3-Laboratoriya ishi Mavzu: Yo‘l poyi gruntining zichlanganlik darajasi va elastiklik modulini tezkor usulda aniqlash (Dornii) Ishdan maqsad



Download 236,3 Kb.
Sana13.03.2023
Hajmi236,3 Kb.
#918509
Bog'liq
Laboratoriya mashg\'uloti №3


3-Laboratoriya ishi
Mavzu: Yo‘l poyi gruntining zichlanganlik darajasi va elastiklik modulini tezkor usulda aniqlash (DorNII)


Ishdan maqsad: Ishni maqsadi: Avtomobil yo‘lini qurishda yo‘l poyi gruntini zichlik koeffitsientini va elastik modulini aniqlash.
Asosiy ma’lumotlar: Yo‘l poyini turg‘unligi, mustahkamligi va barqarorligi uning gruntlarini katoklar va boshqa zichlash mashinalari bilan qatlamma-qatlam normativ qiymat darajasigacha zichlash bilan ta’minlaniladi. Bog‘langan gruntdan qurilgan yo‘l poyi zichlik koeffitsienti bilan belgilanadi.


(1)

bu yerda: -ko‘tarma grunti skletini o‘rtacha hajmiy vazni, g/sm3;


-shu gruntni normativ yoki loyihadagi hajmiy vaznini qiymati, g/sm3 .
Yo‘l poyi gruntini zichlik darajasi MKN, QMQlar va loyihalarda me’yorlangan va ayrimlari 4-jadvalda keltirilgan.

Gruntni minimal zichlik koeffitsient qiymati


4-jadval

Yo‘l poyi qismi

Yo‘l poyi yuzasiga nasbatan qatlam chuqurligi, m

Yo‘l iqlim zonasi

IV

V

Yuqori qismi

1,5

1,03-0,98

1,00-0,95

Pastki suvlanmaydigan qismi

1,5-6,0

0,95

0,95

Pastki suvlanadigan qismi

1,5-6,0

0,98

0,95

Fasliy muzlash qatlami

1,2

1,00-0,98

0,98-0,95

Gruntlarni optimal namligi va maksimal zichlik haqidagi ma’lumotlar 5-jadvalda keltirilgan.
Gruntning optimal namligi va maksimal zichligi
5-jadval

t/r

Grunt nomi

Grunt skletini maksimal zichligi, g/sm3

Optimal namlik, %

Oquvchanlik chegarasidagi namlik

1

Qum

1,88

12




2

Supes

1,80

11




3

Changdor supes

1,62

20




4

Og‘ir suglinok

1,95

19




5

Suglinok

1,74

19




6

Glina

1,70

23




Yo‘l poyini mustahkamligini hisoblashda gruntni zichlik koeffitsienti emas, balki uning amaldagi moduli qiymatidan foydalaniladi. Hozirda gruntni zichlik koeffitsienti va nisbiy namlik qiymati orqali nomogramma yordamida yo‘l poyini modulini aniqlash mumkin.
Nisbiy namlik , (2)
bu yerda; , - gruntning amaldagi va oquvchanlik chegarasidagi
namligi.
III. Materiallar, o‘lchash asbob uskunalari.

  1. Grunt namunalari.

  2. Gruntni plastikligi, optimal namligi, maksimal zichligi, tabiiy namligi haqida ma’lumotlar.

  3. DorNII penetrametri (2-rasm).

  4. Grunt zichlash koeffitsienti, nisbiy namlik va zarba soni bo‘yicha elastik moduli aniqlash nomogrammasi (3-rasm).

Ishni bajarish tartibi.


Laboratoriya ishi 4-5 kishilik kichik guruhlarga bo‘linib bajariladi.
1. Xususiyati oldindan ma’lum grunt olinadi va shu gruntni yo‘l poyidagi tabiiy namligi W % va nisbiy namligi 2-formuladan aniqlanadi.
2. O‘rganilayotgan yo‘l poyida DorNII penetrametri bilan oralig‘i 0,10-0,15 m. kam bo‘lmagan uchta nuqtada o‘lchash ishlari bajariladi. Bunda DorNII penetrametrini ishchi qismi to‘liq , 10 sm chuqurlikka gruntga botguncha zarbalar beriladi va o‘rtacha qiymat olinadi.
3. Olingan natijalar 63-jadvalga yoziladi.
Tajriba natijalari
6-jadval

t/r

Grunt turi

Oquvlanlik chegarasidagi namlik,%

Yo‘l poyidagi gruntni tabiiy namligi, %

Nisbiy namlik Wnis %

Zarbalar o‘rtacha soni

1

Supes













2

suglinov













3

glina













4
















DorNII penetrametri



2-rasm. 3 - rasm. Gruntlarni zichlashtirish koefitsienti va elastiklik
modulini nisbiy namlikka qarab aniqlash nomogrammasi.

4.Tajribadan olingan natijalar bo‘yicha 3-rasmdagi nomogrammadan yo‘l poyini ishchi qatlamini zichlik koeffitsienti va elastiklik moduli aniqlanadi.


Qisqacha hisobot
Laboratoriya ishlari natijalari va hisobot ishlari tahlil etilib, normativ hujjat yoki loyiha qiymatlariga solishtiriladi. Yo‘l poyi grunti zichlik koeffitsienti va elastik moduli baholanadi.
Xulosa.
Yo‘l poyini gruntini zichlik koeffitsienti va elastiklik moduli bo‘yicha olingan natijalarni yo‘l poyini qurish texnologiyasi sifatini boshqarishda, tayyor yo‘l poyi uchastkasini qabul qilishda va foydalayotgan avtomobil yo‘lni texnik holati haqida fikr yuritiladi.
Nazorat savollari
1. Gruntni optimal namlash va maksimal zichligi qandapy aniqlaniladi.
2. Yo‘l poyi grunti qanday zichlik koeffitsientiga ega bo‘lishi kerak.
3. Yo‘l to‘shamasi konstruksiyasini hisoblashda yo‘l poyi grunti qanday elastik moduli qiymatlari belgilangan.
Download 236,3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish