3. Mashg’ulotning tarkibiy qismi(mazmuni)



Download 480,69 Kb.
bet3/32
Sana29.12.2021
Hajmi480,69 Kb.
#78152
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32
Bog'liq
Адаптив мустақил

Ko’zdan kechirish. Ko’zdan kechirishda shifokor bemorning o’zini tutishiga, tashqi ko’rinishiga, chexrasida aks etgan belgilarga, majburiy ko’rik va g’ayritabiiy yurishiga, tanasining normal shakli va nisbatlari buzilishiga diqqat bilan e’tibor berish kerak. Bemorni ko’ruvdan o’tkazish tayanch-xarakat apparatining juda ko’p shikastlanishlari va kasalliklarining belgilarini aniqlashga imkon beradi.

Ko’ruvdan o’tkazish ma’lum qoidaga rioya qilgan xolda uzviy va to’liq bo’lishi kerak. Ko’ruvdan o’tkazilayotganda bemor kiyimlardan xoli bo’lishi kerak, shundagina tana va qo’l-oyoqlarining simmetrik qismlarini solishtirish mumkin. Xonada bemorni yurgizib ko’rish maqsadga muvofiqdir. Shu vaqtda bemorning qad-qomatini, yyelka kamari simmetrikligini, chanoq, qiyshiqligini, bel shakli va konturlarini, gavda va oyoq-qo’llarning deformatsiyasi aniqlanadi.

Travmatologik bemorni ko’ruvdan o’tkazish ma’lum sxemaga asoslanadi, bu shikastlanishning muhim belgilarini ko’rmay o’tkazib yuborishdan asrab qoladi. Umumiy ko’ruvdan o’tkazgach va asosiy belgilarini aniqlagach, butun tana yuzasi o’rganib chiqiladi. Birlamchi ko’ruvdan o’tkazilganda bemorning xolati yoki shikastlangan tayanch-xarakat apparati faol aktiv, passiv yoki majburiy xolatda bo’lishi mumkin.

Bemorlarning faol xolati aksariyat kasallikning deyarli og’ir emasligidan, uning boshlangich bosqichidan yoki shikast yengil bo’lib, tana va qo’l-oyoq, faoliyatiga deyarli ta’sir qilmaganligidan darak beradi. Tashxis qo’yish nuqtai nazaridan bemorning passiv yoki majburiy xolatlari muhim ahamiyatga eg’adir.

Bemorning passiv xolati, ko’pincha, shikastning og’irligi yoki orqa miya shikastlanishi murakkablashib falaj bo’lganligidan darak beradi. Tayanch-xarakat a’zosining birorta segmentining passiv xolati shu darajada xarakterli bo’ladiki, uni ma’lum bir shikastlanishning patognomonik belgisi deb xisoblash mumkin. Bemor og’riqni kamaytirish yoki qoldirish maqsadida tanasiga yoki shikastlangan qo’l-oyog’iga ma’lum majburiy qulay xolatni beradi. Bemorning qo’li yoki oyog’iga ma’lum zarur xolat berishi ma’lum suyak mushak yoki nervning shikastlanganligidan darak beradi. Yana shikastlangan joydan uzoqroqda gavdaning yoki uning ma’lum bir qismining g’ayri tabiiy xolatiga alohida ahamiyat berish kerak - kompensator, moslashish va patologik tana xolati. Shunday qilib, bemorda vertikal yoki gorizontal xolatda paydo bo’ladigan kuchli lordoz, chanoq-son bo’g’imidagi bukuvchi kontrakturasi xisobidan bo’lishi mumkin.

Umumiy ko’zdan kechirish tugagach, maxalliy o’zgarishlar o’rganila boshlanadi. Shikastlangan tana qismini sog’lom simmetrik qismi bilan taqqoslab o’rganiladi.

Terini ko’zdan kechirganda, uning rangiga, elastikligiga, namligiga yoki, aksincha, quruqligiga, turli xil teri toshmalariga ahamiyat berish kerak. Travma sodir bo’lganda nafaqat teri yuzasi buzilishiga, balki uning tarqalganligi va joylashuviga xam ahamiyat berish kerak. Masalan: ko’z kosasi atrofidagi ko’payib borayotgan gematoma, bunga qo’shimcha ravishda bemorning passiv xolati (xushdan ketish) og’ir bosh miya shikastlanishidan, kalla suyagi asosining singanligidan dalolat beradi. Oraliq soxasidagi teri ostiga qon quyilishi, oyoqning passiv xolati (tashqi rotatsiya, «yopishib qolgan tovon» musbat simptomi) chanoq suyaklari singanda kuzatiladi.

Turlicha joylashgan teri lat yeyishlari, jaroxatlar shikastlanish yoki kasallik belgilari bo’lishi mumkin. Shikastlanishlar va ortopedik kasalliklarning aniq belgilaridan biri – qo'l yoki oyoq o'qining deformatsiyasi xisoblanadi. Normada oyoqning to'g'ri o’qi – spina iliaca anterior superior – dan pastga o'tkazilgan chiziq, tizza qopqog’i ichki yon tomonidan o’tib, 1 panjaning barmog’iga borishi kerak (4-rasm, a).

Tizzadagi o'zgarishlar natijasida boldir tashqariga karab qiyshaygan bo'lsa (genu valgum) oyoq o’ki tashqaridan o’tadi, agar boldir ichkariga qiyshaygan bo'lsa (genu varum) – tizza qopqog’i ichkarisidan o’tadi (4-rasm, b, v). Qulning to’g’ri o’ki yelka suyagi boshchasi ustidan o’tkazilgan chiziq bilak va tirsak suyaklari ustidan o’tadi (4-rasm, g). Tirsak bo’g’imining ichkariga qiyshayishi – cubitus valgum (4-rasm, d), tashqariga qiyshayishi – cubitus varum deyiladi (4-rasm, yo). Ilgari kechgan umumiy kasalliklar organizm rivojlanishiga ta’sir qilishi va ikkala oyoqning deformatsiyasiga olib kelishi mumkin (raxit), masalan "O" va "X" simon deformatsiya (4-rasm b, v).

Oyoq-qo’llar o’qining deformatsiyasi bo’g’imdan chiqqanda ham kuzatiladi.




Download 480,69 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish