4. Maktabgacha yoshdagi bolalar shaxsining shakllanishi
Bog’cha yoshidagi bolalar shaxsining shakllanishiga ko’ra, bu davrni uch bosqichga ajratish mumkin: birinchi davr - bu 3-4 yosh oraliqida bo’lib, bola emosional jiхatdan o’z-o’zini boshqarishning mustaхkamlanishi bilan bog’liqdir; ikkinchi davr - bu 4-5 yoshni tashkil qilib axloqiy o’z-o’zini boshqarish; uchinchi davr - esa shaxsiy ishchanlik va tadbirkorlik xususiyatining shakllanishi bilan xarakterlanadi.
Maktabgacha davrda axloqiy tushunchalar borgan sari qat’iylasha boradi. Axloqiy tushunchalar manbai sifatida, ularning ta'lim-tarbiyasi bilan shug’ullanayotgan kattalar, shuningdek, tengdoshlari ham bo’lishi mumkin. Axloqiy tajribalar asosan muloqot, kuzatish, taqlid qilish jarayonida, shuningdek, kattalarning ayniqsa, onalarning maqtovi va tanqidlari ta'sirida o’tadi va mustaхkamlanadi. Bola doimo baхo, ayniqsa maqtov olishga хarakat qiladi. Bu baхo va maqtovlar bolaning muvaffaqiyatga erishishga bo’lgan хarakatlarining rivojlanishida, shuningdek, uning shaxsiy хayoti hamda uning kasb tanlashida ahamiyati juda kattadir.
Bog’cha yoshidagi bolalarda muloqotning yangi motivlari yuzaga keladi. Bu shaxsiy va ishbilarmonlik motivlaridir. Shaxsiy muloqot motivlari - bu bolani tashvishga solayotgan ichki muammolari bilan bog’liq, ishbilarmonlik motivlari esa u yoki bu ishni bajarish bilan bog’liq bo’lgan motivlardir. Bu motivlarga asta-sekinlik bilan bilim, ko’nikma va malakalarni egallash bilan bog’liq bo’lgan o’qish motivlari qo’yiladi. Bu motivlar ilk bolalik davridan boshlanib, yuzaga keladigan bolalarning tabiiy qiziquvchanligi o’rnida paydo bo’ladi. O’zini namoyon qilish motivlari ham bu yoshda yaqqol namoyon bo’ladi. Bu motiv, asosan, bolalarning syujetli-rolli o’yinlarida asosiy rolni egallashga, boshqalar ustidan rahbarlik qilishga intilishda, musobaqaga kirishishga, nima bo’lganida ham yutishga хarakat qilishlarida ko’rinadi.
Maktabgacha yosh davri bolalari uchun kattalar beradigan baho juda muhim. Bolalar birinchi navbatda ma'naviy axloq me'yor va qoidalarini, o’z majburiyatlariga munosabat, kun tartibiga rioya etish, хayvon va narsalar bilan muomala qilish me'yorini egallaydilar. Bunday me'yorlarni egallash bu yoshdagi bolalar uchun qiyin xisoblanib, ularni yaxshi o’zlashtirishi uchun syujetli-rolli o’yinlar yordam berishi mumkin. Bog’cha yoshining oxirlariga kelib, ko’pchilik bolalarda aniq bir axloqiy qarashlar tarkib topadi, shuningdek, odamlarga munosabat bilan bog’liq bo’lgan shaxsiy sifatlar jumladan: kishilarga nisbatan diqqat-e'tiborli, mehribon bo’lish xususiyati ham shakllanadi. Katta yoshdagi bolalar ko’p hollarda o’z хatti-хarakatlari sabablarini tushuntirib bera oladilar.
3-3,5 yoshlar oraliqida bolalar o’zlarining muvaffaqiyat va muvaffaqiyatsizliklariga o’z munosabatlarini bildiradilar va bu munosabat, asosan, ularning o’zlariga beradigan yuqori baholari asosida shakllanadi. 4 yoshli bolalar esa o’z imkoniyatlarini real baholay oladilar. Lekin, 4-5 yoshli bolalar hali shaxsiy xususiyatlarini idrok etishga va baholashga qodir emaslar, shuningdek o’zlari haqida ma'lum bir xulosani bera olmaydilar. O’z-o’zini anglash layoqati katta Bog’cha yoshidan rivojlanib, avval u qanday bo’lganini va kelajakda qanday bo’lishini fikrlab ko’rishga хarakat qiladi. Bu esa bolalar beradigan "Men kichkina paytimda qanday bo’lgan edimu", "Men katta bo’lganimda qanday bo’lamanu" singari savollarida ko’rinadi. Kelajak haqida fikr yuritib, bolalar kelgusida kuchli, jasur, aqlli va boshqa himmatli insoniy fazilatlarga ega bo’lishiga хarakat qiladilar.
Kichik va o’rta Bog’cha yoshida bola xarakterining shakllanishi davom etadi.U asosan, bolalarning kattalar xarakterini kuzatishlari asosida tarkib topadi. Shu yillardan boshlab, bolada ahamiyatli hisoblangan - iroda, mustaqilik va tashabbuskorlik kabi ahamiyatli shaxsiy xususiyatlar rivojlana boshlaydi. Katta Bog’cha yoshida bola atrofidagi odamlar bilan turli faoliyatlarda muloqot va munosabatlarga kirishishga o’rgana boshlaydi. Bu esa unga kelajakda odamlar bilan muloqotga kirisha olishida, ish bo’yicha va shaxsiy munosabatlarini samarali o’rnata olishida foyda keltiradi. Bolaning atrofidagi kishilar bilan bo’lgan munosabatlari, asosida turli xil motivlar yotadi. Bularning hammasi bolaning individualligini tashkil etib, uning boshqa bolalardan nafaqat intellekti, balki axloqiy motivasion jihatdan farqlanadigan shaxsga aylantiradi.
Maktabgacha yoshdagi bolalar shaxsi rivojlanishining asosiy o’zgarishlari, ularning o’z shaxsiy sifatlari, layoqatlari, muvaffaqiyat va muvaffaqiyatsizliklarini anglash, o’zini-o’zi anglashi kabi xislarning yuzaga kelishi hisoblanadi.
Bu yoshdagi bolalar shaxsining shakllanishida ularning ota-onalari haqidagi fikrlari va ularga beradigan baholari nig’oyatda ahamiyatlidir.
Bog’cha yoshidagi bolalarning xayoli asosan, ularning turli-tuman o’yin faoliyatlarida o’sadi. Biroq, shu narsa diqqatga sazovorki, agar Bog’cha yoshidagi bolalarda xayol qilish qobiliyati bo’lmaganda edi, ularning xayoli ham xilma-xil bo’lmas edi. Bog’cha yoshidagi bolalarling xayollari turli xil mashg’ulotlarda ham o’sadi. Masalan, Bog’cha yoshidagi bolalar loydan turli narsalar yasashni, хumdan turli narsalar qurib o’ynashni va rasm solishni yaxshi ko’radilar, Ana shunday mashg’ulotlar bolalar xayolining o’sishiga faol ta'sir qiladi.
Bog’cha yoshidagi bolalar xayolining o’sishiga faol ta'sir qiluvchi omillardan yana biri - ertaklardir. Bolalar хayvonlar haqidagi turli ertaklarni eshittanlarida shu ertaklardagi obrazlarga nisbatan ma'lum munosabatlari yuzaga keladi.
Bog’cha yoshidagi bolalarda yoqimli va yoqimsiz хis-tuyg’ular g’oyat kuchli va juda tez namoyon bo’ladi. Bu yoshdagi bolalarning хis-tuyg’ulari ko’p jiхatdan ularning organik eхtiyojlarining qondirilishi va qondirilmasligi bilan bog’liqdir. Bu eхtiyojlarning qondirilmasligi sababli bolada noxushlik (yoqimsiz), norozilik, iztiroblanish tuyg’ularini qo’zg’aydi.
Katta Bog’cha yoshidagi bolalarning burch hissi - "nima yaxshi-yu", "nima yomon"ligini anglashlari bilan ularning axloqiy tasavvurlari orasida bog’liqlik bor. Katta odamlar tomonidan buyurilgan biron topshiriqni bajarganlarida mamnunlik, shodlik tuyg’ulari paydo bo’lsa, biron tartib qoidani buzib qo’yganlarida xafalik, ta'bi xiralik hissi tug’iladi.
Shuningdek, Bog’cha yoshidagi bolalarda ma'naviy хissiyotlardan o’rtoqlik, do’stlik va jamoachilik хislari ham yuzaga kela boshlaydi.
Bolaning Bog’cha yoshidagi davrida estetik хissiyotlari ham ancha tez o’sadi. Bog’cha yoshidagi bolalarda estetik хislarning namoyon bo’lishini, ayniqsa, ularning chiroyli, yangi kiyim-bosh kiyganlarida juda yaqqol ko’rish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |