3-laboratoriya: Multimedia texnologiyalari


Multimedianing apparat qismiga bo‘lgan talablar



Download 324,1 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/3
Sana01.07.2022
Hajmi324,1 Kb.
#726681
1   2   3
Bog'liq
3-laboratoriya mash

 
Multimedianing apparat qismiga bo‘lgan talablar: 
 

hech bo‘lmasa, 80386 
mikroprotsessorida 
ishlovchi shaxsiy 
kompyuter; 

mikroprotsessorning takt chastotasi kamida 33 mGts bo‘lishi kerak;

operativ (tezkor) xotira (RAM) kamida 2 Mbayt bo‘lishi kerak;

qattiq diskda hajmi kamida 300 Mbaytli to‘plagich bo‘lishi lozim; 

elastik diskda hajmi 1,44 Mbayt bo‘lgan to‘plagich; ikki tugmali 
“sichqon” xilidagi manipulyator;

101 klavishli klaviatura va DIN standarti bo‘yicha ulash uchun 
bo‘linma;

256 rang bo‘lganda 640x480 nuqta (piksel, yoki 16 rang, 800x600 
nuqta) grafik rejimini ta'minlay oluvchi VGA xilidagi displey va adapter;

kompakt disklari uchun CD-ROM diskovod;

hech bo‘lmaganda parallel ikkita yo‘nalishli bitta interfeys;

shaxsiy kompyuterga ulash mumkin bo‘lgan bosh telefonlar yoki ovoz 
kuchaytirgich;



MRS bilan mos keluvchi audioadapter; 

IBMga mos keladigan tahliliy joystikni ulash imkoniyati;

kirish-chiqish MIDI porti.
o
CD-ROM uchun diskovod yana quyidagi talablarga javob berishi lozim:

ma'lumotlarni to‘xtovsiz uzatish tezligi sekundiga kamida 150 Kbayt 
bo‘lishi kerak. Ammo bunga mikroprotsessor unumdorligining 40 foizidan ko‘pi 
sarflanmasligi kerak;

MRS standartiga bo‘lgan talablar ichida Super VGA adapterining ish 
unumdorligiga nisbatan shartlar ham bor.

qayd etilgan talablar kerakli multimedia ilovasi ishini amalga oshirish 
imkonini beradi.

agar tasvir ma'lumotlari CD-ROM diskovodidan 5:1 dan 10:1 gacha 
kichiklashtirilgan koeffitsentda 150 KbaytG`sek. tezlik bilan kelishini yodga 
solsak, u holda MRS standarti talablariga muvofiq tayyorlangan VGA adapterining 
ish unumdorligi ancha past bo‘lib qoladi. 
Multimedia vositalarining qo‘llanilish sohalari.Ta'lim va o‘qitish sohalarida 
multimedianing qo‘llanilishi (Computer Based Training - CBT) shaxsiy 
foydalanish xamda biznes ishlarini yo‘lga qo‘yish uchun mo‘ljallangan. 
Multimediani ushbu sohalarda qo‘llash qo‘lami kundan – kunga yanada ortib 
bormoqda. Chunki yuqori kasbiy malakani taminlovchi bilim har doim tez o‘zgarib 
turadi. Bugungi o‘sish darajasi, ayniqsa texnika sohasida doimiy yangilanishni 
talab qiladi. Shu bois raqobatga asoslangan korxona o‘z faoliyatida ancha 
moslanuvchan bo‘lishi lozim. Bu oddiy xodimlar uchun ham, raxbarlar uchun ham 
birday xaqqoniy yo‘l. Kompyuterlardan foydalangan holda o‘qitish uchun ma'lum 
tizim kerak. 
Ko‘pgina tadqiqotlar kompyuterlardan foydalangan holda o‘qitish 
tizimining muvaffaqiyatlarini e'tirof etmoqda. Eski an'anaviy ta'lim usullari bilan 
ob'ektiv taqqoslash juda qiyin, ammo, multimedia bazasida o‘zgaruvchan 
interaktiv dastur bilan ishlashga e'tibor ikki barobar kuchaydi. Aniq bir materialni 
o‘rganish uchun vaqtni tejash an'anaviy ta'lim usullariga nisbatan o‘rtacha 30% ni 
tashkil qilayapti. O‘zlashtirilgan bilim esa xotirada ancha uzoq saqlanadi. 
Marketing bo‘yicha ekspertlar allaqachon ko‘p martali tajribalarida o‘qish 
uslubi bilan o‘zgartirilgan materiallarni xotirada tiklash o‘rtasida kuchli aloqa 
borligini isbotlashgan. Masalan, eshitgan materiallarni faqat to‘rtdan bir qismigina 
xotirada qoladi. Agar o‘quvchi ushbu materiallarni ko‘rish orqali o‘zlashtirish 
imkoniga ega bo‘lsa, xotirada qolgan materiallar xajmi 30 % ga ko‘payadi. 
Mabodo ham ko‘rish, ham eshitish orqali material o‘zlashtirilsa, uning 50 % i 
xotirada qolar ekan, agar o‘quvchi o‘rganish jarayonida faol harakat qilishga jalb 
etilsa, masalan, multimedia ilovasi kabi interaktiv o‘qitish dasturi yordamidan 
foydalanilsa, o‘zlashtirish hajmi 75 % ni tashkil qiladi.
Elektron kitoblar.CD-ROM rusumidagi katta hajmli uncha qimmat 
bo‘lmagan xotira-qurilmalarning mavjudligi tufayli elektron kitoblarning paydo 
bo‘lishi mumkin bo‘ldi. Elektron kitoblar atamasi sahifalari displey ekranida 
tasvirlanadigan yangi rusmdagi kitobni anglatadi. Boshqacha aytganda, bu axborot 
interaktiv tizimi foydalanuvchi (o‘quvchi) uchun sahifama-sahifa tashkil etilgan 


axborotga kirishni taminlaydi. 650 Mb sig`imli kompakt disk axborotning quyidagi 
keltirilayotgan hajmlaridan birini yozishga imkon beradi: 

A4 formatdagi matnning 200.000 sahifasi; 

20.000 grafik rasmlar; 

2.000 televizion statik tasvirlar; 

30 soniya videotasvir; 

18 soat o‘rtacha sifatli tovush. 
Elektron kitob sahifalaridagi axborot uch xil bo‘lishi mumkin: estetik 
(kitobning «yoqimli» ko‘rinishini belgilovchi va uning o‘quvchiga ta'sirini 
kuchaytiruvchi), axborot (kitob mazmunini ochib beruvchi) va nazorat 
(piktogramma, ikona, dialogli darchalar, dinamik menyu va hokozolar ko‘rinishida 
taqtim etilgan material). 
Elektron kitoblarni to‘rt sinfga: qomusiy, axborot, o‘qituvchi va imtihon 
oluvchilarga bo‘lishi mumkin. 
Elektron kitoblarni birinchi xili muayayn mavzu bo‘yicha ulkan hajmdagi 
axborotni o‘zida saqlaydi. Crolier Enceclopedia, Comptons Multimedia
Enceclopedia, Microsoft Bookshelf va boshqa shu kabi mashhur mahsulotlar 
bunga misol bo‘la oladi. 
Elektron kitobning ikkinchi xili birinchisiga o‘xshamaydi, biroq bu 
kitoblarda saqlanuvchi axborot unchalik keng emas va maqsadga yo‘naltirilgan 
xususiyatga ega. Masalan, Oxford Textbook of Medicine on Compact Disk, 
Elsevie’s Active Library on Corrosion va boshqalar. 
Uchinchi xil elektron kitoblar amaliyotda ko‘p tarqalgan va ta'lim 
jarayonida, bolalar bog`chalarida (masalan, Broderburd’s Living Book) hamda 
o‘qishdan keyingi malaka oshirish kurslarida foydalanilishi mumkin. Bundan 
tashqari, mazkur kitoblar badiiy asarlarni o‘zida saqlashi mumkin (masalan, 
Herman Melville’s Moby Disk, Gustave Flaubert’s Madame Bovary, Michael 
Crichton’s Jurassic Park, Adam Hitchhiker’s Guide to Galaxy). 
To‘rtinchi xil kitoblarda uch muhum komponent: masalalar (vazifalar) 
banki, testlash va javoblar moduli, tahlil va baholash uchun o‘quvchi javoblaridan 
foydalanuvchi ekspert tizimi mavjud. 
Multimedia-kitoblar bitta tashuvchida (CD-ROM yoki magnit diskda) 
yozilgan va bir chiziqda (to‘g`ri) tashkil qilingan, ya'ni zarur axborot izchil 
ravishda aks ettirilgan matn audio, statik tasvir va videodan foydalaniladi.
Polimedia-kitoblar, avvalgilardan farqli ravishda o‘quvchi axborotni taqdim 
etish uchun bir necha turli tashuvchilar (CD-ROM, magnitli disk, qog`oz va 
boshqalar) kombinatsiyasidan foydalaniladi. 
Gipermedia-kitoblar multimedia – kitoblar bilan ko‘p umumiylikka ega 
bo‘lsada, o‘zidagi axborotning notekis tashkil etilishi bilan farqlanadi, masalan,
o‘quvchi “sichqon” yordamida asosiy materialni bir chetga qo‘yib, konteks va 
foydalanilayotgan usul bo‘yicha atama va tushunchalar tizimiga tuzatishlar, 
sharhlar so‘rashi mumkin. 
Intellektual-kitoblar ma'nosi jixatidan ilgari kiritilgan imtihon oluvchi 
kitoblarga yaqin va o‘quvchi qobilyatlariga u bilan muloqot jarayonida jadal 
moslashishi mumkin. 


So‘ngi ikki kitobning istiqboli ham qiziqligi shubhasizdir. Telemedia – 
kitoblar masofadan turib o‘qitadigan taqsimlovchi interaktiv tizimni qo‘llab-
quvvatlash uchun telekommunikatsiya imkoniyatlaridan foydalanadi. Kibernetik-
kitoblar ham matematik modellash vositalarini o‘zida saqlaydi va shu bois bayon 
etilgan hodisalar va o'bektlarni har tomonlama o‘rganish hamda tadqiq etish 
imkoniyatini o‘quvchiga taqdim etadi. 
Horijiy tillarni o‘rganish uchun tizimlar.Bunday katta miqdordagi amaliy 
multimedia – tizimlar orasida Learning English in Multimedia o‘qituvchi tizimini 
ajratib ko‘rsatish mumkin. U boshlovchilar uchun ingliz tilini o‘qitish 
maqsadlariga mo‘ljallangan hamda IFAPG`IRI (Italiya) firmasi tomonidan ishlab 
chiqilgan. 
Kurs moduli printsipi bo‘yicha qurilgan, har bir modul u yoki bu hayotiy 
vaziyatga muvofiq keladi. Ko‘rib chiqilayotgan holatlar va ularga muvofiq 
keluvchi xatti-harakatlar uchun tegishli so‘z, tushuncha, jumla va gaplar kiritiladi. 
Shunday qilib, tinglovchilar o‘z lug`at boyligini to‘ldiradi, grammatika va sintaksis 
qoidalarni o‘rganadi. 
Kompyuter dasturi yordamida o‘qitish og`zaki nutqni tinglash va talaffuzini 
nazorat etish uchun videokasseta va audiokassetadan, shuningdek, grammatika 
qoidalari berilgan ikki o‘quv qo‘llanmasidan foydalanilgan holda to‘ldiriladi. O‘z-
o‘zini nazorat qilishning bunday usuli o‘qitish jarayoni samaradorligini oshiradi. 
Fan va zamonaviy texnologiyani o‘rganish uchun tizimlar. Bu katta sinfdagi 
amaliy multimedia – tizimlariga quyidagi misollarni (oddiydan murakkabga qarab) 
keltirish mumkin. Singapurning Ngee Ann politexnika instituti tomonidan ishlab 
chiqilgan COMAPP o‘qitish dasturi talablarga hisoblash texnikasi asoslarini, ya'ni 
kompyuter ishlashi printsiplari va uni qo‘llashni o‘rgatishga mo‘ljallangan. U 
Authorware Professional mualliflik tizimi yordamida qurilgan va turli o‘quv 
mavzulariga tegishli modul tizimiga ega. Uning bosh menyusida quyidagi 
ma'lumotlar mavjud: 

kompyuter o‘zi nima? 

raqamli kompyuterlar tarixi; 

kompyuterlar tasnifi; 

axborotni taqdim etish; 

mikrochizmalarni ishlab chiqish; 

kompyuter qanday ishlaydi; 

mikroprotsessorlar; 

dasturdan chiqish; 

muqaddima. 
Ko‘pgina kontseptual qoidalarni yaxshi o‘zlashtirish uchun ko‘p joy 
oladigan so‘z bayonlari o‘rniga animatsiya yordamida ochib beriladi. Dastur CD-
ROM da yozilgan va o‘n mingdan ziyod talaba o‘qiydigan ushbu institutda keng 
foydalaniladi. 
Prezintatsiyalar va mahsulot reklamasida multimediani qo‘llash.Firma 
prezintatsiyalari 
uchun 
multimedia 
ilovalaridan 
foydalanuvchi 
reklama 
agentliklarida daromadning o‘sishini kuzatish mumkin. Multimedia dasturini 


qo‘llash kerakli apparat va dasturiy vositalar tavsiya etuvchi turli imkoniyatlarni 
mantiqiy oqibati sanaladi. 
Vitrinali reklamalar sohasi (POSpoint of Salr – sotish joyi) multimediani 
qo‘llash uchun klassik misol bo‘la oladi. Bunday virtuallar yordamida mijozlar 
o‘zlarini qiziqtirgan axborotni mustaqil olish imkoniga ega bo‘ladi. Bu, masalan, 
banklarning operatsion zallari, ko‘rgazma va yarmarka zallari, avtosalon, sayohat 
byurosi, aeroport, temir yo‘l vokzal zallari bo‘lishi mumkin. Bu tizimning afzalligi 
shundaki, u istalgan axborotni tez yetkazib beradi, qo‘shimcha ijobiy (harid 
ma'nosida) tovar reklamasini yaratadi, shuningdek, haridorning sotib olishga 
bo‘lgan nisbati ma'lumotlar asosida ko‘rsatib beriladi, bozorda shu sohada mavjud 
talab qandayligi to‘g`risida axborot ham olasiz. 
Shunday qilib, multimedia-tizimlar hozirgi paytda ta'lim va kasbga tayorlash 
sohasida, nashriyot faoliyatida (elektron kitoblar), biznesni kompyuterlashtirish 
uchun (reklama, mijozlarga xizmat ko‘rsatish), axborot markazlarida (kutubxona, 
muzey) va hokazolarda muvaffaqiyatli qo‘llanilmoqda. 

Download 324,1 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish