3-mavzu: ijtimoiy psixologiyaning asosiy zamonaviy yo`nalishlari. Reja


Ijtimoiy psixologiyada psixoanalitik konsepsiya



Download 42,54 Kb.
bet3/8
Sana21.04.2022
Hajmi42,54 Kb.
#568718
1   2   3   4   5   6   7   8
Ijtimoiy psixologiyada psixoanalitik konsepsiya.

Freyd birinchi bo‘lib psixikani hech qachon o‘zaro kelisha olmaydigan instinkt, mulohaza va ong kuchlari o‘rtasidagi jang maydoni sifatida taqdim qildi. «Psixodinamik» atamasi aynan ana shu shaxsning turli qismlari o‘rtasidagi doimiy kurashga ishora qiladi. Psixoanalitik nazariya psixodinamik yondashuvning ko‘rinishi sifatida xizmat qilib, inson xulqini boshqarishda hukmronlik uchun o‘zaro raqobat qiladigan yoki kurashadigan instinktlar, motivlar (faoliyatga undovchi sabablar) va mayllarning murakkab o‘zaro harakatlariga asosiy e’tiborni qaratdi. Asosan Freyd talqinidagi, shaxs hech qachon to‘xtamaydigan, o‘zaro ziddiyatda bo‘ladigan jarayonlarning o‘sib boruvchi murakkab qurilmasidan iborat, degan tasavvurda psixodinamik yondashuvning mohiyati ifodalangan. Shaxsga nisbatan qo‘llaniladigan dinamika tushunchasi insonning xulqi tasodifiy yoki bebosh bo‘lmay, balki determinlashgan, ya’ni sababiy bog‘langan degan ma’noni anglatadi. Psixodinamik yo‘nalishda determinizm biz bajarayotgan, his qilayotgan yoki o‘ylayotgan, hatto ayrim odamlar butunlay tasodif deb o‘ylaydigan hodisalarga ham, shuningdek bilmay gapirib yuborish, bilmay xato yozib qo‘yish va shunga o‘xshash barcha holatlarga ham birdek taalluqlidir. Bu tasavvur bizni psixodinamik yo‘nalish taqdim qiladigan eng asosiy va hal qiluvchi mavzuga olib keladi, ya’ni aynan shu tasavvur inson xulqini boshqarishda ongsiz psixik jarayonlarning ahamiyatini ta’kidlaydi. Freydning fikricha, faqat qiliqlarimizgina aksariyat hollarda irratsional (mantiq qoidalariga zid) bo‘lmay, bizning xulqimizning ahamiyati va sabablari ham kamdankam hollarda anglangan bo‘ladi.
Freyd ta’limotini tan olmay turib zamonaviy shaxs nazariyalarini ob’ektiv aholab bo‘lmaydi. Uning u yoki bu (yoki hamma) g‘oyalari tan olinishi yoki tan olinmasligidan qat’i nazar, Freydning XX asr G‘arb sivilizatsiyasiga ko‘rsatgan chuqur va mustahkam ta’sirini inkor etib bo‘lmaydi. Shuni ta’kidlash joizki, insoniyatning butun tarixi davomida kamdankam g‘oyalar shunchalik keng va kuchli ta’sir kuchiga ega bo‘lgan. Uning inson tabiatiga o‘ziga xos qarashlari o‘sha davrda hukmron bo‘lgan tasav vurlarga keskin zarba berdi: Freyd insonning qorong‘i, yashirin, demak, anglab bo‘lmas deb hisoblangan psixik hayoti qirralarini tushunishga erishishning qiyin, lekin jalb qiluvchi yo‘lini taklif qildi.
O‘zining 45 yillik samarali ilmiy faoliyati davomida Freyd: 1) shaxsning birinchi keng ko‘lamli nazariyasini; 2) o‘zining terapevtik tajribasi va o‘zini o‘zi tahlil qilishga asoslangan klinik kuzatishlarning keng miqyosli tizimini; 3) nevrotik buzilishlarni davolashning o‘ziga xos usulini; 4) boshqa hech qanday usul bilan o‘rganib bo‘lmaydigan psixik jarayonlarni tadqiq qilish usullarini yaratdi.
Freyddan keyin shaxs nazariyasining psixodinamik yo‘nalishida birbiri bilan unchalik bog‘liq bo‘lmagan nazariyalar paydo bo‘lib, ularning mualliflari yo Freydcha yondashuvni kengaytirishga yoki uni qayta ko‘rib chiqishga harakat qilishdi. Freyd uning qarashlarini ma’qullaydigan ko‘plab intellektuallarni o‘ziga jalb qilgan va ruxlantirgan edi. Ularning ba’zilari psixoanalizga nazariy tizim sifatida sodiq qolishdi, unga shunchaki sayqal berib, zamonaviylikka yaqinlashtirishdi. Boshqalari esa butunlay o‘zgacha yo‘nalishdan ketishdi, o‘zlarining shaxsiy, aksariyat antagonistik pozitsiyalariga ega bo‘lishdi.
Ulardan ikkitasi — eng mashhur nazariyotchilar Alfred Adler va Karl Gustav YUng Freyd bilan aloqalarini uzib, o‘zlarining noyob shaxsiy nazariy tizimlarini yaratishdi. Ularning har ikkalasi ham dastavval psixoanalitik harakat ishtirokchilari sifatida Freyd nazariyasining ko‘lami vayangiligini qizg‘in qo‘llabquvvatlashgan. Biroq vaqt o‘tishi bilan ular Freydning seksuallilik va agressiyaga inson hayotining markaziy mazmuni sifatida haddan tashqari katta ahamiyat berayotganligi bilan kelisholmasliklarini bildirishdi. Freyd bilan psixoanalizning boshqa nazariyotchilari o‘rtasida ham ko‘plab fikrlarda kelishmovchiliklar mavjud edi va ular ham o‘zaro ziddiyatli maktablar yaratishda davom etishdi. Biroq Adler va Yungni hisobga olmaganda, ularning birontasi ham inson xulqining asosiy qirralarini qamrab olgan.



Download 42,54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish