3. Jismoniy tarbiyada pedagogik jarayonning natijalari jismoniy tarbiya darslarida olib boriladigan o‘quv



Download 27,53 Kb.
Sana31.12.2021
Hajmi27,53 Kb.
#255586
Bog'liq
oraliq nazorat fizra


Oraliq nazorat

Javoblar


1 Ta’lim muassalari o‘rta maktablar, kasb hunar kollejlar, oliy o‘quv yurtlarida yaratilgan sport inshootlari o‘quvchi talabalarni sog‘lom, barkamol va jismonan chiniqqan bo‘lib etishishlari bilan birga sport turlari bilan muntazam shug‘ullanishlariga keng imkoniyatlarga ochilmoqda. Jismoniy tarbiya darslarini etuk mutaxassislar tashkil etib, dars mashg‘ulotlarini yuqori saviyada tashkiletish uchun moddiy texnika bazasi bilan bir qatorda ta’limning uslubiy va nazariy asoslari makammal darajada takomillashtirib borilmoqda. Bolalar bilan sport saroylari, Bolalar va o‘smirlar sport maktablarida olib boriladiga sport mashg‘ulotlarini ham malakali sport murabbiylari trenerlar tashkil etib ular muntazam o‘z ustlarida ishlashib, nazariy va amali bilim tajribalarini takomillashtirib bormoqdalar. Horijiy mamlakatlarda malaka oshirishlar, horijiy mutaxassislarni seminar treninglar tashkil etish uchun taklif etish, oliy toifadagi hakamlik, bosh murabbiylik toifasi uchun o‘quv mashg‘ulotlari oli boriladi

2. I-IV sinf o’quvchilarining Jismoniy barkamolligini tarbiyalash maqsadida mavsumlarga qarab piyoda yurish sayohatlarini (sayrekskursiya) o’tkazish, poyga (kross) musobaqalarini ko’proq tashkil qilish, suvda suzishni o’rgatish, bo’sh vaqtlarda bolalarning erkin va 7 mustaqil ravishda o’zlari yoqtirgan o’yin-mashqlar bilan mazmunli, faol shug’ullanishlariga sharoit yaratish hamda ularni nazorat qilish, zarur bo’lganda amaliy ko’maklashish maqsadga muvofiqdir. Maktabgacha bolalar tarbiya muassasalari va barcha turdagi o’quv yurtlarida jismoniy tarbiya uzluksiz ta’limning tarkibiy qismi hisoblanadi. Ma’lumki, o’qitish jarayonlari umuta’lim davlat ta’lim standartlari asosida ishlab chiqilgan maxsus dasturlar asosida amalga oshiriladi. Umumiy o’rta ta’limning Davlat ta’lim standartlari talablari asosida 1999 yilda “Jismoniy tarbiya” dasturi ishlab chiqilib, undagi talab va mezonlar o`rganilgan.

3. Jismoniy tarbiyada pedagogik jarayonning natijalari jismoniy tarbiya darslarida olib boriladigan o‘quv-
tarbiyaviy ishlarning sifatiga boliq. Bunga xar bir dars zamiridagi qator vazifalarni xal etish bilan erishiladi.
Jismoniy tarbiya darslari taolim berish (o‘qitish), tarbiyalash va solomlashtirishdek jismoniy tarbiya jarayoni-
ning umumiy vazifalaridan kelib chiqib, xar bir dars uchun aniq «Tanishtirish», «O‘zlashtirish», «mustaxkamlash»,
«Tako-millashtirish»dek mazmunga ega bo‘lgan xususiy vazifalarni qo‘yish va uni xal qilishni nazarda tutadi.
Taolim berish vazifalari bolalarni jismoniy tarbiya dasturda tavsiya qilingan mashqlarni bajarishga, o‘rganilgan
mashqlarni mustaxkamlash va takomillashtirishga, shuningdek, malaka va ko‘nikmalarni rivojlantirishga xamda
o‘rganilgan mashqlarni turli sharoitda amaliyotda qo‘llashga o‘rgatishga yo‘naltiriladi. Taolim vazifalarini izchil
ravishda bajarish jismoniy tarbiya dasturidagi butun o‘quv materiallarini izchil va mustaxkam o‘rganishga olib keladi.
Taolimning ayrim vazifalarini xal etish uchun nisbatan uzoq vaqt yoki qator ketma-ket darslar zarur vazifalar
boshqa xillarini xal etish uchun esa bir darsning o‘zi kifoy qiladi. Masalan, arqonga maolum usulda tirmashib chiqish
va uni bajarishda xarakatlar ketma-ketligini bir darsning o‘zida texnik jixatdan mukammal o‘rganib olish mumkin emas. Bu umumiy vazifa, buni xal qilish uchun turkum darslar lozim. Qolaversa, shugullanuvchini xarakat koordinatsiyasi, jismoniy tayyorgarligi, o‘zlashtirish qobiliyati (qabul qilishi), o‘zlashti-rilayotgan xarakatga o‘xshash
xarakat zaxirasiga xam boliq.
Arqonni oyoqlari bilan ushlab tirmashib chiqishga bir darsda o‘rgatish mumkin. Bu kichik xususiy vazifa
bo‘lib, uni mazkur darsning aniq vazifalaridan biri sifatida xal qilinadi. Taolimning vazifalari, yuqoridagilardan
tashqari o‘quvchilarni jismoniy tarbiya va sport, soliqni saqlash, chiniqish, jismoniy mashqlarni to‘ri bajarish xaqidagi
nazariy bilimlarini oshirishlari bilan xam xal qilinadi. Jismoniy tarbiya darslarida faqat taolim-tarbiya emas, balki
insoniy fazilatlar – eotiborlilik, diqqatini boshqara olishi, intizomi, irodasi, saranjomliligi, maqsadga inti-lishi,
mustaqilligi va qiyinchildiklarni yengishdagi qatoiyyati va boshqalarni qo‘shib tarbiyalash talab qilinadi.
Solomlashtirish vazifalari xam tarbiya vazifalari kabi xar bir darsda xal etilishi lozim. Jismoniy tarbiya
darslarini to‘ri uyushtirish va o‘tkazish tegishli kiyim bosh bilan shuullanishni, mashulotlarning joylarida zaruriy
sanitariya-gigiena xolatini saqlash va rioya qilish, darslarni ochiq xavoda o‘tkazilishi, solomlashtirish vazifalarini xal
etish imkoniyatini yaratadi.

Jismoniy tarbiya darsini tashkillash


va o‘tkazishning usuliy asoslari

Jismoniy tarbiya darsining samarasi ko‘pincha o‘qituv-chining tuzgan rejasini xayotiyligi, shuullanuvchilar


faoliya-tini tashkillash uchun tanlagan usuliyati va uslublari mavjud jixozlar va sport anjomlaridan, texnik
vositalardan, sport inshoatlaridan effektli foydalana olish, temperatura, iqlim sharoiti, o‘quvchilarning tayyorgarlgi,
ularning yoshi, individual xususiyatlarini xisobga olib effektli foydalana olish bilan boliq.
Darsning uyushtirilishining teominlanishi quyidagi-larni:
1) tibbiy va gigiena sharoitini yaratish va unga rioya qilishni; 2) moddiy-texnik jixatdan taominlashni; 3) darsda
o‘quvchilar faoliyatini tashkillash usuliyatlarini to‘ri tanlash orqali qo‘yilgan vazifani effektli xal qilishni nazarda
tutadi.
Darsni o‘tkazishning tibbiy-gigienik sharoitini yaratish deganda jismoniy mashqlar bilan shuullanish
jarayonida yuzaga keladigan, solomlashtirish effektidan kelib chiqadigan bir butun kompleks tadbirlarni tushuniladi.

4. Respublikada oxirgi yillarda jismoniy tarbiya va sportni ommalashtirish, aholi o‘rtasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, imkoniyatlari cheklangan shaxslarning jismoniy reabilitatsiyasi uchun zarur shart-sharoitlar yaratish hamda mamlakatning xalqaro sport maydonlarida munosib ishtirok etishini ta’minlash borasida izchil chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Shu bilan birga, jismoniy tarbiya va sport sohasida aholi sog‘lig‘ini mustahkamlashga ko‘maklashadigan aniq dasturlarni amaliyotga joriy etish, yoshlarni sportga keng jalb qilish va ular orasidan iqtidorli sportchilarni saralab olish, sport turlari bo‘yicha yuqori natijalarni ta’minlaydigan mahoratli sportchilar bilan milliy terma jamoalarni shakllantirish va trenyerlar uchun qo‘shimcha shart-sharoitlar yaratish zarurati mavjud.

Mamlakatda yuksak madaniyatga ega bo‘lgan har tomonlama yetuk hamda jismonan sog‘lom insonni shakllantirish maqsadida, aholining jismoniy tarbiya va sport sohasida malaka va bilimlarini orttirishga qaratilgan ustuvor yo‘nalishlarni belgilash, iqtidorli sportchilarni tanlab olish (seleksiya) jarayoniga innovatsion shakllar va usullarni joriy etish maqsadida:

1. Quyidagilar jismoniy tarbiya va sport tizimini isloh qilishning 2025-yilgacha asosiy yo‘nalishlari etib belgilansin:

jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam shug‘ullanayotgan aholining umumiy sonini 30 foizgacha, sport tashkilot va muassasalarida shug‘ullanayotgan yoshlarning umumiy sonini 20 foizgacha oshirish;

davlat sport ta’limi muassasalarida trener va mutaxassislarning sifat tarkibi, xususan oliy ma’lumotli xodimlar sonini bosqichma-bosqich 80 foizgacha yetkazish;

joylarda yoshlar orasidan iqtidorli sportchilarni tanlab olish (seleksiya)ning samarali va shaffof to‘rt bosqichli – tashkilot-tuman (shahar)-hudud-respublika tizimini ishlab chiqish va joriy etish;

O‘zbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vazirligi tizimidagi sport maktablari o‘quvchi-sportchilari o‘rtasida “Bolalar sport o‘yinlari”ni o‘tkazish orqali iqtidorli sportchilarni aniqlash va yoshlar terma jamoalariga zaxira yaratish hamda oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida “Talabalar sport o‘yinlari”ni tashkil etish natijasida talabalarni sport bilan muntazam shug‘ullanishga jalb etish;

aholining keng qatlamlari, jumladan umumta’lim maktabi o‘quvchilari, professional va oliy ta’lim muassasalari o‘quvchi va talabalari o‘rtasida jismoniy tarbiyani ommalashtirish, ular orasida iqtidorlilarini aniqlash maqsadida “Umumta’lim maktab sporti” festivali, “Jismoniy tayyorgarligi rivojlangan muassasa” ko‘rik-tanlovini bosqichma-bosqich (tuman/shahar, hudud, respublika) o‘tkazish tizimini ishlab chiqish va jismoniy tayyorgarlik darajasi rivojlangan eng yaxshi umumta’lim maktabi, professional va oliy ta’lim muassasasi nominatsiyasini joriy etish;

2020-yildan boshlab sport sohasida “Tashkent Marathon” xalqaro marafoni, “Save Aral” xalqaro ekomarafoni, avtoralli va motokross sport musobaqalarini tizimli o‘tkazish orqali sport turizmini rivojlantirish;

aholining barcha qatlamlari o‘rtasida “Jismoniy tayyorgarlik darajasi” sinovlarini o‘tkazishni joriy etish;

sport turlari bo‘yicha terma jamoalar sportchilari uchun ilmiy-kompleks laboratoriyalar tashkil etish, tayyorgarlik jarayoniga ilg‘or innovatsion texnologiyalarni joriy etish hamda sport sohasida samarali tibbiy va farmakologik ta’minotni yo‘lga qo‘yish;

sport turlari bo‘yicha 18 yoshgacha bo‘lgan hududiy terma jamoa a’zolarini hududiy bolalar ko‘p tarmoqli tibbiyot markazlarining o‘smirlar bo‘limlarida va undan katta yoshdagi hududiy terma jamoa a’zolarini tuman (shahar) ko‘p tarmoqli markaziy poliklinikalarida muntazam ravishda chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘rikdan o‘tkazib borish mexanizmini joriy etish;

2020-yil 1-fevraldan boshlab bosqichma-bosqich olimpiya sport turlari bo‘yicha respublika sport musobaqalarida doping-test namunalarini olish tizimini joriy etish;

qishki Olimpiya sport turlari infratuzilmasini yaratish, ushbu sport turlarini ommaviylashtirish orqali professional sportchilarni tayyorlash tizimini yo‘lga qo‘yish;

O‘zbekiston sport delegatsiyalarini nufuzli sport musobaqalariga tizimli tayyorlash bo‘yicha Toshkent viloyati, Bo‘stonliq tumanida Olimpiya tayyorgarlik markazini tashkil etish;

xorijlik sportchi va muxlislarni keng jalb qilish hamda sport infratuzilmasidan samarali foydalanish maqsadida “xospitaliti xizmatlari”ni yo‘lga qo‘yish, “Sport Visa” qo‘shimcha (elektron bo‘lmagan) kirish vizasini joriy etish;

sport sohasida xususiy sektor ishtirokini oshirish, shu jumladan sport tashkilotlarida davlat ulushini kamaytirish bo‘yicha zarur choralar belgilash;

sport lotereyalarini tashkil etish orqali sportni qo‘shimcha moliyalashtirish tizimini kengaytirish;

huquqni muhofaza qilish organlari va Qurolli Kuchlar tizimidagi ta’lim muassasalari, jumladan “Temurbeklar maktabi” o‘quvchi-talabalari uchun “Armiya o‘yinlari” dasturiga kiritilgan sport turlari bo‘yicha fakultativ mashg‘ulotlar va to‘garaklar faoliyatini yo‘lga qo‘yish;

5. Jismoniy mashqlar va sport O‘zbekistonda ham yanada shakllanib, milliylashib xalqaro andozalarga moslashib bormoqda. Buni aholining, ayniqsa o‘quvchi-yoshlar va talabalarning sportga bo‘lgan qiziqishlari tobora o‘sib borayatganida; o‘quv va mehnat jarayonlarida toliqish natijasida jismoniy mashqlar, turli xil o‘inlar va sport bilan shug‘ullanib borish hayotiy-ijtimoiy) ehtiyojga aylanmayotganida;texnika taraqqiyoti va aqliy mehnat bilan shug‘ullanish jarayoni- ning kengayishi hamda rivojlanishi faol harakatlarning susayish va kamayishiga sabab bo‘layotgani amaliy faol harakatlar (jismoniy mashq- lar, o‘yinlar, sayohat, sport va h.k.) qilishga da’vat etayotganidan ham ko‘rish mumkin. Yuqoridagi sabablarga ko‘ra mamlakatda sport inshootlari quri- lishga mutaxassis kadrlar tayyorlash, sport mashg‘ulotlarini tashkil qi- lish, turli sport musobaqalarini o‘tkazish yo‘lga qo‘yilgan. Bu kabilarda alohida e’tibor qaratilmoqda. «Umid nihollari», «Barkamol avlod»,

«Universiada», «Spartakiada», «Mahalla polvonlari», kabi ko‘plab nu- fuzli sport musobaqalari timsolida ko‘rish mumkin. Shuningdek, «Alpo- mish o‘yinlari», «To‘maris o‘yinlari» Respublika festivallari, «Alpo- mish» va «Barchinoy» maxsus testlari bo‘yicha musobaqalar hamda turli xil sport musobaqalari ham shular jumlasidandir.

6. Oddiy jismoniy rivojlanish - bu yoshda bola tanasining tuzilishi va funktsiyalarining o'sishi bilan tabiiy ravishda sodir bo'ladigan o'zgarishi. Organizmda ro'y beradigan morfologik va funktsional o'zgarishlar juda murakkab, ammo shunga qaramay, normal yoki g'ayritabiiy rivojlanish jarayoni ushbu jarayonni tashqi tomondan aks ettiradigan ba'zi ko'rsatkichlar bo'yicha etarli darajada ob'ektivlik bilan baholanishi mumkin. Ushbu ko'rsatkichlar tana bo'yi, vazn va ko'krak atrofi. Ular massa, zichlik va tana shakli bilan bog'liq. Ushbu omillarning o'zaro bog'liqligi bilan siz bolaning jismoniy kuchini baholashingiz mumkin. Bundan tashqari, ba'zi tavsiflovchi (somatoskopik) belgilar (mushaklarning holati, yog 'birikishi darajasi, vazn, jinsiy balog'at) va fiziometrik belgilar - o'pkaning hayotiy qobiliyati, tik turish kuchi, qo'lni siqish kuchi va boshqalar hisobga olinadi. Shuni ta'kidlash kerakki, o'sish, rivojlanish, sog'liq, faollik, avvalambor, ota-onalardan ma'lum jismoniy ma'lumotlarni meros qilib olish natijasidir. Ko'p jihatdan ular to'g'ri ovqatlanish, oqilona turmush tarziga rioya qilish va boshqa ijtimoiy omillar bilan belgilanadi. Ammo jismoniy tarbiya haliyam hal qiluvchi omildir.ichida bolalarning yuqori hayotiyligini ta'minlash. Zamonaviy sharoitda muntazam, maxsus tashkil etilgan jismoniy mashqlarsiz, hatto ota-onalaridan yaxshi sog'lik, rivojlanishni meros qilib olgan va yaxshi sharoitlarda yashaydigan bolalar ham jismoniy tarbiya bilan muntazam shug'ullanadigan bo'lsalar, o'rtacha va o'rtacha rivojlanish darajasidan past bo'lgan bolalar jismoniy tayyorgarlikka erisha olmaydilar.

Jismoniy mashqlar bilan muntazam shug'ullanmaydigan bolalar, qoida tariqasida, o'sish va rivojlanishda orqada qoladilar. Harakatning etishmasligi (gipokineziya), agar kichik bo'lsa, tananing o'sishi va hajmining pasayishiga yoki pasayishiga, agar katta bo'lsa, hatto asta-sekin mushak atrofiyasi, semirish va boshqa jiddiy kasalliklarga olib keladi. Jismoniy mashqlar normal jismoniy rivojlanishning mumkin bo'lgan buzilishlarini oldini olish vositasidir.

7. Jismoniy tarbiyaning mehnat va harbiy jismoniy tayyorgarlik bilan aloqasi: Bu tamoyil jismoniy tarbiyaning asosiy qonuniyatini, odamlarni faoliyatga, xayotga tayyorlashdan iboratligini ifodalaydi. Jismoniy tarbiyaning barcha sistemalarida bu qonuniyat o'ziga xos 9 ifodasini topadi. Jismoniy tarbiyaning bu tamoyilini amalga oshirishda jismoniy tarbiya va sport bilan qaerda, qanday sharoitda shug'ullanganda ham shug'ullanuvchilarni mehnatga va mudofaaga tayyorlash ta'minlanish kerak. Bizga ma'lumki, jismonan yaxshi rivojlangan insongina samarali mehnat qila oladi shu bilan birga u o'zini, oilasini, yashash joyini qolaversa Vatanini himoya qilishga tayyor bo'ladi. Jismonan rivojlangan o'smir har qanday sharoitga moslasha oladi. Harbiy hizmatda yoki favqulodda hodisalarda jismoniy tayyorgarlikka ega bo'lgan, jismoniy fazilatlari rivojlangan inson o'ziga va o'zgalarga ham yordam bera oladi. Kuchli, chidamli va chaqqon hamda harakat malaka va ko'nikmalari etarli darajada shakllangan kishilar boshqalarga qaraganda yangi mehnatni harakatlarni tez o'zlashtiradilar. Hozirgi davr harbiy tayyorgarligi yuqori jismoniy tayyorgarlikni talab etadi. Bu talablar yoshlarni maxsus harbiy amaliy tayyorgarlik mashg'ulotlar bilan shug'ullanishni bosh omili deb belgilaydi. Jismoniy tarbiyaning mehnat faoliyatiga tayyorlash tamoyili jismoniy tarbiyani yangi va xilma- xil amaliy mehnat bilan uzviy bog'liq ravishda takomillashayotganini ko'rsatadi. Ishlab chiqarishni va qishloq xo'jaligini zamonaviy texnika bilan ta'minlanishi ishchilarni og'ir mehnatdan halos etib ularni o'zlarini sog'lomlashtirish ustida ko'proq shug'ullanishga imkoniyat yaratdi. Mehnat qanday shaklda bo'lishidan qat'iy nazar u jismoniy harakatni va jismoniy tayyorgarlikni talab etadi. Bundan xulosa qilish mumkinki, to'g'ri tashkil etilgan mehnat ham insonni jismoniy barkamolligi omilidir .

8. Sog‘lom turmush tarzi tushunchasi keng ko‘lamli ijtimoiy-madaniy hamda tarbiyaviy jarayon sifatida, har bir inson yoki oilaning ma’naviy va jismoniy barkamolligi, mehnat jamoasi hamda mahalla muhitida faol ishtirok etish, ko‘pchilikka ibrat, namuna bo‘lish ma’nosini bildiradi. Unda mustahkam oilada tinch-totuv yashash, mehnat jarayonida yuksak samaralar keltirish, madaniy, ommaviy va sport tadbirlarida doimiy ishtirok etish kabi jihatlar mujassamlashadi.

Mamlakatimiz mustaqil bo‘gach sog‘lom turmush tarzi bilan bog‘liq bo‘lgan tadqiqotlar yanada ko‘paydi. Ular asosida milliy qadriyatlarni qayta tiklash, ma’naviy-ma’rifiy madaniyatimizni davr talablari asosida boyitishga doir qator o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar, ommabop kitoblar yuzaga kelmoqda jismoniy tarbiya va uning vositalari (umumrivojlantiruvchi mashqlar, o‘yinlar, sport turlari, piyoda yurish, sayohatlar va h.k) o‘ziga xos xususiyatlarga ega, ya’ni faol amaliy harakatlar (jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanish) natijasida inson tanasidagi barcha bo‘g‘inlar, mushak- larni harakatga keltiradi. U bilan doimiy shug‘ullanish esa jismonan chini- qishni ta’minlaydi. Bunda nafas olish tezlashadi va chuqurlashadi, qon ayla- nish tizimi gavdani qizdiradi va hujayra, to‘qimalarni yaxshi oziqlantiradi. Shuningdek, jismoniy mashqlar ovqatni hazm qilish va asablarni tinchitish, mustahkamlashga bevosita xizmat qiladi. Shu asosda salomatlikni yaxshi- lash, jismonan chiniqish va sport mahoratini tarbiyalash amalga oshiriladi. Bu harakatlarni amalga oshirishda shug‘ullanuvchilarning yoshi, jinsi, salo- matligini hisobga olish zarur. Demak, jismoniy mashqlar salomatlik, bar- damlik va chiniqish manbadir.



9. Jismoniy tarbiya asosiy shakllarini ajratish mumkin:

Standart jismoniy tarbiya darsi. Har qanday yosh guruhidagi bolalarni jismoniy mashqlarni o'rgatish uchun ommabop shakl. Dars tarkibida muayyan vazifalar va maqsadlar belgilanadi.

Sport-ko'ngilochar tadbirlar kompleksi. Siz o'zingiz mustaqil faoliyat qilib, boshqalarga muvaffaqiyatli qo'shilishingiz mumkin. Bu ko'plab jismoniy tarbiya, ko'cha o'yinlari, faoliyatni o'zgartirish orasidagi temperatura, temperaturani o'lchash choralari. Darsda o'rin olgan asosiy materiallarni takrorlash uchun qo'llaniladi.

Terapevtik va profilaktik gimnastikada darslarga qatnaydigan faol sportda bolaning mustaqil faoliyati.

Faol o'yin-kulgiga, mobil kollektiv o'yinlarga, o'rindoshlar musobaqalarida, musobaqalarda, yurishlarda qatnashish.

Jismoniy tarbiya ishining shakllarini tashkil etish bolaning har qanday faoliyatida amalga oshirilishi mumkin:

asosiy umumta'lim muassasalarida;

qo'shimcha ta'lim muassasalarida (sport maktablari, bo'limlar);

oila sharoitida.

10.
Download 27,53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish