3. Mavzu: Foydali qazilamalarni boyitish ko‘rsatkichlari


Diafragmali cho’ktirish mashinasi



Download 1,71 Mb.
bet21/21
Sana03.06.2022
Hajmi1,71 Mb.
#633762
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Bog'liq
Asosiy jarayonlar

Diafragmali cho’ktirish mashinasi

Foydali qazilmalarni boyitish amaliyotida asosan uch turdagi cho‘ktirish mashinalari ishlatiladi: porshenli, diafragmali va porshensiz. (26- a, b, d rasmlar). Qo‘zg‘aluvchi panjarali cho‘ktirish mashinalari juda kam hollarda ishlatiladi (26-d rasm). Porshenli cho‘ktirish mashinalarining ishlash prinsipi yuqorida ko'rib chiqildi. Porshenli cho'ktirish mashinalari (26-a rasm) ikki, uch va to‘rt kameradan iborat bo‘ladi. Kameraning ostki qismi piramida yoki cho'zinchoq shaklga ega. Kameradagi panjara kichik farq bilan o‘rnatiladi. Har qaysi kameraning panjarasi oldingisidan taxminan 100 mm ga pastroq o‘matiladi. Suvning tebranishlari porshen yordamida hosil qilinadi. Har qaysi kamera ostiga suv beriladi. Yirik og‘ir zarralar qopqoq yordamida boshqariladigan tuzoq orqali, maydalari esa o'rindiq yoki panjara orqali bo‘shatiladi. Yengil zarralar oxirgi kameradan quyuluvchi ostona orqali o‘z oqimi bilan chiqariladi. Porshenli cho'ktirish mashinalarining ishlab chiqarish unumdorligi boyitilayotgan mahsulotning yirikligi va panjaraning o‘lchamiga qarab 0,5 dan 8 t/soat ni tashkil qiladi. Diafragmali cho'ktirish mashinasi (26- b rasm) rudalami boyitish amaliyotida keng ishlatiladi. Uning ishlash prinsipi xuddi porshenli mashinaning ishlash prinsipiga o‘xshaydi. Ulardagi farq shundan iboratki, yuqoriga va pastga harakatlanuvchi suv oqimi porshen bilan emas, balki rezina diafragma yordamida hosil qilinadi. Diafragmali cho'ktirish mashinalarida diafragma vertikal va gorizontal joylashishi mumkin. Diafragma yuqorida maxsus diafragma bo'limida, panjaraning ostida yoki kameraning yon devorida joylashishi mumkin. МОД-2 cho‘ktirish mashinasi korpusda joylashgan ikkita kameradan tashkil topgan. Har qaysi kameraning pastki qismi manjet va silindr shaklidagi gardish orqali qo‘zg‘aluvchi konusli voronka bilan bog'langan. Bu voronkalar sharnir orqali bir-biri bilan mahkamlangan prujinalanuvchi ressor bilan bog'langan. Ishchi kameralarda panjara o'matilgan. Kameralarga suv kollektor orqali beriladi. Kameralarga tushayotgan mineral zarralar aralashmasi suv oqimining tebranishlari ta’sirida turli zichlikdagi zarralami saqlovchi qatlamlarga bo‘linadi. Nisbatan og‘ir minerallarning zarralari konusli voronkalarda yig'ilib, davriy holda bo‘shatish tuynugi orqali bo‘shatib olinadi. Yengil zarralar quyulish ostonasi orqali chiqib ketadi. Panjaraga magnetit, ferrosilitsiy kabi og‘ir minerallardan o‘rindiq to‘shaladi. 0 ‘rindiqning qalinligi boyitilayotgan mahsulotning yirikligiga bog‘liq. Mashinaga beriladigan ruda zarralarining o‘lchami 15 mm dan ortmasligi kerak. Mashinaning ishlab chiqarish unumdorligi 25 t/soat, konusli voronkalarning tebranish chastotasi 350 min-1, yurishning o'lchami 40 mm dan ortmasligi kerak. МОД-2; МОД-3; MO-6 turdagi diafragmasi pastda joylashgan, konussimon taglikka ega cho‘ktirish mashinalari rudalami boyitishda keng ishlatiladi. МОД-2; МОД-3 mashinalari o‘lchami 15 mm gacha, MO-6 esa o'lchami 0,1—2 mm li rudalami boyitish uchun ishlatiladi. Bu mashinalarning texnik xarakteristikasi ilovada keltirilgan.
Cho‘ktirish mashinalarining asosiy parametrlari
Cho‘ktirish samaradorligi cho‘ktirish mashinalarining konstruksion xususiyatlari va bir qator texnologik hamda gidrodinamik parametrlarga bog‘liq. Cho'ktirish mashinalarining asosiy parametrlari: solishtirma ishlab chiqarish quwati; porshen yoki diafragmaning tebranish chastotasi yoki yurishi; o'rindiqning turi, panjara osti suvining sarfi. 73 Cho‘ktirish mashinalarining solishtirma ishlab chiqarish quwati turli turdagi foydali qazilmani boyitishda keng chegarada o‘zgarib turadi. Masalan: ko‘mirni boyitishda 5 dan 30 t/m 2 soat gacha bo'lsa (mahsulot o‘lchamiga qarab), temirli va marganesli rudalarni boyitish 5 dan 15 t/m2 soat gacha, oltin va volframli rudalarni boyitish 5 dan 20 t/m 2 soat ni tashkil qiladi. Mahsulotning yirikligidan tashqari, cho‘ktirish mashinasining optimal solishtirma ishlab chiqarish quwatini tanlashga boyitilayotgan mahsulotning zichligi va fraksion tarkibi, cho'ktirish mashinasining konstruksion xususiyati va shuningdek, cho'ktirish mahsulotlari sifatiga qo‘yiladigan talablar ta’sir qiladi.
Download 1,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish