3-mavzu: boshlang’ich ta’lim o’qituvchisining innovatsion faoliyati reja


«Innovatsiya» so’zi lotin tilidan kelib chiqqan bo’lib, yangilik kiritish degan ma’noni bildiradi



Download 148,5 Kb.
bet4/5
Sana16.06.2022
Hajmi148,5 Kb.
#678250
1   2   3   4   5
Bog'liq
3 - семинар машғулоти учун матн

«Innovatsiya» so’zi lotin tilidan kelib chiqqan bo’lib, yangilik kiritish degan ma’noni bildiradi.
Olimlar innovatsion jarayonlarning tuzilishini o’rganib, yangilik kiritishning «hayotiy davri» deb alohida tushuntirib o’tganlar. Bu jarayon yangilikni yaratish va ijro etishni ta’minlovchi faoliyatlarni turlarga ajratuvchi bosqichlarga bo’linadi. Hozirgi davrga kelib, ilmiy adabiyotlarda quyidagi innovatsion jarayonni bosqichlarga ajratish mumkin:
1. Yangi g’oyaning paydo bo’lishi yoki yangilikning yuzaga kelishi bosqichi, uni shartli ravishda fundamental va amaliy-ilmiy tekshirishlar (yoki birdan paydo bo’ladigan) natijalaridan kelib chiqadigan yangilik bosqichi deb ataydilar.
2. Kashf etish bosqichi, ya’ni moddiy yoki ma’naviy namuna ko’rinishidagi
yangilik yaratish.
3. Yaratilgan yangilikning amalda qo’llanishi uni qo’shimcha ishlab mukammallashtirish orqali amalga oshiriladi. Bu bosqich yangilik kiritish orqali yuqori samaradorlikka erishish bilan yakunlanadi.
4. Faqatgina yangilikni qabul qilish sharti bilan amalga oshirish.
5.Yangilikning tarqalishi, uning yangi sohalarga keng tatbiq etishni amalga oshirish.
6. Yangilikning biror sohada hukmron bo’lishi, bunda, xususan, yangilik
o’z yangiligini yo’qotib, yangilik sifatida mavjud bo’lmay qoladi.
7. Yangilik qo’llanilishining doirasi qisqarib, uning yangi mahsuldorligi bilan almashadi.
Yuqorida keltirilgan innovatsion jarayonlar bir-birini ketma-ket almashtirib, muntazam rivojlanib, soddalashtirilgan tizim asosida ifodalaydi.
Bo’lajak o’qituvchi innovatsion faoliyatiga tayyorligini tashxis qilish diagnostika deganda o’qituvchi bu faoliyatni amalga oshirishga mutaxassis sifatida tayyorligini ko’rsatuvchi belgilarni o’rganish va baholash usullarining to’plami tushuniladi. Innovatsion faoliyat muvaffaqiyatligini tashxis diagnoz qilish butunlay mustaqil tadbir bo’lmay, u yanada kengroq innovatsion jarayonlar tarkibiga kiradi. Yangiliklarni tatbiq etishni tashxis qilish yo’llarini tahlil etish quyidagi asosiy vazifalarni belgilashga imkonberadi:
1.Ko’zlangan yangilikni kiritishdan maqsad umumiy va uning alohida bosqichlari muvaffaqiyatlarini tahlilqilish;
2.Yangilikning o’zidagi va uni tatbiq etishni tashkil etishdagi kamchiliklarni aniqlash, ularni bartaraf qilish;
3.Yangilikni boshqalar bilan taqqoslash, ulardan eng samaradorini tanlab olish, uning muhimligi va tayyor bo’lganligini aniqlash;
4.Yangilikni tatbiq etish foydaliligi darajasini tekshirish;
5.Bu yangilik tatbiq etiladigan tashkilot innovatsion qudratiga baho berish.
Yangilik kiritish diagnostikasi usullarini ikki guruhga ajratish mumkin: birinchi guruh-yangilik haqidagi bilimlar olishga qaratilgan usullar: ikkinchi guruh - innovatsion jarayon tashkiliy doirasini baholashga qaratilgan usullar. Shunga qaramay, odatiy usullar innovatsiya tashxisi(diagnozi) mantiqiga bo’ysunadi.
Birinchidan, yangilik kiritish haqida standartlar bosqichlari to’plamini o’z ichiga oluvchi jarayon sifatida. Tadqiqotchi o’z didaktikani nimaga qaratishga qarab bu jarayonning ikki tushunchasi shakllanadi. Birinchi holda uning mazmuni qaror qabul qilish mantiqi deb hisoblansa, ikkinchida -jarayonning asosi yangilik kiritishning hayotiy tsikli deb olinib va uning bosqichliligi ketma-ketligi qaraladi.
Ikkinchidan, yangilik kiritishning o’ziga hos yuzaga keluvchi va rivojlanuvchi oddiy jarayon deb qarash mumkin. Shu munosabat bilan shunday tashxis diagnostika predmetlari tarqatiladiki, xususan innovatsion jarayon va muhit rivojlanadi.
Innovatsion faoliyat diagnostikasi uch bosqichda amalga oshiriladi.
1.Yangilikni amalga oshirishgacha, u o’z ichiga mutaxassislik o’z ichiga mutaxassislik tayyorgarlik muammolarini aniqlaydi, analitik ko’rinishda bo’ladi.
2.Innovatsion faoliyatini amalga oshirish vaqtida konstruktiv- o’zgartiruvchan tusda bo’lib, kamchiliklarni tuzatish, pedagogik tajriba dasturlarni qayta ishlash va o’qituvchi faoliyatini muvofiqlashtirish bilan bog’liqbo’ladi.
3.Yangilikni pedagogik jarayonga tatbiq etish va amalga oshirilgandan so’ng, amalga oshirilgan yangilikdan olingan natijalarni va maqsadni taqqoslash qaror qabul qilish bosqichida mutaxassislik tayyorgarlikni tashxis qilish qisman «pedagogik vaziyatlarni» tahlil «qilish», tashkiliy faoliyati bilan bog’liq o’yinlar metodlariga asoslangan metodikalar yordamida amalga oshiriladi. Muvofiqliligini baholashda qaror natijalari ko’rsatuvchi turli son-sifat ko’rsatkichlari qo’llaniladi, ular orasida turli konstruktiv haletish soni kabi ko’rsatkich asosiy o’rinda turadi.
«Faoliyat doirasi» yoki mumkin bo’lgan yechimlar «kengligi»ni aniqlash bilan baholash ishlari cheklanmasligi kerak.
Innovatsion faoliyat komponenti bo’lgan innovatsion harakatlarni tahlil qilish va baholash kabilarni tashxis qilish ham muxim ahamiyatga ega.
Ijrochilik qismini tashxis qilish harakatlari operatsional tarkibini tahlil qilish va baholashga asoslanadi, ular kuzatuv kartalari yoki tabiiy sharoitda yoki innovatsion faoliyat vaziyatini o’xshatuvchi maxsus tashkil etilgan o’yin vaziyatlari yordamida amalga oshiriladi. Bu yerda, bolalar va o’qituvchining o’zi innovatsion faoliyati, guruh treningiga katta rol o’ynaydi. Birinchi blok metodikalar yangilik haqida xabari borligini, yangilikka bo’lgan munosabatini aniqlashga qaratilgan. Shu maqsadda yangilik tashabbuskori bilan intervyu tashkil etiladi. Bu intervyuda shunday savollar kiritilgan.
1.Yangilikning mazmuni, texnologik maqsadi, nimadan iborat, boshqalarga qaraganda samaradorligi bilan farqi nimada.
2.Yangilikning kelib chiqish tarixi qanday: uning o’ziga hoslik va qiziqarlilik tomonlari bormi yoki ilgari mavjud bo’lgan pedagogik g’oyalarni yangi sharoitda ko’zlashdan iboratmi? Bu hol uchun shartlar farqi nimada ilgari yangilikni targ’ib etish vaqtida qanday qiyinchiliklarga uchragan, bu g’oyani kiritishga boshqa urinishlar ham ular nima bilan yakunlangan.
3.Yangilikning tashkiliy tarkibi qanday, kim tashabbuschi uning mutaxassislik darajasi qanday, tajribani moddiy qo’llab ta’minlash kimga bog’liq vaboshqalar.
4.Yangilik kiritishda qanday asosiy qiyinchiliklarga uchrash mumkin, ba’zi bosqichlarning to’la ishlab chiqilmaganligi, yangilikka qarshilik ko’rsatish, rahbarlarning shaxsiy qiziqishlari etarli emasligi, moddiy ta’minotning yo’qligi vaboshqalar.
5.Yangilikni joriy etish davrida bolalar shaxsi rivojlanishi, ish mazmuni, o’qituvchining shaxsi va mutaxassislik o’sishda nimalar o’zgaradi?
Intervyuni-yopiq savollar anketasiga aylantirish mumkin, ya’ni o’qituvchilar javob berayotib, mosini tanlaydilar. Ushbu metodlar quyidagi natijalarni olishga imkon beradi: yangilik kiritishning mazmunli tomonlari bilan tanishib olish, asosiy qiyinchiliklarini bilib olish, birinchi qarashda manfaatdor shaxslarni aniqlab olishi, maktablarda innovatsion jarayonlar xususiyatlarini tahlil qilish ko’pchilik o’qituvchilar faoliyati ijodiy uslubga mo’ljallanmay o’z ustilarida ish olib borishlarini ko’rsatadi, o’qituvchilarning 45% yangi didaktik va tarbiyaviy kontseptsiyalar, ularning farqi va afzalliklarini bilmas ekanlar. Pedagogik mahorat va ko’nikmalariga o’ziga - o’zi baho berishda asosan odatiy ko’rsatkichlar qo’llaniladi: o’z fanini bilishi, dars berishni bilishi, munosabat madaniyati, tashkilotchilik mahorati, bular o’qituvchi mutaxassislik mahoratini ko’rsatuvchi asosiy ko’rsatkichlar bo’lib qolaveradi. Bularning hammasi zamonaviy o’qituvchi va uni diagnostikasi qilish metodi pedagogik faoliyat tizimiga yangicha nazar bilan qarash zarurligini ko’rsatdi. Shu sababli innovatsion faoliyat bo’yicha o’z faoliyatini tahlil qilish metodikasi katta ahamiyatga ega. Bu metodikasi quyidagi savollarni o’z ichigaoladi:
1.Sizningcha maktabga birinchi o’rinda qaysi yangiliklar zarurdir?
2.Siz maktabdatajriba ishlari tashkil etish metodikasi bilan tanishmisiz?
3.Siz qanday o’ylaysiz, turli yangiliklarni o’qituvchi qayerdan bilib olishi mumkin?
4.Agar sizga innovatsion faoliyat bilan shug’ullanishga imkon berilsa, siz kimga yordam so’rab murojaat etardingiz?
5.Siz nima deb o’ylaysiz yangilikni joriy qilishda qanday qiyinchiliklar uchrashi mumkin?
6.Yangiliklarni amalga oshirish paytida sizning faoliyatingizda nimalar o’zgarishi mumkin?
7.Yangilikni kirishda siz yordam so’rab kimlarga murojaat etishingiz mumkin?
8.Siz kiritayotgan yangilikka sizning hamkasblaringiz qanday munosabatda bo’ladilar?
9.Siz nima deb o’ylaysiz, turli yangiliklarni qo’llashga o’qituvchini nima majbur etadi?
10.Siz o’zingizga pedagogik jarayonga yangilik kiritishdan qanoatlanish kutasizmi?
O’qituvchilar ishlariga tayyorgarliklarini tekshirishda biz kuzatuv kartasi va anketalardan foydalandik, unda o’z-o’zini baholash va baho berish besh ballik shkala bo’yicha olib boriladi.



Download 148,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish