3-kurslar (bru-51, bra-52, bra-53, bru-54, bra-55 guruxlari) uchun “Sug’urta ishi” fanidan yakuniy nazorat test savollari



Download 60,65 Kb.
bet1/2
Sana03.07.2022
Hajmi60,65 Kb.
#736208
  1   2
Bog'liq
Суғурта иши фанидан якуний тестлар 3 курслар учун 2022 май


3-kurslar (BRU-51, BRA-52, BRA-53, BRU-54, BRA-55 guruxlari) uchun “Sug’urta ishi” fanidan yakuniy nazorat test savollari,
Soliqlar va sug’urta ishi” kafedrasi

1. Sug’urta zahiralarining tashkil topish manbasini aniqlang?


A. sug’urta mukofotlarining bir qismi.
B. bank kreditlari.
C. davlat byudjeti mablag’lari.
D. Ustav kapitali

2. Sug’urta tarifi stavkasiga qaysi omillar ta’sir ko’rsatadi?


A. sug’urta bozoridagi raqobat.
B. aholining zichligi.
C. byudjet kamomadi.
D. Markaziy bankning pul-kredit siyosati.

3. Quyidagilardan qaysi biri markazlashgan sug’urta fondining manbalari hisoblanadi?


A. xorijiy mamlakatlardan jalb qilingan mablag’lar.
B. aholining vaqtincha bo’sh mablag’lari.
C. tijorat banklarining kreditlari.
D. umumdavlat resurslari.

4. O’zbekiston Respublikasining «Sug’urta faoliyati to’g’risida»gi Qonuni qachon qabul qilingan?


A. 2002 yilning 5 aprelida.
B. 1993 yilning 6 mayida.
C. 1994 yilning 12 dekabrida.
D. 2001 yilning 8 dekabrida.

5. Sug’urta tashkiloti quyidagi qaysi tashkiliy-huquqiy shakllarda tuzilishi mumkin?


A. aksiyadorlik jamiyati shaklida.
B. xususiy tadbirkorlik shaklida.
C. mas’uliyati cheklanmagan jamiyat shaklida.
D. har qanday tashkiliy-huquqiy shakllarda.
6. Anderrayter kim?
A. sug’urtaga risklarni qabul qilish bo’yicha sug’urta kompaniyasining tegishli vakolatga ega xodimi.
B. sug’urta shartnomasini tuzuvchi shaxs.
C. qayta sug’urtalovchi kompaniya.
D. sug’urta zararlarini aniqlaydigan shaxs.

7. Sug’urta mukofotlari qaysi usulda to'lanmaydi?


A. Natura ko'rinishida.
B. Naqd pulsiz hisob kitoblar asosida.
C. Naqd pul ko'rinishida.
D. Omonat daftarchasi orqali pul o'tkazish yo'li bilan.

8. Sug’urta mukofotlarining YaIM dagi hissasi yuqori bo'lgan davlat qaysi?


A. Tayvan
B. Yaponiya
C. Xitoy
D. AQSH

9. Ixtiyoriy mulkiy sug’urtaning sug’urta mukofoti qanday belgilanadi?


A. Kompaniya tariff siyosatiga muvofiq ishlab chiqilgan tarif stavkasi asosida
B. Ixtiyoriy ravishda.
C. Davlat tomonidan belgilangan tartib asosida.
D. Xorijiy valyuta kursi asosida.

10. “Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligini majburiy sug’urtalash to’g’risida”gi” qonun qachon qabul qilingan?


A. 2008 yil 21 aprel
B. 2008 yil 25 may
C. 2008 yil 21 iyun
D. 2009 yil 5 aprel

11. Netto-stavka deganda nimani tushunasiz?


A. sug’urta tarif stavkasining sug’urta qoplamaini to’lashga mo’ljallangan qismini.
B. sug’urta tarif stavkasining sug’urta kompaniyasi xarajatlarini qoplashga mo’ljallangan qismini.
C. sug’urta mukofotini.
D. sug’urta summasini aniqlovchi vositani.

12. Sug’urta mukofoti nima?


A. Sug’urtalovchi ob'ektni sug’urtalagani uchun sug’urtalanuvchi tomonidan sug’urtalovchiga to'lanadigan haq.
B. Sug’urtalanuvchi sug’urta shartnomasini tuzgani uchun sug’urtalovchi tomonidan unga beriladigan mukofot.
C. Investitsiyaga yo'naltirish uchun sug’urtalanuvchidan vaqtinchalik jalb qilingan mablag’.
D. Sug’urta xizmatining bahosi va tannarxi o'rtasidagi farq.

13. Sug’urta tarif stavkasi nima?


A. sug’urta riskining bahosi
B. sug’urta kompaniyasining majburiyati.
C. bank foizi.
D. sug’urta summasini belgilash vositasi.

14. Sug’urta tarifi stavkasining darajasiga quyida keltirilgan qaysi omillar ta’sir ko’rsatadi?


A. Sug’urtalanuvchilar soni.
B. Bank kreditlari.
C. Davlat byudjetining hajmi.
D. Davlatning pul-kedit siyosati.

15. Sug’urta kompaniyalari faoliyatini davlat tomonidan nazorat qilishdan asosiy maqsad nima?


A. Sug’urtalanuvchilarning sug’urtaviy manfaatlarini himoya qilish.
B. Sug’urtalovchining davlatga soliqlarni o'z vaqtida to'lashini ta'minlash.
C. Sug’urtalovchilar tomonidan mablag’larini iqtisodiyotga investitsiya sifatida yo'naltirishini ta'minlash.
D. Sug’urtalovchining qonunlarga rioya etishini ta'minlash.

16. Brutto-stavka yuklama qismining oshishiga olib keluvchi omillar to'g’ri ko'rsatilgan qatorni toping?


A. Sug’urta kompaniyasi tashkiliy-xo’jalik xarajatlarining ortishi.
B. Investitsion daromadning oshishi.
C. Bozorda raqobatning kuchayishi.
D. Kompaniya daromadining ko'payishi.

17. Sug’urta tarif stavaksi qanday qismlardan tashkil topadi?


A. Brutto-stavkani tashkil etuvchi netto-stavka va yuklamadan.
B. Brutto va netto stavkadan.
C. Netto-stavka va foydadan.
D. Netto-stavkadan.

18. “O'zbekiston Respublikasining sug’urta bozorini isloh qilish va uning jadal rivojlanishini ta'minlash chora-tadbirlari to’g’risida”gi 2019 yil 2 avgustda qabul qilingan Prezident qarorining 2 ilovasida belgilanishicha, 2019 yilda amal qilgan sug’urta turlari nechta?


A. 115 ta.
B. 105 ta.
C. 135 ta.
D. 155 ta.

19. Sug’urta faoliyati deganda nimani tushunasiz?


A. Sug’urta bozori professional ishtirokchilarining sug’urtani amalga oshirish bilan bog’liq faoliyati.
B. Sug’urtalanuvchi va sug’urta kompaniyasi o'rtasidagi o’zaro munosabatlar.
C. Sug’urtalovchining davlat bilan birga olib boriladigan faoliyati.
D. Sug’urtalovchining investision faoliyati.

20. O'zbekiston Respublikasi fuqarolik kodeksining 916 moddasiga ko'ra sug’urtalashga yo'l qo'yilmaydigan manfaatlar to’g’ri va to’liq keltirilgan qatorni toping?


A. G’ayriqonuniy manfaatlar, qimor, lotereya va garov o'yinlarida ishtirok etishda ko'riladigan zararlar, garovga olinganlarni ozod qilish maqsadida shaxs majburan qilishi mumkin bo'lgan xarajatlar.
B. G’ayriqonuniy manfaatlar, qimor, lotereya va garov o'yinlarida ishtirok etishda ko'riladigan zararlar.
C. G’ayriqonuniy manfaatlar, qimor, lotereya va garov o'yinlarida ishtirok etishda ko'riladigan zararlar, intellektual mulk bilan bog’liq manfaatlar.
D. G’ayriqonuniy manfaatlar, lotereya va garov o'yinlarida ishtirok etishda ko'riladigan zararlar, garovga olinganlarni ozod qilish maqsadidashaxs majburan qilishi mumkin bo'lgan xarajatlar.

21. Sug’urta va qayta sug’urta kompaniyalari, sug’urta agentlari, sug’urta va qayta sug’urta brokerlari, adjaster, syurveer, assistans, aktuariy.


A. Sug’urta va qayta sug’urta kompaniyalari, sug’urta agentlari, sug’urta va qayta sug’urta brokerlari, adjaster, syurveer, assistans, aktuariy, sug’urtalanuvchi.
B. Sug’urtalovchilar assotsiatsiyasi, sug’urtalovchi, sug’urta agentlari, sug’urta brokerlari.
C. Sug’urta lovchilar uyushmasi, Sug’urta lovchi, Sug’urta lanuvchi, agent, broker.
D. Sug’urta bozorining professional ishtirokchilari tarkibi to’g’ri va to’liq ko’rsatilgan qatorni toping?

22. Qayta sug’urta brokeri qanday faoliyatni amalga oshiradi?


A. Sug’urta kompaniyasi tomonidan sug’urta shartnomasi asosida olingan javobgarlikning bir qismini boshqa qayta sug’urtalovchi kompaniyaga berish uchun qayta sug’urta shartnomasini tuzishda vositachilik qilish va uni amalga oshirish.
B. Sug’urta kompaniyasi tomonidan tuzilgan sug’urta shartnomasi muddati tugaganligi munosbati bilan yangitdan sug’urta shartnomasini tuzish va uni amalga oshirish.
C. Sug’urta kompaniyasi nomidan qimmatli qog’ozlar bozorida qimmatli qog’ozlar oldi-sotdisi bo'yicha vositachilikni amalga oshirish.
D. Sug’urta kompaniyasi tomonidan sug’urta shartnomasi asosida olingan javobgarlikning bir qismini xorijiy mamlakatlarning qayta sug’urtalovchi kompaniyaga berish uchun qayta sug’urta shartnomasini tuzish va uni amalga oshirish.

23. Sug’urta “pool”i deganda nimani tushunasiz?


A. Sug’urta majburiyatini bajarish hamda sug’urta operatsiyalarini moliyaviy barqarorligini ta'minlash maqsadida yuridik shaxs maqomiga ega bo'lmasdan o'zaro kelishgan holda tuziladigan bir qancha sug’urta kompaniyalarining ixtiyoriy uyushmasi.
B. Sug’urtalovchi tomonidan sug’urta hodisasi yuz berganda ko'rilgan zararni to'lab berilgan pul summasi.
C. Hayot sug’urta sida sug’urta muddati tugaganda sug’urtalanuvchiga to'lab beriladigan pul summasi.
D. Jamg’arib boriladigan hayot sug’urtasida sug’urta muddati tugaganda sug’urtalanuvchi to'lab borgan pul mablag’lari summasi.

24. Quyidagilardan qaysi biri sug’urta portfeli tushunchasini anglatadi?


A. Sug’urtalangan ob’ektlarning tarkibi va miqdori.
B. Sug’urtalash tartibi.
C. Investitsiya faoliyatini olib borish.
D. Ob’ektlarni sug’urtaviy baholash.

25. Sug’urta kompaniyalari O’zbekistonda belgilangan qonunchilikka ko’ra, qanday faoliyat bilan shug’ullana olmaydi?


A. Sug’urtalash, qayta sug’urtalash, investitsion faoliyat, sug’urta vositachiligi, qimmatli qog’ozlar bozorida brokerlik faoliyati hamda xodimlar malakasini oshirishdan boshqa har qanday faoliyat bilan shug’ullana olmaydi.
B. Sug’urtalash faoliyatidan boshqa har qanday faoliyat bilan shug’ullana olmaydi.
C. Sug’urtalash, qayta sug’urtalash, investitsion faoliyatdan boshqa har qanday faoliyat bilan shug’ullana olmaydi.
D. Ustavda nazarda tutgan holda har qanday faoliyat bilan shug’ullanishi mumkin.

26. “Sug’urta faoliyati to’g’risida”gi qonunda keltirilgan sug’urtaga berilgan ta'rifni toping?


A. Sug’urta deganda yuridik yoki jismoniy shaxslar to'laydigan sug’urta mukofotlaridan shakllantiriladigan pul fondlari hisobidan muayyan voqea (sug’urta hodisasi) yuz berganda ushbu shaxslarga sug’urta shartnomasiga muvofiq sug’urta tovonini (sug’urta pulini) to'lash yo'li bilan ularning manfaatlarini himoya qilish tushuniladi.
B. Sug’urta shartnomasi ikki yoki undan ortiq tomonlar o'rtasida tuzilgan yozma bitim bo'lib, unga ko'ra bir tomon sug’urta mukofotini to'lash, ikkinchi tomon uning mulkiy manfaatlariga zarar etganda zararni qoplab berish majburiyatini oladi.
C. Sug’urta bozori professional ishtirokchilarining sug’urta ni amalga oshirish bilan bog’liq faoliyati sug’urta faoliyati deb ataladi.
D. Har xil noxush hodisalar ro'y berishi natijasida ko'rilgan zararni qoplash hamda fuqorolarning hayotida tegishli sug’urta hodisalari ro'y berganda ularga moddiy yordam ko'rsatish sug’urta deyiladi.

27. Transport vositalari egalarining fuqarolik javobgarligi majburiy sug’urtasi bo'yicha sug’urta kompaniyasi oladigan javobgarlikning eng yuqori chegarasi qancha miqdor etib qayta belgilandi?


A. 40 mln. so'm.
B.50 mln. so'm.
C. 3 ming AQSh dollari.
D. 60 mln. so'm

28. O'zbekiston respublikasi Prezidenti tomonidan 2019 yil 2 avgust kuni qabul qilingan qaror asosida sug’urta faoliyatini rivojlantirish va tartibga soluvchi qanday tashkilot tashkil etildi?


A. Sug’urta bozorini rivojlantirish agentligi.
B. Sug’urtalovchilar assotsiatsiyasi.
C. Sug’urtalovchilar uyushmasi.
D. Sug’urta nazorati davlat inspektsiyasi.

29. Sug’urta kompaniyasi qanday tamoyillarga asosan ish yuritadi?


A. Sug’urta manfaatining mavjudligi, sug’urta riskining mavjudligi, sug’urta riski yuz berish vaqti va makonining noma’lumligi tamoyillari.
B. Sug’urta pulining sug’urta qiymatidan yuqoriligi, sug’urtalanuvchining har qanday sug’urta xizmatidan foydalanishining ixtiyoriyligi va sug’urta mukofotini to'lashning ixtiyoriyligi tamoyillari.
C. Sug’urta shartnomasining muddati tugagunga qadar sug’urtalanuvchining albatta moddiy manfaat ko'rish tamoyili, sug’urtalangan mulk qiymati bilan sug’urta summasining tengligi tamoyillari.
D. Sug’urtalanayotgan mol-mulkning qiymatini shartnoma tuzilayotgan paytdagi haqiqiy qiymatidan ortiq bahoda sug’urtalash mumkinligi tamoyili.

30. O'zbekistonda “Sug’urta faoliyati to’g’risida” gi qonun qachon qabul qilingan?


A. 2002 yilda.
B. 1993 yilda.
C. 1997 yilda.
D. 1998 yilda.

31. Kimlar o’rtasidagi munosabatlar to‘g‘ridan-to‘g‘ri sug‘urta munosabatlari deiladi?


A. Sug‘urta kompaniyasi va sug‘urta qildiruvchi o‘rtasidagi munosabatlar.
B. Sug‘urta kompaniyasi va sug‘urta brokeri o‘rtasidagi munosabatlar
C. Sug‘urta agenti va sug‘urta qildiruvchi o‘rtasidagi munosabatlar
D. Sug‘urta kompaniyasi va sug‘urta agenti o‘rtasidagi munosabatlar

32. Sug’urta agenti –bu:


A. Sug’urtalovchining topshirig’i va u bergan vakolatlari doirasida faoliyat yurituvchi yuridik yoki jismoniy shaxs.
B. Sug’urtalanuvchi topshirig’i asosida ish yurituvchi vositachi.
C. Qayta sug’urta shartnomasini tuzish bo’yicha vositachi.
D. Sug’urta hodisasidan ko’rilgan zararni aniqlovchi shaxs.

33. O'zbekistonda birinchi marta “Sug’urta to’g’risida” qonun qachon qabul qilingan?


A. 1993 yilda.
B. 2002 yilda.
C. 1997 yilda.
D. 1998 yilda.

34. O’zbekiston sug’urta qonunchiligiga ko’ra, sug’urta qaysi tarmoqlarga bo’lingan?


A. Hayot sug’urtasi va umumiy sug’urta.
B. Shaxsiy, mulkiy va javobgarlik sug’urtasi.
C. Shaxsiy, mulkiy, javobgarlik va tadbirkorlik tavakkalchiliklari sug’urtasi.
D. Shaxsiy va mulkiy sug’urta.

35. Fuqarolik kodeksining “Sug’urta” deb nomlangan 52-bobi nechta moddadan iborat?


A. 47 ta
B. 48 ta
C. 52 ta
D. 35 ta

36. “Sug’urta faoliyati to’g’risida”gi qonun necha moddadan iborat?


A. 29 ta
B. 32 ta
C. 25 ta
D. 45 ta

37. Majburiy sug’urta va majburiy davlat sug’urtasining farqi nimada?


A. Majburiy davlat sug’urtasida sug’urta mukofotini davlat tomonidan to’lanishida.
B. Majburiy davlat sug’urtasida sug’urta mukofotini sug’urtalanuvchi tomonidan to’lanishida.
C. Majburiy davlat sug’urtasida sug’urta mukofotining umuman to’lanmasligida.
D. majburiy davlat sug’urtasida sug’urtaning qonun asosida amalga kiritilishida.

38. “O'zagrosug’urta ” DASK qaysi yili va qanday tashkilot negizida tashkil etilgan?


A. 1997 yilda GOSSTRAX tashkiloti negizida.
B. 1998 yilda GOSSTRAX tashkiloti negizida.
C. 2002 yilda GOSSTRAX tashkiloti negizida.
D. 1993 yilda “Kafolat” sug’urta kompaniyasi negizida.

39. Notijorat sug’urta shaklining nomini toping?


A. O'zaro sug’urta.
B. Majburiy sug’urta.
C. Ixtiyoriy sug’urta.
D. Davlat xizmatchilarining hayoti va sog’lig’i sug’urtasi.

40. Tijoratga asoslangan sug’urtasining iqtisodiyot rivoji uchun foydali xususiyati nimada?


A. Ishlab chiqarishning uzluksizligini ta'minlash va iqtisodiyotni investitsiya mablag’lari bilan ta'minlashda.
B. Ixtiyoriy sug’urtani amalga oshirishida.
C. Majburiy sug’urtani amalga oshirishida.
D. Ijtimoiy himoyani amalga oshirishida.

41. Javobgarlik sug’urtasida uchinchi shaxs tushunchasi kimga nisbatan qo’llaniladi?


A. Mulki, hayoti yoki sog’ligiga zarar etkazilgan shaxsga nisbatan.
B. Naf oluvchiga nisbatan.
C. Sug’urtalanuvchiga nisbatan.
D. Sug’urtalovchiga nisatan.

42. Sug’urta bozori deganda nimani tushunasiz?


A. Ma'lum hududda turli mulk shaklidagi sug’urta kompaniyalarining turli ko'rinishdagi sug’urta xizmatlarini taklif etishi.
B. Sug’urtada monopoliya asosida sug’urta xizmatlarining ko'rsatilishi.
C. Ixtiyoriy va majburiy sug’urta turlarining bir vaqtning o'zida amalga oshirilishi.
D. Turli ko'rinishdagi majburiy sug’urta turlarining amalga kiritilishi va ularni davlat sug’urta tashkiloti tomonidan taklif etilishi.

43. Dunyodagi eng yirik xalqaro sug’urta bozori qaysi?


A. AQSh sug’urta bozori.
B. Evropa ittifoqi sug’urta bozori.
C. Yaponiya sug’urta bozori.
D. Xitoy sug’urta bozori.

44. Sug’urta infratuzilmasining sub'ektlaridan biri bo'lgan adjaster nima faoliyat bilan shug’ullanadi?


A. Sug’urta hodisasi sodir bo'lgandan keyin ushbu hodisa bilan bog’liq jarayonlarni o’rganish va zarar hajmini aniqlash.
B. Sug’urta shartnomasi tuzishdan oldin sug’urta ob'ektini o'rganish.
C. Texnik xizmatlar ko'rsatish.
D. Vositachilik xizmatlarini ko'rsatish.

45. Sug’urtaviy risk tushunchasi nimani bildiradi?


A. Sug’urta kompaniyasi va sug’urtalanuvchi o’rtasida tuzilgan sug’urta shartnomasiga kiritilgan va mazkur risklar yuz berganda ko’rilgan zararni sug’urta kompaniyasi tomonidan qoplab berish ko’zda tutilgan risklar.
B. Tomonlar o'rtasida shartnoma tuzish orqali Sug’urtalanuvchi yuridik yoki jismoniy shaxsning hayoti va faoliyatida yuz berishi mumkin bo'lgan hodisalardan ko'riladigan zararlarni Sug’urtalovchi tomonidan qoplashga kelishilgan risklar.
C. Sug’urtalanuvchi yuridik yoki jismoniy shaxsning hayoti va faoliyati bilan bog’liq yuz berishi mumkin bo'lgan hodisalardan sug’urtalash ko'zda tutilgan risklar.
D. Yuridik yoki jismoniy shaxs o'z hayoti va faoliyati bilan bog’liq xavf-xatarlarni sug’urta kompaniyasi tomonidan sug’urtalashga qabul qilishi mumkin bo'lgan risklar.

46. Risk tushunchasiga berilgan to'g’ri ta'rif qaysi?


A. Risk bu- qandaydir ko'rinishdagi xavfli holatning yuz berish ehtimolligi, ammo ushbu holatning yuz berganligi emas. Mazkur riskning yuz berishi qandaydir hajmdagi moliyaviy yo'qotishga olib keladi.
B. Risk bu - Sug’urtalanuvchi yuridik yoki jismoniy shaxsning hayoti va faoliyatida yuz bergan noxush hodisa.
C. Risk bu - Sug’urta kompaniyasi tomonidan Sug’urta lanuvchilar bilan Sug’urta shartnomasi tuzish orqali katta hajmdagi zararlarni qoplash bilan bog’liq javobgarliklarni olish.
D. Risk bu – odatdagidan ko'ra sezilarli darajada yuqori daromad olish maqsadida katta miqdordagi mablag’ni biror-bir sinalmagan loyihaga tikish natijasida rejaning barbod bo’lishi.

47. Risk va Sug’urta nima uchun o'zaro bog’liq tushunchalar hisoblanadi?


A. Chunki riskning mavjudligi sug’urtaga bo'lgan ehtiyojni keltirib chiqaradi, sug’urta riskni sug’urtalaydi.
B. Sug’urtada riskli sug’urta turlarining amalda qo'llanilishi tufayli ular o'zaro bog’liq tushunchalar hisoblanadi.
C. Sug’urta kompaniyasi tomonidan sug’urtalanuvchilar faoliyati bilan bog’liq risklar sug’urtalanganligi uchun.
D. Sug’urta xizmatlari mavjudligi uchun korxonalar o'z faoliyatida riskka yo'l qo'yadi.

48. Risklar qaysi xususiyatlariga ko'ra klassifikatsiyalanadi?


A. Kelib chiqish manbalariga ko'ra, paydo bo'lish sabablariga ko'ra, riskning xususiyatlariga ko'ra.
B. Risklarning qaerda sodir bo'lishiga ko'ra.
C. Riskning kimlar tomonidan sodir etilishiga ko'ra, riskning yuz berish qonuniyatlariga ko'ra.
D. Jismoniy shaxslarga xosligi va yuridik shaxslaorga xosligiga ko'ra.

49. Risklar kelib chiqish manbalariga ko'ra qanday guruhlarga bo'linadi?


A. Xo'jalik risklari, shaxslar bilan bog’liq risklar, tabiiy omillar ta'sirida yuzaga keladigan risklar.
B. Risklarning qaerda sodir bo'lishiga ko'ra, kim tomonidan sodir etilishiga ko'ra, risk darajasiga ko'ra.
C. Tashqi va ichki omillarga ko'ra, tabiat va inson omiliga ko'ra, qanday ob'ektga xosligiga ko'ra.
D. Riskning kimlar tomonidan sodir etilishiga ko'ra, riskning yuz berish, ehtimolligiga ko'ra, risk nazariyasi qonuniyatlariga ko'ra.
50. Quyida keltirilgan risklarning qaysi guruhi tadbirkorlik faoliyatiga xos risklar hisoblanadi?
A. Ishlab chiqarishdagi uzilishlar bilan bog’liq risklar, bankrotlik riski.
B. Tabiat risklari, moliyaviy risklar.
C. Siyosiy risklar, intellektual risklar.
D. Kelib chiqish manbaiga ko'ra risklar, paydo bo'lish sabablariga ko'ra risklar.

51. Qanday xususiyatga ega bo'lgan risklar sug’urtaga qabul qilinmaydigan risklar guruhiga kiradi?


A. Yuz berish vaqti, joyi va zarar hajmi aniq bo'lgan risklar.
B. Tabiat risklari, moliyaviy risklar.
C. Katta hajmda zarar keltiruvchi risklar.
D. Siyosiy risklar, intellektual risklar.

52. Qayta Sug’urta brokeri qanday faoliyatni amalga oshiradi?


A. Sug’urta kompaniyasi tomonidan sug’urta shartnomasi asosida olingan javobgarlikning bir qismini boshqa qayta sug’urtalovchi kompaniyaga berish uchun qayta sug’urta shartnomasini tuzish va uni amalga oshirish.
B. Sug’urta kompaniyasi tomonidan tuzilgan sug’urta shartnomasi muddati tugaganligi munosbati bilan yangitdan Sug’urta shartnomasini tuzish va uni amalga oshirish.
C. Sug’urta kompaniyasi nomidanqimmatli bozoridaqimmatli qog’ozlar oldi-sotdisi bo'yicha vositachilikni amalga oshirish.
D. Sug’urta kompaniyasi tomonidan Sug’urta shartnomasi asosida olingan javobgarlikning bir qismini xorijiy mamlakatlarning qayta Sug’urta lovchi kompaniyaga berish uchun qayta Sug’urta shartnomasini tuzish va uni amalga oshirish.

53. Sug’urta faoliyatida risklarni tanlash deganda nimani tushunasiz?


A. Sug’urta shartnomasini tuzish bo'yicha mijozlardan kelib tushgan takliflarni tahlil etishga qaratilgan sug’urta kompaniyasining faoliyati.
B. Sug’urta shartnomasi tuzishda Sug’urta lanuvchi tomonidan risklarni tanlashi.
C. Sug’urta brokeri tomonidan Sug’urta lanuvchi uchun optimal Sug’urta shartnomasiga erishishi uchun risklarni tanlashi.
D. Sug’urta hodisasi yuz berganda hodisaga sabab bo'lgan riskni aniqlash.

54. Sug’urta mahsulotini sotishda reklamaning qaysi turi ko’proq samara beradi?


A. Televideniye orqali reclama.
B. Tashqi reclama.
C. Jonli reclama.
D. Radio reclama.

55. Sug’urta tovlamachiligi nima?


A. Sug’urta kompaniyasiga soxta hujjatlar taqdim qilish asosida sug’urta qoplamasini olish.
B. Shartnomaning bekor qilinishi
C. Sug’urta qoplamasining to’lanmasligi
D. Sug’urta munosabatlarining buzilishi

56. Sug’urta tovlamachiligi yuqori bo'lgan sug’urta tarmog’i qaysi?


A. Shaxsiy sug’urta.
B. Mulkiy sug’urta.
C. Majburiy sug’urta.
D. Javobgarlik sug’urtasi.

57. Sug’urta nazorati organlarining xalvaro Assotsiatsyasi nechanchi yil tashkil topgan.


A. 1994 yil
B. 1995 yil
C. 1996 yil
D. 1997 yil

58. Yaponiyada sug’urtaning qaysi sohasi yuqori darajada rivojlangan?


A. Hayot sug’urtasi
B. Mulkiy sug’urta
C. Javobgarlik sug’urtasi
D. Transport sug’urtasi

59. Angliyaning eng yirik sug’urta tashkiloti qaysi?


A. Lloyd sug’urta korporatsiyasi
B. Swiss RE
C. Soaring Life
D. Sigma kompaniyasi

60. AQSh sug’urta bozorini nazorati qanday miqyosda amalga oshiriladi?


A. Shtatlar miqyosida
B. Butun davlat miqyosida
C. Ma'lum hududlarga ajratilgan holda
D. Mahalliy hokimiyatlar orqali
61. Rossiyada sug’urta bozori qaysi davlat organi orqali nazorat qilinadi?
A. Markaziy Bank orqali
B. Sug’urta nazorati inspektsiyasi tomonidan
C. Moliya vazirligi tomonidan
D. Adliya vazirligi tomonidan

62. O'zbekiston sug’urta bozori qaysi davlat sug’urta bozoriga o'xshash tarzda o'z faoliyatini amalga oshiradi?


A. Rossiya Fedaratsiyasi
B. AQSh
C. Yaponiya
D. Xitoy

63. O’zbekistonda sug’urta faoliyatini tartibga soluvchi asosiy qonunchilik hujjat qaysi?


A. ”Sug’urta faoliyati to’g’risida”gi qonun.
B. O'zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi
C. O'zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksi
D. O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi

64. Rossiyada sug’urta masulotlarini sotishda asosan qaysi sotish kanalidan foydalaniladi?


A. Banklar orqali sotish
B. To'g’ridan-to'g’ri sotish
C. Onlayn tarzda sotish
D. Sug’urta agentlari orqali sotish

65. Moliya vazirligi qoshidagi sug’urta nazorati davlat inspeksiyasi qachon tashkil etilgan va qachon tugatildi?


A. . 1998 yilda tashkil etilib 2019 yilda tugatildi.
B. 1995 yilda tashkil etilib 2019 yilda tugatildi.
C. 1998 yilda tashkil etilib 2018 yilda tugatildi.
D. 1994 yilda tashkil etilib 2017 yilda tugatildi.

66. Sug’urta faoliyati klassifikatori qaysi qaror asosida qabul qilingan?


A. Vazirlar mahkamasining 2002 yil 27 noyabrdagi 413 sonli qarori asosida.
B. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yildagi 4412 sonli qarori asosida.
C. Vazirlar mahkamasining 2007 yildagi 619 sonli qarori asosida.
D. Vazirlar mahkamasining 2006 yil 20 noyabrdagi 513 sonli qaror asosida.

67. Fuqarolar va sug‘urta tashkilotlari o‘rtasida qaysi hujjat asosida fuqarolik-huquqiy munosabatlar yuzaga keladi?


A. Sug’urta shartnomasi asosida.
B. Agentlik bitimi asosida.
C. O’zaro kelishuv asosida.
D. Kelishmovchiliklar yuzaga kelganda.

68. Qayta sug’urta shartnomasi kimlar o’rtasida tuziladi?


A. Sug’urtalovchi va qata sug’urtalovchi kompaniya o’rtasida.
B. Sug’urta kompaniyasi va sug’urtalanuvchi o’rtasida.
C. Sug’urtalovchi va qayta sug’urta brokeri o’rtasida.
D. Sug’urtalovchi va sug’urta shartnomasining muddati tugagan sug’urtalanuvchi o’rtasida.

69. Sug’urta shartnomasi qachon yuridik kuchga kiradi?


A. Sug’urtalanuvchiga sug’urta polisi berilgandan so’ng.
B. Shartnoma ishtirokchilar tomonidan imzolanganidan so’ng.
C. Shartnoma tuzish uchun hamma hujjatlar tayyor bo’lgandan so’ng.
D. Sug’urta hodisasi yuz berganda.

70. Sug’urtalovchining majburiyatini ko’rsating?


A. Sug’urta hodisasi yuz berganda qoplamani to’lash.
B. Sug’urtalanayotgan ob’ektni tekshirish.
C. Sug’urta mukofotini o’z vaqtida tushishini ta’minlash
D. Sug’urta shartnomasini bekor qilish.
71. Sug’urta mukofoti nima?
A. Sug’urtalovchi ob'ektni sug’urtalagani uchun sug’urtalanuvchi tomonidan sug’urtalovchiga to'lanadigan haq.
B. Sug’urtalanuvchi sug’urta shartnomasini tuzgani uchun sug’urtalovchi tomonidan unga beriladigan mukofot.
C. Investitsiyaga yo'naltirish uchun sug’urtalanuvchidan vaqtinchalik jalb qilingan mablag’.
D. Sug’urta xizmatining bahosi va tannarxi o'rtasidagi farq.

72. Tijorat sug’urtasining iqtisodiyot rivoji uchun foydali xususiyati nima?


A. Ishlab chiqarishning uzluksizligini ta'minlash va investitsiya mablag’lari bilan ta'minlash.
B. Ixtiyoriy sug’urtani amalga oshirish.
C. Majburiy sug’urtani amalga oshirish.
D. Iqtisodiyotda yangi ish o'rinlarini yaratish.

73. Javobgarlik sug’urtasida uchinchi shaxs tushunchasi kimga nisbatan qo’llaniladi?


A. Mulki, hayoti yoki sog’ligiga zarar etkazilgan shaxsga nisbatan.
B. Naf oluvchia nisbatan.
C. Sug’urtalanuvchiga nisbatan.
D. Sug’irtalovchiga nisatan.

74. Sug’urta bozori deganda nimani tushunasiz?


A. Ma'lum hududda turli mulk shaklidagi sug’urta kompaniyalarining turli ko'rinishdagi sug’urta xizmatlarini taklif etishi.
B. Sug’urtada monopoliya asosida sug’urta xizmatlarining ko'rsatilishi.
C. Ixtiyoriy va majburiy sug’urta turlarining bir vaqtning o'zida amalga oshirilishi.
D. Turli ko'rinishdagi majburiy sug’urta turlarining amalga kiritilishi va ularni davlat sug’urta tashkiloti tomonidan taklif etilishi.

75. Sug’urtaviy risk tushunchasi nimani bildiradi?


A. Sug’urta kompaniyasi va sug’urtalanuvchi o’rtasida tuzilgan sug’urta shartnomasiga kiritilgan va mazkur risklar yuz berganda ko’rilgan zararni sug’urta kompaniyasi tomonidan qoplab berish ko’zda tutilgan risklar.
B. Tomonlar o'rtasida shartnoma tuzish orqali sug’urtalanuvchi yuridik yoki jismoniy shaxsning hayoti va faoliyatida yuz berishi mumkin bo'lgan hodisalardan ko'riladigan zararlarni sug’urtalovchi tomonidan qoplashga kelishilgan risklar.
C. Sug’urtalanuvchi yuridik yoki jismoniy shaxsning hayoti va faoliyati bilan bog’liq yuz berishi mumkin bo'lgan hodisalardan sug’urtalash ko'zda tutilgan risklar.
D. Yuridik yoki jismoniy shaxs o'z hayoti va faoliyati bilan bog’liq xavf-xatarlarni sug’urta kompaniyasi tomonidan sug’urtalashga qabul qilishi mumkin bo'lgan risklar.

76. AQShda sug’urta mahsulotlarini sotishda asosan qaysi sotish kanalidan foydalaniladi?


A. Sug’urta brokerlari orqali sotish.
B. Banklar orqali sotish.
C. To'g’ridan-to'g’ri sotish.
D. Onlayn tarzda sotish.

77. Davlat majburiy sug’urtasi nima uchun joriy qilinadi?


A. Davlat organlari xodimlarining ijtimoiy himoyasini ta’minlash maqsadida.
B. Sug’urta tushumlarini ko’paytirish maqsadida.
C. Aholini sug’urtaga ko’proq qamrab olish uchun.
D. Bydjet kamomadini qoplash maqsadida.

78. Sug’urta iqtisodiyot uchun qaysi uchta muhim vazifani bajaradi?


A. Korxonalar moliyaviy barqarorligini ta’milash, iqtisodiyotga investitsiya yo’naltirish, investitsiyalarni himoyalash.
B. Aholini ijtimoiy himoya qilish, iqtisodiyotga investitsiya yo’naltirish, , investitsiyalarni himoyaash.
C. Ishlab chiqarishni kengaytirish, yangi ish o’rinlari yaratish, korxonalar moliyaviy barqarorligini ta’milash.
D. Yangi ish o’rinlari yaratish, eskilarini saqlab qolish, omonatlarni saqlash va ko’paytirish.

79. Sug’urta sohasida aloida mutaxassislar tayorlash zarurati nima bilan belgilanadi?


A. Sug’urta iqtisodiyotning alohida tarmog’i bo’lib, bu soha uchun maxsus qonunchilik hujjatlari amal qilishi ular bilan ishlash uchun alohida bilim va ko’nikmalar zarurligi uchun.
B. Sug’urta sohasida kadrlar etishmovchiligi borligi uchun.
C. Sug’urta sohasi muhim soha ekanligi uchun.
D. Sug’urta sohasi o’ziga xos soha bo’lganligi uchun.

80. 2019 yil 2 avgustda qabul qilingan sug’urta sohasidagi Prezident qarorida o’rta maxsus ta’lim muassasalarini bitirgan sug’urta xodimlari uchun qanday imtiyoz belgilandi?


A. Test sinovlarisiz suhbat asosida sug’urta yo’nalishiga o’qishga qabul qilish.
B. Grant asosida o’qishga qabul qilish.
C. Onlayn tarzda o’qishni tashkil qilish.
D. O’qishga qabul qilinganlar uchun kontrakt mablag’larini bydjet mablag’lari hisobidan to’lash.

81. “Sug’urta alifosi” mavzusi bo’yicha maktabdan to oliy ta’lim muassasasigacha fuqarolarning sug’urta va moliyaviy savodxonligini oshirish mexanizmlarini joriy etish masalasi qaysi hujjatda belgilandi?


A. 2019 yil 2 avgustda qabul qilingan sug’urta sohasidagi Prezident qarorida.
B. Ta’lim to’g’risidagi qonunda.
C. Prezidentning 2020 yil dekabrdagi Oliy majlisga murojaatnomasida.
D. Xalq ta’limi vazirligining buyrug’ida.

82. Majburiy sug’urta va majburiy davlat sug’urtasining farqi nimada?


A. Majburiy davlat sug’urtasida sug’urta mukofotini davlat tomonidan to’lanishida.
B. Majburiy davlat sug’urtasida sug’urta mukofotini sug’urtalanuvchi tomonidan to’lanishida.
C. Majburiy davlat sug’urtasida sug’urta mukofotining umuman to’lanmasligida.
D. majburiy davlat sug’urtasida sug’urtaning qonun asosida amalga kiritilishida.

83. Sug’urta marketingiga bo’lgan ehtiyoj qachon kuchayadi?


A. Sug’urta bozorida raqobat kuchayganda.
B. Bir nechta sug’urta kompaniyalarining o'zaro aloqasi kuchayganda.
C. Sug’urtalanuvchi va sug’urtalovchi o'rtasida munosatlar yomonlashganda.
D. Qonunchilik o’zgarganda.

84. Mintaqaviy sug’urta bozori tog’ri keltirilgan javobni toping?


A. G’arbiy evropa sug’urta bozori.
B. AQSH sug’urta ozori.
C. Yaponiya sug’urta bozori.
D. Virjiniya sug’urta bozori.

85. Sug’urta ob’ekti nima?


A. sug’urtalangan mulkiy manfaat.
B. sug’urtalanuvchi.
C. sug’urta agenti.
D. sug’urtalovchi.

86. Kovernota – bu:


A. sug’urta brokeri tomonidan jismoniy va yuridik shaxslarga beriladigan, sug’urta shartnomasi tuzilishini tasdiqlovchi hujjat.
B. sug’urtalovchi tomonidan mijozlarga beriladigan hujjat.
C. sug’urtalovchi va sug’urtalanuvchi hatti-harakatlarini tartibga soluvchi hujjat.
D. sug’urta agentiga sug’urta tashkiloti tomonidan beriladigan hujjat.
87. Subrogatsiya nima?
A. sug’urtalanuvchining sug’urta summasini olish maqsadida sug’urtalangan mol-mulkdan to’liq voz kechishi.
B. sug’urtalovchi va sug’urtalanuvchi o’rtasida bo’ladigan o’zaro munosabatlar majmui.
C. sug’urtalovchi va sug’urtalanuvchi o’rtasida yuzaga keladigan nizolarni hal etish shakli.
D. sug’urtalanuvchining sug’urta hodisasi ro’y berishi natijasida ko’rilgan zararni aybdorlardan undirib olish huquqini sug’urtalovchiga o’tishi.

88. Sug‘urta faoliyati sub’ektlari kimlar?


A. Cug‘urta qildiruvchilar va sug‘urta tashkilotlari
B. Cug‘urta bozori professional ishtirokchilari va sug‘urtalanuvchilar
C. Cug‘urta bozorini rivojlantirish agentligi va davlat
D. Cug‘urta bozorining professional ishtirokchilari.

89. “Sug‘urta bozorini rivojlantirish agentligi”ni tashkil etishdan maqsad nima?


A. Sug‘urta munosabatlarini tartibga solish va ularni rivojlantirish.
B. Sug‘urta qonunlarini ishlab chiqish.
C. Sug‘urta faoliyatini rivojlantiruvchi tuzilmani shakllantirish.
D. Sug‘urta faoliyatini nazorat qilish.
90. Sug‘urta kompaniyalari quyida keltirilgan sohalarning qaysi biri bilan shug‘ullanishga haqqi yo‘q?
A. Ishlab chiqarish faoliyati bilan.
B. Qayta sug‘urtalash faoliyati bilan.
C. Investitsiya faoliyati bilan.
D. Vositachilik faoliyati bilan.

91. Sug’urta zahiralari investitsiya ob’ektlariga qanday shartlarda joylashtiriladi?


A. diversifikatsiya shartlarida.
B. faqat savdo-vositachilik bitimlarini moliyalashtirish shartlarida.
C. sug’urta zahiralarini 100 foiz davlat qimmatli qog’ozlariga joylashtirish sharti bilan.
D. Sug‘urta zahiralarini tijorat banklariga depozit sifatida joylashtirish sharti bilan.

92. Sug’urta tashkilotlarining investitsiya faoliyatini amalga oshirish tartibini qaysi organ belgilaydi?


A. davlat sug’urta nazorati organi belgilaydi.
B. sug’urta tashkilotining o’zi belgilaydi.
C. Adliya vazirligi belgilaydi.
D. Vazirlar Mahkamasi belgilaydi.

93. Sug’urtalovchilarning zahira mablag’lari qaysi maqsadda ishlatiladi?


A. Sug’urta hodisasi ro’y berganda yuzaga keladigan zararlarni qoplashga.
B. Sug’urta tashkiloti joylashgan binoni saqlash xarajatlarini moliyalashtirishga.
C. Sug’urtalovchining reklama xarajatlarini moliyalashtirishiga.
D. Oylik maoshlar uchun to’lovni amalga oshirishga.

94. Sug’urta tashkilotining zahiradagi mablag’lari davlat tomonidan olib qo’yilishi mumkinmi?


A. Olib qo’yilishi mumkin emas.
B. Qisman olib qo’yilishi mumkin.
C. Olib qo’yilishi mumkin.
D. Zarur hollarda olib qo’yilishi mumkin.

95. Quyidagilardan qaysi biriga investitsiya mablag’lari yo’naltirilmaydi?


A. kredit berish.
B. depozitga qo’yish.
C. muassis sifatida ishtirok etish.
D. aksiya sotib olish.

96. Sug’urta marketingining asosiy funktsiyasi nimalardan iborat?


A. Sug’urta xizmatlariga bo’lgan talabni aniqlash.
B. Sug’urta kompaniyasining moliyaviy-xo’jalik faoliyatini tekshirish.
C. Sug’urta tarifi stavkasini belgilash.
D. Sug’urta hodisasi ro’y berish ehtimoliyligini aniqlash.

97. Kasallikdan ehtiyot shart sug’urta qilish sug’urta faoliyati klassifikatoriga muvofiq, umumiy sug’urtaning qaysi klassiga taalluqli?


A. II klass.
B. I klass.
C. V klass.
D. II klass.

98. Fuqarolarni baxtsiz hodisalardan ehtiyoti shart ixtiyoriy sug’urtalashda sug’urta mukofoti byudjet mablag’lari hisobidan to’lanishi mumkinmi?


A. Qisman to’lanishi mumkin.
B. To’lanishi mumkin.
C. To’lanishi mumkin emas.
D. Mahalliy bydjet hisobidan to’lanishi mumkin.

99. Sug’urta polisi - bu:


A. Sug’urta shartnomasi tuzilganligini asoslovchi, sug’urtalovchining majburiyati boshlanganligini tasdiqlovchi hujjat.
B. sug’urtalanuvchiga sug’urta hodisasi ro’y berishidan qatiy nazar sug’urta summasini olish huquqini beruvchi hujjat.
C. Sug’urtalovchiga sug’urta shartnomasi tuzishdan oldin beriladigan hujjat.
D. Sug’urtalanuvchiga sug’urta shartnomasi tuzishdan oldin beriladigan hujjat.

100. O’zbekiston Respublikasining «Sug’urta faoliyati to’g’risida»gi Qonuni qachon qabul qilingan?


A. 2002 yilning 5 aprelida.
B. 1993 yilning 6 mayida.
C. 1994 yilning 12 dekabrida.
D. 2001 yilning 8 dekabrida.

101. Hayotni sug’urtalashda sug’urta summasi qanday aniqlanadi?


A. Sug’urtalovchi va sug’urtalanuvchi o’zaro kelishgan holda.
B. Sug’urtalovchining fikri bilan.
C. Sug’urtalanuvchining tashabbusi asosida.
D. Qonunchilikda belgilangan me’yorlar asosida.

102. Umumiy sug‘urta tarmog‘ida faoliyat ko‘rsatuvchi sug‘urta tashkiloti hayot sug‘urtasi bilan shug‘ullanishi mumkinmi?


A. Mumkin emas.
B. Mumkin.
C. Moliya vazirligining ruxsati bilan shug‘ullanishi mumkin.
D. Alohida holatlarda mumkin.

103. O‘zbekistonda uzoq muddatli hayot sug‘urtasi bo‘yicha sug‘urtalanganlarga qanday imtiyoz berilgan?


A. daromad solig‘i bo‘yicha imtiyoz.
B. foyda solig‘i bo‘yicha imtiyoz.
C. mulk solig‘i bo‘yicha imtiyoz.
D. Yer solig‘i bo‘yicha imtiyoz.

104. O’zbekiston sug’urta qonunchiligiga ko’ra, qaysi sub’ektlar uchun litsenziya olish talabi belgilangan?


A. Sug’urtalovchi va sug’urta brokerlari uchun;
B. Faqat sug’urtalovchilar uchun.
C. Sug’urta vositachilari.
D. Sug’urta bozorining barcha professional ishtirokchilari uchun.

105. Sug’urtalovchilar uyushmasining funktsiyasi nimadan iborat?


A. sug’urta tashkilotlarining manfaatini himoya etish.
B. sug’urtalovchilar faoliyati ustidan nazorat qilish.
C. alohida sug’urta tashkilotlariga soliq imtiyozlarini berish.
D. yangi sug’urta turlarini ishlab chiqish.

106. Baxtsiz hodisalardan ehtiyoti shart sug’urta qilish sug’urta faoliyati klassifikatoriga muvofiq, umumiy sug’urtaning qaysi klassiga taalluqli?


A. I klass.
B. VIII klass.
C. V klass.
D. II klass.

107. Harbiy xizmatchilarning majburiy davlat sug’urtasi uchun sug’urta mukofoti kim tomonidan to’lanadi?


A. Davlat byudjeti mablag’lari hisobidan amalga oshiriladi.
B. Mudofaa Vazirligining byudjetdan tashqari mablag’lari hisobiga amalga oshiriladi.
C. harbiy xizmatchilarning oylik maoshlarini bir qismini sug’urta tashkilotiga o’tkazish hisobiga.
D. sug’urta tashkilotlari va harbiy qismlar mablag’lari hisobiga amalga oshiriladi.

108. Soliq xodimlarining majburiy davlat sug’urtasi qaysi sug’urta tashkiloti tomonidan amalga oshiriladi?


A. «O’zbekinvest» AJ sug’urta kompaniyasi tomonidan.
B. «Alskom» sug’urta kompaniyasi tomonidan.
C. «Kafolat» AJ sug’urta kompaniyasi tomonidan.
D. «O’zagrosug’urta» AJ sug’urta kompaniyasi tomonidan.

109. Tibbiy sug‘urtada nima sug‘urta ob’ekti bo‘lib hisoblanadi?


A. Sug‘urtalanuvchining kasallikka chalinishi va mehnat qobiliyatini vaqtinchalik yo‘qotishi.
B. Sug‘urtalanuvchining ma’lum yoshga yetishi.
C. Sug‘urtalanuvchi biznesining to’xtashi.
D. Sug‘urtalanuvchining mulkiga zarar yetishi.

110. Franshiza tushunchasiga berilgan to’g’ri javobni toping?


A. Sug’urta shartnomasiga asosan sug’urtalovchining sug’urta summasiga nisbatan foiz hisobida sug’urta qoplamasini to’lashdan ozod etilishi;
B. Sug’urta ob’ektini baholash uslubi;
C. Sug’urtalanuvchining sug’urta hodisasi yuz berishi natijasida ko’rgan zarar miqdorini aniqlashga bo’lgan huquqi;
D. Sug’urta hodisasi yuz berganligi to’g’risidagi xabarnoma.

111. Sug’urta shartnomasini tuzishda sug’urta agenti kimning nomidan ish yuritadi?


A. Sug’urtalovchining nomidan;
B. Sug’urtalanuvchining nomidan;
C. O’z nomidan;
D. davlat nomidan.

112. O‘zaro sug‘urtalash jamiyatining oliy organi qanday organ?


A. A’zolarning umumiy yig‘ilishi;
B. O‘SJning kuzatuv kengashi;
C. Boshqaruv apparati;
D. Akvizitsiya bo‘limi.

113. Ixtiyoriy sug’urta turlari bilan shug’ullanuvchi sug’urta tashkilotlari uchun belgilangan ustav kapitalining eng kam miqdorini ko’rsating?


A. 15 mlrd.so’m
B. 10 mlrd.so’m
C. 7.5 mlrd.so’m
D. 30 mlrd.so’m

114. Iqtisodiy adabiyotlarda sug‘urta rivojlanishi davomida uning uchta shakli shakllanganligi keltiriladi, ular qaysilar?


A. O‘z-o‘zini sug‘urtalash, o‘zaro sug‘urta, tijoratga asoslangan sug‘urta
B. O‘zaro sug‘urta, tijoratga asoslangan sug‘urta, davlat sug‘urtasi
C. O‘z-o‘zini sug‘urtalash, o‘zaro sug‘urta, majburiy sug‘urta
D. O‘zaro sug‘urta, markazlashgan sug‘urta, davlat sug‘urtasi

115. Markazlashgan sug‘urta fondlari nima maqsadda tashkil etiladi?


A. Yirik katastrofalar yoki urushla yuz berganda foydalanish maqsadida
B. Byudjet kamomadini to‘ldirish uchun
C. YaIM o‘sishi pasayib ketganda
D. Ba’zi korxonalar bankrotlikka uchraganda

116. Ҳаёт суғуртасини амалга оширувчи илк суғурта жамияти нима деб аталган?


А) “Equitable”
Б) fraternol society
В) friendly society
Г) “Hand in Hand”

117. Umumiy sug’urta tarmog’i nechta klassdan iborat?


A. 17-klass
B. 14-klass
C. 4-klass
D. 9-klass

118. Hayotni sug’urta qilish tarmog’i nechta klassdan iborat?


A. 4-klass
B. 7-klass
C. 14-klass
D. 17-klass
119. Kasallikdan ehtiyot shart sug’urta qilish qaysi tarmoqqa tegishli?
A. umumiy sug’urtaning 2-klassiga
B. umumiy sug’urtaning 4-klassiga
C. hayot sug’urtasining 2-klassiga
D. hayot sug’urtasining 4-klasiga

120. Baxtsiz hodisalardan ehtiyot shart sug’urta qilish sug’urtaning qaysi tarmog'ini qaysi klassiga taaluqli?


A. umumiy sug'urta tarmog'ining I klass
B. umumiy sug'urta tarmog'ining VIII klass
C. hayot sug'urta tarmog'ining I klass
D. hayot sug’urta tarmog’ining IV klass

121. Umimiy sug’urta yoki hayotni sug’urta qilish tarmog’ida


Download 60,65 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish