3-bosqich 304-guruh talabasi eshboltayeva maxsudaning



Download 1,04 Mb.
bet6/12
Sana23.07.2022
Hajmi1,04 Mb.
#844188
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
2 Eshboltayeva Maxsuda Yuzlik kontsentrida mustaqil ishlarni tashkil (2)

b) Masalani ikki usul bilan yeching, har bir yechimni tenglik koʻrinishida yozing, bu tenglikning chap qismi masala boʻyicha tuzilgan ifodadan iborat boʻlsin;
d) Masalani yeching va yechimni oldin amallar boʻyicha tushuntirishlar bilan yozing, soʻngra esa ifoda shaklida yozing;
e)Masalani yeching va yechimni reja boʻyicha amallar bilan yozing.
Ushbu masalani qaraymiz: “Tikuv ustaxonasi 300m jun gazlama oldi. Undan 100ta bir xil kostum tikish mumkin. 99m gazlamani ishlatishdi. Yana nechta kostum tikishlari kerak?”
Masalani tahlil qilishda savol qoʻyishni oʻylab koʻrib, oʻquvchilarni yechishning turli usullariga olib kelish mumkin. Mumkin boʻlgan variantlarni qaraymiz.
I variant. Bitta kostumga qancha gazlama ketishini topish uchun berilganlarning qaysi biridan foydalanish mumkin? (300:100=3m). shundan keyin qancha kostum tikkanlarini bilib boʻladimi? (Boʻladi. 99:3=33ta kostum). Masala savolini oʻqing. Unga javob bera olamizmi? ( Bera olamiz. 100-33=67ta kostum)
II variant. Masalani tahlil qilish bolalarga beriladigan ikkinchi savolning oʻzgarishi bilan bogʻliq: necha metr gazlama qolganini bila olasizmi? (Bila olamiz. 300-99=201m). masala savoliga javob berish uchun qanday muhokama yuritish kerak? (201:3=67ta kostum)
Masala: “Bir xil vaqtning oʻzida “Meteor” teploxodi 216 km, paraxod esa 72 km oʻtdi. Agar paraxodning tezligi soatiga 24 km boʻlsa, “Meteor”ning tezligi qanday?
Masalani tahlil qilishda yechish usulini tanlash savollar bilan qanday yoʻnaltirilishini koʻrsatamiz.

  1. Masalani birinchi usul bilan yechishda tahlil ushbu savollar boʻyicha oʻtkaziladi: teploxod bilan paraxod yoʻlda boʻlgan vaqt haqida nimani bilamiz?( Masalada teploxod bilan paraxod bir xil vaqt davomida yoʻlda boʻlishgani aytilgan. ) Vaqtni topish uchun qanday kattaliklarni bilish kerak.?(Tezlik va masofa) Masalada berilganlar boʻyicha nimani topa olamiz: paraxod vaqtinimi yoki teploxod vaqtinimi? ( Paraxod vaqtini topa olamiz, chunki u 72 km oʻtgan va uning tezligi soatiga 24 km.)shundan keyin masala savoliga javob bera olamizmi? (Ha bera olamiz. “Meteor”ning harakat vaqti oʻsha uch soatga teng, u oʻtgan masofa esa 216 km, demak, uning tezligini bilish mumkin.)

Masalaning ikkinchi usul bilan yechilishini qarashda suhbat ushbu savollar boʻyicha olib boriladi:Teploxod qanday masofani oʻtgan? (216 km) Paraxod qanday masofani oʻtgan?(72 km) Teploxod oʻtgan masofa Paraxod oʻtgan masofadan necha marta ortiqligini bilib boʻladimi? (216/72=3(marta).) Teploxod va Paraxod yoʻlda boʻlgan vaqt haqida nima ma’lum? (Paraxod va Teploxod yoʻlda bir hil vaqt boʻlishgan. Siz nima deysiz Teploxodning tezligi kattami yoki Paraxodning tezligimi? (Teploxodning tezligi katta, chunki Paraxod Teploxod yoʻlda bir hil vaqt boʻlgan, ammo undan koʻp masofa oʻtgan.) Teploxodning tezligini bilish uchun olingan natijadan foydalanish mumkinmi? (Ha, u paraxodning tezligidan 3 marta ortiq, 24*3=72 (soatiga km)).
Har xil usul bilan yechish rejasida qiziqarli boʻlgan yana bir masalani qarayniz.
Masala: “Ishchiga 10 soatda 30 ta detal tayyorlash topshirigʻi berilgan. Ammo ishchi, vaqt tejab, hasr 15 minutda bittadan detal tayyorlashning uddasidan chiqdi. Ishchi tejalgan vaqt hisobiga topshirilganidan nechta ortiq detal tayyorladi? Masalani yechishda 10 soatni minutlar bilan almashtiring?”
Oʻquvchilar 10 soatni minutlar bilan almashtirib, 600 minutga ega boʻlishadi, shundan keyin masalani tahlil qilishga kirishishadi.
Bu masalani tahlil qilishda oʻtkazish mumkin boʻlgan suhbatning har xil variantlarini koʻramiz.
I variant. Ishchi bitta detalni tayyorlash uchun qancha vaqt sarflagan?(15 min) U bitta detalni qancha vaqtda tayyorlashni rejalashtirganini bila olabizmi? Bu savolga javob berish uchun masaladagi berilganlarning qaysilaridan foydalanish mumkin? (30ta detalni tayyorlash uchun ishchi 600 minut rejalashtirgan, bitta detal uchun esa 600:30=20 minut). ishchi bitta detalni necha minutda tayyorladi? (15 minutda). Demak, ishchi katta ish unumi bilan ishlagan. Bitta detal tayyorlashda u qancha vaqtni tejadi? (20-15=5 minut) Ishchi qancha detal tayyorlashni rejalashtirgan edi? (30ta detal) U 30ta detaldan qancha vaqt tejadi? (5*30=150 minut). Masala savolini oʻqing.endi biz unga javob bera olamizmi? (Ishchi bitta detal uchun 15 minut sarflaganini va 150 minut tejaganini bilganimizdan keyin masalada qoʻyilgan savolga javob berish mumkin: 150:15=10ta detal) Javob: 10ta detal.
II variant. Ishchi qancha vaqt ishlagan? (600 minut) U bitta detalni tayyorlashga qancha vaqt sarflagan? (15 min). Shu ma’lumotlardan foydalanib, ishchi qancha detal tayyorlaganini bila olamizmi? (600:15=40ta detal) U nechta detal tayyorlashni rejalashtirgan edi? (30ta detal). Masalaning savoliga javob bera olamizmi?(40-30=10ta detal) Ishchi topshiriqdan ortiq 10ta detal tayyorlagan.
III variant. Ishchi bitta detalni tayyorlash uchun necha minut sarflagan? (15 minut) Ishchi oʻziga topshirilgan detallarni tayyorlash uchun qancha vaqt sarflaganini bila olamizmi? (15*30=450 minut) U qancha vaqtni tejagan? (600-450=150 minut) Endi tejalgan vaqt hisobiga qancha detal tayyorlanganini bilish mumkinmi? (150:15=10ta detal) U 10ta detal tayyorlagan.
IV variant. Ishchi bitta detalni tayyorlash uchun qancha vaqt sarflagan? (15 minut) U 1 soatda qancha detal tayyorlaganini bilish mumkinmi? (1 soat = 60 minut, 60:15=4ta detal) Ishchi necha soat ishlagan? (10 soat) Bu vaqt ichida u nechta detal tayyorlagan? (4*10=40ta detal) Endi masalaning savoliga javob topish mumkinmi? (40-30=10ta detal) Ishchi topshirilganidan ortiq 10ta detal tayyorlagan. Shunday qilib, masala tahliliga har xil yondashish uni yechishning har xil usullariga olib keladi:

1-usul: 2-usul:


1) 600:30=20 (minut) 1) 600:15=40 (detal)
2) 20-15=5 (minut) 2) 40-30=10 (detal)
3) 5*30=150 (minut)
4) 150:15=10 (detal)

3-usul: 4-usul:


1) 15*30=450 (minut) 1) 60:15=4 (detal)
2) 600-450=150 (minut) 2) 4*10=40 (detal)
3) 150:15=10 (detal) 3) 40-30=10 (detal)

Download 1,04 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish