchilarning dars
o‘zlashtirishi tekshiriladi.
Suhbat
Suhbatning xususiyati shuki, yangi bilimlar olish jarayonida
o‘quvchilarni ham ma’lum darajada jalb qiladi. O‘quvchilarda tasavvurlar
zahirasi qancha ko‘p bo‘lsa, suhbat shuncha mazmunli, qiziq bo‘ladi.
Suhbat o‘tkazish so‘zlab berish va leksiyaga qaraganda qiyinroq
o‘tadi, chunki suhbatda butun sinf faol ishtirok etadi. Suhbat vaqtida
sinfni boshqarib borish − suhbatning muvaffaqiyatli chiqishi garovidir.
SHunda 2 prinsipga rioya qilish kerak.
1. Suhbatni butun sinf bilan o‘tkazish;
2. Suhbat davomida butun sinfni boshqarish.
Sinfni boshqarish − bu:

Butun sinfga savol bermoq;

Savolni o‘ylab ko‘rishga imkoniyat tug‘dirish;

Bitta o‘quvchi javob berganda, boshqalar diqqat bilan eshitmog‘i
lozim; zarur bo‘lganda javobni tuzatish va qo‘shimchalar kirgizish
uchun o‘tirgan o‘quvchilarni chaqirish;

Suhbat oldindan tayyorlangan rejaga asoslanib olib borilishi;
Suhbat o‘quvchilarning aktivlashtirishi, ularning fikrlash
qobiliyatini uyg‘otish kerak. SHuning uchun suhbat vaqtida kimyoviy
tajriba, sxema, jadval har xil ko‘rsatma vositalardan foydalanish kerak.
Suhbat vaqtida vaqt juda tez o‘tadi va o‘qituvchi o‘z vaqtini tejash
maqsadida suhbat o‘tkazish rejasini, beradigan savollarini oldindan
belgilashi kerak.
O‘qitish va tarbiyalash vositalari o‘quvchilarni o‘qitish, tarbiyalash
va rivojlantirish maqsadida foydalanadigan material ob’ektlarning
sistemasidir. O‘qitish vositalari uchta katta guruhga bo‘linadi −
1. O‘qituvchilar uchun qo‘llanmalar
2. Maktab kimyoviy kabinetining jihozlar
3. Kimyo darsliklari
O‘qituvchilar uchun qo‘llanmalarda kimyo o‘qitish jarayonida
tushunchalar hosil qilish mohiyati, tasavvur va tushunchalar hosil qilish
yo‘llari, tushunchalarni mantiqiy tahlil qilish va ularni hosil qilish
bosqichlari oydinlashtirib beriladi. Kimyo o‘qituvchilari uchun hamma
vaqt kerak bo‘ladigan qo‘llanma − har ikki oyda nashr etiladigan
“Ximiya v shkole”, “Xalq ta’limi”, «Pedagogik ta’lim» jurnallaridir.


Maktab kimyo kabineti − kimyo fanini effektiv o‘qitishga yordam
beradigan o‘quv jihozlari, asbob − reaktivlar bilan ta’minlangan maxsus
xonadir. Hamma o‘qitish vositalari kabi maktab kimyoviy kabineti
o‘quvchilarni o‘qitish, tarbiyalash va rivojlantirish maqsadlariga xizmat
qiladi.
Kimyoviy kabinetga bo‘lgan talablar:
1. Ilmiy − metodik: kimyoviy kabinet kimyo fanining mazmuni, didaktika,
psixologiya, tarbiyalash nazariya talablariga javob berishi kerak.
2. Ergonomik, gigienik va texnik xavfsizligini ta’minlashi kerak.
3. Texnik, texnologik va iqtisodiy. Ishlatiladigan asbob va jihozlar sodda,
arzon materiallardan bo‘lishi kerak.
4. Maxsus. Kimyo fanini o‘qitishda o‘ziga xos bo‘lgan vositalardan
foydalanish uchun maxsus o‘quv qurollari.
O‘quv jihozlarining sistemasi:
1.
Tabiiy ob’ektlar: reaktivlar, idishlar, asboblar, minerallar,
metallar to‘plami va boshq.
2.
Tabiiy ob’ektlarning tasviri: modellar, maketlar, ekran vositalari.
3.
Jadval va sxemalar.
4.
O‘qitishning texnik vositalari: kinofil’m, diafil’m, diapozitiv,
kodotransparant, audio − videoyozuvlari, o‘qitish programmalari,
kompyuterlar.
O‘qituvchi darsga tayyorgarlik ko‘rishda maxsus laborant xona
yordam beradi. Bu xona o‘qituvchi va laborantning ish joyi bo‘lib, u erga
o‘quvchilarni kirishi taqiqlangan. Laborant xonada tarqatuvchi reaktivlar,
o‘qituvchining kutubxonasi, kartoteka va o‘quvchilarning daftarlari turadi.
Bundan tashqari maxsus seyfda uchuvchan va zaharli moddalar saqlanadi.
Kimyo darsliklari ma’lum tartibda, kimyo fanini o‘zlashtirish
jarayonida materialning o‘quvchilarga sekin − asta qiyinlashib borishi
nazarda tutilib tuziladi. Darslikda mavzuning bayon etilishi o‘qitishning
faol usullaridan foydalanishga, o‘qituvchi rahbarligi ostida tarbiyalovchi
ta’lim jarayonini amalga oshirishga imkon beradi. Darslikning har qaysi
bobi oxirida berilgan, maxsus tanlab olingan mashq va masalalar ta’lim −
tarbiya jihatidan katta ahamiyatga ega.

Download 131,43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish