3-ma’ruza: dramatik asardan parcha yod olish, uni g‘oyaviy-badiiy jihatdan tahlil qilish reja



Download 18,19 Kb.
bet1/3
Sana09.07.2022
Hajmi18,19 Kb.
#759519
  1   2   3
Bog'liq
3-mavzu ma\'ruza


3-MA’RUZA: DRAMATIK ASARDAN PARCHA YOD OLISH, UNI G‘OYAVIY-BADIIY JIHATDAN TAHLIL QILISH
Reja:
1. Dramatik tur.
2. Replikaning ifodali o‘qilishi.
3. Monolog va dialogning ifodali o‘qilishi.
Dramatik asarda epik va lirik asarlardagi kabi muallifning batafsil bayoni va hikoyasi bo‘lmaydi, drama kishini faqat harakatga ifodalaydi. V.G.Belinskiy aytganidek,dramatizm faqat so‘zlashuvdagina emas, balki bir-biri bilan so‘zlashayotganlarning jonli harakatidan iboratdir.
Drama badiiy adabiyotning asosiy turlaridan bo‘lib, monolog va dialoglar asosida ko‘rinadi. Shuning uchun ham u roman, qissa, hikoya va she’riy asarlardan tubdan farq qiladi. Dramatik asarda muallif qahramonlarning turli kayfiyatini, holatini va xatto ichki hissiyotini ham ularning nutqi va xatti - harakati orqali bayon etadi. Bilamizki, dramaturg o‘z qahramonlari hayoti haqida hikoya qilmay, balki ularning o‘zlarini jonli tarzda ifodali nutqni amalga oshirib, ularni harakatga keltiradi. Maksim Gorkiy dramatik asarlarning o‘ziga xos xususiyatlarini ta’kidlab, mazkur tur adabiyotining eng qiyin shakli ekanini, unda har bir shaxs muallifning izohsiz, o‘z so‘zi va ismi bilan harakatlanishini uqtiradi. Dramada barcha harakatlar qahramonlarning xususiyatlarini ochishga xizmat qiladi. Dramatik asarning ulardagi qahramonlarining nutqi epik asar qahramonlarining nutqiga nisbatan dinamik hisoblanadi. Dramatik asarlarda nutqning aniqligi, uslubi, temp va ritm, pauzalar katta ahamiyatga ega.
Dramatik asarlarni qo‘lga olish bilan darhol muallif izohiga nazar tashlanadi. Bu izoh adabiyotshunoslikda remarka deb ataladi. Dramatik asarlarda berilgan bu izohlar asarni sahnaga qo‘yuvchi rejissorga va ayniqsa, uni ifodali o‘qimoqchi bo‘lgan kitobxonga qaratilgan bo‘ladi. Binobarin, remarka asar ishtirokchilarining tashqi qiyofasi, yoshi, xulqi, xatti-harakatlari, qiliqlari, sahna manzarasi va boshqalar yoritiladi. Demak, muallif tomonidan bayon etilgan remarka asarni yaxshi tushunish, rollarga bo‘lib ifodali o‘qish uchun juda zarur. Asar qahramonlarining ifodali nutqi qanchalik ravon, chiroyli aytilsa, dramatik asar mazmunini tushunish ham shuncha oson bo‘ladi. Shuni ta’kidlash kerakki,har bir badiiy asarni o‘qish va o‘rganishda, xususan ularni badiiy asar sifatida tushunishda o‘quvchilar ayrim qiyinchiliklarga duch keladi. Bunga tavsiya etilayotgan adabiy materiallarning turli-tuman janrlarga oidligi ham sabab bo‘ladi. Har bir janr, hatto har bir asarning o‘zi uni o‘rganishdagi yangidan –yangi usul va shakllarni taqazo etadi. Bu ifodali o‘qish metodikasining asosiy aksiomalaridan biridir. Dramatik asarni yoki ayrim epik asarlardagi qahramonlarning dialoglarini o‘qishda har bir qahramonga xos bo‘lgan nutq ohanglarini belgilash, lirik asarlarni o‘qishda esa unda aks etgan kayfiyatni aks ettiradigan intonatsiyani aniqlab olish zarur. Badiiy asarni o‘qishda yoki dramatik asarlarni ifodali nutq tarzida ochib berish davomida uni lingvistik jihatdan izohlash va sharhlab, harakatga yo‘naltirish uchun quyidagi tamal toshlari qo‘yiladi. Xususan, so‘zlarning o‘z va ko‘chma ma’nolariga e’tiborni tortish, zarur hollarda esa ularga alohida mantiqiy urg‘u berish ifodali o‘qishning muhim xususiyatlaridan biridir.
O‘quvchi yoki dramatik asar qahramoni gapning mazmun-mohiyatidan kelib chiqqan holda unda ifodalanayotgan shodlik, qayg‘u, ko‘tarinkilik yoki ajablanish, hayratni o‘z ovozida aks ettirishini anglashi kerak. Dramatik asarlarni o‘qishda va o‘rganishda qahramonlarning ichki hissiyotini yuzaga chiqarish uchun ifodali o‘qish eng muhim vosita bo‘lib xizmat qiladi. Remarkalarni o‘qishda ham alohida izohni ifodali tarzda o‘qib asarni tushunishga harakat qilish lozim.
Masalan, Hamza Hakimzoda Niyoziyning "Boy ila xizmatchi" dramasiga yozilgan remarkani ko‘raylik:
Ishtirok etuvchilar:
G‘ofir - boyning xizmatkori, 30 yоshlarda.
Jamila – G‘ofirning xotini, 16 yoshda.
Solihboy - 50-60 yoshlarda.
Xolmat - boyning xizmatkori, 30-35 yoshlarda.
Hoji ona - boyning onasi.
Poshsho oyim -
Xonzodaxon -
Gulbahor - boyning xotinlari
Qodirqul - mingboshi
Rahima xola - Jamilaning onasi
Hasan - ellikboshi
Sifat buvi
Imom
To‘ra
Pristav
Qozi va boshqalar.
Birinchi parda:
Solihboyning ichkari hovlisi. Ro‘parada eshiklariga o‘ymakorlik bilan gullar chizilgan, bir- biriga yamashtirib solingan uchta naqshli dang‘illama uy. Bu uylarning oldida yozda ochilib, qishda yopiladigan naqshinkor, oynaband ravonlar, ayvonga asl turkman gilamlari, baxmal ko‘rpalar, ipak poyandozlar to‘shalgan. Shipga chinni qalpoqli zo‘r qandil osilgan. Hovlining sahniga xilma-xil gullar ekilgan. O‘ng yoki chap tomonda katta ko‘cha darvozasi.
Muallif tomonidan bayon etilgan bu remarkani ham ifodali o‘qish kerak. Remarkaning birinchi qismida asarda ishtirok etuvchi personajlarning nomlari, yoshi, kasbi va hatto jinslari ham bayon etilgan. Bu matnni ifodali o‘qiganda personajlarning nomlarini aniq ravshan talaffuz etib, so‘ng bir oz pauza qilinadi va tiredan keyin bayon o‘qiladi.
Remarkaning ikkinchi qismi, asosan, sahna manzarasi ifodalanganligi uchun bu matnning barchasi dona – dona qilib, ifodali o‘qiladi.
Dramatik asarlarni ifodali o‘qishga kirishishdan avval, o‘quvchilarga monolog va dialog haqida qisqa ma’lumot berib, ularning ifodali o‘qilishini ko‘rsatish zarur.
Jumladan, monolog “grek” tilidan olingan bo‘lib, asar qahramonining suhbatdoshiga yoki o‘ziga qarata aytilgan nuqtidir.
Monolog parda yoki ko‘rinishlarning boshida kelsa, voqea o‘rni bilan birga, asarda ishtirok etayotgan personajlardan birining sahnada paydo bo‘lishiga zamin hozirlaydi va u bilan tanishtiradi, bulardan tashqari, monolog asar qahramonining fikr va kechinmalarini ifodalaydi. Hamza Hakimzoda Niyoziyning “Boy ila xizmatchi” drammasidagi bosh qahramonlardan biri Jamila monologi buning yorqin dalilidir.
Qush edim, qanotimni qayirdilar, gul edim, bulbulimdan ayirdilar.
Sibir… Sibir... Qanday qo‘rqinchli... U qanaqa joy bo‘lsa ekan Borsammikan! He, men nima deyapman. Qayerga ham bora olaman. Meni bu temir kafasga soldilar ixtiyorimni qo‘limdan oldilar.Atrofimda qancha poyloqchi, qancha qorovullar bor. (Qulab.) Men endi boy xotiniman, ha, ha, ha. Boy xotin Yo! G‘ofirjon menga nomahramYo! O‘h-o‘h, qancha yig‘ladim, yig‘layversang ko‘zingning yoshi tugab qolar ekan, ko‘nikib ham qolar ekansan kishi. Mana endi yig‘lamayman ham. Ko‘zimda qatra yosh ham kelmaydi. O‘limga ham tik qarab turaveraman. Ne qilay, yashash uchun kurashdim, olishdim, (boshimga tuproq sochib faryod ko‘tardim, foydasi tegmadi, ko‘z yoshlarimning ariqda oqqan suvchalik qadr-u qimmati bo‘lmadi. Birov, nimaga yig‘laysan, deb so‘ramadi). Ha menday baxti qoraning kimga keragi bor Xonzoda bo‘lsa xuddi qarg‘aday go‘shtimni poylab, tepamda uchadi. Albatta, bu monologni ifodali o‘qishdan avval, monolog kim tomonidan, qay vaqtda, qanday holatda aytilganini tasavvur qilish lozim. Matnni ifodali o‘qiyotgan vaqtda Jamilaning ana shu vaziyatdagi holatiga yaqin hollarda bo‘lishga intilish kerak.

Download 18,19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish